‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi b. M. U m a r o V psixologiya



Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/96
Sana30.04.2022
Hajmi5,98 Mb.
#595873
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   96
Bog'liq
hjacki 440 Psixologiya (Umarov B.M.)

vazifasi
u odamni u yoki bu 
faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, 
ular nazaridan qolgan odamning q o ‘li ishga ham bormaydi, borsa 
ham jamiyatga emas, balki faqat o ‘zigagina manfaat keltiradigan ishlami 
qilishi m um kin. Masalan, ko‘plab tadqiqotlarda izolyasiya, ya’ni odamni 
yolg‘izIatib q o ‘yishning inson ruhiyatiga ta’siri o‘rganilgan. Masalan, 
uzoq v aqt term okam erada bo‘lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, 
hissiy holatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir 
taqozosi bilan yolg‘izlikka m ahkum etilgan odamlaming maqsadli 
faoliyatlar bilan o ‘zlarini band etishlari u qadar katta salbiy o ‘z- 
186


garishlaiga olib kelmasligini h am olimlar o‘rganishgan. Lekin, baribir 
har qanday yolg‘izlik va m uîoqotning etishmasligi odam da mu- 
vozanatsizlik, hissiyotga beriluvchanlik, hadiksirash, havotirlanish, 
o‘ziga ishonchsizlik, qayg‘u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi 
qiziqki, yolg'izlikka mahkum boMganlar ma’lum vaqt o ‘tgach ovoz 
chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu, aw al biror ko‘rgan yoki his 
qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo‘lsa, keyinchalik nimagadir 
qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo‘lar ekan. M asalan, bir M.Sifr 
degan olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun g‘or 
ichida yashagan ekan. Uning keyinchalik yozishicha, b ir necha kun 
o‘tgach, u turgan erda bir o‘rgimchakni ushlab oladi va u bilan dialog 
boshlanadi. „Biz, deb yozadi u, shu hayotsiz g‘o r ichidagi tanho 
tirik mavjudotlar edik. M en o ‘rgimchak bilan gaplasha boshladim, 
uning taqdiri uchun qayg‘ura boshladim...“
Shaxsning muloqotgaboMgan ehtiyojining to 'la qondirilishi uning 
ish faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu 
muhitda o*zaro gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko‘pincha 
odam ni ishlash qobiliyatini ham oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o ‘tirib 
qilinadigan ishlar, birgalikda yonm a-yon turib bajariladigan ope- 
rasiyalarda odamlar o‘z oldida turgan hamkasbiga qarab ko‘proq, tezroq 
ishlashga kuch va qo‘shimcha iroda topadi. T o‘g‘ri, bu hamkorlikda 
o ‘sha yonidagi odam unga yoqsa, ular o‘rtasida o ‘zaro simpatiya hissi 
bo‘lsa, unda odam ishga „bayramga kelganday“ keladigan bo‘lib qoladi. 
Shuning uchun ham amerikalik sosiolog hamda psixolog Jon M oreno 
o‘tgan asming boshidayoq ana shu omilning unum dorlikka bevosita 
ta’sirini o ‘rganib, sosiometrik texnologiyani, ya’ni so‘rovnoma asosida 
bir-birini yoqtirgan va bir-birini inkor qiluvchilarni aniqlagan va 
sosiometriya metodikasiga asos solgan edi.
Insoniyatning muomala quroli til bo‘lib, odam lar bir-birlari bilan 
bo‘ladigan barcha munosabat va muloqotlarini so‘zlashish yordamida 
amalga oshiradilar. Dono xalqimizda so‘zlashish qoidasi, tilga ehtiyotkor 
b o ‘lish, har bir so‘z, har bir jum lani o ‘ylab gapirish, qisqasi - 
so ‘zlash odobi va muloqot m adaniyati haqida ju d a k o ‘p ibratli 
hikmatlar bor. Ulardan birida keltirilishicha, odamning sharafi va iftixori 
uning madaniy so‘zlashishida ko'rinadi. Kim-ki so‘zlashish odobiga 
rioya qilmasa, unda insoniylik ham ko‘rinmaydi. G ap o‘rinli va m a’noli 
aytilgan boMsa, uni jim turib tinglamoq foydalidir.
Bu borada so‘zlashishning sakkizta qoidasini keltirishni lozim deb 
topdik:


• bem avrid gapirmaslik;
• lutf ila yumshoqlik bilan so‘zlashish;
• ochiq chehra bilan gapirib, yuzda samimiylikni saqlay olish;
• eshituvchiga malol kelmaydigan tarzda gapirish;
• faqat foydali gaplami gapirish;
• o ‘ylab, andisha bilan so‘zlash, o ‘ylamay aytilgan gap pushay- 
m onlik keltirishini yodda tutish;
• kishilar gapirayotganda oraga gap qo‘shmaslik, so‘zini bo‘lmaslik;
• ko‘p gapirmaslik, zero, bu yaxshilik alomati emas.
H ar b ir odam kishilarga zarar keltiradigan so‘zlardan o‘zini 
saqlashi lozim . Buning uchun tilga ehtiyot bo*lish, kishi dilini 
og‘ritadigan, ko‘ngilni qoldiradigan, izzat nafsiga tegadigan, or- 
nomusi, sha’nini oyoq-osti qiladigan so‘zni hech so‘zlamaslik darkor. 
H am m a vaqt shirin so‘z bo'lish, doimo yaxshi, m a’nili so‘zlash 
kerak, chunki, tildan etgan ozor, nayza ozoridan yomon.
S hunday qilib, muloqot odam larning jamiyatda o ‘zaro ham - 
korlikdagi faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. 
Qolaversa, hozirgi yangi dem okratik munosabatlar sharoitida turli 
ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas, balki kollegial — 
birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo b o ‘lganligini hisobga olsak, 
odam larning muomala m adaniyati va muloqot texnikasi m ehnat 
unumdorligi va samaradorlikning muhim omillaridandir.
7 .8 . Insoniy muomalaning psixologik asoslari
O dam lar bir-birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ulaming asosiy 
ko‘zlagan maqsadlaridan biri — o ‘zaro bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish, 
ya’ni fikr-g‘oyalariga ko'ndirish, harakatga chorlash, ustanovkafami 
o ‘zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. 
Psixologik ta ’sir 

bu 
turli vositalar yordamida insonlaming fikrlari, hissiyotlari va xatti- 
harakatlariga ta ’sir ko‘rsata olishdir.
Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’siming asosan uch vositasi 
farqlanadi.


1. Verbal ta ’sir —
bu so‘z va nutqim iz orqali ko‘rsatadigan 
ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so‘zlardir. M a’lumki, nu tq — 
bu so‘zlashuv, o ‘zaro muomala jarayoni bo‘lib, uning vositasi — 
so‘zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham , dialogik nutqda ham odam
o‘zidagi barcha so‘zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so‘zlam i 
topib, sherigiga ta ’sir ko‘rsatishni xohlaydi.
2. Paralingvistik ta ’sir
— bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, 
uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland 
yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyasiya, tovushlar, to ‘x- 
tashlar, duduqlanish, yo‘tal, til bilan am alga oshiriladigan harakatlar
nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, d o ‘stimiz bizga biror narsani 
va’da berayotgan bo‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib 
olamiz. Kuyib-pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan „Albatta ba- 
jaraman!“ , desa ishonamiz, albatta.
3. Noverbal ta ’sirning
m a’nosi ,,nutqsiz“dir. Bunga su h b a t- 
doshlaming fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o ‘rinlari, holatlari 
(yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, m im ika, pantom im ika, qarashlar
bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan 
turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ulam ing barchasi m uloqot 
jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlaming bir-birlarini yaxshiroq 
bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki 
daqiqalarida o ‘rtog‘ingiz sizga qaram ay, atrofga alanglab, ,,K o ‘rga- 
nimdan biram xursandman“ , desa, ishonasizmi?
M uloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar 
bir-birlariga ta’sir ko‘rsatmoqchi b olishganda, dastawal nim a deyish, 
qanday so‘zlar vositasida ta’sir etishni o ‘ylar ekan. Aslida esa, o ‘sha 
so‘zJar va ular atrofidagi harakatlar m uhim rol o‘ynarkan. M asalan, 
mashhur amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko‘ra, birinchi m arta 
ko‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy b o iish ig a
gapirgan gaplari 7%, paralingvistik om illar 38% va noverbal harakatlar 
58% gacha ta’sir qilarkan. Keyinchalik bu munosabat o kzgarishi m um kin 
albatta, lekin xalq ichidayurgan bir m aqol to ‘g‘ri: „U st-boshga qarab 
kutib olishadi, aqlga qarab kuzatishadi“ .
Muloqotning qanday kechishi va kimning ko‘proq ta’sirga ega bolishi 
sheriklaming rollariga ham bog‘liq. 
T a ’sirning tashabbuskori
— bu 
shunday sherikki, unda ataylab ta ’sir k o ‘rsatish maqsadi b o ‘ladi va u 
bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta ’kidlangan 
vositalardan foydalanadi. Agar boshliq ishi tushib, biror x od im n i 
xonasiga taklif etsa, u o‘m idan turib kutib oladi, iltifot ko‘rsatadi,


hol-ahvolni ham quyuqroq so‘raydi va so‘ngra gapning asosiy qismiga 
o ‘tadi.
Ta’sirning adresati 

ta ’sir yo‘naltirilgan shaxs. Lekin tashab- 
buskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi boclm asa, yoki adresat 
tajribaliroq sherik bo‘lsa, u tashabbusni o‘z qo‘liga olishi va ta’sir 
kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo'ladi.
Muloqot jarayonidagipsixologik to‘siqlar
Motivasion to‘siq
 
— muloqotga kirishishdan bosh tortish, muomala 
odobidan chetga chiqish.
Aqiiy to‘siq 

suhbatdoshning xodimga nisbatan bilim doirasining 
kengligi, mantiqiy fikrlashining chuqurligi, huquqiy savodxonligi 
suhbat jarayonini qiyinlashtiradi.
Hissiy to‘siq

Download 5,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish