Qoraqalpog’iston Respublika A'jiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika instituti



Download 78,5 Kb.
Sana11.07.2022
Hajmi78,5 Kb.
#774440
Bog'liq
2 5294075030915782623[1]




Qoraqalpogiston Respublika A'jiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika instituti

SIRTQI BOLIM
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi
4-A kurs talabasi
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanidanidan
Mustaqil Ishi
Mavzu: Ijtimoiy pedagogika faoliyat metodlari


Bajardi: Koshkarbayeva Aynur Tekshirdi: Shamuratova
Xurliman
Mavzu: Ijtimoiy pedagogika faoliyat metodlari
Reja:

Kirish
1. Ijtimoiy pedagogika faoliyat maqsadi


2.Ijtimoiy pedagogika faoliyati
3.Ijtimoiy pedagogika faoliyat metod turlari

Yakuniy qism


Foydalanilgan adabiyotlar

“Ijtimoiy” (lotincha – socialis – umumiy) tushunchasining asosini shaxslar, shaxslararo munosabatlarning turli shakllari bilan bog‘liq jarayonlar tashkil etadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, agarda pedagogika o‘sib kelayotgan yosh avlodlarning ta’lim-tarbiyasi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qo‘shilishiga bog‘liq qonuniyat va xodisalarni o‘rganadi


Pedagogik faoliyatning maqsadi
o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, jamiyat tomonidan belgilanadi, va asosan yosh avlod shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu faoliyat, avlodlarning o‘zaro ijtimoiy bog‘liq aloqalarini amalga oshirishga yoshlarni tayyorlash, insonning tabiiy imkoniyatlaridan jamiyat tajribalarini egallashda foydalanishdan iborat.
Pedagogik mehnatning obyekti:
Inson bo‘lib «shakllanayotgan shaxs ma’naviy turmushining nozik tomonlari - aql, his, iroda, ishonch o‘z-o‘zini anglash»dir.
Pedagogik mehnatning sub’yekti
Tarbiyalanuvchiga ta’sir etuvchilar - pedagog, ota-onalar, jamoa pedagogik mahorat
Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, yani pedagog faoliyatning natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog'liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo`naltirilgan bo'lishi zarur. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligini (ketma-ketligini) ta‟minlaydi, bir avlod tajribasini ikkinchi avlodga o'tkazadi, yoshlarni ijtimoiy munosabatlar tomon yo'llaydi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro'yobga chiqaradi.
2. Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog'liq. Bunda pedagogik maqsad o'quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Unga erishishi osonlikcha bo'lmaydi. Pedagog o'z faoliyati maqsadini va unga erishish yo'llarini aniq tasavvur qilish va maqsadga erishish o'quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olish zarur. Gyote ta‟kidlaganidek, "Ishonch bilan gapir, ana shunda so'z ham, tinglovchilarni mahliyo qilishi ham o'z-o'zidan kelaveradi".
3. Pedagogik (ta‟lim, tarbiya) jarayonida o'quvchi faoliyatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki-pedagog maqsadi doimo o'quvchi kelajagi tomon yo'naltirilgan bo'ladi. Bu maqsadni o'quvchidan ko'ra pedagog yaqqolroq tasavvur qiladi. O'quvchi esa ko'p hollarda, hayotiy tajribasi etishmasligi sababli hozirgi hayot, shu bugun tashvishlari bilan yashaydi, kelajakni esa to'la tasavvur qila olmaydi. Bunyodkor pedagoglardan biri SH. A. Amonashvili bu nomuvofiqlikni "tarbiyadagi asosiy fojia deb ataydi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o'z faoliyati mantini o'quvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik pedagogikasining tub mohiyatii ham ana shundan iborat. SHunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o‘ziga xosligi o‘qituvchidan quyidagilarni talab qiladi: jamiyatning ijtimoiy vazifalarini (masalan, muxandis-pedagoglar tayyorlashni) to'la anglab, o'z shaxsiga qabul qilishi. Jamiyat maqsadlarining "o'sib", uning pedagogik nuqtayi nazariga aylanishi;
muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi;
o'quvchilar qiziqishlarini e‟tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning belgilangan maqsadlariga aylantirish. O'quvchilar bilan kasbga yo`naltirish ishlarini olib borishda bunga e‟tibor berish zarur.
Endi pedagogik faoliyat obyektining o'ziga xosligini ko'rib chiqamiz. Bu faoliyatining obyekti insondir. Pedagog- tadqiqotchilarning fikricha, pedagogik obyektining o'ziga xosligi quyidagilardan iborat:
1. Inson-tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o'zining individual sifatlari, ro'y berayotgan voqealarning idrok qilishi va ularga o'zicha baho beradigan, takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta‟kidlanganidek, har bir shaxs-takrorlanmasdir". U pedagogik jarayonning o'z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo'lgan ishtirokchisi hamdir. SHunday qilib, pedagogik faoliyatning obyekti bir paytning o'zida bu faoliyatning sub‟ekti bo'lib hisoblanadi.
2. Pedagog doimo o'zgarib, o'sib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga yondoshishda bir xil qolip, shakllanib qolgan hatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi.
3. O'quvchilarga pedagogdan tashqari atrof-muhit, ota-ona, boshqa fan o'qituvchilari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy hayot ham, bazan sezilmaydigan, ba‟zan esa har tomonlama bir necha yo'nalishda ta‟sir etadi. SHuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o'zida jamiki ta‟sirlarga va o'quvchining o'zida paydo bo'lgan fikrlarga to'zatishlar kiritib borishni nazarda to'tadi. Masalan, diniy ekstremizm va boshqa oqimlarga kirib ketgan yoshlarning adashganligini tushuntirish, ommaviy axborot vositalari orqali berilayotgan axborotlarni to'g'ri anglashga undash va h. k. Tarbiya jarayoni o'z-o'zini tarbiyalash bilan uyg'unlashgan holda olib borilishi zarur. Umuman olganda, hozirgi zamon pedagogikasi hamkorlik pedagogikasi bo'lib, u o'quv yurtidagi tarbiyaviy munosabatlarning insonparvarlashuvi va demokratlashuviga yo'naltirilgan. Bunda o'quvchilar faolligini oshirish, ularni pedagogik jarayonning ishtirokchisiga, o'qituvchining esa uning mehribon ustoziga aylantirish muhimdir. Zero, O'zbekiston Respublikasining "Ta‟lim tog'risidagi qonunda ta‟kidlanganidek, ta‟lim jarayonining demokrat-lashtirish va insonparvarlashtirish, mamlakatimiz ta‟lim tizimini tashkil etishning asosiy printsiplaridan biridir. Pedagogik faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari.Inson faoliyatining boshqa turlari kabi pedagogik faoliyat ham o'z xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turuvchi: maqsad, ob‟ekt va sub‟ekt va vositalardan tashqil topadi. Eng avvalo, pedagogik maqsadning o‘ziga xosligini tushunishiga harakat qilamiz. Ular quyidagilardan iborat: . Dastlab predmetli tashqi faoliyat ro'y beradi, tajriba orttirib borilgan sari, sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jarayonlarga aylanib boradi. Buni nutq faoliyati misolida oladigan bo'lsak, bola dastlabki so'zlarni qattiq tovush bilan tashqi nutqida ifoda etadi, keyinchalik ichida o'zicha gapirishga o'rganib, o'ylaydigan, mulohaza yuritadigan, o'z oldiga maqsad va rejalar qo'yadigan bo'lib boradi. Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashqi - muvofiqlik nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy - motor harakatlar mujassam bo'ladi. Masalan, fikrlayotgan donishmandni kuzatganmisiz? Agar o'ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi etakchi faoliyat aqliy bo'lgani bilan uning peshonalari, ko„zlari, hattoki, tana va qo'l harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir to'xtamga kelolmayotganidan, yoki yangi fikrni topib, undan mamnuniyat his qilayotganligidan darak beradi. Bir qarashda tashqi elementar ishni amalga oshirayotgan - misol uchun, uzum ko'chatini ortiqcha barglardan halos etayotgan bog„bon harakatlari ham aqliy komponentlardan xoli emas, u qaysi bargning va nima uchun ortiqcha ekanligidan anglab, bilib turib olib tashlaydi. Aqliy harakatlar - shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o'z ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko„rinishlarda bo„lishi mumkin:  persteptiv – ya‟ni, bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to'g'risida yaxlit obraz shakllanadi; mnemik faoliyat, narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab kolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog'liq murakkab faoliyat turi; fikrlash faoliyati - aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni echishga qaratilgan faoliyat; imajitiv - («image» -obraz so„zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va hayolda tiklashni taqozo etadi. YUqorida ta‟kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo'lishi mumkin. Agar tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o'tish ro'y bergan bo'lsa, bunday jarayonni psixologiyada interiorizastiya deb ataladi, aksincha, aqlda shakllangan g'oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko'chirilishi eksteriorizastiya deb yuritiladi. Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko'ra ham farqlanadi. Masalan, shunday bo'lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir elementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat va ongning yo'nalishini talab qiladi. Lekin vaqt o'tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko'pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o'girilganda, malaka hosil bo'ldi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat yozishga o'rganganmiz. Agar malakalarimiz qat‟iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko„ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni ta‟minlasa, biz buni ko‘nikmalar deb ataymiz. Ko‘nikmalar - doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Masalan, ko'nikma va malakalar o'zaro bog'liq bo'ladi, shuning uchun ham o'quv faoliyati jarayonida shakllanadigan barcha ko'nikmalar va malakalar shaxsning muvaffaqiyatli o'qishini ta‟minlaydi. Ikkalasi ham mashqlar va qaytarishlar vositasida mustahkamlanadi. Agar, faqat malakani oladigan bo'lsak, uning shakllanish yo'llari quyidagicha bo„lishi mumkin
- shaxs tuzilishida bu o‘z-o‘zini tashkil etuvchi tizim bo‘lib, bu o‘rinda sistema bunyod etuvchi omil bo‘lib insonparvarlik yo‘nalishi hisoblanadi. Chunki uning faoliyati pedagogik jarayonni, ijtimoiy tuzum talabi darajasida yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.
Har bir o‘qituvchi shaxsining pedagogik yo‘naltirilganligi ko‘p qirrali hisoblanadi. Uning qimmatli yo‘nalishida quyidagilar alohida ko‘zga tashlanadi:
1. O'z-o‘ziga ishonch, ya’ni, «mening misolimda, bilimdon, talabchan, haqiqiy o‘qituvchini ko‘rishsin». 2.Pedagogik ta’sir vositalariga ega bo‘lishi. 3.O‘quvchilarga, bolalar jamoasiga tayanish. 4.Pedagogik faoliyat maqsadiga - insonparvarlik strategiyasiga, vositalarni ijodiy o‘zgartirib faoliyat obyektiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Yetim bolalar bilan olib boriladigan pedagogik faoliyat
Har qanday davlatda, har qanday jamiyatda ham ota-onasi qaramog’isiz bolalar bo’lgan, bor va bo’ladi ham. Bu holatda jamiyat va davlat bu bolalarning rivojlanishi va tarbiyalanishi mas’uliyatini o’z bo’yniga oladi. Internat turidagi muassasalarda bola muammolarining o’rganish bilan shug’ullanayotgan pedagog va psixologlar shuni aniqlashdiki hayotning ilk davrlaridanoq yaqinlaridan ajralib qolish bolaning keyingi taqdirini oldindan belgilab berar ekan
Etimlikning asosiy 3 ta sabab:
1. Ota-onalarning (odatda onalarning) o’z vyaga yetmagan bolasidan voz kechish asosan go’daklik davridagi boladan
2. Uning ota-onasidan ota-onalik huquqini olib qo’ygandan so’ng bolani oiladan majburan ajratib olish
3. Ota-onalarning vafoti.
“Etim” va “ ijtimoiy yetim” degan tushunchalar bir-biridan farqlanadi.
yetim bolalar bu 18 yoshgacha ota-onasining biri yoki ikkovi vafot etgan bo’ladi.
Ijtimoiy yetim-biologik otaonaga ega bo’lgan, biroq ular turli sabablar uning tarbiyasi bilan shug’ullanmaydigan bolalar
Davlat qaramog’i muassasalarida ijtimoiy pedagog faoliyati
Bolalarning asosiy ijtimoiy muammolari ularning psixofiziologik maqomi va ular yashayotgan jamiyatning ob’ektiv holatidan kelib chiqadi. Haqiqiy, uyg’un oila hayotini ko’rmagan bolalar juda kam holatda to’liq oilaviy munosabatlarni qura olishadi. Bunday sharoitlarda ijtimoiy muhim qadriyatlar-oila, nikoh, bolalar, ota-onalarning qadriya pasayadi.
Oila bilan olib boriladigan pedagogik faoliyat
Oila omili insonga butun unum davomida ta’sir etadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy rollarni egallaydigan jamoa hisoblanadi. Oila insonning o’z-o’zini belgilab olishga, uning ijtimoiy-ijodiy faolligini oshishiga yordam beradi. Oilaviy munosabatlar oliy qadriyat hisoblangan bizning respublikamizda O’zbekistonda oilaning ijtimoiy maqomi nihoyatda balanddir va o’z mavqe’ini xozirgacha ushlab turibdi. Biroq bu holatdagi oila inqirozi ko’pgina oilalar, shu jumladan, o’zbek oilalariga ham ta’sir qiladi.
Oilada insonga ta’lim va tarbiya beriladi, uning aqliy, ijodiy qobiliyatlarining rivoji sodir bo’ladi. Aynan oilada bola mehnat va mustaqillikka o’rganadi. Xo’jalik-maishiy-oila jamiyatning asosiy va doimiy xo’jalik negizidir. Unda oila a’zolarining jismoniy holatini bir maromda ushlab turish, kasallar va qariyalarga g’amxo’rlik qilish amalga oshiriladi.
Oilada insonga ta’lim va tarbiya beriladi, uning aqliy, ijodiy qobiliyatlarining rivoji sodir bo’ladi. Aynan oilada bola mehnat va mustaqillikka o’rganadi. Xo’jalik-maishiy-oila jamiyatning asosiy va doimiy xo’jalik negizidir. Unda oila a’zolarining jismoniy holatini bir maromda ushlab turish, kasallar va qariyalarga g’amxo’rlik qilish amalga oshiriladi.
Bola shakllanishiga shuningdek, atmosfera va iqlimning ta’siri ham bor. Tarbiyaning eng muhim vositalaridan biri shaxsiy namunadir. Rekreatsion va psixoterapevt funksiyasi. Bu funksiya shunda namoyon bo’ladiki, oilada hamma o’zini qulay sezishi lozim.
Oiladagi ijtimoiy pedagogik faoliyat tizimli yondashuvga asoslangan taqdirdagina samarali bo’lishi mumkin. U demografiya, ijtimoiyogiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogika (oilaning tarbiya funksiyasi), huquq, iqtisod (oila byudjeti), etnografiya, tarix va falsafa ma’lumotlarini o’rganishni va ulardan foydalanishni ko’zda tutadi. SHunday qilib, zamonaviy sharoitlarda oila turli bilim sohalari: ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy ish, sog’liqni saqlash va boshqalarning markaziy ob’ektlaridan biriga aylanmoqda. CHunki har bir jamiyatning kelajagi o’sha jamiyatdagi oilalardagi muammolarni xal qilishga bog’liq
Ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida qo`llaniladigan metodlar.
Ma'lumki, metod-bu grekcha so`z bo`lib, ma'lum masalalarni hal etishga qaratilgan yo`l degan ma'noni anglatadi.Ijtimoiy pedagogikada metod (methodos)-bu shaxsning ijtimoiylashuviga va ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya ishlarini olib borishga, pozitiv ijtimoiy tajribalarni o`zlashtirishga qaratilgan bola qamda ijtimoiy pedagogning hamkorlik faoliyatidir.Ijtimoiy pedagog tomonidan qo`llaniladigan asosiy metodlar quyidagicha tasnif etiladi:
1.Ijtimoiy ish metodlari. Bunga ijtimoiy tashxis metodlari (intervyu, monitoring, sotsiologik savol-javob ishlari, ekspertizadan o`tkazish va h.k.), ijtimoiy reabilitatsiya metodlari (mehnat terapiyasi, guruhli terapiya va h.k) kiradi.
2.Psixologik metodlar. Bularga psixodiagnostika (intellekt va qobiliyatlarni aniqlovchi testlar, savol-javoblar, loyiqa testlari, sotsiometriya), psixokorrektsiyalar (psixogimnastika treninglar, psixologik konsultatsiyalar berish) kiradi.
3.Pedagogik metodlar (pedagogik tajriba, pedagogik nazorat, ta'lim-tarbiya berish metodlari)

4.Ijtimoiy pedagogik metodlar (ijtimoiy tarbiya, ta'sir ko`rsatish, ijtimoiy pedagogik hamkorlik qilish va h.k)

Olimlarning fikricha ijtimoiy pedagogik amaliyotidagi metodlar- bola ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy ijtimoiy tajriba to’planishini ta’minlovchi ijtimoiy pedagogik va bolaning o’zaro bog’liq faoliyati bo’lganligi uchun ijtimoiy pedagogika metodlari haqqida gapirish hali erta. Ular hozir shakllanish bosqichidalar. SHuning uchun ijtimoiypedagog o’z amaliy faoliyatida pedagogika, psixalogiya va ijtimoiy ishda qo’llanayotgan metodlardan foydalanadi.Metoddan tashqari ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar” tushunchalari qo’llaniladi. usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan xususiy, bo’ysunuvchan xarakterga ega. Aslida har bir metod amaliyot tomonidan to’plangan, nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orqali amalga oshiriladi.Ijtimoiyp pedagogikaning u yoki bu usulni qo’llashi aniq ijtimoiy pedagogik vaziyatga, bola xulq-atvoriga, zahiradagi usullarga bog’liq.vosita usul va metoddan ko’ra kengroq tushuncha hisoblanadi. CHunki usul va metod faqatgina muayyan holatlarda vosita vazifasini bajarishlari mumkin. Vositalar-ijtimoiypedagog tomonidan oldiga qo’yilgan maqsadga erishishi uchun qo’llanadigan moddiy, emotsional, aqliy va boshqa shartlar majmuasidir. Vositalar o’z mohiyatiga ko’ra faoliyat usullari hisoblanishmaydi, faqatgina biror-bir pedagogik maqsad (masalan, o’yin, suhbat, disput, konferensiya, trening va boshqalar)ga yetishishi uchun qo’llanilganida faoliyat usuliga aylanishadi.
Ba’zi olimlar ijtimoiy pedagogika metodlarini umumiy pedagogika metodlariga mos qilib tasniflashadi:
-ishontirish
-talab qilish
-hikoya
-suhbat va bahs
-jazolash va maqtash
Biroq ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini qamrab oluvchi metodalr tasnifi quyidagi ko’rinishga ega:Ijtimoiy pedagog tomonidan qo’llaniladigan asosiy metodlar tasnifi
Metodlar
ijtimoiy ish
psixologik
pedagogik
ijtimoiy diagnoztika metodlari
Intervyu
Monitoring
Ijtimoiy so’rov
SHunday qilib ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi ijtimoiy pedagogik faoliyat shakllari, metodlari, vositalari va nazorati mazmunining majmuasi hisoblanadi. Turli metodlarning maqsadga muvofiq birikishi ijtimoiy pedagogik texnologiyaning mohiyatini tashkil qiladi.

Xulosa
Ijtimoiy pedagogika Inson va ijtimoiy muhitning o’zaro ta’sirini uyg’unlashtirish nazariyasi va amaliyotini va ularni ushbu o’zaro ta’sirga tayyorlash vazifasini bajaruvchi fanijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi, hamda insonlarbir- birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini, nima uchun bir guruhga birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladiIjtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi tutgan o‘rni, mohiyati haqida fikr yuritishdan ilgari «Ijtimoiy pedagogika» atamasiga e’tiborni qaratish zarur. Zero unda mustaqil “Ijtimoiy”, “Pedagogika” yo‘nalishdan iborat bo‘lgan mustaqil fan mujassamlashgandir. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi tutgan o‘rni, mohiyati haqida fikr yuritishdan ilgari «Ijtimoiy pedagogika» atamasiga e’tiborni qaratish zarur. Zero unda mustaqil “Ijtimoiy”, “Pedagogika” yo‘nalishdan iborat bo‘lgan mustaqil fan mujassamlashgandir.

Foydalanilgan adabiyotlar roʼyhati:
1. Oʼzbekiston Respublikasi Kadrlar tayerlash milliy
dasturi. T.1997 y. Taʼlim toʼgʼrisida qonun. T.1997y.
2. I.А.Karimov. Oʼzbekiston buyuk kelajak sari. T.1999 y.
3А.Munavvarov. Pedagogika. T. 1996 y.
4.Kuronov M.K. Kurboniyazova Z.K. Ijtioiy pedagogika.
Toshkent, 2003.
5. I.А.Karimov. Oʼzbekiston XXI asrga intilmoqda. T.1999
6. I.А.Karimov. Oʼzbekiston buyuk kelajak sari. T.1998
7. А.V.mudris. Sotsialьnaya pedagogika. Moskva, 2003.
1. Oʼzbekiston Respublikasi Kadrlar tayerlash milliy
dasturi. T.1997 y. Taʼlim toʼgʼrisida qonun. T.1997y.
2. I.А.Karimov. Oʼzbekiston buyuk kelajak sari. T.1999 y.
3А.Munavvarov. Pedagogika. T. 1996 y.
4.Kuronov M.K. Kurboniyazova Z.K. Ijtioiy pedagogika.
Toshkent, 2003.
5. I.А.Karimov. Oʼzbekiston XXI asrga intilmoqda. T.1999
6. I.А.Karimov. Oʼzbekiston buyuk kelajak sari. T.1998
7. А.V.mudris. Sotsialьnaya pedagogika. Moskva, 2003.

Internet materiyallari


1 www.genderi.org
2. Fayllar.org
Download 78,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish