Reja: Yuqori texnologiyali majmualarning mazmuni va mohiyati



Download 22,27 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi22,27 Kb.
#678720
Bog'liq
INNOVATSIYALARNI AMALGA OSHIRISHDA TANLOVNING AHAMIYATI


INNOVATSIYALARNI AMALGA OSHIRISHDA TANLOVNING AHAMIYATI
REJA:

1.Yuqori texnologiyali majmualarning mazmuni va mohiyati.


2. Innovatsion va sanoat rivojlanishi
3. Innovatsiyalarni amalga oshirishda tanlovning ahamiyati

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

1. Yuqori texnologiyali majmualarning mazmuni va mohiyati.
XXI asr dastlabki kunlaridanoq dunyo rivojlanishining barcha jabhalarida – iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy jarayonlar, demografiya, geosiyosiy va geoiqtisodiy jarayonlar yangi sifat o‘zgarishlaridan darak bermoqda. Yaqin o‘tmishda yetarlicha barqaror va muvozanatli bo‘lgan bu jarayonlar duch kelayotgan o‘zgarishlar girdobi ortidan zamonaviy fan vaqti kelganda ulgurmay ham qolmoqda.
Shu narsa tobora yaqqol ko‘zga tashlanib bormoqdaki, geostrategik holat, fan va texnika yutuqlari, kadrlar va ilmiy salohiyat, tabiiy resurslar kabi mavjud ob’ektiv omillardan samarali foydalangan mamlakatlar rivojlanish borasida ancha ilgarib ketgan. Bu mamlakatlar ichki iqtisodiy, siyosiy va xalqaro munosabatlar yangicha tizimini shakllantirib, odamlar hayot tarzini yanada yuqori darajaga yetkazib oldi. Ushbu ijtimoiy tizimga
AQSh va G‘arbiy yevropaning bir qator mamlakatlari, sharqda esa
Yaponiya misol bo‘la oladi.
Fan - texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan foydalana olmagan mamlakatlar vujudga kelgan sharoitlarga moslasha olmay, rivojlanish yo‘lida ancha ortda qolib ketmoqda. Bunday tendensiya yangi emas, albatta. U XX asrda ham tadqiqotchilar tomonidan kuzatilgan.
Uchinchi ming yillik bo‘sag‘asida bu tendensiya yanada kuchayib, uning ta’siri ostida iqtisodiyoti rivojlanmagan mamlakatlar faol xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlar doriasidan chetga chiqib qolmoqda. Bu mamlakatlar global xarakterga ega, o‘ta murakkablashgan munosabatlar tizimida teng huquqli hamkor bo‘la olmaydilar. Ular jahon ijtimoiy jarayonlarining ishtirkochilariga aylana olmaydilar, ularga eng yaxshi holatda kuzatuvchilar roli ajratiladi.
Zamonaviy fan va texnologiya tobora raqobatli bozor kurashiga jalb qilib borilmoqda. Fundamental bilimlar va ularning yakuniy mahsuli - ilmiy-texnik mahsulot – iqtisodiyotning globallashuvi sharoitlarida davlatlarning geosiyosiy manfaatlarini amalga oshirishning muhim omiliga aylanmoqda.
Aholining turmush farovonligi o‘sishi, mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’ati, ta’lim, fan va madaniyatning rivojlanishi, mudofaa qobiliyati bevosita yuqori texnologiyali kompleksni tarkibiy-texnologik qayta tuzishga bog‘liq. Bu sohada yuqori malakali ilmiy, tadqiqotchi va muhandis kadrlar salohiyati saqlanib qolgan.
O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishining taklif etilgan yo‘lini amalga oshirish bir vaqtning o‘zida harbiy-texnologiya kompleksini zamonaviy yuqori texnologiyalar bilan, mamlakat qurolli kuchlarini esa yangi avlod harbiy texnikasi va zamonaviy qurol-yarog‘ namunalari bilan ta’minlash bo‘yicha strategik vazifani hal etishga imkon beradi.

2. Innovatsion va sanoat rivojlanishi


XXI asrda innovatsion loyihalar va yangi g‘oyalarning hayotga keng tatbiq etilishi jamiyat va insoniyat taraqqiyoti uchun samarali hisoblanadi. Texnologiya taraqqiyoti asrida ilmiy loyihalarni ishlab chiqarish va hayotga joriy etish, mamlakat iqtisodiyotining yuksalishida va yangilanishida muhim omil sanaladi. Innovatsion faoliyat infratuzilmasining rivojlanish darajasi innovatsion siyosatni amalga oshirishga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biridir.
Davlatning fan-texnika taraqqiyotini tartibga solish sohasidagi tartibga solish tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga olishi zarur:
davlat siyosatining aniq belgilangan maqsadlarini;
belgilangan maqsadlarni amalga oshiradigan boshqaruv organlari va ularning funksiyalarini;
boshqaruv funksiyalarini to‘liq amalga oshirishda tartibga solish ob’ekti va axborot beradigan axborot tizimini;
davlat boshqaruv organlarining qo‘llab-quvvatlash va tartibga solish instrumentlari - davlatning fan-texnika taraqqiyotini tartibga solishning asosiy instrumentlariga nafaqat uning elementlari taalluqli bo‘ladi, balki davlatning ilmiy imtiyozlar tizimiga muvofiq, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar sohasi o‘rtasida budjet va budjetdan tashqari resurslarni taqsimlash orqali ilmiy texnika yangiliklarini davlat tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlashni;
innovatsion jarayonlarning sub’ektlariga turli xil imtiyozlarni taqdim etishni (ham innovatsiyalarni amalga oshirayotgan bevosita tadbirkorlarga, ham ularni yoki bu darajada qo‘llab-quvvatlayotgan infratuzilma elementlariga);
iqtisodiyotda innovatsion muhitni shakllantirish va ilmiy texnik axborotlar milliy xizmatini, patentlash va litsenziyalash, standartlashtirish, sertifikatlash, statistika, xorijiy tajribani o‘rganuvchi tahliliy markazlar, ilmiy-texnik rivojlanish, prognozlashtiruvchi kadrlarni tayyorlash kabilarni o‘z ichiga oluvchi tadqiqotlar va ishlanmalar ta’minoti infratuzilmasi hamda ular asosida qaror qabul qiluvchi shaxslarni ustuvor ilmiy, milliy tizimlar bilan ta’minlashdan iborat.
“Yovanovich (1982) va Massukato (2000) stoxastik parametrlarga bog‘liq bo‘lgan xarajatlar samarasi ustida ish olib borishgan. Sanoatning hayot siklida stoxastik parametrlar tomonidan mahsulot dizayni hali standartlashtirilmasdan noaniqliklar taqdim qilingan” . Agar yangi sohaga kirib borish, yangi kompaniya yoki qo‘shma korxonani tashkil qilish strategiyasi har tomonlama rivojlanmagan kompaniya tomonidan kuchli va foydali raqobat o‘rinlarini egallash uchun qo‘llanilsa, qoloq ishlab chiqarishlarni yig‘ishtirish va tugatish va transmilliy har tomonlama rivojlanish maqsadidagi qayta qurish va har tomonlama rivojlanish maqsadidagi qayta qurish va har tomonlama rivojlanish strategiyasi, qoidaga ko‘ra, kuchli va etarlicha keng har tomonlama rivojlangan korporatsiyalarda vujudga keladi. Texnologik innovatsiyalar texnologik jihatdan yangi mahsulotlar, jarayonlar, xizmatlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish yoki mavjud mahsulotlar, jarayonlar, xizmatlarda jiddiy texnologik o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Bunda tatbiq etilayotgan mahsulotlar, jarayonlar, xizmatlar samaradorlikning sezilarli darajada oshishi, mehnat unumdorligi, foydaning o‘sishi, mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish uchun xarajatlarning qisqarishiga olib kelishi ko‘zda tutiladi. Texnologik innovatsiyalar innovatsion faoliyat natijasida yaratilgan yoki takomillashtirilgan mahsulot, xizmat, usullarni o‘z ichiga oladi. Korxona, tashkilot uchun sotib olingan va tatbiq etilgan hamda o‘zlari ishlab chiqqan texnologik innovatsiyalar bir xilda muhimdir. Garchi oxirgi yillarda texnologik innovatsiyalarning o‘rni va ahamiyati keskin oshgan bo‘lsa-da, ularni tadqiq etishga yo‘naltirilgan ilmiy ishlarning ko‘lami ancha tor. Ayniqsa, iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda texnologik innovatsiyalardan foydalanish masalalarini o‘rganishga qaratilgan urinishlar juda kam. SHu nuqtai nazardan, iqtisodiyotni texnologik innovatsiyalar asosida modernizatsiya qilish masalalarini tahlil qilish hamda shu asosda ushbu jarayonni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Sanoat innovatsiyalarini tadbiq etish, o‘zlashtirish va tarqatilishi jarayonlarida sohaviy assotsiatsiyalar alohida rol o‘ynaydilar, ular YAponiyada tashqi savdo va sanoat vazirligi homiyligi ostida ko‘proq tarqalganlar. Rossiyaning sohaviy assotsiatsiyalari ham ko‘p ilm talab qiluvchi ishlab chiqarishlar, asbobsozlik, mashinasozlik va h.k. rivojlanishida katta rol o‘ynaganlar.
Agar sanoat kompaniyalarining milliy assotsiatsiyalari deb ataluvchilar (masalan, AQSHda) mamlakatning ilmiy – texnik rivojlanishining milliy ko‘rinishini belgilab bersalar, ko‘pgina mintaqalarda sanoat firmalari sohaviy assotsiatsiyalarining asosiy vazifasi ilmiy – texnik va texnologik yangiliklarni tadbiq etish asosidakorxona xo‘jalik faoliyatini samaradorligini oshirishga ko‘maklashishdir.Assotsiatsiyalarning bir qismi standartlashtirish va sertifikatlashtirish jarayonlarida faol ishtirok etadilar, xodimlarni ilmiy texnik rivojlanishning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish va qayta tayorlash bilan shug‘ullanadilar.Firmalar tadbirkorlik assotsiatsiyalari faoliyatiningmuhim maqsadlaridan biri ishlab chiqarishni modernizatsiyalashda yordam ko‘rsatishdan iboratdir. Ishlab chiqarishni g‘oyatda jamlanishi va “tarkibiy yaxshi bo‘lmagan” sohalarni modernizatsiyalashga yo‘l qo‘ymaslik YAponiyadagi bir qator assotsiatsiyalarning xizmatidir. O‘zining tarkibida muammoli – izlanish xarakteriga ega fundamental tadqiqotlar bo‘yicha bo‘linmalar, hamda tadbiq etish, tahliliy, iqtisodiy guruhlarga ega tadqiqot assotsiatsiyalari innovatsion davraning boshlang‘ich bosqichini faollashtirishda muhim rol o‘ynaydilar. Tadqiqot assotsiatsiyalari akademik OO‘YU sektori va sanoat ishlab chiqarishi o‘rtasidagi yaqindan o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish uchun mo‘ljallanganlar. Tadqiqot assotsiatsiyalar yapon tajribasining tahlili innovatsiyalarni taqdim etish mexanizmidagi muhim xususiyat: kooperatsiya tamoyillarini birlashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rejali tashkil qilish, yangi mahsulotni bozorga tadbiq etish bosqichida ishtirokchilar o‘rtasidagi keskin raqobatga ega. bir markazdan innovatsiyalarni tadbiq etish va o‘zlashtirishning murakkab ko‘p bosqichli jarayonini muvofiqlashtirishni ajratadi. Assotsiatsiyalar iqtisodiyotdagi ziddiyatli boshlanishlarni chatishib ketishlar va o‘zaro kirib borishlar uslublaridan foydalanishda katta tajriba to‘plaganlar. Texnik takomillashish va texnologik yangilanishning uzoq muddatli maqsadlarini amalga oshirishda ular ko‘pgina ishtirokchilarning birlashgan harakatlaridan foydalanish, ko‘pgina ishtirokchilarning hamkorlikdagi harkatlarining muvofiqlashuvini amalga oshirish, bunda kattaroq daromad olish maqsadida firmaningbozordagi hulqi raqobatli undovchi sabablarini yo‘qotmaslikni uddasidan chiqqanlar.

3. Innovatsiyalarni amalga oshirishda tanlovning ahamiyati


Ekspertlarning hisoblashicha, “korxonalarni yangi mahalliy va xorijiy texnologiyalarni joriy qilishga rag‘batlantiruvchi, asosiysi buning uchun imkoniyat taqdim etuvchi tashkiliy va institutsional muhit yaratish birlamchi ahamiyat kasb etadi”. Bizning bozorda faqat hukumatgina innovatsiyalar ruhini uyg‘otishi mumkin degan yolg‘on tasavvur vujudga kelishi mumkin. Faqat uning strategik muammosi kuchli iroda, real stimul va resurslar bilan ta’minlangan holda tadbirkorlikning rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berishi mumkin.
Demak, davlatning iqtisodiy siyosatida top-down va bottom-up yondashuvlari imkoniyatlarini birlashtiruvchi kompleksli innovatsion siyosat zarur bo‘ladi. Mahalliy kompaniyalar, akademiya va OO‘Yu esa birinchi bo‘lishning uddasidan chiqa olmasada, hech bo‘lmasa hammadan ortda qolmaslik uchun diqqat-e’tiborni susaytirmasliklari lozim.
“Sanoat evolyusiyasi asosan innovatsiyalar va bozor strutkturasi dinamikasi orqali tanlov mexanizmiga bog‘liqdir. Bu yerda yangi texnologiyalar va firmalarning kirish va chiqishi muhim ahamiyat kasb etadi” .
Umumiy jihatdan innovatsion jarayon bu voqea-hodisalarning ketma-ketlikdagi zanjiri bo‘lib, uning davomida yangilik oddiy bir g‘oyadan muayyan mahsulot, texnologiya yoki xizmatgacha “pishib etadi” va xo‘jalik amaliyotida tarqaladi.
Bu jarayonni quyidagi sxema ko‘rinishida aks ettirish mumkin:
Ft ↔ At ↔ I ↔ L ↔ Q ↔ O‘ ↔ Si ↔ M ↔ S;
bu yerda:
Ft - fundamental tadqiqotlar;
At - amaliy tadqiqotlar;
I - ishlanmalar;
L - loyihalashtirish;
Q - qurilish;
O‘ - o‘zlashtirish;
Si - sanoat ishlab chiqarishi;
M - marketing;
S - sotuv.

Xulosa
Hozirgi sharoitlarda iqtisodiyotning eng muhim tavsifnomasi fan, ilg‘or texnologiyalar, texnologik bazalarning qanday holatda ekanligi bo‘lib, bu o‘z navbatida mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar raqobatbardoshlik darajasini belgilab beradi. Rivojlangan davlatlarning texnologik yutuqlaridan foydalanish, bu sohada avvalo, MDH mamlakatlari bilan hamkorlik o‘rnatish, xalqaro mehnat taqsimoti va kooperatsiyadan imkon qadar keng foydalanishga intilish zarur. Bunday jarayonlar butun dunyoda ro‘y bermoqda. Yuqorida qayd etib o‘tildiki, texnologik jihatdan ilg‘or mamlakatlar yagona texnologik makon tuzgan bo‘lib, mamlakatimiz unga teng huquqli hamkor bo‘lib kirishi, ayrim yo‘nalishlarda esa yetakchilik uchun kurashishi lozim, buning uchun esa milliy texnologik darajada yetarlicha yuqori bo‘lishi zarur. Bu borada Prezidentimiz uzoq muddatga, ya’ni 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqish to‘g‘risidagi masalaga alohida e’tibor qaratdilar. Bu dasturda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha maqsadli loyihalar o‘z ifodasini topadi.



Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ўзбекистон Республикасининг “Инновацион фаолият тўғрисида”ги Қонуни, 24 июль 2020 йил, ЎРҚ-630-сон
2. Мирзиёев Ш.М. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. //Халқ сўзи, 30 декабрь 2020 йил
3. Мирзаев Қ.Ж., Шавқиев Э.Ш., Жанзаков Б.К.. Инновацион иқтисодиёт: ўқув қўлланма. – Т.: “Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи”, 2020.
4. Peregudov L.V., Saidov M.X. Oliy ta’lim menejmenti va iqtisodiyoti. T: Moliya, 2002.
5. G.Konstantinov, S.Filonovich. Intellektualnoe predprinimatelstvo ili prinsipы obreteniya konkurentnogo preimuщestva v novoy ekonomike. (Elektron. resurs: http://mba.hse.ru/knowledge/files /intellektualnoe predprinimatelstvo.pdf)
6. Volkov A.Ye., Remorenko I.M., Kuzminov Ya.I., Rudnik B.L., Frumin I.D., Yakobson L.I., Andruщak G.V., Yudkevich M.M. Rossiyskoe obrazovanie — 2020: Model obrazovaniya dlya ekonomiki, osnovannoy na znaniyax: k IX Mejdunarodnoy nauchnoy konferensii «Modernizatsiya ekonomiki i globalizatsiya», Moskva, 1-3 aprelya 2018 g. Moskva: Izd. dom GU-VShE, 2018. 39 s. (Elektron resurs: http://www.hse.ru/sci/publications/11010575.html)
Download 22,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish