Fayl nima? Papka nima? Yorliq nima? Fayl nima?
Fayl – ma’lum nomga ega, uzoq muddatga (tashqi) xotirada saqlanadigan tegishli miqdordagi ma’lumot (dastur yoki ma’lumotlar).
Documents.txt
Fayl nomi (255 belgidan oshmasligi lozim)
Kengaytma
Fayl nomi ( · ) bilan ajratilgan ikki qismdan iborat.
Fayl kengaytmasi
Fayl kengaytmasi fayl turi (formati)ni aniqlashga mo‘ljallangan.
Kengaytma, odatda, avtomatik ravishda fayl yaratilgan dastur tomonidan o‘rnatiladi.
Matnli .doc .txt .rtf
Grafik .jpg .gif .bmp
Tovushli .mp3 .snd .wav .mid
Video .mpeg .avi .mov .mp4
Foydalanuvchi dasturlar.exe .bas .pas
Fayllar bilan ishlashda quyidagi amallarni bajarish tavsiya etilmaydi:
faylga uning mazmun-mohiyatini tushuntira olmaydigan nom berish;
faylni keyinchalik topish qiyin bo‘ladigan papkada saqlash;
buni amalga oshirish kerakligini aniq bilmasdan turib, faylni to‘liq o‘chirib tashlash;
dasturlar ishlashining to‘xtashiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ilova papkalarida joylashgan fayllarni o‘chirish yoki ko‘chirish.
Papka (jild) nima?
Papka – ma’lum prinsiplarga muvofiq birlashtirilgan va nomlangan fayllar guruhi.
Ishchi papka (joriy katalog) – foydalanuvchi hozirgi vaqtda ishlatayotgan
papka.
Papka qanday yaratiladi?
Kursor ish stolining bo‘sh joyiga yo‘naltiriladi;
sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi;
sichqonchaning chap tugmachasi bilan “Yaratish” bandi, so‘ngra “Papka” bandi belgilanadi.
Mening rasmlarim
Mening hujjatlarim
Mening musiqam
Mening fotosuratlarim
Mening o‘yinlarim
Mening videolarim
Yaratilgan har bir fayl papkada yoki papkaning ichida joylashgan papka ichida saqlanadi.
Kerakli faylni topish osonroq bo‘lishi uchun, odatda, papkalar ichidagi fayllarga qarab nomlanadi.
Fayllarni saqlash tizimi
Fayllarni saqlash tizimi
Bu tizim kitoblarning kutubxonada saqlanishini eslatadi.
Kutubxona = Disk
Javon = Papka
Tokcha = Ichki joylashtirilgan papka
Kitob = Fayl
Nomlanishi
Kitobning nomi = Faylning nomlanishi
Yorliq nima?
Yorliq – mos keladigan obyektga tezkor kirishni ta’minlaydigan papka, dastur, hujjat belgisi.
Yorliq belgisining pastki chap burchagida har doim strelkali kichik oq belgi tasvirlangan bo‘ladi.
Yorliqlarning kengaytmasi: *.lnk
Yorliq qanday yaratiladi?
Kursor kerakli fayl yoki papkaning ustiga yo‘naltiriladi;
sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi;
sichqonchaning tugmachasi bilan “Yorliq yaratish” bandi tanlanadi.
Yorliqlarning kengaytmasi
Mening kompyuterim
DiskС:
Mening hujjatlarim
Mening faylim.doc
Mening faylim.lnk
Yuklangan fayl
Aksariyat hollarda ish stolidagi “noqulay” joylardagi dasturlarni tez ishga tushirish maqsadida yorliqlar yaratiladi.
Fayl va papkalar bilan ishlash
Fayl/papkani ochish.
Faylni chop etishga yuborish
Fayl/papkani boshqa disk, fleshka yoki boshqalarga yuborish.
Fayl/papkani kesib olish. Bunday holda fayl/papka joyidan olib tashlanadi va buferda saqlanadi.
Fayl/papkadan nusxa ko‘chirish. Bunday holda fayl/papka o‘z joyida qoladi va buferda saqlanib qoladi.
Fayl/papkaning yorlig’ini yaratish.
Fayl/papkani o‘chirish.
Fayl/papkaning nomini o‘zgartirish.
Fayl va papkalar bilan operatsiyalarni bajarish uchun ularning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosish kerak. Bunda “Kонтекст” menyusi paydo bo‘ladi.
Fayl/papkalarning xususiyatlarini ko‘rib chiqish:
- hajmi;
- yaratilgan va oxirgi o‘zgartirishlar kiritilgan vaqti;
- joylashgan o‘rni;
- xususiyatlari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |