Z. N. Mamarajabova ona tili o’qitish maxsus metodikasi


I .4-§. Adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar bolalar



Download 3,53 Mb.
bet61/70
Sana13.07.2022
Hajmi3,53 Mb.
#790358
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70
Bog'liq
ona tili Mamarajabova

I .4-§. Adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar bolalar
sо‘zlashuv nutqini rivojlantirish bо‘yicha pedagogik tizim komponentlari
tavsifi
Adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar bolalar

sо‘zlashuv nutqini rivojlantirish metodlarni tanlashda Y.K. Babanskiy tomonidan taklif qilingan tasnifga (о‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish metodlari; о‘quv-bilish faoliyatini rag‘batlash va motivatsiyalash metodlari; о‘quv-bilish faoliyatini nazorat va о‘zidan о‘zi nazorat qilish metodlari) asoslandik. Bu tasnif “faoliyatga yaxlit yondashuv metodologiyasiga” asoslanildi72. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilarning sо‘zlashuv nutqini rivojlanishini ta’minlaydigan metodlarni ishlab chiqishda u yoki bu muayyan metodni tanlash qator shartlar: о‘quv fanining xarakteri va mazmuni, didaktik vazifalar, о‘quvchilarning tayyorgarlik




72 Бабанский Ю.К. Методы обучения в современной общеобразовательной школе. — М.: Просвещение, 1985. - 207 с. Подласый И. П. Педагогика начальной школы. М.: Гуманитарный издательский центр ВЛАДОС, 2000. -М.: Владос, 2001.- 398 с.
191
darajasi, ularning nutqiy rivojlanishiga bog‘liq ekani haqidagi qoidani e’tiborga olindi. Kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatni tashkil qilish va amalga oshirishni ta’minlaydigan metodlarga о‘qilgan asar mazmunini qayta tiklashga qaratilgan perseptiv metodlar kiritildi. Gnostik metodlar mustaqil intellektual, nutqiy faoliyat rivojini belgilaydi, aqliy rivojlanishga kо‘maklashadi va bolalarda ijodiy tasavvurni shakllantirishn kо‘zda tutadi. Bu guruh metodlari ichida bolani ijodiy rivojlantirish metodiga alohida ahamiyat qaratamiz. Bu metod о‘qituvchi о‘qitishning turli vositalari yordamida о‘quvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil qiladi; о‘quvchilar fikr yuritadi, qiyoslaydi, umumlashtiradi, xulosalar qiladi, tо‘qiydi; ta’lim kitobxonlik faoliyatiga qiziqishning yuqoriligi bilan kechadi; ta’lim о‘quvchilarning estetik, bilishga oid va о‘zini о‘zi rivojlantirish motivlarini belgilaydi va yо‘naltiradi, bular kitobxonlik fikrlash doirasining rivojlanishi va shaxsiy rivojlanishga kо‘maklashadi. Ajratib kо‘rsatilgan tavsiflar о‘qitish amaliyotida kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatiga о‘quvchilarni jalb qilishning turli usullarini muvaffaqiyatdan quvonch hissini tuyish uchun sharoit yaratashda qо‘llash imkonini beradi. Bolani ijodiy rivojlantirish metodini qо‘llashda individual kechinmalar, kuzatishlar, tahliliy fikrlar, kitobxonlik taassurotlari, badiiy iqtidorni, nutqiy ijodni, о‘quvchilarning adabiy matnlar bilan ishlashga ehtiyojini rivojlantirish imkoniyatini kо‘ramiz. Metodlarning bu guruhida muloqotning nutqiy vaziyatlarini yaratish metodi ahamiyatli hisoblanadi. Bu metod о‘quvchilarga о‘qish vaziyatlariga yо‘nalganlik olish (nima uchun ular о‘qishga о‘rganyapti, о‘qish ularga nima beradi, kitob tanlashda nimalarga rioya qilish kerak) imkonini beradigan о‘quv vaziyatlarini yaratish; о‘zining shaxsiy hayotiy taassurotlarini anglash, til vositalari, qahramonlarni mustaqil tanlash, ular harakat qiladigan vaziyatni о‘ylash, о‘z jumlasi kompozitsiyasini qurish bilan mustaqil jumla qurishga istakni hosil qilishga qaratilgan. Shu guruhga kiritilgan boshqa bir metod – prognozlash metodining mohiyati nafaqat asarni bevosita idrok qilish vaqtida uning mazmuni va muallif g‘oyasini tushunish, balki hali boshlanmagan hodisalar, xatti-harakatlar, voqealarni oldindan faxmlash va kо‘ra bilishdan iborat. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan kitobxonning prognostik faolligi bilan birga kechadigan mutolaa uning tasavvurida asarning yaxlit tasviri, о‘z fabulasi yaratilishiga olib keladi. Asarning nomi, illyustratsiyalar ustida ishlash, notanish sо‘zlarga e’tibor qaratish, matnda yashirin savollarni izlash orqali о‘quvchilarda matn mazmunini oldindan faxmlash imkonini beradigan va matnning keyingi idrokini boshqaradigan ustanovkaning shakllanishiga erishamiz. Metodlarning bu guruhida loyihalar metodi ajratildi, uning asosini о‘quvchilarning о‘quv-bilish faoliyati u yoki bu nazariy yoki amaliy muammoni hal qilishda olinadigan natijaga yо‘naltirilganligi haqidagi g‘oya tashkil qiladi. Loyihalar metodi о‘quvchilarga bilim va malakalarni topshiriqlarni rejalashtirish va mustaqil bajarish jarayonida egallash imkonini beradigan о‘quv-bilish usullari yig‘indisini о‘z ichiga oladi. Savodli tarzda tashkil qilingan loyihalash faoliyati eshitishda nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilarning rivojlanishi bilan bog‘liq sezilarli pedagogik samara beradi. Tajriba-sinov о‘qitish doirasida loyihalash metodi adabiy о‘qish darslarida (asarlarni qiyoslash) va sinfdan tashqari о‘qish darslarida (qо‘lyozma va elektron kitobchalar chiqarish, multfilmlar yaratish, fotoalbomlar tuzish, teatr tomoshalari sahnalashtirish) qо‘llandi.

192
Kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatni tashkil qilish va amalga oshirishni ta’minlaydigan metodlar guruhini realizatsiyalashning asosiy usuli tayanch kо‘rgazmalilik hisoblanadi. Adabiy ta’lim jarayonida nutqiy rivojlantirish pedagogik tizimida bu usulga о‘qishga о‘rgatishning an’anaviy metodikasi bilan solishtirganda yangicha yondashamiz. Mazkur usuldan ta’limda savollar yoki frazalar strukturasidan foydalanish, asosiy aloqa va munosabatlarni ifodalash, mikromavzularni, turli tipdagi matnlarni, fikrlar, dialoglarni tuzish va sxemalarini ajratish imkonini beradigan asoslarni konstruksiyalashga asoslangan bilimlar manbasi sifatida foydalaniladi.


Kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatni shakllantirish, rag‘batlash va motivatsiyalashga qaratilgan metodlarning ikkinchi guruhida bilishga qiziqishni shakllantirish metodi yetakchi о‘rin tutadi. Bu metodni ta’limda amalga oshirish kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatga, uning mazmuni, amalga oshirish shakl va metodlariga nisbatan ijobiy hislar shakllanishini ta’minlaydi. Emotsional holat hamma vaqt tо‘lqinlanish, hayajon: javob, hamdardlik, quvonch, jahl, hayrat kabilarni kechirish bilan bog‘liq. Ta’kidlash muhimki, о‘quvchilarni chuqur ichki kechinmalarga diqqat, ularni eslab qolish, anglash jarayonlariga jalb qilish bu jarayonlarning kechishini erishiladigan natijalar nuqtai nazaridan yanada jadal qa samarali bо‘lishini ta’minlaydi. Bilishga qiziqishni shakllantirishning asosiy usullari: muvaffaqiyat, yangilik, qiziqarlilik, hayratlanish vaziyatlarini yaratish, о‘yinli vaziyatlardan foydalanish sanaladi.


Adabiy-ijodiy faoliyat ustidan nazoratni ta’minlovchi metodlar guruhiga matnni mukammallashtirish metodi kiradi. Bu metodni realizatsiyalashning asosiy usuli tahrirlash bо‘lib, uning ahamiyatliligi usul fikrlash, emotsional-irodaviy sohani rivojlantirishning faol vositasi ekani bilan belgilanadi73. О‘z jumlalarini tahrirlash davomida о‘quvchilar sarlavha jumlasini g‘oyaga muvofiq tо‘g‘rilash; mavzuga va aytilayotgan asosiy fikrga mos bо‘lmagan bir yoki bir necha gapni istisno qilish; mavzu va asosiy g‘oyani ochib berishga kо‘maklashadigan gaplarni qо‘shishga oid mashqlarni bajaradi. Tahrirlash usulini qо‘llashning ahamiyati uning eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolani о‘z nutqi rivojlanishi yо‘lida ilgari olib borishi bilan belgilanadi. Adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish mazmunini о‘zgartirish о‘quvchilar faoliyatini tashkil qilishning yangi shakllaridan foydalanishga ham olib keladi. Adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish pedagogik tizimining faoliyatli komponenti doirasida an’anaviy frontal darslar kabi, qiziqarli: “dars-bayram”, “dars-konsert”, “dars-viktorina”, “dars-sayohat”, “dars-taqdimot” dars-о‘yinlar ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan tizimda adabiy о‘qish darsi bilan darsdan tashqari faoliyat о‘rtasida qat’iy chegaralashning mavjud emasligi tamoyili yangilik hisoblanadi. Fikrimizcha, adabiy о‘qish darslarida va sinfdan tashqari paytda о‘quvchilar faoliyatini tashkil qilishning turli shakllaridan foydalanish adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish pedagogik tizimini qо‘llash





  1. Никитина М.И. Психолого-педагогические основы совершенствования литературного образования слабослышащих школьников. Диссертация ... д-ра пед. наук. — Л.: ЛГПИ им. А. И. Герцена, 1983.-87 с.

193
uchun optimal sharoit yaratadi, eshitishida nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilarga kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatida yuqori darajalarga erishish imkonini beradi. Adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish pedagogik tizimining strukturaviy kompolnentlarini ishlab chiqishda navbatdagi qadam baholash-natijaviy komponentini ishlab chiqish bо‘lib, uning mohiyatini pedagogik jarayonning samaradorligini aks ettirish va qо‘yilgan maqsadga muvofiq erishilgan siljishlarni namoyon qilish bilan ifodalandi. Baholash-natijaviy komponentni ishlab chiqishda adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish darajasi kо‘rsatkichlarini kompleks diagnostikalashga tayanamiz, diagnostika nafaqat о‘qish texnikasi, balki asarni idrok qilish darajasi, mustaqil jumla yaratish, bibliograif kompetentlik hamda kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatining motivatsion bahosini aniqlashni nazarda tutadi. Adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish jarayonida о‘qitish natijalari diagnostik xulosalarning aniqligi, tо‘liqligi va о‘z vaqtida qilinganiga tо‘g‘ridan tо‘g‘ri va bevosita bog‘liq. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilar psixik rivojlanishi о‘ziga xosligini (bilish jarayonlari kechishining sekinlashuvi, sabab-oqibat aloqalarini shakllantirishdagi qiyinchiliklar, о‘zlashtirilgan faoliyat usullarini uning yangi turariga kо‘chirishning qiyinligi, emotsional sohaning о‘ziga xosligi) hisobga olib, natijalarning eshitadigan о‘quvchilar bilan qiyoslaganda bir muncha kechroq kо‘zga tashlanishini taxmin kildik. Ishlab chiqilgan adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish pedagogik tizimining (maqsadli, mazmunli, faoliyatli va baholash-natijaviy) komponentlari bir-biriga о‘zaro bog‘liq, birgalikda tizimning ahamiyati va mazmunini hamda kommunikativ, kitobxonlik va adabiy-ijodiy malakalarning shakllanishini belgilaydigan elementlarni о‘z ichiga olgan tizimdir.


Tadqiqotning maqsadli vazifalarini hal qilishni ta’minlashda navbatdagi qadam adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilarni nutqini rivojlantirish pedagogik tizimining asosiy maqsadli, mazmuniy, faoliyatli, baholash-natijaviy komponentlarini (tarkibiy qismlarini) ajratishdan iborat bо‘ldiTizimning asosiy elementi maqsadli komponent hisoblanadi. Maqsadli komponent umumpedagogik adabiyotlarda о‘quv fanini о‘rganish, har bir bо‘lim va dars maqsadi va vazifalarining pedagog tomonidan anglanishi va о‘quvchilar tomonidan qabul qilinishini anglatadi. Dars va о‘quv jarayonini tashkil qilish muammolari bilan shug‘ullanadigan olimlarning fikricha [Y.K. Babanskiy, 1992; T.D. Kirilova, 1996; P.I. Pidkasistiy, 1996; I.P. Podlasiy, 2001; A.P. Tryapitsina, 1997], aniq belgilangan maqsad pedagogga dars natijasini oldindan kо‘ra bilish, bilim, malaka va kо‘nikmalarning “о‘sishini” belgilash, dars tipi, uni olib borish usullarini aniqlash imkonini beradi74. Maqsadli komponentni ishlab chiqishda ta’lim jarayoni


74Подласый И. П. Педагогика начальной школы. М.: Гуманитарный издательский центр
ВЛАДОС, 2000. -М.: Владос, 2001.- 398 с.; Казакова Е.И., Тряпицына А.П. Диалог на

лестнице успеха (Школа на пороге нового века). - СПБ.: СПб-XXI век, ЗАО Пресс-атташе, 1997. - 160 с.


194
rivojlanishining zamonaviy tendensiyayalariga asoslandik. Avvalo, bugun umumiy va maxsus pedagogikada avtoritar subyekt-obyekt munosabatlari о‘rniga insonparvar shaxsga yо‘naltirilgan yondashuv kelgani, unda о‘quvchi shaxsi ta’lim jarayonida eng asosiy qadriyat sifatida qaralayotganidan [M.P. Voyushina, 2002; N.M. Nazarova, 2001; M.I. Nikitina, 2006] kelib chiqdik. Bu yondashuv ta’lim va tarbiya jarayonlarini birlashtirish imkonini beradi va diqqat markazida badiiy matn, turlicha kitobxonlik qarashlarining о‘zaro ta’siri, о‘quvchilarning mustaqil fikrlari turadigan adabiy о‘qish darslarida о‘quvchilarning poyetnsial imkoniyatlari ochilishini rag‘batlaydi. Boshqacha qilib aytganda, sо‘z adabiy materialni nafaqat ongli qayta yaratish, balki badiiy matnni ijodiy talqin qilish darajasini ta’minlaydigan rivojlantiruvchi ta’lim haqida boradi.

Shuning uchun ham taklif qilinayotgan adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilarni nutqini rivojlantirish pedagogik tizimida ta’lim maqsadi aynan nafaqat adabiy ta’lim jarayonida о‘quvchilarni nutqini rivojlantirish, balki ularni asl mutolaaga о‘rgatish, badiiy sо‘z olamiga olib kirish, badiiy til qonuniyatlarini egallash, badiiy asarlarni tо‘laqonli idrok qilish malakalarini shakllantirish, muloqot va kommunikativ madaniyat kо‘nikmalarini rivojlantirish, kitobga nisbatan mehr, mustaqil mutolaaga qiziqish uyg‘otish sifatida belgilandi. Bundan tashqari, pedagogik tizimning maqsadi eshitishda nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilarning psixologik rivojlanish xususiyatlari bilan belgilangan о‘ziga xosliklarga ega. Shuning uchun u bilish va emotsional sohalardagi kamchiliklarni korreksiyalash, kompensator jarayonlarni shakllantirishni ham о‘z ichiga oladi va


adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilarni nutqini rivojlantirish pedagogik tizimining umumiy maqsadini ifodalaydi.Adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilarni nutqini rivojlantirish pedagogik tizimining maqsadini qо‘yish va uning о‘ziga xosligini tushunish о‘qishga о‘rgatishning quyidagi vazifalarini ustuvor deb belgilashga imkon beradi:





  • (ravon, tо‘g‘ri, ongli va ifodali) о‘qish kо‘nikmasini shakllantirish;

  • kitobxonlik va adabiy-ijodiy malakalarni shakllantirish;




  • bibliografik bilim va malakalar kompleksini egallash;




  • eshitishda nuqsoni bо‘lgan kichik о‘quvchilar nutqiy rivojlanishi va nutq madaniyatining yuqori darajasiga erishish;




  • eshitish idroki, talaffuz va psixik jarayonlarni korreksiyalash va rivojlantirish;




  • eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolaning shaxsiy-motivatsiya sohasini rivojlantirish.

Eshitishda nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilarga ta’lim berish muvaffaqiyati shu vazifalarni hal qilishga bog‘liq, adabiy о‘qish darlarining о‘quvchilarning umumiy kо‘nikmalari, malakalari va faoliyat usullari shakllanishidagi jiddiy hissasi shundan kelib chiqadi.


Maqsadli komponent umumpedagogik adabiyotlarda [Y.K. Babanskiy, 1992; G.D. Kirilova, 1996; I.P. Podlasiy, 2001] eng ahamiyatlilaridan biri, о‘quv


195
jarayonining boshqa, aynan esa: mazmuniy, faoliyatli va baholash-natijaviy komponentloari о‘ziga xosliklarini belgilaydigani sifatida ta’riflanadi75 .

Pedagogik tizimning mazmuniy komponentini ishlab chiqishda I.Y. Lernerning M.N. Skatkin [1980] ishlarida о‘z rivojini topgan ta’lim mazmuni tarkibida tо‘rtta о‘zaro bog‘liq elementni ajratish zarurligi haqidagi g‘oyasiga asoslandik76. Bu tо‘rtta element quyidagilar hisoblanadi:





  1. jamiyat tomonidan bilimlarning tо‘planishi;




  1. faoliyat usullarini amalga oshirish tajribasini gavdalantiradigan malaka va kо‘nikmalarning yig‘indisi;




  1. jamiyat oldida turgan muammolarni hal qilish bо‘yicha ijodiy, izlanishli faoliyat tajribasi;

g)emotsional-baholash faoliyati tajribasi.


Fikrimizcha, bu elementlarning har biri mazmun ham mansub bо‘lgan nisbatan yuqori darajadagi tizim doirasida kichik tizimlarni hosil qiladi. Bizning holatimizda – bu kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatni shakllantirish bо‘yicha ish mazmuni. О‘z navbatida, bu har bir kichik tizim ichida tizim hosil qiladigan, uning yaxlit faoliyatini ta’minlaydigan komponentni ajratish imkonini beradi. Taklif qilingan pedagogik tizim mazmuni tarkibiga quyidagilar kiradi:





  1. kitobxonlikka oid va nutqiy malakalar;

  2. matnni mazmuniy tahlil qilish usullari;

  3. nutqiy muloqot va ijodiy faoliyat tajribasi;




  1. kitobxonlik va emotsional-baholash faoliyat tajribasi. Mazmuniy komponentning birinchi elementi kitobxonlikka oid va nutqiy


Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish