malakalar. Malakalarni biz
|
maqsadlar va harakat qilishga tо‘g‘ri kelgan sharoitlarga
|
muvofiq
|
harakatlarni tobora
|
samarali
|
bajarishga tayyorlik sifatida
|
tushunamiz77.
|
Maxsus
|
ta’lim muassasalari
|
Dasturida
|
[2015] malakalarning uchta
|
turi: matnlarni
|
о‘qish bilan bog‘liq; matn ustida ishlash va nutqiy malakalar ajratilgan. Dasturda sanab о‘tilgan malakalar tahlili xulosaga kelish imkonini beradiki, ayrim malakalar
75Бабанский Ю.К. Оптимизация учебно-воспитательного процесса. — М.: Просвещение,
1982. - 191 с.; Подласый И. П. Педагогика начальной школы. М.: Гуманитарный
издательский центр ВЛАДОС, 2000. -М.: Владос, 2001.- 398 с
76 Лернер И .Я. Дидактические основы методов обучения. - М.: Педагогика, 1981. - 185
с.;Скаткин М.Н. Проблемы современной дидактики. - М.: Педагогика, 1980.-95 с.
77 Воюшина М.П. Формирование умения анализировать художественное произведение как средство литературного развития младших школьников. Диссерт. на соиск. канд. пед. наук, Л., 1989. — 65с.; Воюшина М.П. Методические основы литературного развития младших школьников // Методические основы языкового образования и литературного развития младших школьников / Под ред. Т.Г. Рамзаевой. — Спб.: Изд-во «Специальная литература», 1997. - С. 40- 86.
196
aniqlashtirilmagan, mutolaa qilinadigan asarlarni idrok qilish, fikrlar tuzish va bibliografik kompetentlikni egallash xususiyatlarini yetarlicha hisobga olmagan.
О‘qiladigan asarlarni yaxlit badiiy idrok qilish, badiiy bilish (ijodiy tasavvur, tafakkur, emotsional kechirish, о‘quvchilarning nutqiy rivojlanishi) jarayonlari birligi konsepsiyasidan kelib chiqqan holda о‘zaro aloqadorlikda amal qiladigan, biroq har biriga alohida о‘rgatishni talab qiladigan malakalarning bir necha guruhini ajratdik. Adabiy asarni idrok qilish xususiyatlari bilan bog‘liq malakalarning birinchi guruhida shartli ravishda о‘qish kо‘nikmasini shakllantirish bilan bog‘liq bо‘lgan intellektual, emotsional-baholash malakalarini ajratib kо‘rsatdik.
Asar tahlili bilan bog‘liq intellektual malakalar: epizodlarni tahlil qilish; о‘qilganlarda asosiy fikrni ajratish; matnni mazmuniy qismlarga bо‘lish; о‘qilganga reja tuzish; qahramonlar xatti-harakatini tushuntirish; qahramonlarni solishtirish; savollar yordamida matndagi tushunarsiz о‘rinlarni aniqlash; sabab-oqibat munosabatlarini tushunish; harakalar rivoji mantiqini kо‘ra bilish; personajni yaxlit idrok qilish; muallif nuqtai nazarini kо‘ra bilish; turli janrlardagi asarlarni farqlash;
emotsional-estetik xarakterdagi malakalar: til vositalarining ifodaliligini kuzatish; sо‘zlarning ma’nolarini tushunish, sо‘zlarni ma’nodoshlari yoki qarama-qarshi ma’noli sо‘zlar bilan almashtirish; muallif tomonidan qо‘llangan obrazli sо‘z va ifodalarni tushunish; muallif tasvirlagan hayot tasvirlarini tasavvurda qayta yaratish; turdosh san’at turlari bilan ishlash, tasavvurdagi tasvirlarni xayolan oxiriga yetkazish;
о‘qish kо‘nikmasini shakllantirish bilan bog‘liq malakalar: tо‘g‘ri, ravon, anglab va ifodali о‘qish.
Bibliografik kompetentlikni egallash bilan bog‘liq ikkinchi guruh malakalar kitob, о‘qish gigiyenasi, bibliografik yordamning eshitishda nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilar uchun tushunarli (qulay) bо‘lgan asosiy elementlari (kartoteka, kitob kо‘rgazmalari, alfavit, tematik, elektron katalog) asosida shakllantiriladi. О‘quvchilarning kitob olamida yо‘nalganlik olishiga kо‘maklashadigan malakalar sirasiga quyidagilar kiritildi: kitob muallifi va nomini qayta yaratish; asosiy elementlarni aytib berish; nomi, illyustratsiyalari, mundarijasi, annotatsiyasiga qarab mazmunni bashorat qilish; kataloglardan foydalanib kitobni topish; ma’lum mavzuga oid kitoblarni tanlash; katalog katorchkaga qarab kitob tavsifini tushunish; mavzu bо‘yicha sinfdan tashqari о‘qiо‘sh uchun kitoblar rо‘yxatini tuzish; navbatdagi dars mavzusi о‘yicha kitob kо‘rgazmalarini jihozlash; qulay ma’lumotnomalardan foydalanish.
Malakalarning eshitishda nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilar nutqini rivojlantirish bо‘yicha doimiy korreksion ishni talab qiladigan nutqiy rivojlanishning о‘ziga xosligini hisobga oladigan uchinchi guruhi о‘qilgan asar bо‘yicha fikrlarni yaratish bilan bog‘liq. Malakalarning bu guruhida quyidagilarni ajratdik: fikr mazmunini belgilash; nutqning ma’lum tipi uchun xos bо‘lgan til konstruksiyalaridan foydalanib, mazmunni berish; bayonning mavzuli, mazmuniy birligi va mantiqini saqlagan holda mavzu bо‘yicha hikoya qilish; fikr elementlarini muallif g‘oyasiga bо‘ysundirish; nutqda tilning tasviriy ifoda vositalarini qо‘llash.
197
Darsda ishlanishi lozim bо‘lgan malakalarni aniq ajratish va belgilash ta’limiy, tarbiyaviy va korreksion vazifalarni hal qilish uchun muhim.
Mazmunning ikkinchi elementi strukturasini (tuzilmasini) matnni mazmuniy tahlil qilish usullari tashkil qiladi. Bu elementni ajratish avvalgi element bilan bog‘liq. Matnni mazmuniy tahlil qilish usullari deganda badiiy asarni tahlil usullarini, ya’ni kitobxon asar g‘oyasiniо‘zlashtirish jarayonida bajaradigan muayyan operatsiyani tushunamiz. О‘qitish jarayonini tashkil qilishda hisobga olish muhimki, tahlil usuli – badiiy asarni tushunish (anglash) vositasi, shuning uchun uning tanlovi badiiy matnning xususiyatlari, tahlilda hal qilinishi lozim bо‘lgan vazifalar bilan belgilanadi.faqat shu vazifani hal qilish jarayonida usul о‘zining ikkinchi vazifasini bajaradi – tahlil malakalarini shakllantirish, adabiyotshunoslikka oid tasavvurlar va kitobxonlik tajribasini egallash vositasiga aylanadi78. Ta’limning boshlagg‘ich bosqichida kichik о‘quvchilar kitobxonlik malakalarini endigigna egallayotgan bо‘lishi bois ular tahlil usullariga maxsus о‘rgatishga muhtoj. Usulni tanlash о‘qish malakasining shakllanish bosqichi, uning murakkablik va kitobxonlik malakalari bilan nisbatlanganlik darajasiga bog‘liq. О‘qishni egallashning tahliliy darajasi uchun idrok va anglash mexanizmlari bilan vaqtinchalik uzilish tartibi xos ekanini e’tiborga olgan holda, eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar asarni mazmuniy tahlil qilishning operatsion tomoniga о‘rgatiladi, uning muayyan usullarini egallaydi. Masalan, hodisa va voqealarning aniq tavsifi keltirilgan tayanch (kalit) sо‘z yoki gaplarni izlash va ajratish79.
Sintetik darajada butun sо‘zlar bilan о‘qish kо‘nikmasi shakllantiriladi. Bunda sо‘zni kо‘rish orqali idrok qilish va talaffuz qilish uning ma’nosini anglash bilan mos keladi [T.G. Yegorov, 1953, 2006]. Bu darajada о‘qish kunikmasini egallashning sintetik usullari tiklanishi rо‘y beradi, sо‘z birikmasi yoki gap tarkibidagi sо‘zning ma’nosini tushunish uni talaffuz qilishdan oldin keladi, ya’ni о‘qish mazmuniy faxmlash orqali amalga oshiriladi. Nutq – fikr mexanizmlari jiddiy tarzda
murakkablashadi: eshitiladigan talaffuz qilinadigan va kо‘riladigan sо‘z assotsiatsiyalariga “mazmuniy” sо‘z qо‘shiladi, bolalar endi sо‘z-tushunchalar bilan operatsiyalaydi. Tahlilning operatsion tomoni murakkablashadi, chunki matnlar murakkablashadi. Usul tahlil asbobiga aylanadi, eshitishda nuqsoni bо‘lgan bola kо‘nglidagi natijaga erishish uchun undan foydalanishga о‘rganadi. Bu darajada о‘quvchilarning voqea yoki hodisalarning ikkinchi darajali tavsiflarini ifodalagan sо‘z yoki gaplarni izlash va ajratish bilan bog‘liq faoliyati tashkil etiladi.
Gap (jumla) lar bо‘yicha о‘qishga о‘tishda idrok birligi frazagacha kattalashadi, ayni paytda jarayonning abstrakt-mantiqiy tomoni ortadi va tahlilning operatsion
78Воюшина М.П. Формирование умения анализировать художественное произведение как средство литературного развития младших школьников. Диссерт. на соиск. канд. пед. наук, Л., 1989. — 73с.;
Егоров В.В. Особенности понимания глухими учащимися нравственных сторон литературно-художественного образа: Автореферат ... канд. пед. наук - М.: НИИ Дефектологии, 1976. - 74 с.
198
tomoni avtomatlasha boshlaydi80 [T.G. Yegorov, 1953, 2006]. Bu jarayonning о‘zi о‘quvchi tomonidan kam anglashilishi va birinchi о‘ringa matnni: uning faktologik mazmuni, kompozitsiyasi, qо‘llangan tasviriy vositalarni anglash chiqadi, deganidir. Bu darajada о‘quvchilar matnning turli qismlaridagi axborotni jamlaydi, aynan bitta frazani turli kontekstlarda tushunishga, sabab-oqibat bog‘lanishlarini aniqlash, matnda tasvirlangan voqealar kontekstini tiklash, voqealar rivoji haqida о‘z farazlarini bildirish, о‘z nuqtai nazarini о‘z tajribasi bilan asoslashga о‘rganadi.
Shunday qilib, о‘qish malakasini shakllantirishning har bir darajasida bolalar faoliyatini tahlil usuli matnni yaxlit idrok qilish, turli janrlarga xos badiiy asarlarni anglab о‘qish, muallifning asosiy fikrini tushunish va muallif g‘oyasini aniqlash malakalarini shakllantirish usuliga aylanadigan tarzda tashkil qilish asosiy vazifa bо‘lib qolaveradi.
Mazmunning ikkinchi komponenti tizimliligi adabiy о‘qish darslarida asar tahlili о‘qish malakasiga tayanishi bilan belgilangan, shuning uchun ta’limning vazifalaridan biri о‘qish kо‘nikmasinining texnik tomonini shakllantirish hisoblanadi. О‘qitish davomida ravon va tо‘g‘ri о‘qishni ishlashga qaratilgan mashqlarga katta e’tibor qaratamiz, fikrimizcha, о‘quvchi о‘qishning bu tavsiflarini egallashda qanchalik tez ilgarilasa, uning о‘qiishi shunchalik ifodali va anglashilgan bо‘ladi, bu. О‘z navbatida, о‘quvchilarga matnni mazmuniy tahlil qilish usullarini о‘zlashtirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |