Z. N. Mamarajabova ona tili o’qitish maxsus metodikasi



Download 3,53 Mb.
bet64/70
Sana13.07.2022
Hajmi3,53 Mb.
#790358
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70
Bog'liq
ona tili Mamarajabova

Faoliyatli komponent о‘quv jarayoni mohiyatini tobora tо‘liq aks ettiradi. Pedagog va о‘quvchilar faoliyatida bilim, kо‘nikma va malakalarni о‘zlashtirish funksiyasi amalga oshiriladi. Pedagogik adabiyotlarda [Y.K. Babanskiy, 1989; P.I. Pidkasistiy, 1996; I.P. Podlasiy, 2001] kо‘rsatilishicha, bu komponent о‘quv faoliyatini tashkil qilishning ma’lum metod, usul, vosita va shakllari vositasida amalga oshiriladi87. Pedagoglar bolaning barcha psixik jarayonlarini rivojlantiradigan va “eng yaqin rivojlanish zonasida” yotadigan ish usullarini tanlashni taklif qiladi. Metodlarni tanlashda Y.K. Babanskiy [1989] tomonidan taklif qilingan tasnifga asoslandik88, unda uchta guruh: 1) о‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish metodlari; 2) о‘quv-bilish faoliyatini rag‘batlash va motivatsiyalash metodlari; 3) о‘quv-bilish faoliyatini nazorat va о‘zida о‘zi nazorat qilish metodlari

ajratib kо‘rsatilgan. Bu tasnif “faoliyatga yaxlit yondashuv metodologiyasiga” asoslangan [Babanskiy 1989: 282]89. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilarning


adabiy ta’lim jarayonida rivojlanishini ta’minlaydigan metodlarni ishlab chiqishda u yoki bu muayyan metodni tanlash qator shartlar: о‘quv fanining xarakteri va mazmuni, didaktik vazifalar, о‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi, ularning nutqiy rivojlanishiga bog‘liq ekani haqidagi qoidani [Nikitina 1995: 24] e’tiborga oldik90. Sanab о‘tilgan guruhlarga oid metodlarni kо‘rib chiqamiz.



  1. Бабанский Ю.К. Избранные педагогические труды. - М.: Педагогика, 1989.-559 с.; Подласый И. П. Педагогика начальной школы. М.: Гуманитарный издательский центр ВЛАДОС, 2000. -М.: Владос, 2001.- 398 с.




  1. Бабанский Ю.К. Избранные педагогические труды. - М.: Педагогика, 1989.-559 с.




  1. Бабанский Ю.К. Избранные педагогические труды. - М.: Педагогика, 1989.-559 с.




  1. Никитина М.И. Чтение и развитие речи / Книга для учителя школы слабослышащих. Обучение русскому языку, чтению, произношению / Под ред. К.Г. Коровина — М.: Просвещение, 1995. - с. 18 — 43.

203
Kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatni tashkil qilish va amalga oshirishni ta’minlaydigan metodlarga о‘qilgan asar mazmunini qayta tiklashga qaratilgan perseptiv metodlarni kiritdik. Gnostik metodlar mustaqil intellektual, nutqiy faoliyat rivojini belgilaydi, aqliy rivojlanishga kо‘maklashadi va bolalarda ijodiy tasavvurni shakllantirishn kо‘zda tutadi. Bu guruh metodlari ichida bolani ijodiy rivojlantirish metodiga alohida ahamiyat qaratamiz. Bu metodning asosiy tavsiflari, fikrimizcha, quyidagilar: 1) о‘qituvchi о‘qitishning turli vositalari yordamida о‘quvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil qiladi; 2) о‘quvchilar fikr yuritadi, qiyoslaydi, umumlashtiradi, xulosalar qiladi, tо‘qiydi; 3) ta’lim kitobxonlik faoliyatiga qiziqishning yuqoriligi bilan kechadi; 4) ta’lim о‘quvchilarning estetik, bilishga oid va о‘zini о‘zi rivojlantirish motivlarini belgilaydi va yо‘naltiradi, bular kitobxonlik fikrlash doirasining rivojlanishi va shaxsiy rivojlanishga kо‘maklashadi. Ajratib kо‘rsatilgan tavsiflar о‘qitish amaliyotida kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatiga о‘quvchilarni jalb qilishning turli usullarini muvaffaqiyatdan quvonch hissini tuyin uchun sharoit yaratashda qо‘llash imkonini beradi. Bolani ijodiy rivojlantirish metodini qо‘llashda individual kechinmalar, kuzatishlar, tahliliy fikrlar, kitobxonlik taassurotlari, badiiy iqtidorni, nutqiy ijodni, о‘quvchilarning adabiy matnlar bilan ishlashga ehtiyojini rivojlantirish imkoniyatini kо‘ramiz.

Metodlarning bu guruhida muloqotning nutqiy vaziyatlarini yaratish metodi ahamiyatli hisoblanadi. Bu metod о‘quvchilarga о‘qish vaziyatlariga yо‘nalganlik olish (nima uchun ular о‘qishga о‘rganyapti, о‘qish ularga nima beradi, kitob tanlashda nimalarga rioya qilish kerak) imkonini beradigan о‘quv vaziyatlarini yaratish; о‘zining shaxsiy hayotiy taassurotlarini anglash, til vositalari, qahramonlarni mustaqil tanlash, ular harakat qiladigan vaziyatni о‘ylash, о‘z jumlasi kompozitsiyasini qurish bilan mustaqil jumla qurishga istakni hosil qilishga qaratilgan.


Taklif qilinadigan vaziyatlarda о‘quvchilar badiiy asarlarning leksik materialini о‘zlashtiradi, uni о‘qituvchi yordamida va mustaqil talaffuz qiladi (gapiradi), natijada, о‘quvchilarda nutqiy muloqot, nutq madaniyati, labdan о‘qish malakasi rivojlanadi.


Shu guruhga kiritilgan boshqa bir metod – prognozlash metodining mohiyati nafaqat asarni bevosita idrok qilish vaqtida uning mazmuni va muallif g‘oyasini tushunish, balki hali boshlanmagan hodisalar, xatti-harakatlar, voqealarni ooldindan faxmlash va kо‘ra bilishdan iborat. Fikrimizcha, eshitishda nuqsoni bо‘lgan kitobxonnning prognostik faolligi bilan birga kechadigan mutolaa uning tasavvurida asarning yaxlit kartinasi, о‘z fabulasi yaratilishiga olib keladi. Asarning nomi, illyustratsiyalar ustida ishlash, notanish sо‘zlarga e’tibor qaratish, matnda yashirin savollarni izlash orqali о‘quvchilarda matn mazmunini oldindan faxmlash imkonini beradigan va matnning keyingi idrokini boshqaradigan ustanovkaning shakllanishiga erishamiz.


Bu metod о‘quvchilarni mutolaa qilingan asar asosida jumla qurishga о‘rgatishda qо‘llanadi. О‘quvchilar voqea, xatti-harakatlarni prognozlaydi, . leksika, leksik birliklarning grammatik shakllari va yaxlit strukturalarni oldindan belgilaydi.


204
Prognozlash о‘quvchini tamoyili al yangi pozitsiya – adabiy о‘qish darsini rejalashtirish, tashkil qilish va о‘tkazishda faol ishtirok qiladigan о‘quv faoliyati subyekti pozitsiyasiga olib chiqadi.


Metodlarning bu guruhida loyihalar metodi ajratildi, uning asosini о‘quvchilarning о‘quv-bilish faoliyati u yoki bu nazariy yoki amaliy muammoni hal qilishda olinadigan natijaga yо‘naltirilganligi haqidagi g‘oya tashkil qiladi [V.V. Davidov, 1996; I.I. Ilyasov, 1986; V.D. Shadrikov, 2006]91. Loyihalar metodi о‘quvchilarga bilim va malakalarni topshiriqlarni rejalashtirish va mustaqil bajarish jarayonida egallash imkonini beradigan о‘quv-bilish usullari yig‘indisini о‘z ichiga oladi. Savodli tarzda tashkil qilingan loyihalash faoliyati eshitishda nuqsoni bо‘lgan


о‘quvchilarning rivojlanishi bilan bog‘liq sezilarli pedagogik samara beradi. Tajriba-sinov о‘qitish doirasida loyihalash metodi adabiy о‘qish darslarida (asarlarni qiyoslash) va sinfdan tashqari о‘qish darslarida (qо‘lyozma va elektron kitobchalar


chiqarish, multfilmlar yaratish, fotoalbomlar tuzish, teatr tomoshalari sahnalashtirish) qо‘llandi.


Kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatni tashkil qilish va amalga oshirishni ta’minlaydigan metodlar guruhini realizatsiyalashning asosiy usuli tayanch kо‘rgazmalilik hisoblanadi. Ta’kidlash kerakki, adabiy ta’lim jarayonida nutqiy rivojlantirish pedagogik tizimida bu usulga о‘qishga о‘rgatishning an’anaviy metodikasi bilan solishtirganda yangicha yonlashamiz. Avvalo, usuldan biz ta’limda savollar yoki frazalar strukturasidan foydalanish, asosiy aloqa va munosabatlarni ifodalash, mikromavzularni, turli tipdagi matnlarni, fikrlar, dialoglarni tuzish va sxemalarini ajratish imkonini beradigan asoslarni konstruksiyalashga asoslangan bilimlar manbasi sifatida foydalanamiz. Grafik va savollar sxemalari, tayanch konstruksiyalar va savollar konstruksiyaning asosiy komponentlari joylashishini va ularning jumla tuzish uchun aloqasini belgilaydigan reja sanaladi. О‘qitish davomida taklif qilingan kо‘rgazmali tayanch konstruksiyalar:





  • aloqalarni kо‘rsatish;

  • mustaqil xabarni ifodalagan bog‘lamlar bilan ishlash;

- axborotni uning strukturasini tushunish vaqtidayot “hajmli” tarzda uzatish (“makonlilik”);



  • mazmunni qayta qurish, uni о‘zicha, ijodiy qayta anglash;

  • kayta konstruksiyalash (sxemani о‘zgartirish);

  • tо‘ldirish (yangi axborot kiritish);




  • tayanch matnni qayta joylashtirish (ifodalar, bog‘lamlar joyini о‘zgartirish) imkonini beradi.


  1. Давыдов В.В. Теория развивающего обучения. — М.: Новая школа, 1996.- 160 с.; Ильясов И.И. Структура процесса учения - М.: МГУ, 1986. - 200с.; Шадриков В.Д. Интеллектуальные операции. — М., 2006. - 252 с.

205
Ta’limda kо‘rgazmali tayanch konstruksiyalardan foydalanib, eshitishda nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilarni bilimlarni ular vositasida egallash va nutqiy rivojlanishning nisbatan yuqori darajasini egallashga yо‘naltiramiz.

Kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatni shakllantirish, rag‘batlash va motivatsiyalashga qratilgan metodlarning ikkinchi guruhida bilishga qiziqishni shakllantirish metodi yetakchi о‘rin tutadi. Bu metodni ta’limda amalga oshirish kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatga, uning mazmuni, amalga oshirish shakl va metodlariga nisbatan ijobiy hislar shakllanishini ta’minlaydi. Emotsional holat hamma vaqt tо‘lqinlanish, hayajon: javob, hamdardlik, quvonch, jahl, hayrat kabilarni kechirish bilan bog‘liq. Ta’kidlash muhimki, о‘quvchilarni chuqur ichki kechinmalarga diqqat, ularni eslab qolish, anglash jarayonlariga jalb qilish bu jarayonlarning kechishini erishiladigan natijalar nuqtai nazaridan yanada jadal qa


samarali bо‘lishini ta’minlaydi. Bilishga qiziqishni shakllantirishning asosiy usullari: muvaffaqiyat, yangilik, qiziqarlilik, hayratlanish vaziyatlarini yaratish, о‘yinli vaziyatlardan foydalanish sanaladi.


Adabiy-ijodiy faoliyat ustidan nazoratni ta’minlovchi metodlar guruhiga matnni mukammallashtirish metodi kiradi. Bu metodni realizatsiyalashning asosiy usuli tahrirlash bо‘lib, uning ahamiyatliligi usul fikrlash, emotsional-irodaviy sohani rivojlantirishning faol vositasi ekani bilan belgilanadi92. О‘z jumlalarini tahrirlash davomida о‘quvchilar sarlavha jumlasini g‘oyaga muvofiq tо‘g‘rilash; mavzuga va aytilayotgan asosiy fikrga mos bо‘lmagan bir yoki bir necha gapni istisno qilish; mavzu va asosiy g‘oyani ochib berishga kо‘maklashadigan gaplarni qо‘shishga oid mashqlarni bajaradi. Tahrirlar usulini qо‘llashning ahamiyati uning eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolani о‘z nutqi rivojlanishi yо‘lida ilgari olib borishi bilan belgilanadi.


Adabiy о‘qish darslari metodni tanlash darsning vazifalari, о‘quv materialining mazmuni va о‘quvchilarning tayyorlik darajasi bilan belgilanadi. Metod о‘qish darslarida va darslan tashqari vaqtda о‘ziga xos til muhitini shakllantirish; test sinovlari va mashq bajarishni tashkil qilish; sinfdagi har bir о‘quvchining о‘zlashtirishini hisobga olish, ta’limni tashkil qilishda differensiatsiyalangan yondashuvni amalga oshirish; mustaqil ish jarayonida о‘quvchilarga individual yordamni tashkil qilish va pedagogik boshqaruv sifatini oshirish yо‘li bilan ta’lim mahsuldorligini (natijaviyligini, samaradorligini) oshirish imkonini beradi.


Shunday qilib, faoliyatli komponentda о‘qitish metodlari kompleksini ajratish ta’lim bosqichlarida о‘qituvchi bilan о‘quvchilarning о‘zaro ta’sir jarayonini yangicha ta’minlash imkonini beradi. U yoki bu metodning tanlanishi, birinchidan, pedagogik tizimning umumiy maqsadi, muayyan darsning vazifalari kabi, ikkinidan,


92 Никитина М.И. Чтение и развитие речи / Книга для учителя школы слабослышащих. Обучение русскому языку, чтению, произношению / Под ред. К.Г. Коровина — М.: Просвещение, 1995. - с. 18 — 24.
206
tizimning mazmuni, vuchinchidan, о‘qitishning bosqichi, tо‘rtinchidan, eshitishda nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilarning tipologik va yoshga oid xususiyatlari bilan bog‘liq.

Adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish mazmunini о‘zgartirish о‘quvchilar faoliyatini tashkil qilishning yangi shakllaridan foydalanishga ham olib keladi. Adabiy ta’lim jarayonida eshitishda


nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish pedagogik tizimining faoliyatli komponenti doirasida an’anaviy frontal darslar kabi, qiziqarli: “dars-bayram”, “dars-konsert”, “dars-viktorina”, “dars-sayohat”, “dars-taqdimot” dars-о‘yinlar ishlab chiqildi.


Ishlab chiqilgan tizimda adabiy о‘qish darsi bilan darsdan tashqari faoliyat о‘rtasida qat’iy chegaralashning mavjud emasligi tamoyili al yangilik hisoblanadi. Fikrimizcha, adabiy о‘qish darslarida va sinfdan tashqari paytda о‘quvchilar faoliyatini tashkil qilishning turli shakllaridan foydalanish adabiy ta’lim jarayonida


eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish pedagogik tizimini qо‘llash uchun optimal sharoit yaratadi, eshitishida nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilarga


kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatida yuqori darajalarga erishish imkonini beradi.

Adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish pedagogik tizimida surdopedagog faoliyatining predmeti eshitishda


nuqsoni bо‘lgan kichik о‘quvchilarning kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatiga ta’lim jarayoni sharoitida rahbarlik qilish hisoblanadi. Rahbarlik qilish jarayoni deganda biz korreksiyalovchi va shakllantiruvchi xarakterga ega bо‘lgan va harakat subyektining о‘zini о‘zgartirish, unda aqliy, estetik, ijodiy faoliyatning turli strukturalarini shakllantirish maqsadini kо‘zlagan pedagogik ta’sirni tushunamiz.


Adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish pedagogik tizimi doirasida pedagogning rahbarlik faoliyati о‘zining va о‘quvchilarning faoliyatini rejalashtirish, sha faoliyatni tashkil qilish, о‘quvchilarning faolligi va kitobxonlik hamda nutqiy malakalar tizimini о‘zlashtirishda ongligigini rag‘batlash, ta’lim natijalarini nazorat, tahlil va о‘quvchilarning nutqiy rivojlanishdagi keyingi ilgarilashini pronozlashdan iborat.


Yuqorida aytilganlarning barchasidan kо‘rinadiki, faoliyatli komponent adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishpedagogik tizimi strukturasida alohida о‘rin egallaydi va boshqa barcha komponentlar bilan uzviy bog‘liq.


Adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish pedagogik tizimining strukturaviy kompolnentlarini ishlab chiqishda navbatdagi qadam baholash-natijaviy komponentini ishlab chiqish bо‘lib, uning mohiyatini biz pedagogik jarayonning keish samaradorligini aks ettirish va qо‘yilgan maqsadga muvofiq erishilgan siljishlarni namoyon qilishda deb bilamiz.


Baholash-natijaviy komponentni ishlab chiqishda adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish darajasi kо‘rsatkichlarini kompleks diagnostikalashga tayanamiz, diagnostika nafaqat о‘qish texnikasi, balki asarni idrok qilish darajasi, mustaqil jumla yaratish, bibliograif kompetentlik hamda


207
kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatining motivatsion bahosini aniqlashni nazarda tutadi.


Ishonchimiz komilki, adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish jarayonida о‘qitish natijalari diagnostik xulosalarning aniqligi, tо‘liqligi va о‘z vaqtida qilinganiga tо‘g‘ridan tо‘g‘ri va bevosita bog‘liq. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilar psixik rivojlanishi о‘ziga xosligini (bilish jarayonlari kechishining sekinlashuvi, sabab-oqibat aloqalarini shakllantirishdagi qiyinchiliklar, о‘zlashtirilgan faoliyat usullarini uning yangi turariga kо‘chirishning qiyinligi, emotsional sohaning о‘ziga xosligi) hisobga olib, natijalarning eshitadigan о‘quvchilar bilan qiyoslaganda bir muncha kechroq kо‘zga tashlanishini taxmin kildik.


Shunday qilib, ishlab chiqilgan adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish pedagogik tizimining (maqsadli, mazmunli, faoliyatli va baholash-natijaviy) komponentlari bir-biriga о‘zaro bog‘liq, birgalikda tizimning ahamiti va mazmunini hamda kommunikativ, kitobxonlik va adabiy-ijodiy malakalarning shakllanishini belgilaydigan elementlarni о‘z ichiga olgan tizimdir.





Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish