“Buyuk ipak у о 1 Г Xitoy, 0 ‘rta Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari
o'rtasidagi eng qadimgi, eng uzun karvon savdo yo'llaridan biridir.
Bu yo‘l orqali Xitoydan Hindiston, O 'rta Osiyo, Kichik Osiyo,
Kavkaz va Kavkazorti mamlakatlariga asosan ipak va ipak mah-
sulotlari yetkazilganligi sababli tarixda u “Buyuk ipak y o 'li” nomi
bilan shuhrat topgan. “Buyuk ipak y o 'li’’ m.av. I mingyillikning
oxiridan to milodiy XV asrgacha - suv y o ila ri qaror topguncha
Sharqni G 'arb bilan bog‘lagan asosiy savdo y o ii bo‘lib, Xitoy,
Hindiston, 0 ‘rta Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda 0 ‘rta
dengiz
mamlakatlari orasida savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivoj-
lanishida juda katta ahamiyatga ega bo'lgan.
“Buyuk ipak yo ‘li” m.av. 138-yili Xitoy imperatori U--Di topshi-
rig^i bilan O 'rta Osiyoga yuborilgan Xitoy elchisi va sayvohi Chjan
Syan tomonidan o'rganiladi va uning sayohatnomasida tasvirlana-
di. Buyuk ipak yo bli Xitoydagi Xuanxe daryosining o‘rta oqimida
joylashgan Sian shahridan boshlanib, Lanchjou orqali Dunxuanga
kelgan. Bu yerda u ikkiga ajralib biri shimoli-g‘arbga, ikkinchisi
janubi-g'arbga yo'nalgan. Shimoliy y o ‘l Turfan orqali Tarim vo-
hasiga va bu yerdan Qoshg'ar, Qizilsuv, Qorag‘ulja
orqali Dovon
- Farg‘ona vodiysiga borgan. U yerdan X o‘jand, Zomin, Jizzax
orqali So‘g‘dning markazi Samarqand va M arg'iyona (Marv) ga
yo‘nalgan.
Dunxuandan ajralgan shimoliy tarmoq Yettisuv - Ili daryosi
vodivsi bilan Taroz orqali Isfijob(Sayram)ga y o ‘nalgan. Yo‘l shu
yerda ikkiga bo'linib. bir tarm og'i O 'tror orqali Sayhun (Sirdaryo)
bilan Dashti Qipchoqning ichkarisiga qarab ketgan. Isfijobdan
janubga yo'nalgan tarmoq esa, Binket(Shosh)ga tomon yo'nalgan.
Binkentda yo‘l yana ikkiga ajralib, biri X o'jand tomon yo‘nalgan,
Farg'ona - Zomin yoTiga kelib qo'shilgan. Binkentdan chiqqan ik-
kinchi tarmoq janubi-g‘arbga yo’nalib. Barket degan joyda Zomin -
Samarqand y o iig a borib qo‘shilgan. Janubiy yo‘l X o‘jand, Yorkent
va Pomir tizma tog'lari orasidagi Vohandaryo vohasi orqali o ‘tib,
Baqtriyaning poytaxti Zariasp(Balx)ga borgan. Janubiy yo‘l Balx-
ga Ishkoshim, Talikon, Xulm orqali kelgan. Xulmda esa vo‘l ikkiga
ajralib. janubi-g‘arb tarmog'i Hindiston tom on yo‘nalgan.
315
BalxdainyoTning bir tarm og'i Termizga chiqib borib. Chag'oni-
yonga tutashgan. Balxdan Termizga yo ‘nalgan y o ‘l u yerdan Nasa-
fga, undan Buxoro tomon ketgan. Balxdan chiqqan y o 'l g'arbga
yo'nalib. Andxoyga kelib tutashgan. Andxoydan ikkiga ajralgan
yoTning shimoliy tarmog'i N asafgaborib taqalgan. Janubiy tarmoq
esa Maymana, Marvirud, Marv'ga y o ‘nalgan
va u yerda shimoliy
yo'l bilan tutashgan. Marvdan "Buyuk ipak yo'li" Parfiyaning
povtaxti Niso, Eronning Gekatompil, Apaliya va Ekbatana (Ek-
badan) shaharlari orqali M esopotamiyaga borgan. U yerda Ktesifon
va Bag‘dod shaharlaridan o'tib, Dajla daryosining o'ng qirg‘og‘i
bo‘ylab shimolga yo ’nalgan va Nisibin hamda Antioxiya (Antio-
kiya) shahariari orqali Damashqqa borgan. Damashqdan Tir shahri
bilan Quddusga va Misrga yo'nalgan “Buyuk ipak yo'li" Buxoro
- Forob — Amu yo‘nalishi bo'ylab Amudaryo - Jayhunning chap
sohili bo‘ylab Xorazmga, undan esa Itil
daryosining Kaspiy den-
giziga quyilishi joyiga qarab ketgan.
‘‘Buyuk ipak y o ‘li” orqali Xitoydan tashqi savdo uchun ipak,
ipak shoyi va boshqa buyumlar chiqarilgan. Xitoyga esa har xil
gazlama, gilam va paloslar, oyna, rangli m a’danlar, zeb-ziynat
buyumlari, qimmatbaho tosh lar. dorivorlar, dorivor o ‘simliklar
olib borilgan. Shuningdek. Xitoyga Dovon va Baqtriyadan ot va
tuya, beda, g'o'zaning chigiti va boshqa narsalar ham olib borilgan.
“Buyuk ipak y o ‘li” tufayli Xitoyning 0 ‘rta
Osiyo va Yaqin Sharq,
shuningdek, Hindiston bilan savdo va elchilik aloqalari I - II asr-
dayoq kengayib borgan.
Xitoydan har yili katta savdo karvonlari elchilar bilan G 'arb
mamlakatlariga j o ’natilar va G ‘arbdan turli-tuman mollar ortilgan
karvonlar bilan elchilar kelar edi. Garchi Xitoy sayyohi Gan In 97
yil Fors qo ‘ltig‘iga yetib borgan va makedoniyalik May Titsion
100-yili Langmodga yetib kelgan b o isad a, ammo “Buyuk ipak
yoTi” uzoqligi va sermashaqqatliligi sababli Xitoy G 'arb mam
lakatlari bilan bevosita aloqa olib borishi mumkin bo'lmagan.
Shuning uchun ham “Buyuk ipak yoTi” orqali olib borilgan savdo
-elchilik aloqalarida osiyoliklar, ayniqsa so‘g‘dlar, baqtriyaliklar va
eroniylar vositachilik vazifasini bajarganlar.
316
“Buyuk ipak yo4i” Xitoydan 111—VI asrlarda Hindistonga borib
ziyorat qiluvchi rohiblar uchun X asrda Xitoy bilan Arab xalifaligi
va Vizantiya o'rtasidagi savdo va elehilik munosabatlarining ken-
gayishi natijasida “Buyuk ipak y o i i ”ning
xalqaro ahamiyati yana-
da kuchaydi. X1II-XIV asrlarda “Buyuk ipak y o ‘li” M o‘g‘ullar
imperiyasining chekka oik alarin i M o‘g ‘uliston bilan bog'lashda
muhim ahamiyat kasb etadi. XV asrda Buyuk geografik kashfiy-
olar natijasida dengiz savdo yoilarin in g ochilishi munosabati bilan
“Buyuk Ipak yo‘li" o 'z ahamiyatini yo ‘qota boshlaydi. Shunday
b o isa-d a u O 'rta Osiyo. Xitoy va Kichik Osiyo xalqlari o'rtasidagi
iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivoj lanishida beqiyos ahami-
yatga ega b o ig an .
Do'stlaringiz bilan baham: