12-mavzu: Qang’, Dovon, Kushon davlatlari. Qang’ va Dovon davlatlari



Download 134,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana22.02.2023
Hajmi134,73 Kb.
#913894
  1   2   3
Bog'liq
12-mavzu Qang’, Dovon, Kushon davlat



12-mavzu: Qang’, Dovon , Kushon davlatlari. 
1.Qang’ va Dovon davlatlari.
Reja 
1. 
Qang‘ davlatining o‘rganlish tarixi. 
2. 
Qang‘ davlati davrida O‘rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. 
3. 
Davan davlati haqida yozma manbalar va ularning o‘rganilish tarixi. 
4. 
Davan davlatining ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy tarixi. 
Qang‘ davlati va uning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini o‘rganishga doir bir qator
tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqot ishlarida arxeologik manbalar va Xitoy solnomalarida
keltirilgan ma’lumotlar еtakchi o‘rin tutadi. Qang‘ davlati uning hududlari haqida
S.P.Tolstov, keyinchalik Ya.G‘ulomov, K.Shoniyozov, Yu.Buryakov va boshqalar izlanishlar
olib borishgan. Xitoy tarixchisi Sima Syan Qang‘ davlatiga oid ma’lumotida, uning aholisi
asosan ko‘chmanchilardan iborat bo‘lganligini yozgan. Lekin uning rivojlangan davrida
qang‘lilar o‘rta Sirdaryo bo‘ylarini egallangan davrlarda dehqonchmilikni ham o‘zlashtirib
olganlar. 
Ular asosan
, kam chorvaga ega bo‘lgan aholining qambag‘al qismi bo‘lgan degan
fitkrlarni berishgan.
Qang‘ davlati haqida yozma manbalar ham mil.avv. 2 asrning ikkinchi yarmiga oid. Xitoy
elchisi Chjan Syanning hisobotida va xitoy tarixchisi Si-Syanning “Shi-szi” asarida Qanh
davlatining chegaralari qo‘rsatilib o‘tilgan. Qang‘ davlatiga oid ko‘proq ma’lumotlar keiyngi
davrlarga oiddir. Ular Xan-shu, Vey-shu, Beyshu, Tanshu va bq. asosida davlatning
rivojlanishi va qulashi haqidagi ma’lumotlarni olamiz. Tadqqiotchilar bu davlatni Avestoda
berilgan Kanx bilan bir deb hisoblashadi.Qang’ davlati Yuechjilardan keyin ikkinchi yirik
ko’chmanchilar federatsiyasi hisoblanadi. Xitoy manbalariga ko’ra, ular Qang’yuylar
Tyanshandan shimoli-g’arbda , janubda yuechjilar bilan chegaradosh bo’lgan. Uning
hududi Toshkent vohasi, Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan bo’lib, uning markazi
Sirdaryoning o’rta oqimida bo’lgan
1
.
Avestoda bu shaxarga turlar boshliqlarining joyi sifatida tilga olingan. U Sirdaryoning
shimoli sharqida joylashganligi aniqlangan. Bu davlat haqida Firdavsiyning Shohnomasida
ham berilgan. Unda U Kangdez sifatida tilgan olinadi.
Qang‘ davlati O‘rta Osiyoga kirib kelgan qo‘chmanchi qabilalar birga mil.avv. III asrda kirib
kelgan. Milodiy V asrning o‘rtalarigacha mavjud bo‘lgan. Uning rivojlangan davri milodiy I-
II asrlar deb ko‘rsatiladi. Dastlab uning chegarasi faqat Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘idan, Orol
bo‘yigacha xududni egallagan. Rivojlangan davrda uning xududi - Sharqda Farg‘ona va
Yettisuv, Shimoli-sharqda Orol dengizi, g‘arbda Ural oldi xududigacha, ya’ni
sarmatlargacha, shimolda Sirdaryoning orqa tomonidagi cho‘llargacha, janubda
Sug‘dgacha borgan. Bu еrda u Kushan davlati bilan chegaradosh bo‘lgan. Bu davrda uning
tarkibiga O‘zbekistonning asosiy viloyatlari Buxoro, Toshkent, Xorazm xududlari kirgan.
Bu ulkan 9104 li (3,4 ming km) hududdagi qang‘arlar еrida mil. avv I –milodiy I-II asrlarda
120000 oila yoki 600000 kishi yashagan
3
.
Код Успеха


Qang‘ ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanganlari uchun ularda 2 markaziy shaxar
bo‘lgan. Yozma manbalarda Qang‘ davlatining poytaxti Bityan shaxri bo‘lib, u Loyueni
mamlakatida Tayanchi ko‘li bo‘yida joylashgan deb yozilgan. Podshoning qishqi
rezidensiyasi ham bo‘lib, u bu еrdan 7 kunlik yo‘l bo‘lgan. Tadqiqotchilar Bityan shahrini
Toshkent viloti Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan Kanqa shaxri deb taxmin qilishgan. Lekin
uning geografik tasviri unga to‘g‘ri kelmaydi. Buni Buxoro xududidagi Poykent ham
deyishadi.
Ularning yozgi qarorgohi O‘tror hisoblangan. Qishda Qanha bo‘lgan.
Manbalarda Qang‘ davlatining boshqaruv tizimi haqida ma’lumotlar kam uchraydi.
To‘ng‘ich Xan sulolasi tarixida (mil. avv. 202—milodiy 25 y.) bir ma’lumotda Qang‘uy
(Qang‘) podshosi o‘z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi aytiladi. Bu Qang‘
davlatida davlat boshlig‘i jamoa orasidan tanlangan maslahat kengashi bilan ish
tutganligini ko‘rsatadi. Oqsoqollar kengashi asosan qabila boshliqlari va harbiy
sarkardalardan tashkil topib, kengashlarda ularning fikrlari еtakchi mavqega ega bo‘lgan.
Ular boshqaruv tizimi konfederatsiya bo‘lgan.
Qang‘ davlatiga qarashli еrlar viloyatlarga bo‘linib, ularni maxsus hokimlar boshqargan.
Viloyat boshliqlari jabg‘u yoki yobg‘u (Xitoy solnomalarida chjaovu) deb atalgan.
Qang‘arlarga qarashli tub еrlarda jabg‘ular hoqonlarga yaqin kishilardan, ularning qavmu-
qarindoshlari, yirik qabila boshliqlaridan tayinlangan.
Tarixchi Sima-Syan mil. avv. II asrning ikkinchi yarmigaga oid ma’lumotida Qang‘uy
haqida, «Bu ko‘chmanchi xalqlar mamlakati» degan fikrni bildiradi
4
. Biroq To‘ng‘ich Xan
sulolasining tarixi (Syanxanshuda) ma’lumotlarida milodiy I asrning boshlarida
qang‘uylarning yarim o‘troq xalq bo‘lganligiga ishora qilinadi. Bu sulola tarixi
ma’lumotlariga ko‘ra, qang‘uylarda chorvachilik rivojlangan bo‘lib, qoramol va qo‘ylari
ko‘p bo‘lgan. Ular ko‘plab zotli otlar еtishtirganlar. Bu davrda mulkiy tabaqalanish
kuchayib, chorva mollarining ko‘pchiligi podsholar va ularning qarindosh-urug‘lari hamda
yirik qabila boshliqlari va harbiylarga tegishli bo‘lgan. Aholining asosiy qismi
ko‘chmanchilardan iborat bo‘lgan davlatda bahor kelishi bilan xoqon va uning urug‘lari
qishgi qarorgohdan yozgi qarorgohga, ya’ni Sirdaryoning quyi oqimidagi o‘tloq еrlarga
borib o‘rnashganlar. Kuzda mollarini orqaga qaytarishib, Keles cho‘liga va tog‘ yon
bag‘irlaridagi yaylovlarga joylashganlar. Chorvasi kam bo‘lgan aholining keng yaylovlar
qidirib vohadan chiqib ketishiga ehtiyoj bo‘lmagan. Ular chorvachilikdan tashqari
dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanishgan. Bu vaziyat qang‘lilarning
kambag‘al qismini o‘troq, yarim o‘troq xo‘jalik yuritishga majbur etgan. Manbalarda
ko‘rsatilishicha, Toshkent vohasida yashagan dehqonlar arpa, bug‘doy, tariq, no‘xat, sholi
va boshqa donli ekinlar еtishtirganlar, mevali daraxtlar va uzumzorlar ko‘p, sut-qatiq mo‘l
bo‘lgan.
Miloddan oldingi II asr- milodiy III asr va undan keyingi davrlarga oid manbalarda
qang‘arlar (qang‘uylar) Farg‘onaning shimoli-g‘arbida, unga chegaradosh rayonlarda
joylashganligi eslatib o‘tiladi. Xitoy elchisi Chjan Syan miloddan avvalgi 128 yili Dovon
(Farg‘ona)ning markazi Ershida va Qang‘uy hududlarida bo‘lgan. Uning ma’lumotida
«Qang‘uy Dovon bilan chegaradosh» bo‘lganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Qadimgi Xitoy
solnomalarida qang‘arlarga qarashli beshta viloyat – Suse (Kesh), Fumu (Zarafshon
vohasida, hozirgi Qattaqo‘rg‘on tumani hududlari Miyonqoldagi Kushaniya shaxri),, Yuni
(Toshkent vohasi) Gi (Buxoro vohasi), Yuegyan (Xorazm vohasi, Urgench) bo‘lganligi
aytilgan..
Qanxa, Shoshtepa, Qovunchitepadan topilgan arxeologik manbalar qang‘lar tarixini
o‘rganishda muxim ma’lumotalr bergan.


Qang‘ madaniyatining gullab yashnashida Sirdaryoning o‘rta oqimida yashagan
xalqlarning So‘g‘d, Farg‘ona, Tyanshan tog‘ining shimoli-sharqiy qismida yashagan xalqlar
bilan yaqin aloqada bo‘lganligi samarali ta’sir ko‘rsatgan. Qadimgi manbalarda
ko‘rsatilishicha qang‘uylarning shimoli-sharqiy qo‘shnisi Yansay (alanlar) hamda Buxoro
(An, Ansi) aholisining urf-odati qang‘uylarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Solnomalarda
yozilishicha qang‘uylarning urf-odatlari, turmush tarzi Shimoliy Xitoy va Sharqiy
Turkistonda yashagan katta yuechjilarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Qang‘lilarning qo‘shni
xalqlar bilan moddiy va madaniy aloqalarining kengayib borishida «Ipak yo‘li»ning
ahamiyati katta bo‘lgan.
V asr o‘rtalarida Qang‘ davlati eftaliylarning hujumi natijasida еmirilgan. Oqibatda, Qang‘
davlati tarkibida bo‘lgan ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi qabilalar (qang‘li,
pecheneg)ning katta qismi Sirdaryoning quyi oqimlariga borib joylashgan. Bu еrda
yashagan 
bir qancha qabilalar birlashib
, yangi qabilalar ittifoqini tashkil etishgan. Yangi
qabilalar ittifoqi tarixda qang‘li (qang‘aras) nomi bilan saqlanib qolgan.
Farg‘ona qadimiy tarixga ega bo‘lib, o‘ziga xos sivilizatsiyani shakllantirgan. Farg‘onaning
qadimgi davrdagi tarixi keyingi yillarda ayniqsa, mustaqillik yillarda olib borilgan
tadqiqotlar natijada yanada oydinlashgan. Qadimgi Farg‘onaning tarixini yoritishda Yu.A
Zadneprovskiy, Gorbunova, X.Matboboev, A.Anarboevlar ishlari diqqatga sazavordir.
Farg‘ona haqida dastlabki yozma manba Gerodotning "Tarix" asarida uchraydi. Unda
Sug‘diyonaning shimoli-sharqida "parikaniylar yurti" bo‘lganligini eslatib o‘tiladi. Geradot
malumotlariga ko‘ra, Xaumavarka saklari parikaniylarning ajdodi bo‘lib, «parikaniylar
yurti» paxlaviy tekstlarida «Parkan davlati» deb yuritilgan».
Farg‘ona so‘zi so‘g‘d manbalarida “Fraganik” shaklida yozilib, “tog‘lar orasidagi vodiy, atrofi
berk soylik” ma’nosini anglatadi. Xitoy manbalarida “Dayyuan, ya’ni Davan” deb yuritilgan.
Dayyuan ham “tog‘lar orasidagi vodiy”ma’nosini beradi.
Farg‘ona haqida ko‘plab ma’lumotlar Xitoy manbalarida uchraydi. Xitoyda yilnomalar
tuzish an’anasi miloddan avvalgi III asrdan keyin ya’ni Xitoydagi mayda davlatchalar
birlashgandan keyin shakllanadi. Unga ko‘ra har bir imperator devonxonasida maxsus
bo‘lim bo‘lib, uni xodimlari davlat boshqaruvi bo‘yicha hujjat-materiallarni to‘plashgan.
Keyinchalik ular har bir imperatorning hukmronlik davri yilnomasiga asos bo‘lib xizmat
qilgan. Ulardan birortasi hali xitoy tilidan boshqa tillarga to‘liq tarjima etilmagan. Yevropa
tillaridan tashqari rus tiliga N.Ya. Bichurin, N.V. Kyuner, V.S. Taskin, A.G. Malyavkin kabi
xitoyshunoslar (sinologlar) tarjimalari ma’lum va mashhur. Mamlakatimizda keyingi
paytlarda A.Xo‘jaev, A. Abdurasul o‘g‘li tarjimalari va izohlaridan foydalanilmoqda.
Yilnomalar ichida
1. 
Sima Syanning “Tarixiy xotiralar”- Shi-szi (afsonaviy davrlardan to miloddan avvalgi
II asr oxirigacha voqealar tafsiloti), 
2. 
Ban Gu (Min Gyan)ning “Ilk Xannoma” – Xan shu (miloddan avvalgi I asrdan to
eramizning 25 yilgacha voqealar bayoni) 
3. 
Fan Ye (Yuy-Szun)ning “Keyingi Xannoma” – Xouxan shu (milodiy 25 yildan to 220
yilgacha tarixiy jarayonlar tafsiloti) 
4. 
Ilk o‘rta asrlar tarixi Bey-shu ( 7 asr) va Tan-shu (10 asr) yilnomalarida yozilgan. 


Bular ichida Sima Syanning “Tarixiy xotiralar” asari katta ahamiyatga ega. Ushbu asarning
123-bobi Markaziy Osiyoga ikki marta (miloddan avvalgi 136-128 va 115 yillari) tashrif
buyurgan elchi Chjan Szyanni hisoboti asosida bitilgan. Aynan shu shaxsning Xitoydan
Farg‘ona orqali Markaziy Osiyoga tashrifi paytidan e’tiboran – mil. avv. II asrdan Buyuk
ipak yo‘liga rasman asos solinadi. Chjan Szyan o‘z hisobotida “g‘arbiy o‘lkalar” –
Ustrushona, Sug‘d, Baqtriya, Choch va b. to‘g‘risida ma’lumotlar bergan. Xitoylik sayyoh
Farg‘ona vodiysi haqida ham yozib qoldirgan. U ma’lumotlarda Davan yoki Dayuan yuksak
rivojlangan dehqonchilik va hunarmandchilik mamlakati ekanligini, Farg‘ona vodiysida 70
dan ortiq katta-kichik shaharlar mavjudligi va ulardan Ershi, Yuchen, Guyshuan (Guyshan)
muhim markazlar bo‘lganligi ta’kidlanadi. Xitoy sayyohi va elchisi Chjan Syan qadimgi
Farg‘o na xalqi bilan, uning xulq-atvori, urf-odatlari, kuch va qudrati, tabiati va hayvonot
dunyosi yoritilgan. Xitoy manbalarini o‘rganishda Bichurinning tarjimasi muxim
ahamiyatga ega. Ko‘pgina tadqiqotchilar qadimgi davr tarixini yortishda uning asaridan
keng foydalanadilar. Bichurin Nikita Yakovlevich (Iakinf) 1777 - 1853 , hoz. RFning
Chuvashiya muxtor respublikasi Chebok-sari tumani —1853.11.5, Peterburg) —
xitoyshunos. Peterburg FA muxbir a’zosi (1828 y.dan), 14 yil (1807—21) Pekindagi rus liniy
missiyasini boshqargan. Rossiya Tashki ishlar vazir-ligida tarjimon bo‘lib ishlagan. B. ning
ilmiy ishlari mo‘g‘ul va turkiy-zabon xalklar tarixi, geografiyasi va etnografiyasiga oid.
Uning Turon xalq-lari qad. tarixiga bag‘ishlangan «Qadimgi davrda O‘rta Osiyoda yashagan
xalklar haqida ma’lumotlar to‘plami» nom-li uch qismdan iborat asari katta ilmiy
qimmatga ega. Bugungi kunda O‘zbekistonda ham xitoy manbalari tarjimasi bilan
shug‘ullanayotgan olimlarimiz bor. Ular A.Xo‘jaev va Abdurasul o‘g‘lidir. Ular «24
tarix»ning Markaziy Osiyoga tegishli barcha boblarini «Qadimgi Farg‘ona tarixidan»
risolasida tarjima qilib chop etishgan. Ana shu «24 tarix»ning 1-3 jildlaridagi Markaziy
Osiyoga tegishli qismlari 1987 yildan boshlab uyg‘ur tiliga tarjima qilina boshlandi.
Natijada Farg‘ona-Xitoy munosabatlariga doir yangi malumotlar olish imkoniyati tug‘ilgan.
Xitoy manbalarida Farg‘ona Davan-Dayuan (Da-Van-katta Van) tarzda berilgan. 1756-1758
yillarda fransuz xitoyshunos olimi M. Degin dastlab Davanining Farg‘ona ekanligini
isbotlab bergan. Keyingi davrlardagi tadqiqotlar ham buni tasdiqlagan. Xitoy manbalarida
Farg‘ona turli davrlarda turlicha nomlangan. Milodiy 5 asrda –Lona yoki Polona, 6-7
asrlarda Baxon, 7-8 asrlarda Ninyuan. Tadqiqotlar davomida bu nomlarlarning barchasi
Farg‘ona bilan bog‘liq ekanligini isbotlangan. Milodiy VII asrga oid xitoy manbasi Bey-shida
qadimgi Farg‘ona – “Pakanna”, “Boxan”, "Feyxan" nomlari bilan tilga olinadi. Bey-shida
Feyxan bekligi poytaxtining aylanasi 4 li (1 li 576 m.ga teng) deyilgan. Bey-shida "xukmdor
taxti oltin qo‘chqor qiyofasida ishlangan" deb tarif beriladi. Boshqa bir xitoy manbasi Tan-
shuda (X asr) "Mamlakatni milodiy III asrdan to VII asrgacha bir sulola boshqargan"ligi
qayd qilinadi. Demak, oltin qiyofasida ishlangan taxtda o‘tirgan xukmdor mahalliy
dehqonzodalardan biri bo‘lib, to‘rt asr davomida Farg‘ona mulkini boshqarib kelgan va
nihoyat VII asrdan boshlab Farg‘ona mulki turk sulolalari tomonidan boshqarila boshlagan
(Asqarov, 2003, 3 sahifa). Arab tarixchilari Yaqut va Kudamolarning xabar berishiga
qaraganda ilk o‘rta asrlarda nafaqat Farg‘ona mulki, balki uning bosh shahri ham Fraganik
deb yuritilgan, aniqrog‘i viloyat uning bosh shahri nomi bilan yuritilgan. Davan davlatning
chegaralari to‘liq aniqlangan emas. Chjan Szyanning ko‘rsatmasiga binoan, uning shimoli
g‘arbida Qangyuy bilan, janubda yuechjilar bilan, shimolda usunlar bilan chegaradosh
bo‘lganligi yozib qoldirilgan. Davan Xitoy poytaxtidan 10 000 li uzoqda joylashgan. 1 li 576
m.ga teng
Farg‘ona xududida ilk davlatchilikning shakllangan davrni mil.avv. V-IV asrlar bilan
bog‘lashadi. Chunki xuddi shu davrga oid arxeologik yodgorlik – Shurabashatda ilk
davlatchilik elementlari topilgan. Shurabashad O‘zgan shahri yaqinida joylashgan. 70
gektar maydonni egallagan. Chust madaniyatining oxirgi bosqichida esa, ilk davlatchilik
elementlari - Chifdom shakllangan.


Davan haqida ilk ma’lumot mil.avv.II asrga oid bo‘lsa, oxirgi ma’lumot mil. III asrga oid.
Mil. 280-289 yillarda Xitoy elchisi Farg‘onaga kelgan. Shundan keiyn ma’lumotlar
uchramaydi. Faqatgina imperator Vey Du Van 436 yilda Polonaga elchisini yuborganligi
qayd etilgan. Bu davrda qadimgi Farg‘onada siyosiy vaziyat o‘zgargan. Davan davlati 400-
500 yil davomida mavjud bo‘lgan. yozma manbalarga qaraganda aholisining 25 %
shaharlarda iste’qomat qilgan.Qadimgi Farg‘ona podshosini –Van deb atashgan. Bir necha
hukmdorning ismlari saqlanib qolgan - Mosay, 
Chan Fin
, Mugua, Yanlyu.
Davlatni boshqarishda oqsoqollar kengashi muxim o‘rin egallagan. Oqsoqollar Kengashi
hukmdor faoliyatini muhim masalalarda nazorat qilib borgan. Oliy Kengash oldida
hukmdorning huquqi cheklangan. Ayniqsa, urush va tinchlik, diplomatik masalalarda hal
etuvchi kuch va huquqiy oliy Kengash qo‘lida edi. Oliy Kengash hukmdorni hokimiyatdan
tushirishi, uning urniga yangisini saylashi mumkin bo‘lgan.Hattoki hukmdorning taqdirini
ham hal etishgan. Urushdagi mag‘lubiyati uchun van Mosay aybdor deb topilib, qatl etilgan.
Hitoy elchisi ham jahl ustida oltin ot halkalini otib yuborganda oqsoqollarning jahlini
chiqaradi. Uni ham o‘limga mahkum etadilar.
Davan davlatining siyosiy tuzumi shahar-davlat yoki. voha-davlatlarning erkin ittifoqidan
tashkil topgan konfederatsiya edi. Har bir shaxarni mustaqil faoliyat yurituvchi hokim
boshqargan.
Miloddan avvalgi II-I asrlarda, Xitoy manbalarida qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Davanda
dehqonchilik madaniyati avj olgan, yilqichilik rivojlangan. Chjan Syanning ma’lumoticha,
Davanda 70 ga yaqin katta va kichik shaharlar bo‘lgan. Ularning har biri mustaqil o‘z
xukmdoriga ega. Davanda 60 ming (300 ming kishi) oila yashaydi, ulardan 60 ming yaxshi
qurollangan otliq askar to‘planadi. Ular otda turib kamon otishda, nayza sanchishda mohir
jangchi bo‘lishgan. Qadimgi Farg‘onada qishloq xo‘jaligi taraqqiy qilgan. Shaharlar
sug‘orish sistemasi mavjud xududlarda shakllangan va rivojlangan. Farg‘ona aholisi eroniy
tilda so‘zlashgan
2
.
In Ferghana an early farming life-style was established at oases of the Chust culture (e.g.
Dalverzin and Chust) which had underground structures dating from the tenth to the
eighth
centuries b.c.20 In the subsequent (Eylatan) period (seventh to fourth century b.c.)
agricultural
settlements with traces of ground-level architecture and defensive dykes appear
Davan aholisi sug‘orma dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. Ular savdoda
mohir va uddaburon, yilqichilikda "qanotli" arg‘umoqlar еtishtirishga katta e’tibor
beradilar. Marhamat yaqinida joylashgan Aravon yaqinida xitoylar ta’rif bergan «uchqur
(samoviy) otlar» tasviri solingan qoya tosh suratlari topilgan. Xitoy manbalariga ko‘ra esa
bunday uchqur tulporlar aynan Davan podsholigida еtishtirilgan.
Bog‘dorchilik, birinchi navbatda uzumchilik keng rivojlangan. Uzumdan sharbat qilish
yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Boy еr egalarining еrto‘lalarida bir necha 10 yillar avval
tayyorlangan vinolar saqlanadi, deydi Chjan Syan. Biroq ularda Parfiya, Baqtriya, Xorazm,
So‘g‘dda bo‘lgani singari tanga pullar zarb etish bo‘lmagan. Savdoda pulsiz mol
ayirboshlash keng yo‘lga qo‘yilgan.
Antik davrda Farg‘onada hunarmandchilik keng rivojlangan. To‘qimachilik va kulolchilik
rivojlangan. Ijtimoiy va siyosiy hayotda ayollarning o‘rni katta bo‘lgan. Ularga nisbatan
hurmat kuchli bo‘lgan. Xitoy tarix chilarining yozishicha, agar ayol eriga biror topshiriq
qilsa, er topshiriqni bajarmaslikni xayoliga ham kelti ra olmagan. Xitoy tarixchilari qadimgi


Farg‘ona aholi sini tashqi qiyofada qang‘arlarga o‘xshab ketadi. Ular cho‘ziq yuzli va qalin
soqolli bo‘lganlar, deb tariflay di. Chjan Syan Davandan (Farg‘onadan) to An’se
(Parfiya)gacha bo‘lgan hududlarda yashovshi aholining tili xar xil bo‘lsa-da, ammo ular bir-
birlarini tushunishini, ularning urf-odatlari ham bir-birlariga o‘xshash bo‘lganligini
ta’kidlaydi.
Davan 60 ming qo‘shinga ega edi. Piyoda askarlar oddiy qurollangan, otliq qo‘shin harbiy
mahoratda tengi yo‘q bo‘lgan. Ularning chopar ot ustida turib, orqaga qayrilib kamondan
uzgan o‘qlari dushmanni dog‘da qoldirardi. Ularning ayollari ham kamondan o‘q uzishda
erlaridan qolishmagan.
Xitoy yilnomalarida tilga olingan shaharlarning o‘rni qaerda bo‘lganligi va uning poytaxti
masalasi uzoq yillar davomida tarixchi arxeolog olimlar o‘rtasida ko‘plab baxslarga sabab
bo‘lgan. Bugungi kunda bu masallarga oydinlik kiritilgan bo‘lsa, ba’zi tarixiy asarlarda
ularning turli xil talqini uchraydi. X. Matboboev ularning chuqur taxlil qilgan.
Shaxarlarning joylashuvini ham arxeologik ham yozma manbalarni solishtirgan holda
isbotlab bergan. Davan davlati poytaxti masalasi o‘zoq yillar davomida bahslarga sabab
bo‘lgan. Manbalarda biron bir shahar poytaxt deb tilga olinmagan. Sababi xitoyliklar
poytaxt deganda faqat o‘z poytaxtini tushunganlar. Qolgan davlatlarni poytaxtlarini du –
qarorgoh (rezidensiya) deb ataganlar degan fikrni qoldirgan Bichurin. Bichurin yozma
manbalar asosida uni Guyshan deb yozgan. Guyshan shahrining o‘rni haqida ham bir fikr
yo‘q. Ya’ni u Mug‘qala (hozirgi Kosonsoy) (Bernshtam A.N., Zadneprovskiy Yu.A.), O‘ratepa
(Tojikiston), O‘sh (Qirg‘iziston) shaharlari (Borovkova L.A.), Namangan viloyati
To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Munchoqtepa (Matboboev B.) va Axsiket (Anarboev A.) bilan
taqqoslanadi. Ushbu tadqiqotchilar keltirayotgan dalil-isbotlarning kuchli tomonlari ham
bo‘sh tomonlari ham mavjud. Ammo, bir narsa aniqki, Guyshan vodiy shimoliy hududida
joylashgan bo‘lishi va miloddan avvalgi birinchi asrda bosh shahar bo‘lgan. Sharqshunos A.
Xo‘jaev yaqinda e’lon etilgan maqolasida poytaxt shahar deb Yuan-cheng degan shahar
nomini keltiradi. XX asrning 70-80-yillarida Sankt-Peterburglik farg‘onashunos Yu.A.
Zadneprovskiy yozma manbalarni diqqat bilan o‘rganib, Davanda xuddi qo‘shni Kanguy
davlatiga o‘xshab ikkita poytaxt mavjud edi va ulardan biri qarorgoh (rezidensiya) bo‘lishi
kerak degan fikrni bildirgan (Zadneprovskiy Yu.A., 2000). Kanguyda yozgi va qishki
qarorgohlar mavjudligi tarixiy fakt. Shu nazardan qaraganda Yuan-cheng qarorgoh bo‘lishi
mumkin. Chunki, tadqiqotchilar N.Ya. Bichurin tarjimalarida Yuan-cheng toponimi
“rezidensiya davanskoy” yoki “davanskaya rezidensiya” deb olinganini ta’kid etadilar
(Xo‘jaev A., 2011. S.26). Yuan-cheng shahri haqida qiziqarli g‘oyani ilgari surayotgan A.
Xo‘jaev uni Andijon o‘rnida bo‘lishi mumkin degan fikrni bildiradi. Eski shahar qismidan
aniqlanayotgan arxeologik topilmalar buni tasdiqlaydi. Hozirda Andijon shahrining100
sm.gacha va undan ziyod qalinlikdagi quyi qatlamlaridan 2400-2600 yillik arxeologik
kompleks topib o‘rganildi (Matbabaev B.X, Mashrabov Z.Z., 2011). Qadimgi davrda
Davanning poytaxti Ershi shahri bo‘lgan. Ershi bu Andijon viloyatining Marhamat shahri
yonida joylashgan Mingtepa yodgorligidir.
1. Mingtepa arxeologik kompleksi (mudofaa devorlari, ichki va tashqi shahar, sopol
buyumlari) davriy jihatdan Xitoy yilnomalarida keltirilgan vaqt (mil. avv. II) – miloddan
avv. 136-115 yillarga to‘g‘ri keladi va ular salmog‘i ham еtarlicha.
2. Xitoy manbalari xabar bergan Ershining «o‘rta shahri» qoldiqlari (bu haqda qarang:
Bichurin N.Ya., 1950. S. 165) faqat Mingtepada saqlangan (maydoni yangi ma’lumotlarga
ko‘ra40 gektar). O‘rta shahar ikki qator kuchli mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, ular
arxeologik jihatdan qayd etilgan (Bernshtam A.N., 1948. S. 155-161, ris. 2).
3. Ershi xitoyliklarni vodiyga kirib kelishdagi Yu (Yuchen)dan keyingi shahar edi.
Yodgorlikning yana bir muhim jihati uni geostrategik muhim nuqtada joylashgan.


Hozirda bu shaharning faqat 15-20 
foizigina saqlanib еtib kelgan
, xolos. 2011 yildagi
samodan olingan surat va o‘tgan asrdagi ma’lumotlar solishtirilganda yodgorlikning
maydoni 150-160 gektar bo‘lgan. Ichki qal’a 40 gektarni egallagan. To‘rtburchak shaklidagi
burjlar bilan mustahkamlangan mahobatli mudofaa devorlari bilan o‘ralgan edi. Ichki
shahar markazida hukmdor qarorgohi bo‘lmish ark qad ko‘targan edi. 1985-1986 yillardagi
arkdagi qazishmalarga ko‘ra unda mahobatli binolar qoldig‘i aniqlangan. Arxeologik
ma’lumotlarga qaraganda u miloddan avvalgi III asrda bunyod etilgan ikki qator mudofaa
devori bilan o‘ralgan ichki hamda tashqi shaharlardan iborat edi. Yodgorlik rejasini
o‘rganishda yaqinda muhim yangilik qo‘lga kiritildi. 2011 yili samodan olingan suratlar
tahlil etilganda Mingtepa ichki shahrini rejasi shu vaqtgacha kitoblardagi to‘g‘ri
to‘rtburchakli emas, balki parallelogramma ko‘rinishdagi ekanligi ayon bo‘ldi. Uning
rejasida ko‘plab belgilariga ko‘ra ilk temir davrinng eng yirik yodgorligi Eylatan bilan
o‘xshash tomonlari aniqlangan. Buni keng o‘rganish yodgorlikning ko‘pgina tarixiy jihatlari
yanada aniqlashtiriladi. Shu maqsadda Xitoy Farg‘ona xalqi ustiga qo‘shin tortib borishga
bahona qidirardi. Miloddan avvalgi 104 yilda bahona ham topildi. Farg‘onaliklar
tomonidan Xitoy fuqarosi She Linning o‘ldirilishi ularga Davanga qo‘shin tortib borishga
bahona bo‘ldi. Qo‘shinga bosh qo‘mondon qilib Li Guangli tayinlangan. Xitoyliklar Davan
ustiga birinchi bor harbiy urushi, mag‘lubiyatga uchrab, miloddan avvalgi 102 yilda
Xitoyga qaytadilar. Birinchi yurishda Xitoy istilochilari Ershi shahrigaga еtmasdanoq
qo‘shinlarining anchasidan ayrilgan. Yo‘lda charchagan, och qolgan qo‘shin O‘zgan
shaxriga bo‘lgan xujumda katta talafot ko‘rgan. Li Guangli qolgan kuchlari b-n
Dungxuangga qaytib kelgan. Xitoy qo‘shinining Fargonaga 1-yurishi 2 yil da-vom etgan. l-
hujum Xitoy askarlari-ning mag‘lubiyati b-n tamom bo‘lgan. U-dining farmoniga binoan,
zudlik b-n qaytadan urush tayyorgarligi kurilib, bir yildan so‘ng, miloddan avvalgi 101
yilda 60 ming kishilik qo‘shin bilan Farg‘ona yurtiga ikkinchi marta xarbiy yurish
uyushtiradi. Bu safar urushga maxsus tayyorgarlik ko‘rildi. Bu yurishda xitoyliklar 60 ming
askar, hamda ularni oziq-ovqat va qurol-yaroq bilan ta’minlab turish, shuningdek, urushda
ko‘maklashish uchun yana 130 ming kishi jalb qilingan edi. Qo‘shinga 50 dan ortiq tajribali
lashkarboshilar boshchilik qilgan. Armiyaga shaharlar qamal holatga o‘tganda suvsizlikdan
taslim etish choralarini ko‘ruvchi mutaxassislar arg‘umoq otlarni tanlay oladigan
mutaxassislar jalb etildi, otlar uchun quruq еm-xashak g‘amlandi. Birinchi jangdayoq
xitoyliklarning qo‘li baland kelib, davanliklar chekinadilar. Yerli aholi ko‘p sonli Xitoy
askarlari bilan ochiq maydonda jang qilishdan qochib, mayda-mayda guruhlarga bo‘linib
qal’alarga yashirinadilar.Tashqi shaharni bosib olgach, ichki shaharga bostirib kira
boshlaydilar. Nihoyat Xitoy qo‘shinlari Ershini qamal qiladilar. 40 kuncha davom etgan
qamaldan so‘ng dushman shahar tashqi devorini buzib, shahar ichiga kiradi va uning bir
qismini egallaydi. Ammo mudofaachilar ham bo‘sh kelmaydilar. Davan podsholigining
oqsoqollar Kengashi o‘z vakillarini xitoyliklar huzuriga yuborib, dushman oldiga o‘z
shartlarini qo‘yadilar. Ular, agar Xitoy armiyasi xarbiy harakatni to‘xtatsa o‘z hukmdori
qaysar Muguani o‘ldirishni hamda bir necha “samoviy otlarni” va Xitoy armiyasi uchun
еtarli oziq-ovqat berishlarini va’da qiladilar. Agar bu shartlarga ko‘nmasa mudofaachilar
qarshilik ko‘rsatishni davom qildirishini va oldindan kelishuvga ko‘ra, ularga Qang‘uy
qo‘shinlari yordamiga yaqin kunlar ichida kelishini xabar qiladilar. Xitoy qo‘shini, o‘zlariga
eng yaqin hisoblangan Usun xonligidan yordam kelmagandan so‘ng, Qang‘ davlati qo‘shini
Farg‘onaga yordamga ke lib qolishidan xavotirlanib, farg‘onaliklar qo‘ygan shart b-n sulh
tuzishga majbur bo‘lganlar. Holdan ketib, tinkasi qurigan xitoyliklar bunga rozi bo‘lib, bir
necha arg‘umoq otlar va 3ming boshqa turdagi otlar olib qaytadilar. Xitoy tarixchisi Sima
Syanning xabariga ko‘ra, Mugua o‘ldirilib, uning o‘rniga Farg‘ona davlatining sobiq keksa
hukmdori Mosay taxtga o‘tqaziladi. Shundan so‘ng ikki oradagi urush tuxtaydi va Xitoyning
qoldiq askarlari yo‘l-yo‘lakay kutilmagan to‘sqinliklarga uchrab, Sharqiy Turkistonga yo‘l
oladilar. O‘zgan aholisi xitoyliklar qoldirib ketgan qo‘shinni oziq-ovqat va еm-xashak bilan
ta’minlashdan bosh tortib, butun otryadni qirib tashlaydi. Buni eshitgan Xitoy qo‘shini yana
orqaga qaytib, O‘zganni qattiq jang bilai qo‘lga kiritadi. Qang‘ davlatiga qochib ketgan


shahar hokimi xitoyliklarga topshirishni talab qiladi va uni qo‘lga kiritgach boshini
tanasidan judo etadi. Biroq bu tadbirlar еrli aholini tinchitmaydi. Xitoy armiyasi Davandan
chiqib ketishi bilanoq aholi Mosayni taxtdan tushi rib, Muguaning inisini, hukmdor qilib
ko‘taradi. O‘rta Osiyo hududlarida Efta litlar davlati qaror topgach, qadimgi Farg‘ona davlati
o‘z mustaqilligini yo‘qotgan. 
1. 

Download 134,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish