Ning yaratilish tarixi va milly ma’naviyatimizdagi ahamiyati. 1 Avesto



Download 112,25 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi112,25 Kb.
#822926
Bog'liq
maʼnaviyat yakuniy javoblar!


1)Avesto”ning yaratilish tarixi va milly ma’naviyatimizdagi ahamiyati.
1) Avesto” dagi ma’lumotlarning qadimgi qismi eramizdan avvalgi 3000 – 2000 yillarga tegishli deb taxmin qiladi olimalar”. Podshoh Doro Ibn Doro xazinasida 12 ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan. Iskandar (Aleksandr Makedonskiy) esa bu yurtga bostirib kelgan va otashxonalarni vayron qilib, Zardusht diniga e’tiqod etuvchi xalqni taziyq ostiga olib , ularni o’ldirib yuboradilar.Shuning uchun ham “Avesto” ning 3/5 qismi yo’qolib ketdi. Lekin, Iskandar( Aleksandr Makedonskiy) falsafa, tibbiyot, astronomiyaga tegishli qismini saqlab qolgan. Bu qo’lyozmalardan keng foydalanilgan va uni yunon tiliga tarjima qildirgan. Iskandarning hukmronligi tugagach , miloddan avvalgi 250-yilda Arshohiylar davrida “Avesto” yana yo’qotilgan qismlari tiklangan va yangi matnlar bilan to’ldirilgan. Bu voqea eramizdan avvalgi III asrida sosoniylar podshosi Shopur davriga kelib, to’la kitob holiga keltirilgan.)Zardushtiylik dinida iymon uch tayanchga asoslanadi: fikrlar sofligi, so‘zning sobitligi, amallarning insoniyligidir. Avestoda “bergan so‘zning uddasidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiq va shartnomalarga qatiy amal qilish, qarzni o‘z vaqtida to‘lash, aldamchilik va hiyonatdan xoli bo‘lish iymonlilik alomatidir” deyilgan. Avesto dunyodagi eng qadimgi din - zardushtiylik ta’limotini axloqiy falsafasi, bu kitob nafaqat diniy, balki keng ma’noda tarixiy va adabiy manba, ajdodlarimizning uzoq o‘tmish tarixi va tafakkur taraqqiyotining qomusiy yig‘indisidir.Bunda an’anaviy diniy, falsafiy va axloqiy qarashlar davr ruhi bilan omuxtalashgan. Har qalay, Avestoni bir butunlikda tahlil etganda shunisi aniqki, Zaratushtra yashagan zamonga qadar ibtidoiy ajdodlarimiz turli qabilaviy diniy tasavvurlarga amal qilib kelishgan. Endi esa ibtidoiy munosabatlar o‘rnini dastlabki sinfiy jamiyat egallayotgan davr boshlandi.
2) Jadidchilik harakatining vujudga kelishi va uning Buxorodagi faoliyati.
2)Jadidchilik harakati XIX asr oxirida boshlangan barcha ma’rifatparvarlik haraktalaridan bir muncha mukammalroq, uyushganroq, isyonkorroq, mustamlakachilikning asl mohiyatini chuqurroq tushunib yetgan harakat edi. Millatning shakllanishi, milliy qadriyatlarni saqlab qolishda jadidchilik harakati vakillari jonbozlik ko’rsatadilar. Ular xalq turmushiga singishiga qarshi turadilar. Xalqning, ayniqsa, yoshlarning milliy ruhiyati va tuyg’usini saqlab qolish, milliy o’zligini anglab yetishlari uchun rus-tuzem maktablariga qarama-qarshi "yangi usul" maktabalariga asos soladilar. Natijada 1910 yilga kelib, jadidchilik harakatining markazalari hisoblangan Toshkentda 20 ta, Qo’qonda 16 ta "Yangi usul" maktablari faoliyat ko’rsatadi. Bu maktablarda asosan turkiy til va islom ilohiyoti o’qitiladi.XX asr boshlariga kelib ma’naviy tanazzuli chuqurlashib borayotgan Buxoroda yangi oqim - "Jadidchilik yoki fikrlilar" oqimi vujudga keladi. Bu oqim tarafdorlari Buxoroning iqtisodiy-siyosiy jihatdan kuchli davlatlar qatoriga chiqisha uchun kurasha boshlaydilar. Bu oqimning faol ishtirokchilaridan bo’lgan Sadriddin Ayniy o’zining "Jadidlar yoki yosh buxoroliklar partiyasi tarkibi yoki yozilmay qolgan rejalar" nomli asarida "Jadidchilik harakatining" maqsad va vazifalarini bayon qiladi. Jadidlar o’z oldilariga savodsizlikni tugatish, xalq tafakkurini yuksaltirish, yangi maktablar tashkil etish, jadidchilik adabiyotini tarqatish, diniy mutaassiblikka qarshi kurash, davlat arboblarining qabixligi, zulmkorligini, qonunchilikni buzilishi, adolatsizlikning avj olganligini fosh qilishi, axloqsizlik va bid’atga, erkilik sarqitlariga chek qo’yish kabi maqsadlarni qo’yadilar. 1916-1917 yillar oralig’ida yashirin «Yosh buxoroliklar» firqasi va uning 12 kishilik Markaziy qo’mitasi tashkil topdi. Bu siyosiy partiyaning tashkil topishida «Yosh turklar»ning «ittihodi va taraqqiy» firqasi, Rossiya va Turkistondagi sotsial-dеmokratik firqalarning ta'siri katta bo’ldi. «Yosh buxoroliklar» firqasining Markaziy Qo’mitasi raisi Abduvohid Burxonov, kotibi Usmon Xo’ja (O’smonxo’ja Po’latxo’jaеv), xazinador Muso Saidjonov edi.Bulardan tashqari firqaning tashkil topib mustahkamlanishida Abdurauf Fitrat (1886-1938), Ota Xo’jaеv (1894-1938), Mirkomil Burxonov, Fayzulla Xo’jaеv (1896-1938), Sadriddin Ayniy (1870-1954), Fazlitdin Maxsum, Abdurahim Yusuf Zoda (1880-1937) va boshqalarning hissasi katta bo’ldi.«Yosh buxoroliklar» firqasining dastlabki faoliyatiga oid tarixiy hujjatlardan biri Buxoroda o’tkazilishi zarur bo’lgan islohot loyihasidir. Uni 1917 yilda firqa markaziy qo’mitasi nomidan Abdurauf Fitrat yozgan. U, «Yosh buxoroliklar» partiyasi, «Yosh buxoroliklar qo’mitasining Buxoroda islohot o’tkazish loyihasi» dеb nomlanadi.
3) O`zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillardagi rivojlanish strategiyasining mazmunini bayon qiling.
3)O'zbekiston Prezidenti 7-fevral kungi farmoni bilan 2017−2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini tasdiqladi.Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o'rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo'yicha ishlab chiqildi. Hujjat internetda e'lon qilinib, ekspertlar va jamoatchilikning keng muhokamasidan o'tdi.Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo'yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. Xususan, 2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e'lon qilindi. Xususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida zamonaviy talablar hamda ustuvor yo'nalishlarni inobatga olgan holda 16 ta vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning tuzilmasi, vazifa va funksiyalari qayta ko'rib chiqildi, 20 ta davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar qayta tashkil etildi. Sud-huquq tizimi tubdan qayta ko'rib chiqildi. Sud hokimiyatining yagona oliy organi – O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma'muriy nizolarni, shuningdek, ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga vakolatli bo'lgan ma'muriy sudlar tashkil etildi. 
2017−2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari
Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo'nalishlari
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishari
. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash hamda chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo'nalishlar
4)Globallashuv nima?
4)Globallashuv (globalizatsiya) - lotincha “glob” so‘zidan olingan bo‘lib,aynan uni “dumaloqlashuv,“kurralashuv” deb tarjima qilish mumkin. Yer sharining, Yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. “Global” tushunchasi lug‘aviy ma'nosi nuqtai nazaridan fransuz tilida“umumiy”, lotin tilida esa “globus”-Yer shari” ma'nolarini bildiradi. Demak, globalizm tushunchasi ana shu ikki ma'noda ham bevosita insoniyat hayoti va taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan katta muammolarni, “sayyoraviy”, “dunyoviy” muammolarni, global taraqqiyot istiqbollarini o‘ziga qamrab oladi. Globallashuv atamasi birinchi bor 1960 yil Giddins tomonidan foydalanilgan. Bu atama XX asrning 90-yillarigicha deyarli foydalanilmagan. 1985 yilga kelib amerikalik sotsiolog R. Robertson «globallashuv» atamasiga tushuncha bergan. Globalizatsiya atamasi birinchi bo‘lib iqtisodchi olimlar tomonidan 1981 yildan beri qo‘llanilib kelingan. Ammo bu so‘zning to‘liq ma’nosi, konsepsiyasi 1990 yilning yarmida amerikalik olim CHarlz Taz Rassel tomonidan to‘liq ochib berilgan. “Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili «Garvard biznes rev`yu» jurnalida chop qilgan maqolasida qo`llangan. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini “globallashuv” deb atagan.Globallashuv — butunjahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurlarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo‘shilish va yaqinlashuvidir. Bu ob’ektiv jarayon bo‘lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega.
5)Korrupsiya nima va uning qanday turlari mavjud?
5)Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi.Xalq tilida soddagina qilib - poraxo‘rlik, keng ma’noda korrupsiya, deb ataluvchi hodisa barcha islohotlar ildiziga bolta urarkan, ushbu maqolada uni keltirib chiqaruvchi sabab va qarshi kurash choralarini tahlil etamiz .O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rasmiy saytida yozilishicha, «Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir»​ Iqtisodchi Berdhenning fikriga ko‘ra, makroiqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichiga eng katta salbiy to‘lqinni olib kiruvchi omil aynan korrupsiya hisoblanadi. Uning ko‘rinishlari turlicha bo‘lishi mumkin: poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, nepotizm va h.k.Korrupsiya ikki turga bo‘linadi: yirik va maydaYirik korrupsiya deganda, amaldagi davlat siyosatini yo‘qqa chiqaradigan, hukumat darajasida amalga oshiriladigan siyosiy va hukumat rahbarlariga xalq hisobidan manfaat ko‘rishga imkon beradigan harakatlar tushuniladi.Mayda korrupsiya deganda, odatda hokimiyatning quyi va o‘rta bo‘g‘inlari mansabdorlarining kundalik vakolatlarini (shifoxonalar, maktablar, militsiya bo‘limlari va boshqa joylarda asosiy xizmatlardan foydalanishga uringan oddiy fuqarolar bilan aloqa qilishda) suiiste’mol qilishlari tushuniladi.Yirik korrupsiyadan butun xalq zarar ko‘radi, mayda korrupsiyadan o‘sha mintaqa yoki sohadagilar aziyat chekadi.
6) Besh muhim tashabbusni bayon qiling.
6)O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yo‘lga qo‘yildi, muayyan natijalarga erishildi. Shunday bo‘lsa ham, bu borada bajariladigan ishlar hamisha keng ko‘lamli bo‘lib, o‘z dolzarbligini saqlab qolaveradi. Shu nuqtayi nazardan, Prezidentimiz rahbarligida 2019-yil 19-martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi. Bular quyidagilar:
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr, va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish bo‘yicha.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish masalalari bo‘yicha.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari bo‘yicha.
To‘rtinchi tashabbus aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash ishlarini tizimli tashkil etish masalalari bo‘yicha.
7) Ma’naviyatshunoslik” fanining adabiyot fani bilan qanday bog`liqligi mavjud?
7)Ma`naviyatning rivojlanish tarixi fani bilan uzviy bog`liq bо`lib, Dinshunoslik, Madaniyatshunoslik, Oila ma`naviyati, Milliy g`oya: asosiy tushuncha va tamoyillar kabi qator ganlar bilan yaqindan aloqadordir. Bu fanni о`zlashtirish uchun talaba о`rta maktab va о`rta maxsus ta`limida о`tiladigan tarix, adabiyot, milliy g`oya, ma`naviyat asoslari kabi fanlardan muayyan bilimga ega bо`lishi, islom dini, ulug` ajdodlarimizning о`tmishda yaratgan ma`naviy merosi haqida dastlabki ma`lumotlardan xabardor bо`lishi kerak. Ma`naviyat” tushunchasining turli ta`riflari va ularning о`zaro nisbatlari, shaxs va millat ma`naviyatining asosiy jihatlari, ma`naviyat sohasining iqtisod, siyosat sohalari bilan munosabatlari, ma`naviyat va ruhiyatning о`zaro nisbati, ma`naviyatining din, madaniyat, axloq bilan о`zaro bog`liq jihatlari, Falsaga va ijtimoiy fanlar bilan о`zaro aloqadorligi, bosh ma`naviy qadriyatlar – Vatan, Shaxs, Millat, Adolat, Haqiqat va ularning inson va jamiyat hayotidagi о`rni, ma`naviyatning san`at va adabiyotda namoyon bо`lishiga oid masalalarda chuqur bilim va malaka hosil qilishi; о`zining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedafofik faoliyatida ma`naviyat nazariyasi bо`yicha olgan bilimlarini qо`llay olishi, milliy ma`naviyatimiz an`analarini yosh avlod ongiga singdirishning shakl va usullaridan foydalanish kо`nikmasiga ega bо`lishi lozim.
8) Jadidchilik harakati va uning xalq ma’naviyatini yuksaltirishda Maxmudxo`ja Behbudiyning roli. 8)Jadidchilik yoki jadidizm (arabcha: jadīd — yangi) — 19-asr oxiri 20-asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakat Jadidchilik dastlab 19-asrning 80-yillarida Qrimda vujudga keldi. 19-asrning 90-yillaridan O‘rta Osiyoda tarqaldi. Jadidchilik avvaliga madaniyat sohasidagi harakat sifatida faoliyat yuritgan. Bu oqim vakillari taraqqiyot uchun kurashish, turkiy tilllarni rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni oʻrganish, fan yutuqlaridan foydalanish hamda ayollar va erkaklar tengligi uchun kurashishga chaqirishgan. XX asr boshiga kelib Turkistonda jadid ziyolilarining butun bir avlodi, o‘lka ma’naviy-ma’rifiy soha taraqqiyotiga, milliy madaniyatning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan namoyandalari vujudga keldi. Ular vatanparvar, ma’rifatparvar, Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakatining asoschilari va rahnamolari hisoblanadiTurkiston jadidlarini birlashtirishda «O‘rta Osiyo jadidlarining otasi» deb tan olingan Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) ning xizmati katta bo‘ldi.U 1875-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Dastlab Samarqand, so‘ngra Buxoro madrasalarida tahsil olib, imom-xatib, qozi, keyin muftiy darajasiga ko‘tarildi.Mahmudxo‘ja Behbudiy O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining asoschisi va yo‘lboshchisi edi. Turkistonda ma’rifatparvarlik harakatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan shaxs hisoblanadi. Behbudiyning tashabbusi bilan o‘z otasi sharafiga «Behbudiya kutubxonasi» deb atalgan kutubxona tashkil qilingan. 2020-yilda xalqimiz tarixining murakkab damlarida, maʼrifat mashʼalasini baland koʻtarib chiqqan ulugʻ alloma va jamoat arbobi Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 145-yilligi keng nishonlanadi. Mutafakkirning ilmiy, ijodiy, pedagogik faoliyati va merosi alohida ahamiyatga molik. XX asr oʻzbek adabiyoti va sanʼatida, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida faol ishtirok etgan, millat maʼrifati, ozodligi, hurligi yoʻlida mardonavor kurashgan bu ulugʻ allomaning sermashaqqat va sermahsul faoliyati tarix sahifalaridan mangu oʻrin egalladi, avlodlar uchun ibrat maktabi boʻlib qoldi.
9) Ommaviy madaniyat nima va qanday ko`rinishlari mavjud?
9)Ommaviy:madaniyat deb:berilgan madaniyatning boshoqimiga kiruvchi g‘oya, nuqtai, ko‘rsatma,mem, imij va boshqa ijtimoiy fenomenlar toʻplamiga aytiladi. 20-asr oʻrtalaridan boshlab ommaviy madaniyatga ommaviy axborot vositalari kuchli taʼsir oʻtkaza boshladi.Ommaviy madaniyat koʻpincha keng aholi qatlamiga xush kelishi uchun soddalashtirilgan va ahamiyatsiz mavzularga berilgan, deb qaraladi Mutaxassislarning fikricha, hali ilm-fanda „antikultura“ („gʻayrimadaniyat“) degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun „Pop (ommaviy) madaniyat“ tushunchasi, nochorlikdan qoʻllanilmoqda. Chunki, „ommaviy madaniyat“, aslida madaniyatsizlik, yaʼni maʼnaviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. „Ommaviy madaniyat“ shu boisdan, eng avvalo, yuksak isteʼdod va oʻlmas maʼnaviy-axloqiy gʻoyalar bayroqdori boʻlgan mumtoz madaniyatga, san’atga, uning boyliklariga qarshi tish-tirnogʻi bilan kurashib, uni inkor etib keladi.
Ommaviy madaniyat koʻrinishlari.
Kitch (zarracha badiiy-estetik qimmatga ega boʻlmagan narsa va buyumlarga yuksak andoza tusini berish),
komiks (tagiga qisqa matn yoki luqmalar bitilgan behayo matbaa — rasm mahsulotlari),
starizm (subʼektiv ehtiroslarga berilgan holda, estrada artistlari, aktyorlar, sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish),
Hippining (avvaldan rejalashtirilmagan, nogahonda uyushtiriladigan „keskin“ tomoshalar, masalan, royal, pianino yoki avtomobillarni urib abjagʻini chiqarish yoxud oʻt qoʻyish orqali vahshiyona, ommaviy „koʻngil ochish“lar uyushtirish) „ommaviy madaniyat“ning ayrim koʻrinishlaridir.
10) Islom dinining shaxs ma’naviy kamolotidagi tutgan o’rni qanday?
10)Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida kelib chiqqan. Uning asoschisi payg’ambar Muhammad alayhissalom (570-632) Makkada quraysh qabilasiga mansub Xoshimiylar xonadonida tug’ilgan. U 609-610 yillarida Makkada yakka xudoga e’tiqod qilish to’g’risida targ’ibot boshlagan. Ammo zadogonchilarning qarg’ishiga uchragan 622 yilda o’z tarofdorlari bilan Madinaga qo’yadi. Shu yildan musulmonlarning xijriy yil xisobi boshlanadi Islom diniy ta’limotining asoslari – Qur’on va Hadis to’plamlarida, shuningdek,VIII-XII asarlar davomida vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida o’z ifodasini topgan. Qur’oni Karim, hadislar va shariat ko’rsatmalari inson ma’naviy-ma’rifiy kamolotining asosi bo’lgan axloq-odob tarbiyasining barcha qirralarini o’z ichiga olgan. Sirasini aytganda, hadislar ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid bo’lgan fikrlarning mukammal to’plamidir. Qur’oni Karim, hadislarni, shariat ko’rsatmalarini o’rganar ekanmiz, ularda axloqiy kamolot, halollik va poklik, imon va vijdon bilan bog’liq bo’lgan birorta ham muhim masala e’tibordan chetda qolmaganini ko’ramiz.Ayniqsa, Islom harom va halol masalalariga musulmonlar e’tiborini qaratadi. Shariatda Olloh tomonidan qilinishiga ruhsat etilgan atallar, ishlar halol deyiladi. Harom esa aksincha qilinishiga ruxsat etilmagan ishlar va amallardir. Olloh xarom etilgan ishlarni qiluvchilarga bu dunyoda yoki qiyomat kunida jazozini berishi aytilgan. Halol qilingan narsalar va ishlar ko’pchilikkka ma’lum, u haqda ko’p eshitganimiz. Qur’oni Karim va payg’ambarimiz hadislarining eng muxim va salmoqli qismi kishilarda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishga qaratilganligidir. Ulardagi ota-onaga, ilmga munosabat, sabr-bardosh, shukronalikka da’vat, o’zaro mehr, mehmondo’stlik, vafo va sadoqat, kamtarlik, samimiyat, rostgo’ylik va boshqa chin insoniylik xislatlarining birinchi o’ringa qo’yilishi barcha insoniyat uchun bebaho umuminsoniy ma’naviy boylik tizimini tashkil qiladi.
11)Starizm”nima? 11)Ommaviy:madaniyat deb:berilgan madaniyatning boshoqimiga kiruvchi g‘oya, nuqtai, ko‘rsatma,mem, imij va boshqa ijtimoiy fenomenlar toʻplamiga aytiladi. 20-asr oʻrtalaridan boshlab ommaviy madaniyatga ommaviy axborot vositalari kuchli taʼsir oʻtkaza boshladi.Starizm ommaviy madaniyat koʻrinishlari dan biri.Starizm – subektiv ehtiroslarga berilgan holda, estrada artistlari, aktyorlar, sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish. YOsh yigit – qizlarning shaxsiy xonalariga kirsangiz, yo chet el aktyori, yo chet el qo‘shiqchisi, yo chet el telediktori yoki chet ellik sportchining bir necha yuzlab rasmlarini devorlarga yopishtirib tashlaganiga ko‘zingiz tushadi. Eng qizigi ular ana shu qahramonlarining rasmini yaqin kishilaridan ham ustun quyishadi (Birorta rasmni yirtsangiz, “Bu sendan qimmat turadi, nega yirtding!?” deb o‘dag’aylashidan ham buni bilish mumkin). Ular qorinlari och qolsa ham non olmasdan o‘zlari sevgan qahramonlarining rasmi yoki ijod namunasini olishadi. Ana shu qahramonlari uchun hech narsadan toymaydilar, hatto o‘zgalarga shikast etkazishdan ham.
12) O`zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishidagi qadamlarini bayon qiling.
12)1989-yili sobiq Ittifoqda vaziyat anchagina murakkablashgan edi. Shu jumladan O‘zbekistonda ham. Boz ustiga respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha Ittifoqda oxirgi o‘rinlarni egallardi. Millatlararo va etnik nizolar vaziyatni yanada keskinlashtirgan bir paytlar edi.Aynan shu kunlarda O‘zbekiston Kompartiyasi MKning Birinchi sekretari R.Nishonovni SSSR Oliy Sovetining Millatlar Kengashi raisi etib saylaydilar va endi u lavozimiga ko‘ra doimo Moskvada bo‘lishi kerak edi. Shu tariqa respublika amalda rahbarsiz qolgan edi.1989-yilning 23-iyun kuni O‘zbekiston Kompartiyasi MKning Plenumiga Islom Abdug‘aniyevich Karimov birinchi sekretar etib saylandi». Saylangan kunining ertasigayoq, 1989-yil 24-iyun kuni o‘tkazilgan hukumat yig‘ilishida Islom Karimov qat’iylik bilan: «Biz endi eskicha yashay olmaymiz, zamonning o‘zi bunga yo‘l qo‘ymaydi» dedi, hamda o‘z qarash va g‘oyalari asosida ishlab chiqilgan, respublikani rivojlantirish dasturini sobitqadamlik bilan amalga oshirishga kirishdi.1989-yilning avgust oyidayoq misli ko‘rilmagan qaror qabul qilindi. Qishloq aholisiga o‘tgan yillar davomida berilgan yer maydonlarining umumiy miqdoridan bir necha barobar ortiq-400 ming gektar sug‘oriladigan yerlar 2,5 millionga yaqin oilalarga tomorqa sifatida ajratib berildi. Markaz bilan kelishmasdan turib, sug‘oriladigan yerlarning ma’lum bir qismini kolxoz va sovxozlarning tasarrufidan chiqarish to‘g‘risidagi bunday qaror, Islom Karimov tomonidan amalga oshirilgan jasoratli harakat edi..1989-yilda Islom Karimov tomonidan yana bir muhim siyosiy qaror-«Davlat tili to‘g‘risida» gi qonun qabul qilinib, uzoq yillar davomida rasman ikkinchi darajali bo‘lib kelgan o‘zbek tilining maqomi va nufuzi ko‘tarildi. Bu o‘z navbatida o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashida muhim ahamiyat kasb etdi.
13) Mafkuraviy immunitet nima?
13)Иммунитет деганда ташқаридан бошқариладиган ғояга ёки айтиладиган воқеа-ҳодисага қарши ҳимоя, ниманидир олдини олиш, унга қарши курашиш кўникмасининг ҳосил бўлиши тушунилади.Иммунитет – лотинча – озод бўлиш, қутилиш деган маънода ҳам келади. Мутахассис олимларнинг таъкидлашича, иммунитет инсон вужудининг турли инфекцион касалликларга бўш келмаслик ҳолатини ифодалайди.Мафкуравий иммунитетни шакллантиришда асосий восита билимдир. Лекин билимлар ҳар хил бўлади. Уларни фойда-зиёнлигини ажрата билиш лозим.Бугунги кунда мафкуравий кураш олиб борувчилар ҳам билимга таянадилар. Бироқ, улар миллий ғояни ўзига сингдирмаган, ғоявий бўшлиққа эга бўлган ёшлар онгини эгаллашга ҳаракат қиладилар. Улар ёшларни эътиборини тортадиган устида чиройли ниқоби бор “оммавий маданият” каби тушунчаларни тарғиб қилиш, ёйиш орқали ўз мақсадларига етишга интилишади. Мафкура – қудратли қурол. Мафкуравий иммунитетни шакллантиришда миллий қадриятларнинг роли беқиёс. Халқимзга ҳос бўлган миллий қадриятлар мафкуравий иммунитетнинг асосий манбаи ҳисобланади. Ҳар бир ўзини тарбияли,мукаммал деб ҳисоблаган инсонда – Истиҳола бўлиши шарт. Инсон истиҳола қилиш, яъни қайси гапни қачон, кимларнинг олдида айтиш мумкину қаерда гапирмаслик зарурлигини билиши керак. Айтган гапи билан ўзи билмаган ҳолда, бегуноҳ инсонни ҳафа қилиб қўйиши мумкинлигини ҳис қилиши лозим.
14) Ma’naviy tahdidlarning qanday turlari va ko`rinishlari mavjud?
14)Ma’naviy tahdid” iborasini ikki so‘z birikuvidan iborat: ma’naviy va tahdid. “Ma’naviy” deganda insonning ichki dunyosi, ongi va qalbi nazarda tutiladi.“Tahdid” deganda esa hadig, ya’ni tajovuz qilish, yo‘ldan chiqarishga asoslangan xavf-xatarlar majmui tushuniladi. Tahdid xavf-xatardan darhol ko‘zga tashlanmasligi, uzoqni ko‘zlashi va xavf-xatarga nisbatan zarari ko‘pligi bilan farq qiladi. Mazkur so‘z 1997 yili YUrtboshimiz tomonidan ilk bor atama darajasida qo‘llanilgan. I.A.Karimov o‘zining "Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch" nomli asarida ma’naviymafkuraviy tahdid tushunchalariga to‘xtalar ekan: "Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadiganmafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim”, deb o‘ylayman. Bugungi kunda jamiyatimiz taraqqiyotiga xavf solib turgan ma’naviy tahdidlarning asosiy ko‘rinishlari quyidagilar:
1. Mutaassiblik.
2. “Ommaviy madaniyat”.
3. Giyohvandlik.
4. OITS illati.
Bu tahdidlar xorijdan eksport qilinayotgani bilan xavfli hisoblanadi. Ular orasida ayniqsa mutaassiblik ma’naviy tahdidi keng ko‘lamligi va salbiy ta’sirga egaligi bilan o‘ta xavfli hioblanadi.
15) 2021 yil dekabr oyida Janubiy Korea Respublikasining qaysi shahriga va qaysi buyuk bobokalonimizning haykali o`rnatildi?
15)O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga 2021-yil rasmiy tashrifi arafasida Seul shahrida buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haykali o‘rnatildiYodgorlikning ochilishi buyuk shoir tavalludining 580 yilligi hamda Prezidentimizning Janubiy Koreyaga tashrifi munosabati bilan o‘tkazildi. Dunyo xalqlari adabiyotining buyuk namoyandasi Alisher Navoiy siymosini yaratish sharafiga muyassar bo‘layotganimdan juda ham xursandman. Chunki, Navoiydek ulug‘ zot haykalini yaratishni har bir haykaltarosh orzu qiladi”,-deydi Janubiy Koreyadagi yetakchi haykaltaroshlardan biri Park Kyong Dal. Albatta, Navoiy siymosini uning nomi va jahon adabiyoti tarixida tutgan mavqeiga mos ravishda shakllantirish oson ish emas. Har bitta haykalni yasashda yaratilayotgan shaxsni o‘rganish muhim. Navoiy haqida ko‘p eshitganman. Uning siymosini yaratish uchun buyuk shoir shaxsiyatini chuqur o‘rganib, keyin ish boshladim. Men bor mahoratimni ishga solib, bu tarixiy shaxs haykalini yaratishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim”,-deydi u.Yodgorlikning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi vakillari, shuningdek O‘zbekiston va Koreya Respublikasi jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Haykalning ochilish marosimi ishtirokchilari buyuk shoir haykali poyiga gullar qo‘ydilar.Janubiy Koreya va O‘zbekiston diplomatik munosabatlarni 1992-yil yanvar oyida rasman o‘rnatgan. Oradan ko‘p o‘tmay Janubiy Koreya Toshkentda, O‘zbekiston esa Seulda o‘z elchixonasini ochdi.
16) Diniy fundamentalism qanday g’oya va mazmuni nimadan iborat?
16)Fundamentalizm - ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning yo‘nalishi. Diniy fundamentalizm - aqidaning o‘zgarmasligini himoya qiladigan, vahy va mo‘‘jizalarning muqaddas kitoblardagi bayonining harfiy talqini tarafdori, ularning har qanday majoziy talqiniga murosasiz, so‘zma-so‘z talqinga asoslangan e’tiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun qo‘yadigan, muayyandiniy e’tiqod shakllanishining boshlang‘ich davrida belgilangan barcha yo‘l-yo‘riqlarni qat’iy va og‘ishmay bajarilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo‘llaniladigan istilohdir. Fundamentalizm iborasi birinchi bor I Jahon urushi arafasida vujudga kelgan protestantizmdagi ortodoksal oqimlarni ifodalash uchun ishlatilgan. Bu oqim 1910 yildan keyin shu nom bilan atala boshlagan. Fundamentalistlar xristianlikning an’anaviy aqidalarga, ayniqsa Bibliyaning mutlaqo mukammalligiga ishonishni mustahkamlashni, uni so‘zma-so‘z sharhlashga qat’iy rioya qilishni talab qildilar. Bu oqim keyinchalik Amerikada keng tarqalib ketdi. 1919 yili Filadelfiyada Jahon xristian fundamentalistlari assosiasiyasiga asos solindi. Diniy fundamentalizm deb qachonlardir vujudga kelgan aqidalarni o’zgarmas deb xisoblaydigan, vaxiy va mo’'jizalarning muqaddas yozuvlardagi bayonining xarfiy talqini tarafdori bo’lgan, bularning xar qanday zamonaviy talqiniga qarshi turadigan, so’zma-so’z talqiniga asoslangan ishonchni aqlga tayangan mantiqiy fikrlardan ustun qo’yadigan, muayyan diniy e'tiqodni shakllantirishning ilk davrlarida olg’a surilgan barcha yo’l-yo’riqlarni qat'iy, og’ishmay bajarilaverishini talab etadigan diniy oqimlarni tavsiflashda qo’llaniladigan atamani aytiladi. Asrimizning 70-yillaridan boshlab esa bu so’z islomga nisbatan qo’llanila boshlandi. Islom fundamentalizmi zamonaviy islomdagi uch yo’nalishdan biridir (qolgan ikkitasi – traditsionalizm va modernizm). Islom fundamentalizmining asosiy g’oyasi – «sof islom» printsiplariga qaytish, maqsadi «islomiy taraqqiyot» yo’lini joriy etishdir.XX asrning 80-90-yillarida butun dunyoda diniy omilning faollashuvi sobiq sovetlardan keyingi makonda xam o’z aksini topdi. Bu davr jamiyat taraqqiyotida, bir jixatdan, diniy e'tiqodning ijtimoiy-madaniy xayotdagi tabiiy mavqei tiklanayotgan, ikkinchi tomondan, mazkur asosda ayrim mafkuraviy ziddiyatlar tug’ilishi vaqti bo’ldi.Asosiy qonunimizda yana shu narsa qat'iy qilib belgilab qo’yilganki, konstitutsiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishni maqsad qilib qo’yuvchi, R espublikaning suv ereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy xuquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning sog’lig’i va ma'naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, xarbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruxdagi siyosiy partiyalarning xamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi (57-modda).
17) Bobur Mirzo ruboiylarida ma’naviy tarbiya.
17)Boburning turli-tuman mavzulardan bahs yurituvchi g’azallari o’zining o’ynoqiligi, samimiy hissiyot va taassurotlarning badiiy in’ikosi bo’lganligi jihatidan Alishеr Navoiydan kеyingi o’zbеk g’azalchiligida o’ziga хos mavqеga ega.Boburning lirik asarlari orasida ruboiy janri ham diqqat va e’tiborga sazovordir. Boburning ruboiylari an’anaviy хususiyat va mavzuga ega bo’lsa-da, ammo ularda, хuddi g’azallarida bo’lgani kabi, Shoirning ko’rgan-kеchirganlari ko’proq o’z aksini topgan, ruboiylarida ham soddabayonlik va samimiylik bo’rtib turadi. Boburning ruboiylari Shoir hasbi holi, kayfiyati, botiniy kеchinmalarini ko’zgusidеk bo’lib tuyuladi. 1528 yilda Bobur isitma kasaliga uchrab, ancha qiynaladi. Kasallikdan qutulish maqsadida Хoja Ahrori Vali ruhiga murojaat qilib, uning «Volidiya» nomli nasriy asarini o’zbеk tiliga shе’r bilan tarjima qila boshlaydi. Bu ish jarayoni 10-12 kun davom etadi. Shu orada Bobur kasallikdan ham shifo topgan. Volidiya» ikki yuzu qirq uch bayt bo’lib, ilohiyot va odob-aхloq masalalaridan bahs yuritadi. Asar «hamd», «Rasulluloh na’ti», «Risola nazmining sabablari», «Risola shuru’i-boshlanishi», Risola хotimasi» bo’limlaridan tashkil topgan. «Volidiya»dan kuzatilgan asosiy maqsad «uyqulik (g’aflatda qolgan) ko’ngullarni bеdorlig’»ga еtkazishdan, ya’ni insonni o’zligini tanish orqali Haq taolo ma’rifatidan ogoh bo’lishga hidoyat qilishdan iborat. Ogohlik, o’zni tanish, Haq ma’rifatini idrok etish insonni har qanday yomon fazilatlardan uzoqlashtiradi, uni komillik sari boshlaydi:
G’iybatu yolg’onu muziy so’zdin,

Ehtiroz et, yiroq etgil o’zdin.

Har yamon qavlni o’zdin dur et,

Tilingga bir nima mazkur et. ( «Volidiya»)


Хoja Ahror Valining «Volidiya» nasriy risolasidagi ana shu asosiy g’oyani ilg’ab olgan Bobur ham insonning ma’naviy jihatdan pokiza-barkamol bo’lmog’i uchun zarur bo’lgan bilimdan хabarsiz qolmasin dеb, asarni forsiydan o’zbеk tiliga nazm bilan o’girgan. Boburning ezgu maqsadi ana shu g’oyalarni turkiygo’ylar orasiga ham targ’ib qilish, ularga tushuntirishdan iborat. Shuning uchun tarjima sodda, tushunarli, ortiqcha badiiy bеzaksiz amalga oshirilgan. Bu asar istiqlolimiz sharofati bilan Saidbеk Hasanov tomonidan nashr ettirildi.
18) Ma’naviy meros nima va ma’naviyat rivojlanishidagi ahamiyati qanday?
18) Ma’naviy meros- ma’naviyat rivojlanishining uzoq davrlar mobaynida tarkib topgan, inson aql-zakovatining mujassamlashgan ifodasidir. O‘tmish davrlardan insoniyatga qolgan moddiy va ma’daniyat boyliklar majmuiga madaniy meros deyiladi. Ma’naviy meros ma’naviy qadriyat sifatida namoyon bo‘lib, unga ilm-fan, jumladan falsafa, adabiyot, san’at, axloq, diniy va dunyoviy ta’limotlar, hurfikrlik va boshqalar kiradi.
Ma’naviy meros zamonlar o‘tishi bilan o‘z qadrini yo‘qotmaydi, balki sifat jihatdan yangicha mazmun va ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy meros kishilar ongiga, ichki dunyosiga, his-tuyg‘usiga ta’sir etib, ular ongini boyitadi, axloq odobni ezgulik sari etaklaydi.
Ma’naviy meros biror xalq, millat, uning vakillari tomonidan yaratilib, so‘ng umuminsoniyatning ma’naviy boyligiga, merosiga aylanib qoladi. Markaziy Osiyo xalqlarining o‘tmish avlodlari qoldirgan ma’naviy meros bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Ma’naviy merosimiz jihatidan jahondagi oldingi o‘rinlardan birini egallaymiz.Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qayd etganidek, «Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, ximiya, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o‘n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kam topiladi. SHuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin»16. Bularning hammasi Turon zaminida yashagan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidirkim, endi bu nodir ma’naviy merosimizni jiddiy o‘rganish, xalqimizga etkazish davri keldi. 
19.Amir Temurning xalqimiz ma’naviyatini rivojiga qo’shgan hissasi.
19.Temurningiylar davri, umuman Sharq, xususan O’rta Osiyo ilm-fani, madaniyati, ma’naviyati, adabiyot va san’ati rivojida muhim bosqich, yangi tarixiy davr, burilishdir. Bu davr IX-XII asrlardagi ma’naviy-ma’rifiy hayotdagi ko’tarilish va yuksalishning mantiqiy davomidir. Boshqacha nom bilan bu davr «Oltin asr» deb ham yuritiladi. O’rta Osiyo xalqlari orasida etishib chiqqan buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi huddi shu davrda shakllandi va ijod qildi. Butun dunyoga nomlari mashhur tarixchilar Sharofiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy; olimlardan Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi, Qozizoda Rumiy; faylasuf-shoirlardan Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy; musavvirlardan Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mirak Naqqosh; hattotlardan Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Muhammad Xandon, Muhammad bir Nur va boshqalar shular jumlasidandir. Ularning barchasi o’sha davr va o’zlarigacha bo’lgan insoniyat ma’naviyati, ma’rifati va madaniyati yutug’ining barcha sohalarini mukammal bilib, o’zlashtirib olgan, o’zlari tanlagan sohalarining hali hech kim tomonidan zabt etilmagan cho’qqilarini egallagan ulug’ siymolar, qomusiy ilm egalari bo’lganlar.
20. Huquqiy demokratik davlatning asosiy ma’naviy belgilari.
20. Huquqiy davlatning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:
1) huquqning hukmronligi. Davlat hududida bo‘lgan barcha kishilar: Ushbu davlat fuqarolari, xorijliklar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, yuridik Shaxslar, mansabdor shaxslar, davlat hokimiyat idoralari barchasi Huquqqa bo‘ysunadilar;
2) Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi. Konstitutsiya va qonunlar ,Huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir. Turli xil davlat Idoralari chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar qonunlarga zid bo‘lmasligi kerak;
3) inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish, ularni himoya qilish va ta’minlash. Inson huquqlari va erkinliklari unga tug‘ilganidan tegishli Bo‘lib, ular insondan ajralmasdir. Gap, eng avvalo, insonning yashash, Erkinlikka, daxlsizlikka, xavfsizlikka ega bo‘lish huquqlari hamda boshqa Huquq va erkinliklari to‘g‘risida bormoqda. Barcha fuqarolar qonun va Mustaqil sud oldida tengdirlar;
4) davlat va fuqaroning o‘zaro mas’uliyati. Davlat qonunlarda shaxs Erkinligining me’yorini belgilab qo‘yar ekan, xuddi shu chegaralarda o‘zini Ham qaror qabul qilishda cheklab qo‘yadi;
5) jamiyatda hokimiyatning qonuniyligi (legitimligi). Hokimiyatni qonuniy E’tirof etish uchun quyidagi talablarga javob berilishi shart: hokimiyatning demokratik saylovlar yo‘li bilan shakllantirilgan bo‘lishi; hokimiyat samarali faoliyat yuritib jamiyatda barqarorlik va qat’iy tartibni ta’minlash; u ham mamlakat ichkarisida, ham xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lishi lozim; demokratik saylovlar yo‘li bilan shakllantirilgan bo‘lishi; hokimiyat samarali Faoliyat yuritib jamiyatda barqarorlik va qat’iy tartibni ta’minlash; u ham Mamlakat ichkarisida, ham xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lishi lozim;
6) hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi. Davlat hokimiyati bir Qo‘lda to‘planib qolmasligi uchun hokimiyatning uchta tarmog‘i – qonun Chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini ajratib qo‘yish kerak.
7) sudning mustaqilligi. Sud, davlat hokimiyatining boshqa ikki Tarmog‘i kabi mustaqildir.
8) huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning samarali ishlashi. Agar
Inson huquqlari va erkinliklari poymol etilsa yoki bunga tahdid mavjud Bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar unga yordam berishlari kerak. Ular bu huquq va erkinliklarni himoya qilishlari kerak;
9) huquqiy madaniyatning yuksak darajada ekanligi.
10) demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi. Siyosiy huquqlar Va erkinliklar kafolatlanishi, xalq davlat boshqaruvida doimo ishtirok Etishi.
21.Kosmopolitizm nima?
21. (grekcha: Κόσμος, kosmos — olam va Πολίτης, polites — fuqaro) — „jahon fuqaroligi“ deb atalgan gʻoyani targʻib qiluvchi mafkura. Iskandar (Aleksandr) yurishlari davrida paydo boʻlgan. Uygʻonish va Maʼrifatchilik davrlarida jahon fuqaroligi ideali olgʻa surilib (Dante, Kampanella), individning zamindor boylar zulmidan ozod boʻlish gʻoyasini (Lessing, Gyote, Shiller, Kant, Fixte) ifodalagan. Kosmopolitizm milliy anʼana va madaniyatdan, vatanparvarlikdan voz kechishga — bevatanlikka daʼvat etadi
22.Mafkuraviy bo’shliq va mafkuraviy tahdid nima?
22.“mafkuraviy tahdid” muayyan millat, jamiyat, davlatning tinchligi va barqarorligiga qarshi qaratilgan, siyosiy va konstitutsion tuzumni zaiflashtirish hamda buzishga yo‘naltirilgan, shaxs va jamiyat xavfsizligi, ma’naviy, mafkuraviy, ruhiy dunyosiga tajovuz qiladigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va ularga asoslangan amaliyot majmuini ifodalaydigan tushunchadir; “mafkuraviy tahdid” – ijtimoiy-siyosiy harakat, oqim yoki siyosiy kuch o‘z manfaatini ifodalovchi mafkurasini qo‘rqituv, zo‘rlik yo‘li bilan boshqalarga tiqishtirish. Mafkuraviy tahdid jamiyat, davlat yoki xalq, millat yoki elat taqdiriga xavf solib turgan, fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mafkuraviy xavf-xatarlar majmuasi. Lekin mafkuraviy tahdid bilan birga mafkuraviy tajovuz atamasi ham ko‘p qo‘llaniladi. Umuman olganda, tahdid va tajovuzning bir-biridan farqi nimada? Tahdid – “qo‘rqitish”, “tajovuz” – ham arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “chegaradan o‘tish, haddan oshish” ma’nolarini bildiradi. Demak, mafkuraviy tahdidni passiv, mafkuraviy tajovuzni aktiv jarayon deyish mumkin. Ya’ni avval tahdid paydo bo‘ladi, so‘ng tajovuzga aylanadi, chegarani buzadi. Bundan tashqari, tahdidga sinonim sifatida “xavf-xatar” so‘zini ham keltirish mumkin.Falsafa fanlari doktori, professor Sh.Qahhorova “mafkuraviy xatar” atamasini ishlatadi: «Mafkuraviy xatar axborot xatari bilan uzviy bog‘liqdir. Zero, informatsiya xatarini faqat kuchli mafkura yordamida bartaraf etish mumkin va aksincha, informatsiya xatari mafkurani barbod qilishi mumkin. Shuningdek, mafkura shaxsga jamiyat istiqboli ufqlarini aniq tasavvur qilish imkonini beradi. Vaholanki, buningsiz ijtimoiy taraqqiyot stixiyaviylik, betartiblik(xaos)dan iborat bo‘ladi».Demak, falsafa fanlari doktori, professor Q.Nazarovning bu borada bergan ta’rifiga qo‘shilish mumkin: “Hozirgi davrda mafkuraviy tahdid deganda, aholining ayrim qatlamlari, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbiga ta’sir qilib, ularning qarashlarini o‘zlariga ma’qul yo‘nalishda o‘zgartirish, diniy ekstremizm, vayronkorlik, buzg‘unchilik, axloqsizlik g‘oyalarini zimdan targ‘ib-tashviq etib, singdirish kabi g‘arazli maqsadlar ham anglanadi”.
23.“Alpomish” dostonining xalqimiz ma’naviyatidagi tutgan o`rni.
23.Alpomish» xalqimiz og‘zaki ijodidagi eng qadimiy, Badiiy jihatdan mukammal, olimlar tomonidan ko‘p
O‘rganilgan dostondir. Unda o‘zbekning uzoq o‘tmishi, Rasm-rusumlari, hayot tajribasidan o‘tgan an’analari, Kurashlari, tashvishlari, quvonchlari o‘zining badiiy ifodasini topgan. Baxshilar mahorati bu dostonni ijro etish darajasi bilan o‘lchangan. Ustoz dostonchilar o‘z san’atlarini Ko‘pincha «Alpomish»ni kuylash bilan ko‘rsatganlar, hurmat topganlar. Muhimi shundaki, o‘zbek millatining hayoti Bir tekis ravnaq topgan paytda «Alpomish» dostonini kuy-
Lashga e’tibor katta bo‘lgan. Xalqimiz hayotidagi og‘ir Zamonlar hukm surgan paytda bu dostonning ham boshida Qora bulutlar quyuqlashgan. Hatto mustabid sovet tuzumidagi qatag‘on yillarida «Alpomish»ni kuylash ham Taqiqlangan, «xalqqa zarar keltiruvchi asar» — deb qoralanGan (1952). Ma’lum bo‘ladiki, «Alpomish» taqdiri asrlarDavomida o‘zbek xalqi tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Shuning uchun ham dostonning ming yillik to‘yida PreziDentimiz I. A. Karimov: «Alpomish» dostoni bizga inson-parvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo‘y bo‘lishga, o‘z yurtimizni, oilamiz qo‘rg‘onini qo‘riqlashga, do‘stu yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o‘rgatadi» , — degan edi. Bu fikrda dostonning Mohiyati, g‘oyasi, badiiyati, millatimiz tarixida tutgan o‘rni Mujassam etilgan. XX asrning 70-yillarigacha «Alpomish» Dostoni haqida bildirilgan mulohazalarning ko‘pchiligi Mahmud Zarifov buyuk san’atkor Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan 1928-yilda yozib olgan nusxa asosida Hamid Olimjon
Qisqartirib nashrga tayyorlagan kitobga tegishli edi. Faqat 1969-yilda Berdi baxshidan Abdulla Alaviy va 1972-yilda Saidmurod Panoh o‘g‘lidan Shamsi Murodov yozib olgan
Nusxalar nashr etilgandi. O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan So‘ng «Alpomish»ga bo‘lgan munosabat ham o‘zgardi. Avvalo, Berdi baxshi aytgan doston qayta nashr etil-
di. 1998 yilda Xushboq Mardonaqul o‘g‘li (yozib oluvChi Toshtemir Turdiyev), 1999-yilda Bekmurod Jo‘raboy O‘g‘li (yozib oluvchi Mansur Afzalov) nusxalari alohida
Nashr etildi. 1998-yilda esa Fozil Yo‘ldosh varianti 70 Yildan keyin to‘liq holda bosmadan chiqdi. 1999-yilda Esa dostonning ming yillik to‘yi katta tantanalar bilan
Nishonlandiki, bu tadbir o‘zbek xalqining ajdodlar yodiNi ham asta-sekin o‘rniga qo‘yib esga ola boshlaganidan Nishona bo‘ldi. Tantanalar arafasida «Alpomish» — o‘zbek xalq eposi»
Nomli maqolalar to‘plami va boshqa ilmiy kitoblar, o‘nlab Gazeta, jurnal maqolalari e’lon qilindi, ko‘rsatuvlar tayyorLandi. Dunyodagi qabila, urug‘, elat tarixda alohida xalq sifatiDa shakllanar ekan, bu jarayon, avvalo, qahramonlik eposi Hisoblangan maxsus yirik, epik asarda badiiy ifodasini topadi.
24.Besh tashabbus nima va uning xalqimiz ma’naviy hayotidagi tutgan o’rni.
24.Prezidentimiz rahbarligida 2019-yil 19-martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texno­logi­yalari, kitob o‘qishga qiziqi­shini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan video­selektor yig‘ilishida yosh­larni rivojlantirishga qara­tilgan ma­sa­lalar muho­kama qilindi va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi. Bular quyidagilar:
Birinchi tashabbus yosh­lar­ning musiqa, rassom­lik, ada­biyot, teatr, va san’atning bosh­qa turlariga qiziqishlarini oshi­rish bo‘yicha.
Ikkinchi tashabbus yosh­lar­­ni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish masalalari bo‘yicha.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari bo‘yicha.
To‘rtinchi tashabbus aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha.
Beshinchi tashabbus xo­tin-qizlarni ish bilan ta’minlash ishlarini tizimli tashkil etish masalalari bo‘yicha.
Mazkur tashabbuslar yosh avlodni har tomonlama mukam­­mal tarbiyalash, ular­ning bo‘sh vaqtini maz­munli va samarali o‘tkazish ishlarini qamrab olgan bo‘lib, tegishli sohalar ishtiro­kida amalga oshirib boriladi. Yig‘ilishda har bir tashab­bus­ning maqsadi aniq belgilanib, ijro etuvchi soha­larga tegishli vazifalar yuklatildi. Jumladan, Respub­lika Ma’na­viyat va ma’rifat markazi ham to‘rtinchi tashab­bus — aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksal­tirish, ular o‘rtasida kitobxon­likni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha mas’ul tashkilot sifatida jarayonda faol ishtirokchiga aylanadi. Markaz­da quyidagi yo‘nalish­larda amaliy ishlar olib borish yo‘lga qo‘yilmoqda:
1)Tegishli tashkilotlar mas’ul­ligi va hamkorligida 1 oy muddatda mazmun va mohiyat nuqtayi nazaridan milliy ruhimiz, shonli tariximiz va vatanparvar ajdodlarimizga munosib bo‘lgan harbiy qasamyodning yangi matni bo‘yicha taklif tayyorlash;
2)Xalq ta’limi vazirligi mas’ul­ligida Yoshlar ittifoqi bi­lan hamkorlikda an’anaviy tarzda bir yilda ikki marotaba, 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni va 2-sentabr — Bilimlar kunida mam­lakatimiz bo‘ylab o‘tkazila­digan “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida aksiya tashkil qilish;
3)Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul tashkilot sifatida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbe­kiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbe­kiston milliy teleradio­kom­paniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbe­kiston Milliy axborot agentligi va Jurnalistlar uyushmasi bilan birgalikda, bir yilda bir marta — 9-fevral — buyuk ajdodimiz Alisher Navoiyning tavallud kunida e’lon qilinadigan “Bu yilda o‘qilishi zarur bo‘lgan 100 ta kitob” ro‘yxatini tuzib chiqish, ushbu kitoblarning yil davomida tele va radioefir­larda o‘qib borilishi, el tanigan ziyolilar orqali barcha turdagi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng tashviqotini tashkil qilish;

25.Ma’naviy tahdid, uning zamonaviy ko‘rinishlari qanday?


25.Ilgari insoniyat o‘zaro ziddiyatlarda qurol-yarog‘ning turli ko‘rinishlaridan foydalangan. To‘qnashuvlar hosilasi dushmanning yeri, moddiy boyliklarini qo‘lga kiritish bilan izohlanar edi. Urush xavfi hammaning ko‘ziga yaqqol ko‘rinib turgan sifatlarda namoyon bo‘lardi. Hozirgi zamondagi eng katta xavf insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurash tusini oldi. Endilikda yadro poligonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi. Ayni paytda g‘oyaviy-mafkuraviy kurashlar yer yuzini, barcha mintaqa va mamlakatlarni qamrab olmoqda. Bugun bu jarayonlardan biror kishi yoki mamlakat chetda qolmaydi. Ayniqsa, diniy ekstremizm, fundamentalizm va boshqa axloqsizlik g‘oyalarini kishilar ongiga singdirishdan iborat mafkuraviy-ma’naviy tajovuzlar mintaqaviy va umumbashariy muammo darajasiga chiqib, unga qarshi kurashning xalqaro institutsional tizimini shakllantirishni taqozo qilmoqda. OMMAVIY MADANIYAT” TAHDIDI. Kimdir buni shu kunning modasi, xiti yo keng iste’moldagi qaysidir narsasi ko‘rinishida qabul qilishi mumkin. Aytaylik, qizlar uchun miniyubka, tor va badanni yaqqol ko‘rsatuvchi futbolka, yigitlarga tizzaning yuqorisida turuvchi shorti va tananing yarmini ham yopmaydigan mayka bugunning modasi bo‘lib turibdi. Ayrim mutaassib ayollar esa boshdan-oyoq qop-qora libosga o‘ranib yurishni o‘zlariga ep ko‘rishadi. Yana qaysidir kishi yaktak-ishton, oqmi-ko‘k yo qora do‘ppi kiyish bilan kimlargadir o‘rnak bo‘lmoqni istaydi.
26.“Ma’naviyatshunoslik”fanining tarix fani bilan qanday aloqadorligi mavjud?26.“Ma’naviyatshunoslik” fani ijtimoiy fanlar tizimiga kiradi. Shu bois uning boshqa ijtimoiy fanlardan farqini anglash lozim. Fikrimizcha, “Ma’naviyatshunoslik” fani boshqa ijtimoiy fanlardan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi. 1.Ma’naviyat insonning butun ruhiy olamini yaxlit tizim sifatida ifoda etuvchi ijtimoiy kategoriyadir. “Ma’naviyatshunoslik” fani esa ana shu butun, ya’ni ma’naviyat haqida yaxlit, umumiy tasavvurni shakllantiradi. Albatta, barcha ijtimoiy fanlar u yoki bu tarzda ma’naviyatni tadqiq etadi, uni boyitadi, ma’naviyatni rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Biroq “Ma’naviyatshunoslik” fanidan farqli o‘laroq, ma’naviyatni yaxlit bir tizim sifatida o‘rganmaydi. Demak, “Ma’naviyatshunoslik” fani butunni o‘rgansa, boshqa ijtimoiy fanlar uning qismlarini tadqiq etadi. Madaniyat moddiy va ma’naviy madaniyat yoki ma’naviyatga bo‘linadi. Ma’naviyat, o‘z navbatida, quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘linadi: a)ma’naviyat; b) ma’rifat; v) g‘oya; g) mafkura; d) amaliyot. Ma’rifat bilan deyarli barcha fanlar shug‘ullanadi.
27.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev BMTning 72-sessiyasidagi nutqida qanday takliflarni ilgari surdi.
27. rahbari 2017 yil sentyabr oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida ham qator muhim taklif va fikr-mulohazalarini bayon etgan edi. BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan va amalga oshirilgan tashabbuslar:
• “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi tashkil etildi (2018 yil 27 mart);
• Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvlari o‘tkazildi. BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasi qabul qilindi (2018 yil 22 iyun);
• Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik Trast jamg‘armasiga asos solindi (2018 yil 27 noyabr);
• BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” haqidagi rezolyutsiyasi qabul qilindi (2018 yil 12 dekabr);
• Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya loyihasi ishlab chiqildi. U inson huquqlari bo‘yicha ikkinchi Samarqand veb-forumida muhokama qilindi (2020 yil 12-13 avgust).
28.Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning farqi va umumiy jihatlari qanday?
28.Milliy qadriyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan ham chambarchas bog‘liq. Umuminsoniy qadriyatlar ko‘lami va mazmuni jihatidan chuqur va keng qamrovli bo‘lib, barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad intilishirini o‘zida mujassamlashtirgan. Milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar bilan qanchalik ko‘p uyg‘unlashgan bo‘lsa, ularning rivojlanishiga, ommalashishiga keng imkoniyat yaratadi. Umuminsoniy qadriyatlar tizimi insoniyat tamaddunining taraqqiyoti bilan bog‘liqligi va umumbashariy ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Bular: Inson va uning qadr-qimmati ardoqlanishini, barcha millat va elatlar tinch –totuvlik asosida o‘zaro hamkorlikda yashash, moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylash, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish, tinchlikni saqlash, genotsidga nisbatan nafrat, qirg‘in qurollarini to‘xtatish, tabiatni muhofaza qilish kabalarni o‘zida namoyon etadi.
29.Dinning inson kamolotidagi tutgan o`ni qanday?
29.Umuman, din hozirgi sharoitda muhim ijtimoiy-madaniy hodisadir. Dinning jamiyat ma’naviy-ma’rifiy hayotida tutgan o‘rnini bilish uchun Uning jamiyat va shaxs hayotida qanday o‘rin egallashini, dinning davlatga Va shaxsning dinga munosabatini tarixan qanday o‘zgarib borganligini Ilmiy tahlil qilish lozim bo‘ladi. Ilmiy jihatdan Karaganda, dinining jamiyat hayotiga ta’sir etish Jarayonini tarixan ikki tendensiya asosida tahlil etish mumkin. Bular –
Sakralizatsiya va sekulyarizatsiya tendensiyalari. Sakralizatsiya (lotinchada sacer – muqaddas degan ma’noni anglatadi) Deganda ijtimoiy hayotni, ijtimoiy institutlarni, kishilar hayoti va ongini Muayyan diniy e’tiqod doirasida talqin qilish va izohlash tushuniladi. Sakralizatsiya Sharq va G‘arb madaniyatida turlicha qiyofada va
Mazmunda rivojlangan. O‘zbekistonda sakralizatsiya islom dini An’analarini jamiyat va inson hayotining barcha sohalarini mutlaq zabt Etish, har qanday urf-odat, an’ana, udum va odatlarga diniy qiyofa berish Va jamiyatni boshqarish ishlarini ham ilohiylashtirishda kuzatish mumkin. Masalan, o‘zbek madaniy merosini diniy va dunyoviy tomonlarga bo‘lish Qiyin. Hatto ilmiy taraqqiyot ham diniy qobiqda rivojlanib kelgan. Diniy Element jamiyat va kishi hayotiga shunchalik chuqur o‘rnasha olganki, Undagi har bir xatti-harakat udum va marosimda dunyoviy element bilan Uyg‘unlashib ketgan. Shuning uchun hozirgi o‘zbek kishisining mentaliteti Diniy elementni yadro sifatida o‘z hayoti doirasida ushlaydi.
Din taraqqiyoti tarixan dunyoviy taraqqiyot bilan teng kechgan, unga Doimo moslashib kelgan. Hozirgi kezlarda din hatto dunyoviy taraqqiyotga Ta’sir etish yoki yetakchi bo‘lishga ham da’vo qilmoqda. G‘arb madaniy an’analarida sakralizatsiya hodisasi Sharq madaniy Taraqqiyotidan tubdan farq qiladi.
30.O‘zbekiston Respublikasida demokratiya nimaga asoslanadi?
30.O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.Inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilishning taʼminlanishi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim sharti hisoblanadi. Shunga asosan, Oʻzbekiston oʻz mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning zamirida, inson huquq va erkinliklariga boʻlgan eʼtibor, insonlarning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish, inson huquqlarini eng oliy qadriyat sifatida eʼtirof etish kabi gʻoyalarni bosh maqsad qilib qoʻydi.Qisqa vaqt ichida fuqarolar huquq va erkinliklarini taʼminlaydigan huquqiy soha tashkil etildi, demokratiya va fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari shakllantirildi, huquqni qoʻllash amaliyoti takomillashtirildi. Qayd etish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari hamda kafolatlari bilan bir qatorda uning tashkiliy mexanizmlari ham yaratilgan. Konstitutsiyamizda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy huquqlari, jamiyat rivojlanishining strategik yoʻnalishlari, boshqaruvning adolatli va demokratik prinsiplari, shuningdek maʼnaviy qadriyatlarimiz asoslari oʻz ifodasini topgan.
31.Yangi O’zbekiston va ma’naviy yangilanish strategiyasi deganda nimani tushunasiz?
31.O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi” ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish vazifalari” mavzusidagi ma’rifiy tadbir “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyilini amalga oshirishning ma’naviy sohadagi vazifalarini bajarish masalalariga bag‘ishlandi. Tadbir ishtirokchilari Prezidentimiz tomonidan asoslab berilgan Taraqqiyot strategiyasining ma’naviy rivojlanish maslalariga qaratilgan 5 ustuvor yo‘nalishiga doir maqsad va vazifalarni bajarish va bunda quyidagi maqsad va vazifalarga alohida ahamiyat qaratish zarurligi haqida fikrlashdilar:
Birinchidan, Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi asosida ma’naviyat sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish ishlarini yanada samarali va tizimli tashkil qilish.
Ikkinchidan, yaqin yillarda mamlakatimizda yangi ma’naviy makonni shakllantirish bo‘yicha ishlar samarasini yuksak darajaga ko‘tarish va bu boradagi faoliyat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Yangi O’zbekistonning Ma’naviy taraqqiyot strategiyasi”ni hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va hayotga joriy etilishini ta’minlash.
Uchinchidan, fuqarolarning ezgulik va insonparvarlik g‘oyalari hamda yuksak ma’naviyat tamoyillariga asoslangan sog‘lom dunyoqarashi va zamonaviy tafakurini “Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari” g‘oyasi asosida shakllantirishni umummilliy harakatga aylantirish.
To‘rtinchidan, BMTning ko‘plab “Axloq kodeksi”ni mamlakatimiz hayotida qo‘llash va implementatsiya qilish maqsadida “Yangi O’zbekiston jamiyatining ma’naviyat kodeksi”ni yaratish va uning amaliyotini ta’minlash zarurati ham allaqachon yetilgan.
Beshinchidan, “O’zbekiston Respublikasining ma’naviyat sohasidagi davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida” qonunini ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirilishini ta’minlash.
Olinchidan, “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobi asosida “Yangi O’zbekistonning ma’naviy taraqqiyot strategiyasi” turkumida kitoblar, lug‘at va risolalar tayyorlash va chop etish ishlarini yo‘lga qo‘yish, shu maqsaddagi ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish.
Yettinchidan, “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobining mazmun-mohiyati va uni amalga oshirishning dolzarb vazifalari” mavzusida doimiy faoliyat yuritadigan Respublika onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasini tashkil qilish.
Sakkizinchidan, “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobining mazmun mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida barcha davlat va jamoat tashkilotlarida “Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari” mavzusida “Ma’naviyat soatlari”ni tashkil qilish.
32.Alisher Navoiy asarlarida inson tarbiyasi.
32.A.Navoiy asarlarining umuminsoniy g‘oyasi – insonparvarlik, xalqparvarlik, adolatparvarlik, do‘stlik, tinchlik, mehr va sadoqat, pok sevgi va vafo, ma’rifatlilik kabi go‘zal tuyg‘ularning yuksak badiiy shaklda ifodalashi orqali o‘zbek adabiyoti shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqdi. Buyuk alloma, shoir Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiya sohasida bir butun asar yaratmagan bo’lsa ham, o’zining bu haqidagi fikrlarini turli ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan. Alisher Navoiy o’zining umuminsoniy tarbiya to’g’risidagi fikrlarini badiiy asarlarida barkamol inson obrazini yaratish yo’li bilan bayon etdi.Alisher Navoiyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik g’oyalari bosh o’rinda turadi. Alisher Navoiyning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher Navoiy o’z davridagi barcha sof vijdonli insonlarning manfaatini himoya qildi. U inson uchun zarur bo’lgan umuminsoniy axloq qoidalarini o’rgandi, asar qahramonlari obrazida o’z qarashlarini aks ettirdi. Alisher Navoiy odamlarni axloqli va odobli bo’lishga da’vat etadi hamda axloqni bunday ta’riflaydi: “ Ahloq shaxsning og’ir baqolig’ libosidir va libos jismning sangin debosi. Shuning bilan birga odamni bezaydigan ham axloqdir”. Alisher Navoiyning fikricha, inson uchun toj, davlat va boshqalar emas, balki eng yaxshi fazilatlar har qanday boylikdan afzaldir. Alisher Navoiy xalqqa ish bilan ham, so’z bilan ham foyda keltirish kerakligini aytadi. U xalq manfaati uchun ishlaydigan, xalqning baxt-saodati uchun kurashadigan kishilarni haqiqiy odam deb biladi:
Odami ersang demagil odami,
Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami.
Xalqqa yordam berishni istamaydigan, xudbin, qora ko’ngil odamlarni Alisher Navoiy eng yomon odam, xalqqa zarar yetkazadi deb ta’riflaydi.lay olmaslikni Navoiy shu ikki misrada bayon qiladi. Alisher Navoiy insonga birinchi navbatda hayotdagi amoliga qarab baho beradi. Odamiylikning mezoni bu -porsolik (taqvodorlik), pokdomonlik va haqparastlikdir. Uyg‘oq qalb sohibi nazdida har qanday holatda ham to‘g‘ri so‘zni ayta olgan, haqiqat tarafida turib harakat qilgan kishigina inson nomiga munosib. Aksincha, sharoitga qarab o‘zgaraverish, o‘z shaxsiyatini asrab, haq gapni aytishdan qo‘rqish -bu imonsizlik belgisi. Yaxshilikka davogarlik qilgan holda yomonlar hayliga ham sherik bo‘lib ketaverish -bu munofiqlik namunasidir.
33.“Ma’naviyatshunoslik” fanining predmeti, uning maqsad va vazifalari.
33.“Ma’naviyatshunoslik” fanining asosiy vazifasi komil insonni shakllantirishga asosiy hissani qo’shish bulib, bu fan xaldimizning bosh ma'naviy va madaniy merosiga asoslanadi. Zero, komil inson tushunchasi insonning iqtisodiy, siyosiy, ilmiy faoliyatlari bilan bog’lanib ketadi. Komillik xarakteri bilan durollangan shaxs jamiyatni barkamol qilib rivojlantiradi, o’zgartiradi. Insonlar faoliyatini ijobiy tomonlarga yetaklaydi.Endi “Ma’naviyatshunoslik” fanining predmeti nima, degan savolga quyidagicha ta’rifni keltirish mumkin: “Ma’naviyatshunoslik” fani inson ruhiyatining shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini ilmiy tadqiq etuvchi, komil insonni tarbiyalash jarayonlarini o‘rganuvchi ijtimoiy fandir. Demak, “Ma’naviyatshunoslik” fani inson, uning kamoloti bilan bog‘liq barcha munosabatlarni o‘rganuvchi insonshunoslik fanidir. Ushbu fanni “Ma’naviyat”, “Ma’naviyatshunoslik”, “Insonshunoslik” deb ham atash mumkin. Ammo, rasmiy “Ma’naviyat asoslari” deb nom qo‘yildi. Bu nomning qo‘yilishida o‘ziga xos ma’no bor. Ma’naviyat asoslari deyilishining boisi xalqimizning chuqur ma’naviy ildizlarga ega qadimiy xalq ekanligiga ishora, urg‘u berishdir. Ma’naviyatshunoslik fani quyidagilardan iboratdir:
Birinchi asos – xalqimiz tomonidan yaratilgan yozma va og‘zaki ijodiyot namunalari (bunda “Avesto”, “Fozil odamlar shahri”, “Devon ul lug‘otit turk”, “Qutadg‘u bilig”, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li” kabi asarlar nazarda tutiladi).
Ikkinchi asos – xalq ma’naviyatining sarchashmalari bo‘lgan milliy an’analar, urf-odatlar, hikmatlar, askiya va boshqa ijod turlaridan komil insonni tarbiyalashda unumli foydalanish.
Uchinchi asos – umuminsoniy qadriyatlarga aylangan jahon intellektual mulki (Biz Aristotel, Pushkin, Shekspir, Gegel kabi mutafakkirlarning ijodiyotini ham puxta o‘zlashtirishimiz kerak). Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik bizni milliy biqiqlikdan saqlab qolib, milliy ma’naviyatni boyitishga undaydi.
To‘rtinchi asos – O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov va davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning asarlari. Ushbu asarlarda prezidentimiz milliy ma’naviyat nazariyasini yaratdi. Prezident asarlarini o‘rganish, ularni amaliyot dasturiga aylantirish nazariy va amaliy nuqtai nazardan o‘ta muhim vazifadir.
Beshinchi asos – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezidentning farmon va farmoyishlari, hukumatimizning qarorlari va tegishli normativ-huquqiy hujjatlar.
34.Milliy va undagi mafkuramizning mazmuni g’oyalarni bayon qiling.
34 Milliy mafkura oʻzligimizni, muqaddas anʼ-analarimizni anglash tuygʻularini, xalqimizning koʻp asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga qoʻyilgan oliy maqsad va vazi-falarni ifoda etadi. Milliy mafkura har qanday millatchilikdan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlardan xolidir. U jamiyatimizdagi har qanday insonning eʼtiqodi va dunyoqarashidan qati nazar, ularning barchasini yagona maqsad atrofida birlashtiradigan; xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni buyuk istiqbol sari chorlaydigan maʼnaviy omildir. Milliy mafkura haqida gapirganda yana shuni ham nazarda tutish kerakki, OʻzR Konstitu-siyasi plyuralizm, fikr va qarashlar erkinligi tamoyillarini toʻliq taʼminlaydi. OʻzR Konstitutsiyasining 12moddasida «Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida oʻrnatilishi mumkin emas», deyilgan. Mafkurada boʻshliqqa yoʻl qoʻymay, Milliy mafkurani xalqimiz ongiga singdirish zamon talabidir
35.Tasavuff nima va ma’naviyatning shakllanishida uning qanday ahamiyati bor?35.Tasavvuf falsafiy oqim va diniy-ma’naviy hodisa sifatida islom dini doirasida (ko`pgina ichki sabablar va ba’zi tashqi unsurlar — buddaviylik va hindiylikning ilk diniy tasavvurlari, sharqiy xristian tarkidunyochiligi, neoplatonizm kabilarning ta’siri ostida) paydo bo`ldi. Tasavvuf uchun vahdoniyat — Ollohning birligi, Olloh va olamning porlab turishi, fano bo`lish, orif shaxsining tangri taolo bilan ruhan birlashib ketishi kabi mushohadalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oqim namoyandalari va tarafdorlarini so`fiylar, deb ataganlar va «so`fizm» atamasi shundan paydo bo`lgan. Ilk so`fiylar aholining kambag‘al toifasi orasida shakllangan. Ularning qarashlari istilochilar zulmi, adolatsizlik, ijtimoiy tengsizlikka qarshi norozilik belgisi sifatida ham yuzaga kelgan. Tasavvufning muhim jihatlari yirik musulmon ilohiyotchisi Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-Fazzoliyning (1059-1111) «Diniy ilmlarning tiriltirilishi» asarida bayon etilgan. Ul zot dunyo qonuniyatlarini aql orqali bilishni e’tirof etgan, lekin Ollohni aql bilan anglash mumkin emasligini ta’kidlaganlar. U faqat qalb, maxsus ruhiy harakatlar — iltijo-ibodatlar ko`magida bilib boriladi. Mantiq, tabiatni bilish Ollohni tanishga xalal bermasa, ular ahamiyatlidir, agar aksincha bo`lsa, ularning maqomi chegaralanadi. Rasmiyatchilik, aqidachilikni tasavvuf ahli qabul qilmagan. Ularning fikricha, iymon-e’tiqodning mohiyati Ollohdan boshqa narsaga muhtoj bo`lmaslik, hech qanday mulkning quliga aylanmaslik, boriga sabr-qanoat qilib yashashdir. Ollohga yetishish uchun qalbni poklash, nafs balosidan ozod bo`lish darkor. Ana shundagina inson dili nur bilan to`ladi, nuqsonlarni boshqalardan emas, o`zidan izlaydigan darajaga ko`tariladi, Haq sari yaqinlashadi, bema’ni qarash va tushunchalarning qullik kishanidan o`zini ozod qiladi, chunki inson qalbi hurdir. Tasavvufda kubraviya, yassaviya, naqshbandiya tariqat-suluklari keng tarqalgan.Markaziy Osiyoda ilk o`rta asrlar davrida keng tarqalgan tasavvuf ta’limotidagi komil inson maqomi, nafsni tiyish, bag‘rikenglik, diniy donishmandlik, Muso al-Xorazmiy va Ahmad al-Farg‘oniy tadqiqotlarida ilgari surilgan tabiiy-ilmiy g‘oyalar, Forobiy, Beruniy va Ibn Sinoning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari, fandagi yangi yo`nalishlar birinchi galda musulmon Sharqi, qolaversa, butun jahon tabiiy-ilmiy va falsafiy tafakkurining ravnaqiga hayotbaxsh ta’sir o`tkazib keldi.
36.Ma’naviy jasorat nima?
36.ma’naviyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan adabiyot, san’at, ilm-fan namoyandalari, islom va tasavvuf arboblari o‘z kashfiyotlari, ezgu ish-amallari bilan mohiyatan ma’naviy jasorat egalari hisoblanadilar. Bu haqiqat ilmiy-ma’rifiy jihatdan Islom Karimov ta’limotiga asoslandi va keng muomalaga olib chiqildi. «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» nomli kitobning «Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori» sarlavhali to‘rtinchi bobining ikkinchi bo‘limi, balki ushbu asarning yakuniy-xulosaviy mohiyatini anglatuvchi qismi «Eng buyuk jasorat» deb nomlangan. Unda eng buyuk jasorat nima va u qanday bo‘lishi hikmatomuz fikrlar bilan asoslab berilgan.«Yer yuzidagi barcha o‘lmas obidalar, insoniyat hayotini tubdan o‘zgartirib yuborgan jamiki ulug‘ kashfiyot va ixtirolar, mumtoz san’at va adabiyot durdonalari, mardlik va qahramonlik namunalari odamzodning aql-tafakkuri, salohiyati va ma’naviy jasorati mahsu­lidir. Shuning uchun ham bu yorug‘ olamda eng buyuk jasorat nima, degan savolga, hech ikkilanmasdan, eng buyuk jasorat — bu ma’naviy jasorat, deb javob bersak, o‘ylaymanki, yanglishmagan bo‘lamiz».Bilamizki, I.Karimov shaxsiyati va ta’limoti o‘zida baynalmilallik, ilg‘or dunyo hamjamiyati bilan tenglashish harakatlari jihatidan o‘ziga xoslik, olamshumullik kasb etadi. U buyuk ajdodlarimiz qatorida o‘zga yurt va o‘zga millatga mansub ulug‘ siymolar hayoti va ularning yaratmalarini ham bilish, o‘rganish hamda o‘rnak olish, komil insoniy fazilatlarni shakllantirishda foydalanish masalasiga ham alohida e’tibor beradi. Muhimi, bunday ma’naviy jasorat sohiblari barkamollik ibrati va tarbiyasi uchun tayanch bo‘ladigan asoslardir. Yurtboshimiz antik davr yunon ilm-fanining «yuksak tafakkur va aql-zakovat timsoli bo‘lib kelayotgan» faylasuf Platonning o‘z ustozi Suqrotning vafotidan so‘ng katta qiyinchiliklar bilan, bor mol-mulkini sarflab Afina shahri yaqinida akademiya tashkil etganligini, bunday chinakam ma’naviy jasorati bilan yunon falsafasini, ilm-fan rivojini tanazzuldan asrab qolganligini alohida ta’kidlab ko‘rsatadi. Kitobda yana Xorazm Ma’mun akademiyasi va uning bag‘rida kamolga yetgan Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Xo‘jandiy, Ahmad ibn Muhammad Xorazmiy, Ahmad ibn Hamid Naysaburiy kabi olimlar faoliyati ham qayd qilingan. «Ulkan ma’naviy jasorat sohiblari bo‘lgan bunday alloma zotlar, — deya ta’kidlanadi mazkur risolada, — dunyoning qaerida yashamasin, ezgulik va ma’rifat yo‘lida doimo odamlarga ibrat bo‘lib kelgan». Shuningdek, bunday ma’naviy jasorati bilan insoniyatga barkamollik o‘rnagi bo‘lib kelayotgan zotlar qatorida o‘rta asrlarga mansub bo‘lgan «astronomiya sohasidagi ilmiy kashfiyotlari uchun tazyiq va ta’qiblarga uchragan Kopernik hamda keyinchalik uning izidan borib, johil va aqidaparast ruhoniylar tomonidan o‘tga tashlangan Jordano Bruno, qanchadan-qancha ta’na va malomatlarga giriftor etilgan Galileo Galiley kabi allo­malar­ning jasoratida ham haqiqatga sadoqat, e’tiqod uchun kurashning yorqin namunasi yaqqol namoyon bo‘lganini ko‘ramiz», deya qayd etadi donishmand Yurtboshimiz.
37. Jadidchilik harakatining mazmuni va uning umumxalq ma’naviyatini ko‘tarishdagi roli.
37. Jadidchilik - yangilanish, yangi zamonaviy maktab-maorifni targib kiluvchi g’oya bo’lib, u Turkistonni feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, millat va Vatanni zamonaviy taraqqiyot yo’liga olib chiqib, milliy davlat barpo etish, Konstitutsiya, parlament va Prezident boshqaruvi asosida ozod va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat maqomini berish, milliy armiya to’zish kabi maqsadlardan iborat edi. Demak, Turkistonda jadidchilik milliy-ozodlik harakati sifatida tarixga kirgan bo’lib, ular dunyoqarashida vatanparvarlik, millatparvarlik, ma‘rifat va taraqqiyotga erishish g’oyalari mavjud edi. Ular erkinlikka erishish yo’lida milliy ong va o’zlikni bilishni o’stirish zarur, deb ta‘kidlaganlar.XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston jamiyatida ma‘naviy inqiroz chuqurlashgan bo’lib, milliy madaniyatni ko’tarmay, umumsoni qadriyatlardan baxramand bo’lmay, ma‘rifiy tarbiyaviy ishlarni keng yo’lga qo’ymay, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga erishib bo’lmas edi. Shu sababli jadidlar millatning ma‘naviy kamoloti ma‘rifatga erishuvida deb to’shundilar. Buning uchun maktablarda dunyoviy bilimlar berish bilan isloh qilish zaruriyatini ta‘kidlab, milliy uyg’onish va milliy ong shaklanishida muhim rol uynaganlar.
Jadidchilik aslida ma’rifatparvarlik harakatining ko‘rinishidir. Shuning uchun biz bu o‘rinda masala bayonini ma’rifat va ma’rifatparvarlik tushunchalari va uning ahamiyatini izohlashdan boshlashni lozim topdik.
38. Tolerantlik nima va uning mazmun mohiyati nimadan iborat?
38. Tolerantlik (lot. tolerantia — sabrtoqat), bagʻrikenglik — oʻzgalarning turmush tarzi, xulqatvori, odatlari, histuygʻulari, fikrmulohazalari, gʻoyalari va eʼtiqodlariga nisbatan toqatli boʻlish. Hozirgi dunyoda T. oʻta muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning globallashuvi va yanada mobillashuvi, kommunikatsiyalarning tez rivojlanishi, integratsiya va oʻzaro bogʻliklik, keng miqyosli migratsiya va aholining koʻchib yurishi va boshqa jamiyatda T. tamoyilining ahamiyatini kuchaytiradi. Bagʻrikenglik tamoyili aqidabozlikdan, haqiqatni mutlaklashtirihdan voz kechishni anglatadi va inson huquqlari sohasidagi xalqarohuquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni tasdiqlaydi. Bu tamoyilga koʻra, har kim oʻz eʼtiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmogʻi lozim. Bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas. T.ni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim. T.ni har tomonlama qoʻllabquvvatlash maqsadida YUNESKO "Bagʻrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi"ni qabul qilgan (1995-yil 16 noyabr). Jamiyatda turli xalqlar, millatlar va dinlarning oʻziga xos xususiyatlariga nisbatan T. munosabatini Oʻzbekiston misolida koʻrish mumkin. Mamlakatimizda turli toifadagi odamlar, siyosiy kuchlar va partiyalar oʻrtasidagi hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bagʻrikengliktamoyili ijtimoii taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. Oʻzbekistonda 130 dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Ular oʻrtasida asrlar davomida milliy nizolar boʻlmagan va bu xalqimizning azaliy bagʻrikengligini koʻrsatadi. 10 dan ziyod konfessiyaga mansub din vakillari yurtimizda hamkor, hamjihat yashab kelayotgani esa dinlararo T.ning yaqqol namunasidir.
39. Ma’naviyat, uning mazmun-mohiyati va unga bo‘lgan ehtiyoj.
39. Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. Maʼnaviyat atamasining asosida „maʼno“ soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami maʼnaviyatdir. Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, maʼnaviyat unga ruhiy ozuqa va qudrat bagʻishlaydi. Maʼnaviyat maʼrifat va madaniyat bilan bogʻliq. Maʼnaviyat odamlarda tap-tayyor holda vujudga kelmaydi. Unga muttasil oʻqish, oʻrganish, tajriba orttirish orqaligina erishiladi. Maʼnaviyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi. Maʼnaviyatli odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli oʻtkazish yoʻlini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshadi. Vijdon nima, yolgʻon va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima — bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. Qisqasi, maʼnaviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi. Vatanni sevish, vatanpar-varlik inson maʼnaviyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Maʼnaviyat kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, isteʼdod egalari shu jamiyatning, millatning yuzi, gʻururi, obroʻ-eʼtibori hisoblanadi. Maʼnaviyatli jamiyatda aql, sogʻlom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli boʻladi, odamga nomunosib turli illatlar barham topadi. Millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari, uning tarixiy tajribalari va ijtimoiymadaniy rivojlanishisiz maʼnaviyatni tasavvur qilish qi-yin. „maʼnaviyat — insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yoʻq joyda hech qachon baxtsaodat boʻlmaydi“, degan edi Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov. Shu sababli Oʻzbekistonda maʼnaviyatni yuksaltirish, xalqni maʼnaviyatli qilish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Mustaqillik tufayli oʻzbek xalqining koʻp asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini oʻrganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yoʻl ochildi. Maʼnaviyatimiz „Avesto“ va zardushtiylik taʼlimotidan boshlab hozirgi kungacha shakllanib, boyib, umuminsoniy qadriyatlar bilan yonma-yon rivojlanib bormoqda. Oʻzbekistonda maʼnaviyat va maʼrifatni koʻtarish, targʻib qilish, boyitish, aholining keng doirasiga yoyish maqsadida respublika „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazi tashkil etilgan. Respublika taʼlim tizimida „Maʼnaviyat asoslari“ fani oʻqitiladi. Maʼnaviyat sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilyapti.
40. Mahallaning ma’naviyatimizdagi ahamiyati va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar.
MAHALLA INSTITUTI — navbatdagi bosqich, yangi vazifalar
5 yil oldin Behzod 1 279
Mahalla ming yillar davomida shakllangan, xalqimizning o‘ziga xos qiyofasini ko‘rsatib turadigan noyob ijtimoiy tuzilma. Bir-biriga mehr-oqibat ko‘rsatib yashash, yaxshi va yomon kunlarda birga yelkadosh bo‘lish singari insonga xos fazilatlar aynan mahallada tarkib topadi.
Fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biri bo‘lgan mahalla instituti haqida gap ketganda aytish mumkinki, qadim-qadimdan xalqimizning milliy turmush va tafakkur tarziga aylanib ketgan jamoa bo‘lib, bir mahalla bo‘lib yashash tuyg‘usi ijtimoiy hayotning ham uzviy qismi sifatida katta bir ma’naviy qadriyat deb qaralgan. Birgina to‘ylarimizni olib qarang… Mahallada bir kishi to‘y qiladi, mehmonlarni butun mahalladoshlar kutib oladi, mehmon qiladi, kuzatib qo‘yadi. Yoki uzoqdan to‘yga kelgan mehmonlar uchun mahalladoshlar qo‘noq tayyorlaydi. Ming yillardan buyon an’ana tusini olib kelayotgan milliy qadriyatimiz — hasharga e’tibor qarating. U asosan mahallalarda o‘tkaziladi. Bir qarashda oddiy tadbir bo‘lib ko‘ringan hashar, odamlarni birdamlikka, hamjihatlikka chorlovchi va ana shu ahillikning hosilasi nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligini anglatib turuvchi o‘zimizga xos ajoyib an’ana, aslida. Buning zamirida bir yoqadan bosh chiqarish, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, bir-biriga yordam berish singari xalqimizga xos ulug‘ fazilatlar yotadi. Xullas, mahalla o‘zbekona yashashning hayotiy in’ikosidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-fevral kuni mahalla tizimini takomillashtirish, mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Mahalla tizimi jamiyatimizning eng muhim va tayanch boʻgʻini hisoblanadi. Oxirgi uch yilda uni rivojlantirish borasida qator amaliy ishlar amalga oshirildi.
Xususan, mahalla institutiga oid 38 ta qonun va meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi, 50 dan ortigʻi takomillashtirildi. Jamiyat hayotida jonbozlik koʻrsatgan soha xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Fuqarolar yigʻinlari raislari va masʼul kotiblarining oylik ish haqi oʻtgan yilning oʻzida 1,5 barobarga oshirildi.
Soʻnggi uch yilda 624 ta mahalla idorasi yangidan qurildi, 2 ming 265 tasi rekonstruksiya qilindi va taʼmirlandi. 102 ta tuman va shahar markazida "Mahalla markazi" majmualari barpo etildi. Har bir fuqarolar yigʻinida "Keksalar maslahati" guruhlari, 4 mingdan ziyod mahalla binolarida kutubxonalar tashkil qilindi.
41. Ma’naviy qadriyat nima va ularning inson kamolotidagi ahamiyati. 41.Qadriyatlar ham ma’naviyatning tarkibiy qismlaridan birini tashkil etadi. Ular ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanib boradi. Qadriyatlar kishilarning turli sohalardagi, avvalo, ishlab chiqarishi, mehnat sohasidagi faoliyati uchun foyda keltiradigan narsa va hodisalar majmui bilan bog‘liq holda yuzaga keladi.Tabiat va jamiyat hodisalari insonning moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish, yaratuvchanlik faoliyati tufayli, uning ehtiyojlarini qondirish natijasida qadriyatlilik ahamiyatiga ega bo‘ladi. Odamlarning manfaatlari, ehtiyojlarini qondira olmagan, ularning orzu-istaklari, intilishlariga mos kelmaydigan, tabiat va jamiyat hodisalarini qadriyatlar sirasiga kiritish noo‘rindir.
Qadriyat deyilganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlarini, hodisalari majmuini tushunmog‘imiz lozim.30 Tabiat va jamiyat boyliklari, hodisalarini qadriyatlar sirasiga kiritilishning asosiy sababi-kishilar ularni qadrlaydilar, avaylab-asraydilar, chunki, bu qadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini, ma’naviy – ruhiy dunyosini boyitadi, yaratuvchanlik faoliyatiga yo‘llaydi.
Ma’naviy qadriyatlar va ularning inson kamolotidagi ahamiyatiga to‘xtashdan avval, qadriyatlarning turlari va ko‘rinishlarini bilib olish lozim. Qadriyatlar o‘z mohiyati, xususiyatlari va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha turlariga va shakliy ko‘rinishlarga bo‘linadi. Avvalo, barcha qadriyatlar orasida inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo‘q joyda biron narsaning qadr-qimmati, ahamiyati haqida so‘zlash bema’nilikdir. Insonsiz borliqdagi mavjud barcha narsa va hodisalar o‘zining qadriyatlilik ahamiyatini yo‘qotadi. SHuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq inson qadr–qimmatini e’zozlash, uning manfaatlarini har tomonlama himoya qilish, turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog‘lig‘ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil etib kelmoqda. Jahonda e’tirof etilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli»ning asosiy tamoyillaridan biri ham bozor yaga o‘tishda aholining ijtimoiy himoyasiga qaratilganligida chuqur insonparvarlik mohiyati mavjuddir.
42. Abu Ali ibn Sinoning xalqimiz ma’naviyati tarixidagi o`rni.
42. Abu Ali ibn Sino (980-1037)SHarq va Obro’pada ma’rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta Hissa qo’shganligi tufayli, «SHayh – Ur – Rais» SHarqda «Olimlar boshlig’i», Ovro’pada «Olimlar podshosi» nomi bilan mashhur bo’lgan allomalardan biri o’rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino Ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruHshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, ta’lim – tarbiya soHalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlar meros qoldirgan olim. Ibn Sino Haqiqiy qomusiy olim sifatida o’z davridagi fanlarning Hammasi bilan muvaffaqiyatli shug’ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan . Ma’lumki, ibn Sino Ham boshqa mutafakkirlar kabi o’zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog’liq Holda ifodalagan, mahsus risolalarda talqin etgan. SHuningdek, fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o’ringa tibbiyot fanlarini qo’yadi. Falsafani esa ikki guruHga, ya’ni nazariy va amaliy guruHlarga bo’ladi. Nazariy guruH kishilarni o’zidan tashqaridagi borliq Holati Haqidagi bilimlarni egallashga yo’llasa, amaliy qism bizga bu dunyoda nimalar qilishimiz kerakligini o’rgatadi deydi.
43. Abdurauf Fitrat Oila – ma’naviyat va tarbiya sarchashmasi.
43. Фитратнинг “Оила” асари том маънода ёш авлод учун ҳаётий қўлланма бўлувчи тарбиявий асардир. Лекин унда педагогик-дидактик услуб эмас, жанговар чорлов услуби устун. Фитрат учун юксак ахлоқийлик эрк ва эрксеварлик билан мустаҳкам боғлиқ. Туркистон ва туркистонликни озод кўриш, яъни миллий мустақиллик мафкураси китобнинг руҳига сингдириб юборилган. Уни ўқиган киши нафақат ахлоқий фазилатлар нималардан иборат ва уларга қандай эришиш кераклигини, балки миллий озодлик, шахсий эркинлик нима-ю, уни қандай қилиб қўлга киритиш мумкинлигини англаб олади. Abdurauf Fitratning axloqiy qarashlari, milliy o‘zlikni anglash haqidagi g‘oyalari asosan o‘zining “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” nomli asarida berilgan. Ushbu asar 1914 yilda yozilgan. “Oila” asari o‘sha davr shiddatini o‘zida mujassamlashtirgan asar hisoblanadi. U o‘zgacha bir shiddatli uslub bilan yozilgan. Sababi, o‘sha davr shiddati qaysidir ma'noda badiiy asarlarga ham ko‘chgandi. “Oila” asarida ham tanqidiy ruh, ham da'vat ruhi kuchli. Fitrat ona Turkistonni ozod ko‘rishni istaydi, buning uchun har bir turkistonlik oila, axloq, a'mol va erk o‘chog‘i bo‘lmog‘i lozim. Mutafakkir yangi oilani ana shu tartibda qurishga da'vat etadi. Har jihatdan sog‘lom bo‘lgan oila yetishtirgan farzandlargina millatni yuksakka ko‘tara olishini, uni istibdoddan qutqarishini aytadi: “Bu dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning quroli sog‘lom jismu tan, aql va axloqdir. Lekin ana shu qurol-aslahamiz sinib, zang bosib chirib ketgan. Shunday qurollar bilan bu dunyoda bizga na saodat va na rohat bor…”, — deydi alam bilan Fitrat. Fitratning axloqiy qarashlarining dolzarbligi shundaki u o‘z davrini axloqiy hayotini o‘zgartirmoqchi va insonlarni o‘z davrining milliy ozodlik g‘oyasiga chorlaydi. Uning bizga qoldirgan merosi chinakamiga bizning amaliy faoliyatimizga to‘g‘ri keladigan axloqiy ongimizni, o‘zimizni tutishimiz, xatti-harakatlarimiz, muomala odoblarimizni yaxshilash va boyitishga katta xissa qo‘shadi. Fitratnig “Oila” asari o‘z davrining va bugungi kun insoniyatining ma'naviy dunyosini boyitishda katta rol o‘ynaydi.
44. Fitratning xalqimiz ma’naviyatni ko’tarishdagi roli.
44.Fitrat (taxallusi; asl ism-sharifi Abdurauf Abdurahim o‘g‘li) (1886, Buxoro — 1938,4,10, Toshkent) — yozuvchi, tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, san’atshunos va siyosatshunos olim, davlat va jamoat arbobi. Birinchi o‘zbek professori (1926 . Buxoroning turli tumanlarida o‘qituvchilik qilib, jadidchilik g‘oyalarini keng targ‘ib etdi. Yosh buxoroliklar harakatining mafkurachisi va g‘oyaviy rahbarlaridan biriga aylandi. 1915 yildan esa Yosh buxoroliklar harakatining so‘l qanotiga boshchilik qildi. 1917 yil fevral voqealaridan keyin jadidlarning Buxoro amirligidagi ahvoli murakkablashgach, Fitrat Samarqandga ko‘chib borib, «Hurriyat» gazetasida muharrir bo‘lib ishladi (1917—18). Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Fitrat shu yillarda «Ittixodi taraqqiy» tashkiloti Eski Buxoro bo‘limining raisi ham bo‘lgan. Kolesov voqeasi (1918 yil, mart)dan keyin esa Toshkentga ko‘chib kelgan. 1919—20 yillarda Afg‘onistonning Toshkentdagi vakolatxonasida tarjimonlik qilgan, «Chig‘atoy gurungi» ma’rifiy-adabiy uyushmasini, shuningdek, «Tong» jurnalini tashkil etib, yosh ziyolilar avlodini millatparvarlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga kirishgan. «Tong» jurnalining shiori bo‘lgan: «Miya o‘zgarmaguncha boshqa o‘zgarishlar negiz tutmas!» so‘zlari Fitratning shu yillarda olib borgan faoliyatining maqsad-mohiyatini to‘la ifodalaydi.
46. O’zbekistonning yangi tarixida uchinchi renessans davri.
46.Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yillik tantanalarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining: “Xalqimizning ulugʻvor qudrati joʻsh urgan hozirgi zamonda Oʻzbekistonda yangi bir uygʻonish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda”, - degan soʻzi yangradi.
Darhaqiqat, shiddat bilan rivojlanayotgan hayotimizda roʻy berayotgan yuksalish jarayonlari oʻzini barcha sohalarda namoyon etmoqda. Binobarin, mustaqillikka erishgan yillarimizning ilk davrida biz oʻzimizning milliy oʻzligimizni anglash, boy tarixiy-maʼnaviy hamda ilmiy merosimizning asl mazmun-mohiyati magʻzini chaqish va uni roʻyobga chiqarishga intilgan boʻlsak, endilikda xalqimiz jipslanib “milliy tiklanishdan – milliy yuksalish” gʻoyasini sobit qadamlik bilan amalga oshirishga kirishdi. Bu davrda jamiyatimizda ijtimoiy tafakkurning yuksalish tendensiyasi qaror topishi, unga xos ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlarning mujassamligi eʼtirof etilmoqda. Milliy ruh va umuminsoniy qadriyatlar uygʻun boʻlgan ijtimoiy tafakkur – mamlakatimiz barqaror rivojlanishining oʻzan mezon va mustahkam poydevoriga aylanmoqda. Yurtimizda ijtimoiy tafakkur darajasining tobora oʻsishi bois, sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa jabhalarda mehnat va sohaga yondashuv madaniyati hamda masʼuliyati oʻzgardi. Ayniqsa, fan sohasiga qaratilayotgan alohida eʼtiborning zamirida chuqur maʼno bor. Fan – bu tafakkur boʻlib, qaysiki, jamiyatdagi barqarorlikni taʼminlab beruvchi ustuvor omillardan biridir. Fan rivojlanar ekan, nafaqat iqtisodiyot, balki ijtimoiy-madaniy soha ham taraqqiy etadi. Fanga boʻlgan eʼtibor inson tafakkurini oʻstirish va ulgʻaytirishga xizmat qiladi. Jamiyat tafakkuri oʻssa, madaniyat va sanʼat sohasi ham mana shu talablarga hamohang ravishda oʻsadi va taraqqiy etadi.
47. Teatrning ma’naviy taraqqiyotda tutgan o‘rni.
47.Teatrni ham adabiyot kabi jamiyat hayotining ko'zgusi deyishadi. Unda jamiyat hayotidagi tarixiy va bugungi kundagi voqealar yaqqol aks etadi. Teatr haqiqiy madaniyat o'chog'ia. Bu haqida har qanday bahsga tayyorman. Kishi oddiy hayotdan charchaganida. Ma'naviy hordiq olishni xohlaydi. bunin uchun yo'nalish tayyor. Teatr. Teatr - bu kishini ongiga, ma'naviy salohiyatiga, yoshiga, jinsiga, tarbiyasiga bevosita bog'liq. Teatr – xalq ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda teatr san’atini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Teatr va uning sahnasida namoyish etilayotgan asarlar insonni mulohazaga yetaklaydi. Bosib о‘tgan hayot yо‘lini tahlil qilishga undaydi. Yoshlarni milliy qadriyatlarimizga asoslangan eng yuksak insoniy fazilatlarni egallashga chorlaydi. Chunki, teatr – ma’naviyat maskani. U inson barkamolligini ta’minlashga xizmat qiluvchi madaniyat beshigi. Shu bois yuksak ma’naviyatga erishmoqchi bо‘lgan inson teatrga borib, tomoshalar kо‘rib turishni kanda qilmasligi kerak.
Ayni kunda filial talaba-yoshlarining “Ma’naviyat kunlari” doirasida teatr tomoshalariga tashriflari davom etmoqda.
48. Qur’onning tarbiyaviy ahamiyqanda 48.Qur’oni Karimda axloq va odob masalasiga alohida e’tibor berilgan.
Ta’kidlanishicha, insonning jamiyatda tutgan o’rni bilan chambarchas bog’liq axloqodob, ota-ona va qarindosh-urug’larga hurmat etim-esir, qambag’al-miskinlarga muruvvat va saxovatlilik, halollik, poklik, to’g’rilik, o’z halol mehnati va kasb-hunari bilan yashash, oila va nikoh munosabatlari, o’z bolalarini boqish, ta’lim va tarbiya berish, omonatiga xiyonat qilmaslik, adolatparvarlik, do’stlik va birodarlik kabi yaxshi xulqlar insonni haqiqiy kamolotga undovchi insoniy fazilatlardir.
Qur’oni Karimda sabr-qanoatli, ehsonli, saxovatli, muruvvatlik, keng fe’lli bo’lish yuksak ma’rifat va yuksak axloqiy fazilat belgisi, deb ta’kidlanadi: “Albatta sabrlilar o’z savoblarini hisob-kitobsiz to’liq oladilar” (“Zumar” surasi, 10-oyati). “Sabr-qanoatga ehson bilan bir qatorda eng yuksak fazilat sifatida katta e’tibor beriladi: Muhammad, mashaqatli va ozorlarga sabr qiling! Zotan, Alloh chiroyli amal qiluvchilarning ajrmukofotlarini zoe etmas” (“Hud” surasi, 115-oyati).
49. Vandalism nima va uning yurtimiz yoshlari ma’naviyatiga tahdidi qanday?
49. Vandalizm (lot. Vandali — qadimiy sharqiy german qabilalaridan birining nomi) — moddiy va madaniy boyliklarni oʻylamay-netmay shafqatsizlarcha yoʻq qilib tashlash. Vandalizm tushunchasi 455 yilda german qabilalari Rimni talon-taroj qilib, koʻplab antik madaniyat obidalarini vayron etganligi tarixiga borib taqaladi. Keyinchalik u johillik, madaniyatsizlik maʼnolarida ham keng qoʻllanila boshlagan. Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo’lishidir. Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o’zlari qilayotgan ishlarni to’g’ri deb hisoblagan holda, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar. Vaholanki, ularni bu yo’lga boshlagan “rahnamolarning” asl maqsadi mohiyatan g’ayriinsoniy xarakterga ega. Ularning asosiy niyati butun Osiyo hududida qadimgi Arab xalifaligin barpo etish kerak deb kurashmoqdalar. Lekin, ularning asosiy niyati shu bilangina cheklanib qolmasdan, dinni niqob qilib olib hokimiyatni qo’lga olish, bu yo’lda ,,inson’’ deb atalmish buyuk jonzotni o’ldirishdan ham tab tortmayapti. Ular hozirgi kunda, ayni daqiqada ham o’z yovuz, jirkanch ishlarni turli davlatlarda amalga oshirmoqdalar.
50. Imom al-Buxoriyning buyuk ma’naviy me’rosining tarbiyaviy ahamiyati.
50. Imom al-Buxoriy nafaqat yirik olim, balki o‘zining go‘zal xulq-atvori, odamoxunligi, muruvvatliligi, himmatliligi va beqiyos saxovatliligi bilan boshqalardan tamomila ajralib turgan. U zehni o‘tkirligi va yodlash qobiliyatining kuchliligi bilan ham xalq orasida g‘oyat shuhrat qozongan. Manbalarda al-Buxoriyning 600 mingga yaqin hadisni yod bilgani qayd qilingan. Imom al-Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli ilmiy meros qoldirgan bo‘lib, u yozgan asarlarning soni yigirmadan ortiqdir. Ulardan «Al-jome’ as-sahih», «Al-adab al-mufrad», «At-ta’rix as-sag‘ir», «At-ta’rix al-avsot», «At-ta’rixal-kabir», «Kitob al-ilal», «Barr ul-volidayn», «Asomi us-sahoba», «Kitob al-kuna» va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Buyuk allomaning eng muhim asari, shubhasiz, «Al-jome’ as-sahih»dir. Bu asar «Sahiyh al-Buxoriy» nomi bilan ham mashhur. Uning g‘oyat ahamiyatli tomoni shundaki, Imom al-Buxoriygacha o‘tgan muhaddislar o‘z to‘plamlariga eshitgan barcha hadislarini tanlab o‘tirmay qatorasiga kiritaverganlar. Imom al-Buxoriy esa turli roviylardan eshitgan hadislarni tabaqalarga bo‘lib, ularning ishonchlilarini ajratib, alohida kitob yaratdi.
51. San’atning ma’naviy tarbiyadagi o’rni. 51. San’at – estetik faoliyatning o’ziga xos turi, sehrli ma’naviy ko’zgu. Sehri shundaki, san’at asarini idrok etayotgan odam unda ham shu asarni yaratgan inson dunyosini, ham o’z dunyosini qadriyatlar prizmasi orqali ko’radi; o’zining qandayligini va qayerdaligini, yutuqlarini va nuqsonlarini, aqlni va hissiyotlarni aniqlashtirib oladi. Uning estetik mohiyati makon va zamondagi voqelik vositasida go’zallik, ulug’vorlik, fojiaviylik, kulgilik, xunuklik, tubanlik va boshqa estetik xususiyatlarni in’ikos ettirishi hamda ularni baholashi bilan belgilanadi. San’at qadriyatlarning qadrlanishini va qadrsizlangan qadriyatlarni ko’rsatib beradi, bir odam yoki bir nechaodam timsolida odam bilan olamning yaxlit, umumlashgan qiyofasini yaratadi, ularning uyg’unligini ta’minlaydi. U kishini yashashga o’rgatadi, go’zallikka da’vat etadi, ma’naviy yuksaltiradi. Shu sababli insoniyat tarixida san’atsiz yashab o’tilgan birorta ham davr yo’q.Go’zallik olamda san'at aloxida o’rin tutadi. Shuning uchun aloxida, u borliqqa bo’lgan estetik munosabatlarning asosiy xususiyatlarini o’zida jamlaydi. Insonning estetik qobiliyati xuddi san'atda birmuncha to’la va butunlik namoyon bo’ladi. San'at birinchi navbatda insonning estetik ehtiyojlarini qondirish uning didini shakllantirish va tarbiyalash, uning qobiliyatini go’zallik qonunlarini ijodga tomon rivojlantirishga da'vat etilgan. Agar biz: san'at go’zallik va estetik tarbiya bilan kishilarni boshqaradi desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. San'at bizning ma'naviy o’sishimizga imkon beradi. Ijtimoiy va shaxsiy hayotimizda murakkab masalalarni hal qilishimizda ko’pincha esa dunyodagi o’z o’rnimizni, ijodiy qobiliyatimizni o’stirishda san'atdan to’la darajada foydalanish uchun san'atning nima ekanini tushunish kегаk.
52. Fuqarolik jamiyatining rivojida ma’naviyatning o`rni.
52.Fuqarolik jamiyati — haqiqiy fuqarolardan, yaʼni uzviy bogʻliqlikda boʻlgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir.
Fuqarolik jamiyati - konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqgisodiy, maʼnaviy va huquqiy jihatdan oʻz ehtiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular orqali qondiradilar. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadilar, davlatning koʻpgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Davlat hokimiyati esa mamlakatning umumiy taraqqiyot rejalarini tuzadi, uning strategiyasini ishlab chiqadi, mudofaa, milliy xavfsizlik, davlat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini, uning suverenitetini taʼminlash, pulmoliya, soliq, bank siyosati, tashqi siyosat va jahon hamjamiyati bilan aloqalar tizimini yaratadi, uni boshqaradi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichmabosqich oʻtish orqali roʻy beradi.
53. Mahallaning ma’naviy tarbiyadagi o’rni va bu sohadagi islohotlar qanday?
53.Ayni paytda maxilla ko’pchilik uchun ma’naviyat muxit hisoblanadi .Chunki bu yerda iborat bo’larli voqialar ham ,ogohlantiruvchi voqealar ham sodir bo’ladi .Agar mahallada ma’naviy muhit yomon bo’lsa ,u yerda turli bezorilar , jinoyatchilar , noqonuniy ishlar bilan shug’ullanuvchilar ko’payadi . Agar ma’naviy muxit yaxshi bo’lsa , buning teskarisi bo’ladi ,ya’ni ilimli , iymonli , mehnatkash insonlar ko’payadi . Shu sababli ma’naviy muxit shaxsnin ham ,butun avlodni ham muayan yo’nalishda shakillantiradi ,tarbiyalaydi ,ijobiy hislatlarni yuzaga chiqaradi ,ularninomaqbul ta’sirlardan himoya qiladi .Ma’naviy muhit har qanday yutuq va kashfiyotlarnig (chetdan qabul qilingan yangi qadriyatlarning ham ) taqdirini belgilaydi:yo rivojlantiradi, yo unutilishiga mahkum etadi yoki deformatsiya qilib , o’ziga moslashtiradi .
M’naviy muhit – jamiyatning hissiy , aqliy va jismoniy kamolot borasida erishgan o’rtacha saviyasi asosida vujudga kelgan talablari va ularning amalga oshirish tartibi. Muhit odatda, barqarorlikka bir tekislik va bir xillikka intiladi, uning talablari va t’siri hammaga birdek – o’rtacha bo’ladi. Uning talablariga javob berish uchun kimlardir o’zini tarbiyalaydi,takomillashadi, o’sadi va hokazo. Kimlar uchundir umumiy ma’naviy muhitning talablari kamlik qiladi. Bunda shxslar yoki ijodiy guruhlarning imkoniyatlari to’liq yuzaga chiqmasdan qolish xavfi tug’iladi. Shu boisdan umumiy ma’naviy muhit doirasiga nisbaran xoslashgan tabaqaviy , kasbiy-professional yoki guruhiy muhitlar-submuhit mavjud. Submuhitlar o’zaro biroz farq qiladi. Farq muayyan ijtimoiy guruh , tabaqa va sinflarning psixologiyasi va siyosiy mavqei , intilishlari ta’sirida vujudga keladi. Ammo bu farqlar ortiqcha baholanmasligi va ma’naviyatga bolshevikchasiga mutloqlashtirilgan sinfiylir nuqtai nazaridan yondashish uchun asos bo’lmasligi kerak. Submuhit umum muhitdan ajralib keta olmaydi va pirovardida uning talablariga bo’ysunishga majbur bo’ladi.
54. Sinizm nimas va uning ma’naviyatga tahdidi.
54.Sinizm (lotincha: Kynismos — kiniklar taʼlimoti) — jamiyat madaniyati, uning maʼnaviy va ayniqsa, axloqiy qadriyatlarini nazar-pisand qilmaslik, umum eʼtirof etgan axloq-odob meʼyorlariga nafrat bilan munosabatda boʻlish; behayolik, yuzsizlik.
55.Jamiyatda millatlararo totuvlik, diniy bag'rikenglik muhitini qaror toptirish zarurati.
55.jamiyat hayotining barcha jabhasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar o'z samarasini berayapti. Binobarin, istiqlol yillarida Vatanimizda yashayotgan turli millatlar o'rtasida o'zaro hurmat, tenghuquqlilik hamda hamjihatlikni mustahkamlash, uning qonuniy asoslarini yaratishga alohida e'tibor qaratildi.
Ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni saqlash, dinlararo va millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirish hisobiga xalqaro maydonda O'zbekistonning obro'si oshib bormoqda.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar markazida, avvalo, inson manfaati, uning huquq va erkinliklarini ta'minlash maqsadi turadi. Fuqarolar manfaatlarini faqatgina tinchlik va osoyishtalik, o'zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yaratish orqali ta'minlash mumkin.
Bugun dunyo koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq inqirozga duch kelgan bir sharoitda ko'plab mintaqalarda millatlararo va konfessiyalararo ziddiyatlar kuchayayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. Shu bois, boshlangan islohotlarni izchil davom ettirish uchun birdamlikni saqlash muhim ahamiyatga ega.
O'zbekistonda aholining ko'p millatli bo'lishiga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning qulay omili sifatida qaralmoqda. Ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni saqlash, dinlararo va millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirish hisobiga xalqaro maydonda O'zbekistonning obro'si oshib bormoqda.

56.Missionerlik ma'naviyatga tahdid.


56.Keyingi yillarda yurtdoshlarimizni buzg'unchilik, qo'poruvchilik, soxta tariqatchilik, missionerlik singari guruhlar fitnasidan ogohlantirish niyatida bir qancha kitoblar chop qilinmoqda. Bu asarlar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
2011 yili “Movarounnahr” nashriyotida tayyorlangan «Ma'naviy tahdidlar: missionerlik va prozelitizm (mohiyati, kelib chiqishi, shakllari, muammolar)» kitobining ham bu boradagi ahamiyati katta. Kitob O'zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar taraqqiyotini muvofiqlashtirish qo'mitasining granti asosida chop etilgan. Uni Imom Buxoriy xalqaro markazi direktori o'rinbosari, falsafa fanlari doktori Baxtiyor To'raev boshchiligida ijodiy guruh, ushbu sohaning yetuk mutaxassislari tayyorlashgan.
Asar ommabop tilda yozilgan, unga ko'p kitobxonlarni qiziqtirgan ma'lumotlar jamlangan. Birinchi bobda mamlakatimizda davlat va din munosabatlari borasida olib borilayotgan demokratik o'zgarishlarning mohiyati hamda diniy ma'rifatni yuksaltirish sohasida erishilayotgan yutuqlar va diniy siyosatning huquqiy asoslari tahlil etilgan. Ushbu bobning keyingi qismida diniy qadriyatlar ma'naviyatimizning ajralmas bo'lagi ekani, unga qarshi qaratilgan tahdidlar batafsil ta'riflab 
berilgan.
Navbatdagi bobda ma'naviy hujumlarning turlari, shakllari va uning asosiy yo'nalishlari haqida ma'lumotlar o'ziga xos tarzda ilmiy tasnif qilingan. Jumladan, bunday keltiriladi: “Buzg'unchilar, missionerlar ...jamiyat hayotining barcha jabhalariga putur yetkazishi, jamiyat boshqaruvida tartibsizlik va parokandalikni vujudga keltirishi, ijtimoiy kuchlarni bir-biriga qarama-qarshi guruhlarga ajratib tashlashi, ijtimoiy qatlamlar, millatlar, dinlar va konfessiyalararo ziddiyatlarni 
tug'dirishi, mamlakatning ijtimoiy barqarorligini butunlay izdan chiqarishi mumkin”. Shu bobning ikkinchi qismida ma'naviy tahdidlarning alohida bir turi – missionerlik va prozelitizm haqida ham ma'lumot beriladi. Bobning uchinchi qismida esa missionerlikning vujudga kelishi, rivojlanish tarixi hamda ularning O'zbekiston va Markaziy Osiyodagi faoliyati tahlil qilingan.
Missionerlikning targ'ibot vositalari, usullarini yoritishga bag'ishlangan bobda ularning ta'sir etish usullari, qo'llanmasi, moliyaviy manbalari, targ'ibot yo'nalishlari, salbiy oqibatlari haqida ma'lumotlar keltirilib, ularga qarshi kurash borasidagi muammolar tahlil qilingan.
57.Ismoil Gaspirali kim va uning xalqimiz ma'naviyatini va ma'rifatini rivojidagi hissasi qanday?
57.GASPRINSKIY (Gaspralik) Ismoilbek (1851.21.3, Boqchasaroy yaqinidagi Ajikoʻy qishlogʻi —1914.11.9, Boqchasaroy) — jadidchilik harakatining asoschisi, yozuvchi va publitsist. G.ning otasi Mustafo Gasprinskiy Rossiya harbiy dvoryani (praporshchik) boʻlib, Yalta sh. yaqinidagi Gaspra qishlogʻidan edi. G. qishloq musulmon maktabi, Oqmachit (hoz. Simferopol) gimnaziyasi va Voronejda, Moskva kadetlik korpusida oʻqidi (1864—67). Qrimga qaytgach, rus tili oʻqituvchisi boʻlib ishladi (1867—70). Istanbul va Sorbonna (Parij) universitetlarida oʻqidi (1871—75). Jazoir, Tunis, Misr, Gresiyada boʻldi. Parijda fransuz sotsialistlari va liberallariga yaqinlashdi. Turkiyada Yosh turklar harakati rahbarlari bilan tanishdi (1875—77). Boq-chasaroy sh. meri qilibsaylandi(1877). G. turkiy xalklar tarixi va adabiyotini oʻrganib, Sharq bilan Gʻarb olamini taqqoslash imkoniyatiga ega boʻldi. G. "Rusiya musulmonligi" (Simferopol, 1881) ilk risolasida Yevropa sivilizatsiyasidan koʻr-koʻrona andoza olishga qarshi chiqib, uni tanqidiy qabul qilishga, musulmonlarni ilm-fanni egallashga, texnika yutuqlaridan foydalanishga daʼvat etdi. "Ovrupo madaniyatiga bir nazar muvozini" (Istan-bul, 1885) asarida esa sotsializm gʻoyalari bilan bahsga kirishib, uning asosiy tamoyillarini shubha ostiga oldi. G. Rossiya mustamlakasidagi barcha musulmon xalqlar maorifini tubdan isloh qilish, dunyoviy fanlarni oʻqitish masalasiga alohida eʼtibor berdi. Boqchasaroyda dastlabki "usuli jadid" (yangi usul) maktabini ochdi (1884). Turkiston general-gubernatori N. O. Rozenbaxga musulmon maktablarini isloh qilishga doir loyihasini yubordi. Rad javobini olgach, 1893 y. Turkistonga oʻzi keldi, Buxoro, Samarkand, Toshkentda boʻlib, taraqqiyparvar ziyolilar bilan uchrashuvlar oʻtkazdi
58.Mustamlakachilik va qaramlik yillarida ta'qiqlangan ma'naviy qadriyatlarimiz.
58.Ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo‘ldi. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi mustamlakachilik, sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjid-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi.Buyuk allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo‘qotish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari, musulmonlarning e’tiqodlari oyoq osti qilindi, ruhoniylar quvg‘in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o‘zbek xalqining yuzlab iqtidorli, milliy-ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag‘on qildi, ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qildi.
Eski tuzum o‘zining boy mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib, odamlar ongiga soxta, noinsoniy g‘oyalarni singdirishga urinardi. Tariximizni soxtalashtirish, tarixiy haqiqatni buzub ko‘rsatish, milliy tuyg‘ularni qo‘pol ravishda kamsitish siyosati yuritilardi. O‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini bilmaslik ko‘plab odamlarning shaxsiy fojeasiga aylanib qolgan edi. Biroq og‘ir judoliklarga qaramasdan, xalqimiz ongini yo‘qotmadi, o‘zining boy ma’naviy merosini, milliy qadriyatlarini avaylab saqlab, boyitib keldi.
Mamlakatimizda o‘zbek tilining xalq va davlat turmushidagi asosiy ahamiyati va o‘rni qayta tiklandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IV-sessiyasi 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o‘zbek tili o‘zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo‘llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining faoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitobi, statistika va moliya ishlari o‘zbek tilida yuritilmoqda. 
59.Nigilizm nima va ma'naviy tahdid sifatida.
59.Nigilizm (lotincha nihil — „hech nima“) olamning, ayniqsa insoniyatning obyektiv qiymati yoʻq, deb uqtiruvchi falsafiy oqimdir.[1][2][3][4] Nigilistlar quyidagilarni taʼkidlashadi:
obyektiv axloq mavjud emas;
biror amal boshqasidan ustun qoʻyilishiga obyektiv sabab yoʻq;
mavjudlikdan maʼno va maqsad yoʻq;
boshqaruvchi yoki yaratuvchi kuchning (masalan, xudoning) borligiga empirik dalil yoʻq;
agarda shunday kuch mavjud boʻlsa ham, unga itoat qilish axloq jihatdan majburiy emas.
Nigilistlarga koʻra, obyektiv (yaʼni umumiy, hamma mavjudotlar uchun yagona) axloq yoʻq, har qanday axloq tizimi kimningdir nuqtai nazariga mos boʻladi. Lekin muayyan shaxs hissiy yoki jamoat bosimi tufayli tayinli amalni bajaradi. Masalan, qiyin ahvolga tushgan odamga achinib, shu achinish hissi bosimi tufayli unga yordam koʻrsatadi; doʻkon rastalariga qoʻyilgan mollarni oʻgʻirlashdan esa uni din va/yoki qonun prinsiplari (jamoat bosimi) tiyib turadi.
Biror amalning boshqasidan ustun qoʻyilishiga obyektiv sabab yoʻqligini bunday misol bilan izohlash mumkin: ikki xil amal tanlovi bor — choʻkayotgan odamni qutqarish yoki qutqarmaslik. Nigilistga koʻra, ikkala amal oqibatida ham oʻsha choʻkayotgan odam vafot etadi (uzoq kelajakda yoki oʻsha damning oʻzida). Yaʼni bu amallarning ikkalovi ham abadiyat miqyosida hech nimani oʻzgartirmaydi.
Mavjudlikdan maʼno va maqsad yoʻqligi avvalgi iddaolardan kelib chiqadi. Biror individ mavjudligi, hayoti faqat vaqtinchalik ahamiyatga ega boʻlishi mumkin, biroq obyektiv jihatdan maʼnosizdir.
60.Xalq og'zaki ijodi va yozma manbalarida ma'naviyat va ma'rifat masalalari..
60.O`zbek xalqining tarixiy ildizi uzoq asrlar qa`riga borib taqaladi. 
Insoniyat so`zlash qobiliyatiga ega bo`lgan kundan boshlab ma`no-li nutq tuzishga harakat qilgan. Bu ma`lum ma`noda xalq og’zaki ijodi janrlarga ham o`z ta`sirini o`tkazgan.
Jamiyatda fikr almashish qonuniy zaruriyat hisoblanadi. Odamlar ora-sida fikr almashish bo`lmasa, jamiyat taraqqiyotdan to`xtaydi. Shuning uchun har bir kishi undan foydalanishni bilishi va avvalo uning o`zini to`lato`kis o`rganib olishga harakat qilmog’i zarur. Shu ma`nodainsoniyat so`z odobiga qo`yilgan talablarni xalq og’zaki ijodi janrla-rimaqollar, rivoyatlar, ertaklar, hikmatli so`zlar orqali kishi ongiga yetkazishga harakat qilgan. Chunki badiiy so`z 
san`ati madaniyatining eng qadimgi va uzoq tarixga ega bo`lgan bir sohasidir. 
Kishilar turmush tajribalarini, tabiat va jamiyat haqidagi fikr-tushunchalarini 
obrazli so`z orqali tasvirlash, bayon etish ko`nikmalarini yarata boshlaganlar. 
Badiiy so`z tajribasining o`sishi, badiiy did va zavqning takomillashib rivojlanib borishi xilmaxil adabiy janrlarni vujudga keltiradi. Mana shunday janrlardan biri xalq maqollaridir.
Maqollar, hikmatli so`zlar biz uchun asrlarning sadosi, uzoq o`tmish bilan hamnafaslik hissini uyg’otuvchi mangu chaqiriq, zamonlararo 
ko’prikdir.Xalqimizda o`z qadrini bilgan so`z qadrini biladi degan gap bor. O`z qadrini bilgan odam so`zni pala-partish ishlatmaydi, asl ma`nosini qidiradi, bilib o`rniga qo`yib gapiradi. Chunki, maqol so`z ko`rki hisoblanadi. Xalq maqollarida ota-bobolarimiz so`zlash odobiga rioya qilish haqidagi o`gitlarini, pand-nasihatlarini bayon etganlar
61.Ma'naviyat va demokratiyaning o'zaro uyg'unligi.
61.Demokratiya — barcha insonlar tenglik bilan kollektiv qarorga kelish imkoniga ega siyosiy tuzum.[1] Demokratiyada fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda oʻrnatilgan va yuzaga chiqarilgan boʻladi. Demokratiya davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi.
Demokratiyaning asosiy talablari koʻpchilik hokimiyati, fuqarolar teng huquqligi, ular huquq va erkinliklari himoyalanganligi, konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, hokimiyatning boʻlinishi, davlat boshligʻi va vakolatli organlarning saylab qoʻyilishidir. Demokratiyaning bevosita demokratiya (asosiy qarorlar yigʻilishlarda bevosita barcha fuqarolar tomonidan yoki referendumlar yoʻli bilan qabul qilinadi) va vakillik demokratiyasi (qarorlar saylab qoʻyiladigan organlar tomonidan qabul qilinadi) shakllari bor.
Kishilik jamiyati paydo boʻlgandanoq, demokratiyaning kurtaklari bor edi va u hozir eng taraqqiy etgan mamlakatlarda ham oʻzining soʻnggi choʻqqisiga erishganicha yoʻq. Davlat bilan birga vujudga kelgan demokratiya insoniyat tarixi davomida turli milliy-madaniy shart-sharoitlarga moslasha borgan. Har bir davlatda, millatda oʻziga xos qadriyatlar, mentalitet, anʼanalar mavjuddir. Ular jamiyatdagi demokratik jarayonlarga katta taʼsir koʻrsatadi, binobarin demokratik muassasalarni shakllantirishda mazkur omillar, albatta, hisobga olinadi.
Demokratik davlatda inson manfaati, qadr-qimmati, hayoti har narsadan yuqori turadi. Bunday davlat oʻzini oʻzi boshqarish, koʻp partiyalilik, ommaviy axborot vositalarining erkin boʻlishi, fikrlar xilma-xilligiga sharoit yaratadi. Biroq demokratiya hamma narsada xohlagancha erkinlik emas, qonunga asoslangan erkinlikdir. Demokratiyaning ajralmas qismi intizom, qonunlarni hurmat qilish, boshqalarning haq-huquqini himoya qilishdir. Demokratiya tartibotlari huquqiy davlatda mukammal rivojlanib boradi.

62."Ommaviy madaniyat" va uning salbiy ta'sirini oldini olish choralari.


62.Ommaviy madaniyat - bu aholining ko'pchiligida hukm suradigan, past sifat xususiyatlari, "o'rtacha odam" ga yo'naltirilganligi bilan ajralib turadigan madaniyat shakli. Jamiyatning bir qismi ommabop madaniyatni shaxsiyatsiz va targ'ibotchi deb hisoblaydi. Yana bir qismi uning ma'naviy va axloqiy birlashuvini qo'llab -quvvatlashdagi samaradorligini tan oladi. Shu bilan birga, ommaviy madaniyatning kollektiv ong va aql -idrokka ta'sirini hech kim inkor etmaydi. Ushbu maqola taqdim etilgan ta'sirni batafsilroq o'rganish va tahlil qilishga, shuningdek uning jamiyatning turli sohalari bilan aloqasiga bag'ishlangan.
Ommaviy madaniyat - bu aholining ko'pchiligi orasida ustun bo'lgan, past sifat xususiyatlari, "o'rtacha odam" ga yo'naltirilganligi bilan ajralib turadigan madaniyat shakli. Jamiyatning bir qismi ommaviy madaniyatni tanqid qiladi, uni yuzsiz va targ'ibotchi deb biladi. Boshqa qismi, shaxslarning ma'naviy va axloqiy birlashuvini qo'llab -quvvatlashda uning samaradorligini tan oladi. Shu bilan birga, ommaviy madaniyatning kollektiv ong va ongga ta'sirini global ta'sirini hech kim inkor etmaydi. Ushbu maqola taqdim etilgan ta'sirni, shuningdek uning jamiyatning turli sohalari bilan aloqalarini batafsil o'rganish va tahlil qilishga bag'ishlangan
63.Moddiy va ma'naviy hayotning uyg'unligi.
63.Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-yanvar kuni O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni joriy yilda amalga oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligiga erishish masalalari yuzasidan mulohazali takliflar o‘rtaga tashlandi.
Ayniqsa, ma’naviyat masalalari yana bir marta o‘rtaga tashlandiki, jamiyatimizda ma’naviyat va moddiy hayot uyg‘un ravishda olib borilishi va borilayotganligi o‘z tasdig‘ini topdi. “Kimki ma’naviyat masalasi – bu faqat Ma’naviyat va ma’rifat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning ishi deb o‘ylasa, xato qiladi”, – deb ta’kidladi davlatimiz rahbari. Zero, ma’naviyat – jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir. Bu poydevor qancha mustahkam bo‘lsa, xalqimiz ham, davlatimiz ham shunchalik kuchli bo‘ladi.
Strategiyaning ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish yo‘nalishi bo‘yicha Prezidentimiz bir qator vazifalarning ahamiyatini alohida qayd etdi. Xususan, mavjud 12 mingdan ziyod kutubxona imkoniyatlaridan samarali foydalanib, kitobxonlikni ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholi sonini 33 foizga yetkazish, mamlakatimizda Olimpia va Paralimpia harakatini yanada rivojlantirish kabi vazifalarni ta’kidlab o‘tdi. Bu vazifalar yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyat qurishdek ezgu maqsadni amalga oshirishning tagzamini hisoblanadi.

64.Maktabning ma'naviy tarbiya o'chog'i sifatidagi o`rni.


64.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida shu yilning 23 avgust kuni xalq ta'limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida ta'lim-tarbiya ishlarini yangicha tashkil etish farzandlar tarbiyasida ota-onalarning mas'uliyati, pedagoglar bilan hamkorligi va umuman maktab ta'limini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash masalasida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. Quyida yig'ilishda ilgari surilgan hayotbaxsh va muhim vazifalar yuzasidan Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatovning munosabatini e'lon qildik.
Maktab, bu — hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Uni davlat, hukumat va hokimlarning o'zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak.
Shavkat Mirziyoyev

65. Terrorizm va xalqaro ekstremizmning ma'naviyatimizga tahdidi.


65. odamlarni qoʻrqitish, tahdid, oʻldirish, mol-mulkni tortib olish, yoʻltoʻsarlik, zoʻravonlik qilish, yakka yoki jamoaviy tarzda jinoiy rejani amalga oshirish kiradi. Ushbu harakatlarni sodir etuvchi shaxslarning maqsadi kishilarni qoʻrquv, tahlikaga solish, boshqalarning hayoti, erkinliklari va mol-mulkini xavf-xatarga qoʻyishdir.
Hozirgi vaqtda kuchga asoslangan ekstremizm va terrorizm barqaror rivojlanish va dunyodagi millatlararo totuvlikka tahdid solmoqda. Bu esa ularni bartaraf etish yoʻllarini izlash uchun birgalikda harakat qilishni talab etadi.
Ushbu maqsadlarda soʻnggi yillarda qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Jahonda shiddat bilan oʻzgarayotgan notinch va murakkab vaziyat, turli mojarolar jonajon Vatanimiz xavfsizligini, el-yurtimizning osoyishta hayotini taʼminlash hamda mavjud tahdid va xatarlarga munosib javob berishga doim tayyor turishimizni taqozo etmoqda.
Oʻzbekiston ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashni global xavfsizlikni taʼminlashning muhim sharti deb hisoblaydi, ushbu jarayonning doimiy ishtirokchisi va tashabbuskoridir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 10-noyabr kuni Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining video anjuman shaklida oʻtgan navbatdagi majlisida soʻzlagan nutqida terrorizm va ekstremizm bilan bogʻliq jinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha mintaqada oʻzaro hamkorlikning ahamiyatini yanada oshirish zarurligiga eʼtibor qaratdi.
Bugungi rivojlanishning yangi davrida mamlakatimizda inson shaʼni va qadr-qimmati eng oliy neʼmat sifatida eʼtirof etilib, fuqarolarning Konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan huquq va erkinliklarining taʼminlanishiga davlatning oldidagi asosiy vazifa sifatida qaralmoqda
66.XXI asr o`zbek adabiyoti vakillarining ma'naviyatimiz rivojidagi o`rni.
66.XX asr tongida dunyoqarashi shakllanib ulgurgan o’zbek adabiyoti va madaniyatining eng ko’zga ko’ringan arboblarining deyarli barchasi jadidchilik harakatining rahbarlari, asoschilari yoki bu harakatga faol ravishda ijobiy munosabatda bo’lgan kishilar edi. Behbudiy, Fitrat, Qodiriy, Cho’lpon, Ayniy, Avloniy, Tavallo, Hamza, Hoji Muinlar ana shunday ijodkorlardir.
Jadidchilik harakatining natijalari o’laroq Turkiston hayotida jiddiy ilg’or madaniy jarayonlar kechdi. O’lkada teatr vujudga keldi, fan-texnikaga qiziqish kuchaydi, milliy til qadriga ahamiyat ortdi, tor biqiqlikdan chiqib, farzandlarni jahon ma’naviyatiga, talimiga oshno etish tamoyili mustahkamlandi, uy-joy tutish muomala-munosabat, kiyim-kechak, tabobat, me’morchilik, matbaa, aloqa masalalarida jahonning ilg’or tajribalarini o’zlashtirish boshlandi, ommaviy kutubxonalar ochildi va hokazo.
67. Ma'naviy tarbiyada "jaholatga qarshi ma'rifat" muhim g'oya sifatida.

67.O‘tmishdan ma’lumki, har bir inson qalbida o‘z yurtiga sadoqat, fidoiy bo‘lish tuyg‘usi vatanparvarlikning oliy nishonasi hisoblanadi. Zero, inson uchun eng aziz va muqaddas bo‘lgan Vatanni himoya etish, uni sevish va e’zozlash har bir insondan buyuk ma’naviy jasoratni talab etadi. Inson ma’naviyatga qarshi qaratilgan jaholat g‘aflatga, loqaydlik esa beparvolikka gIriftor etadi. Natijada, mazkur holat insonni vatan taqdiriga nisbatan daxldorlik tuyg‘usini yo‘qotish orqali uni ma’naviyatini so`ndirishga zamin yaratadi. Mazkur holat, o‘z navbatida har qanday millat, xalqni o‘z taqdiriga raxna soluvchi tahdidlarga nisbatan muntazam ogoh, sezgir va hushyor bo‘lishga hamda ularga qarshi ma’rifat va ma’naviyat bilan javob berish borasida jiddiy fikrlashni taqozo etmoqda. Barchamizga yaxshi ma’lumki, hozirgi kunda dunyo shiddat bilan o‘zgarib, insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar kuchayib, dunyo miqyosida shafqatsiz raqobat, turli ziddiyat va qarama-qarshiliklar tobora avj olmoqda.Bugungi kunda globallashuvning shiddatli tus olishi dunyo miqyosida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avjiga chiqishiga zamin yaratmoqda. Mana shunday bir sharoitda tinchlik, barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu haqda fikr yuritganda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: “Biz ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni, albatta, yaxshi ko‘radi.


68.Sharq Uyg'onish davri -Sharq Renessansi sifatida.
68. Uyg`onishi, Sharq Renessansi haqida gap ketganda turli soha olimlari-tarixchilar, adabiyotshunoslar, madaniyatshunoslar va san`atshunoslar bu masalaga befarq bo`lmaganlaridek, qarashlar ham asosan ikkiga bo`linadi. Uyg`onish atamasini dastavval shu madaniyat sohiblari-italyan gumanistlari ishlatganlar jumladan italiyalik yozuvchi J. Bakachcho bu atamani Djotto ijodiga qarata, «u antik san`atni uyg`otdi» deb birinchi bor ishlatgan edi. Butun bir davrni anglatuvchi tushuncha sifatida san`at tarixchisi J. Vazari (1511-1574 y.) tarafidan uning «Mashhur san`atkorlar hayotidan lavhalar» kitobida (1550) tilga olingan. Bu tushuncha birinchi paytda antik madaniyat an`analarini Italiyada «ming yillik yovvoyilikdan so`ng» tiklanishini anglatib, so`ngroq ilmiy tadqiqotlarda keng ishlatila boshlandi. Ya. Burxart Uyg`onish (Renessans) ni alohida tipdagi madaniyat deb baholadi. Masalaga qiziqish ortib, ilmiy izlanishlar ko`paya borgani sayin Uyg`onish tushunchasi, bu davr madaniyatining xronologik va geografik chegaralari, uni davrlashtirish xususida ziddiyatli, turlicha fikrlar bildirila boshlandi. Y. Xeyzing o`zining «o`rta asrchilikning kuz fasli» asarida Uyg`onish davri-o`rta asr madaniyatining intixo davri deb hisoblasa, boshqa olimlar Uyg`onish davri yangi davr madaniyatining boshlanishi deb sanaydilar. Ko`pchilik olimlar Yevropa Uyg`onish klassik tarzda davrlashtirib u XIV-XVI asrlarga xos deb bilsalar, boshqalar Uyg`onish madaniyatini bir muncha ilgariroq XII asr – Karolinglar Renessansidan boshlab, Ispaniya, Italiya shimolidagi mamlakatlardagi (Shimoliy Uyg`onish) Uyg`onishni XVII asr bilan yakunlaydilar.
69.Konstitutsiya ma'naviyatimiz rivojlanishining huquqiy kafolati.
69.Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.
“Konstitutsiya” atamasi Qadimgi Rimdayoq ma’lum bo‘lgan (imperator Konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur “Tuzuklar”i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo‘lgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o‘tkazgan.
Konstitutsiyani ishlab chiqish, muhokama etish va qabul qilish jarayoni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma” bo‘lganligi, u “xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini” aks ettirishi, uning “xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsuli” ekani haqidagi hikmatli xulosalari to‘g‘ri va asoslangan ekanini yaqqol tasdiqlaydi.

70.O'zbekistonga xos milliy taraqqiyot modeli va tamoyillari.


70.XX asrning 90-yillari O`zbekiston tarixida tub o`zgarishlar davri sifatida e`tirof etiladi. 1991 yilda O`zbekiston xalqining asriy orzulari ro`yobga chiqdi: O`zbekiston mustaqillikka erishdi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a`zosiga aylandi, yangi jamiyat qurish uchun tub o`zgarishlar va islohotlar amalga oshirila boshlandi. O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, milliy istiqlol mafkurasi asosida qator iqtisodiy islohotlar ham amalga oshirila boshlandi.
Yangi barpo etilayotgan jamiyatning mohiyati, afzalliklari haqida so`z yuritilar ekan, istiqlol tufayli xalqimiz manfaatlariga mos siyosat ishlab chiqilganligi hamda dunyoning rivojlangan mamlakatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan keng ma`nodagi diplomatik aloqalar o`rnatilganligini qayd etish joiz.
71.Ona tiliga e'tibor ma'naviyatga e'tibor.
71.Til — millat ko‘zgusi. Shu bois, ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniy “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”, deya xitob qilishi bejiz emas edi. Zero, ma’naviyatning ko‘zgusi bo‘lgan ona tiliga bo‘lgan munosabat shaxsning ma’naviyatga bo‘lgan munosabatini ham belgilaydi. Murg‘ak qalb ona tili vositasida ma’naviyatga oshno bo‘ladi. Yosh avlodga tilga e’tibor va ehtirom ko‘rsatib, unga davlat tili sifatida qarashning mas’uliyati kabi tuyg‘ularni singdirish va mustahkamlab borish muhim vazifadir. Bu xususda ko‘p va xo‘p gapirilgan bo‘lishiga qaramay, muammo hamon dolzarbligicha qolmoqda.
Milliy qadriyatlarimizning asosiy ustuni bo‘lgan ona tilimizga 1989-yil 21-oktabr kuni davlat maqomi berildi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Konstitutsiyamizning 4-moddasida ham davlat tili — o‘zbek tili ekani mustahkamlab qo‘yildi. O‘zbek tili davlatimizning ramzlari qatorida turadigan va qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi.
72.Globallashuv jarayonidagi yoshlar ma'naviyatiga tahdidlar.
72.Bugun biz tez sur’atlar bilan o‘zgarib bora-yotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechir-gan davrlardan tubdan farq qiladigan o‘ta shid-datli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalist-lar bu davrni turlicha ta’riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma’-lum ma’noda haqiqat, ratsional mag‘iz bor. CHun-ki ularning har biri o‘zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi-alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko‘pchilikning ongi-da bu davr globallashuv davri tariqasida taassu-rot uyg‘otmoqda. Bunday ta’rif, menimcha, ko‘p tomondan masalaning mohiyatini to‘g‘ri ifoda-laydi. Nega deganda, hozirgi paytda er yuzining qaysi chekkasida qanday bir voqea yuz bermasin, odamzot bu haqda dunyoning boshqa chekkasida zud-lik bilan xabar topishi hech kimga sir emas. Ana shunday globallashuv fenomeni haqida ga-pirganda, bu atama bugungi kunda-ilmiy-falsa-fiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma’no-ni anglatishini ta’kidlash lozim. Umumiy nuq-tai nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo yan-gicha ma’no-mazmundagi xo‘jalik, ijtimoiy-siyo-siy, tabiiy-biologik global muhitning shakl-lanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosi-dagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda.
73. Markaziy Osiyoda IX-XII asrlarda uyg‘onish davrida ma’naviyat va marifat rivoji.
73.IX-XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma’naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish davri bo‘ldi. VIII asrda Arab xalifaligi hozirda O‘rta Osiyo deb atalmish hududni fath etib bo‘lgan, bosib olingan yerlarda islom dini keng yoyilib, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayot Arab xalifaligi tartib-qoidalariga butunlay bo‘ysundirilgan edi. Xalifalik tarkibiga kiritilgan o‘lkalarda faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning davlat tili bo‘lsa, islom dini uning mafkurasi edi. Shu sababli bu mamlakatlarda arab tilini o‘zlashtirishga intilish kuchli bo‘lgan. Islomni qabul qilgan aholining arab tili bilan muloqoti, ibodat vaqtlarida qur’on suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma’murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o‘z siyosiy mavqelarini tiklab uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar. Arab tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movaraunnahrda xatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvi o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ldi. Chegaralari borgan sari kengayib, ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun ilm ahli suv va havodek zarur bo‘lib qoldi. Davlatni boshqarishda xalifalik ma’muriyati bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo‘lgan bilimdonlar ham oz bo‘lib, borlari ham zaif edi. Bu hol o‘z navbatida arab tili va yozuvini Movarounnahrda keng yoyilishiga imkoniyat yaratib berdi. Ammo VIII asr oxiri IX asr boshlarida bo‘ysundirilgan xalqlarni mutloq itoatda saqlab turish nafaqat xalifalik markazi ma’murlariga, balki o‘lkalarga tayinlangan noib uchun ham tobora qiyinlasha boshladi.
74. Yoshlar – terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda yetakchi kuch.
74.Globallashuv sharoitida hamda xalqaro va mintaqaviy mojaralar transformatsiyasi davom etayotgan bir paytda, ekstremizm va terrorizmga qarshi samarali kurashish masalasi kun tartibidagi dolzarb mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda ekstremistik va xalqaro terrorchilik tashkilotlari diniy aqidalar niqobi ostida yoshlarni zo‘ravonlikka, milliy o‘zligini, madaniy-ma’rifiy va oilaviy qadriyatlarini yo‘qotishga undash yo‘li bilan jamiyatda zo‘ravonlik va radikal qarashlarni tarqatishni davom ettirmoqda. Bularning barchasi fuqarolarni ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari safiga jalb qilish uchun shart-sharoit yaratmoqda. Shu munosabat bilan, ekstremizm va terrorizmning oldini olish va chek qo‘yish hamda ularni moliyalashtirish manba va kanallariga barham berishga qaratilgan yanada samarali chora-tadbirlarni belgilash, bu borada milliy va xalqaro darajada sa’y-harakatlarni birlashtirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi

75. Abdulla Avloniyning xalqimiz ma’naviyati rivojiga qoshgan hissasi.


75.Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiya sohasidagi qarashlari o’zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog’langanligi adibning boy pedagogik merosi ta’lim-tarbiya masalalarini rivojlantirish, uni o’quvchilar qalbida shakllantirishda axloqiy va ma’naviy barkamol tarbiyalashda milliy maktab va qimmatbaho manba bo’lib xizmat qilganini o’rganib chiqish davr talabiga aylanmoqda. Abdulla Avloniy 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida, toʻquvchi Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. Bolaligi Mirobod mahallasining egri-bugri koʻchalarida, koʻpchilik qismini ruslar tashkil qilgan temir yoʻl ishchilari bolalari orasida kechdi. Oʻqchidagi eski maktabda, soʻng madrasada oʻqidi (1885–1886). Mustaqil mutolaa bilan shugʻullandi. Arab, fors, rus tillarini oʻrgandi. Orenburg, Qozon, Tiflisda chiqib turgan gazeta-jurnallarni kuzatib bordi. Qisqa muddat ichida u maʼrifatparvar sifatida tanildi va oʻlkadagi ijgimoiy-madaniy harakatchilikning faol namoyandalaridan biriga aylandi. XX asr boshlarida Turkiston madaniy hayotida yuz bergan eng muhim oʻzgarishlardan biri maktab oʻquv ishlarida oʻzgarish boʻldi. Avloniy bu davrda jadidchilik harakatiga qoʻshilib, Toshkentdagi jadidlarning faol ishtirokchilaridan biri boʻlib tanildi. Avloniy 1904 yilda Mirobodda, soʻngroq Degrezliqda (1903–14) xuddi shunday yangi usulda, yangicha maktab ochib, dars berdi va darsliklar yozdi. 1909 yilda maktab maorif ishlariga yordam beruvchi “Jamiyati xayriya” ochib, yetim bolalarni oʻqitdi. “Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar” nomli toʻrt qismdan iborat sheʼriy toʻplamining birinchi juzʼini nashr qildirdi. Munavvarqori, Muhammadjon Podshoxoʻjayev, Tavallo, Rustambek Yusufbekov, Nizomiddin Xoʻjayev, Shokirjon Rahimiy kabi taraqqiychilar bilan sheriklikda “Nashriyot” (1914), “Maktab” (1916) shirkatlarini tuzdi
76. Egosentrizm nima va uning ma’naviyatimizga tahdidi
76.Egotsentrizm (lot. ego — men va — markaz) — shaxsning oʻz qiziqish doirasiga bogʻlanib qolishi, boshqa odamlar va narsalarga nisbatan oʻzining dastlabki bilishiga oid qarashi yoki fikrini oʻzgartira olmasligi, hatto oʻz tajribasiga qarama-qarshi axborotlarga moslasha bilmasligidan iborat, xislati. E. negizida insonning oʻz nuqtai nazariga qarama-qarshi qarashlar mavjud boʻlishi mumkinligini tan olmasligi, tushuna bilmasligi hodisasi yotadi. Shaxsda oʻziga haddan ziyod ishonish ustuvorligi tufayli u boshqalarning ruhiy holatlari, baholash tizimini oʻziniki bilan aynan bir xil deb tasavvur qiladi. E.ni oddini olish uchun shaxsda tadrijiy ravishda "oʻzlik" markazidan "bizlik" "umumiylik" xattiharakatiga oʻtish qobiliyatini rivojlantirish (detsentratsiya)ni yoʻlga qoʻyish joiz. Yakka shaxs jamoa, millat, jamiyat bilan hamkorlik qilgandagina komil insonga aylanishi hamda qoʻpchilik fikri va izmiga tushishi yuksak naf keltirishini uqtirish lozim. Turmushning barcha sohalarida faol ishtirok etish orqaligina E.dan xalos boʻlish mumkin. E. ilk bolalikdan yaqqol koʻzga tashlanadi, lekin 12—14 yoshlarda bu holat yanada kuchayadi, hatto keksalik davrida ham davom etadi. Tadqiqotlarda E.ning bir necha turlari oʻrganilgan: a) bilishga oid E. shaxsning idrok va tafakkur jarayonlarida namoyon boʻladi; b) xulq-atvor E.i odamlarning xattiharakati, xulqi va qiligʻini idrok etishdagi noqobillikda ifodalanadi; v) muomala E.i inson tomonidan axborotni oʻzgalarga uzatishda yuzaga keladi, boshqalar qoʻllagan tushunchalar, maʼlumotlar va fikrlash mantigʻiga mensimay munosabatda boʻlishida aks etadi. Shaxslararo munosabatga kirishish, ishbilarmonlik oʻyinlari bilan shugʻullanish orqali insonda E.ning kamayishi kuzatiladi.
77. Fuqarolik jamiyatida ma’naviyat rivoji 77. jamiyati - konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqgisodiy, maʼnaviy va huquqiy jihatdan oʻz ehtiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular orqali qondiradilar. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadilar, davlatning koʻpgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Davlat hokimiyati esa mamlakatning umumiy taraqqiyot rejalarini tuzadi, uning strategiyasini ishlab chiqadi, mudofaa, milliy xavfsizlik, davlat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini, uning suverenitetini taʼminlash, pulmoliya, soliq, bank siyosati, tashqi siyosat va jahon hamjamiyati bilan aloqalar tizimini yaratadi, uni boshqaradi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichmabosqich oʻtish orqali roʻy beradi.
Fuqarolik jamiyati haqida ilk tasavvurlar Aristotelning "Siyosat" asarida bayon etilgan. Unga koʻra, insonning erkin yashash huquqi kishilik jamiyatining adolat va qonun ustuvorligi asosida tashkil etilishi orqali taʼminlanishi lozim. Jamiyatni boshqarishda qonunlarning toʻgʻri va adolatli boʻlishiga alohida eʼtibor beriladi. Bu gʻoyalar 17-asrga kelib keng rivojlandi. Jumladan, T.Gobbs asarlarida takomillashtiriddi. 18-asr Buyuk fransuz inqilobi davrida Inson va fuqaro huquklari deklaratsiyasi eʼlon qilinishi bilan esa Fuqarolik jamiyati tushunchasi keng tarqala boshladi. Chunki jamiyatning teng huqukli aʼzolari — "fuqarolar" tushunchasi paydo boʻldi, ular jamiyat va davlat manfaatlari bilan bogʻlangan shaxsiy manfaatlarini anglay boshladilar. Kant, Russo, Gegel, Popper ilgari surgan fikrlar Fuqarolik jamiyati ning yangidan-yangi qirralarini, umuminsoniy qadriyat sifatidagi mohiyatini ochib berdi.

78.“Ma’naviyatshunoslik” fanining san’at bilan qanday bogliqligi mavjud?


78.Ma’naviyat- tarixiy taraqqiyot jarayonida hamisha ijtimoiy ehtiyojlarni qondirib kelgan. San’at ijtimoiy hayotning mustaqil bir sohasi bo'lib, jamiyatning barcha tomonlariga ta'sir o'tkazadi, ijtimoiy ongning barcha shakllari bilan aloqaga kirishadi. Ma’naviyat-taraqqiyoti yoki tanazzuli ijtimoiy munosabatlar tabiatiga, muayyan kuchlar nisbatiga, mafkuraviy hayot hususiyatlariga, jamiyatda shaxs egallab turgan maqomi kabilarga bog’liqdir. San’atning jamiyat hayotida mustaqil 
ravishda amal qilishi vorisiylik qonuniyatining namoyon bo'lishi bilan ham bog’liq. 
Ijtimoiy ongning boshqa shakllarida bo'lganidek, ma’naviyatda ham bilish va mafkura bir-biri bilan chirmashib, o'zaro bog’lanib ketgan. Ma’naviyatning turli ko'rinishlarida bilish va mafkura o'zaro mutanosiblikka amal qiladi.shulardan biri bu- san’atdir. San’atning bilish jarayonidagi vazifasi badiiy adabiyot vositasida yaqqol ko'zga tashlanadi. San’at bilishning alohida turi sifatida mushohada etilganda, odatda, badiiy adabiyot asarlariga suyaniladi. Musiqaning bilish-anglash imkoniyatlari badiiy adabiyotga nisbatan biroz cheklanganligi ma'lum.

79. O‘zbek xalqi ma’naviy taraqqiyotining rivojlanish bosqichlari.


79.IX-X asrlarda K.Shoniyozovga ko‘ra o‘zbek xalqi elat bo‘lib shakllangan[3]. Ma’lumki,o‘zbek va tojik elatlari sak-massagetlar, baqtriylar, YUECHJILAR – qang‘arlar, xunlar, so‘g‘diylardan tomir olgan. Lekin ularni har biriga xos tili, o‘zligini anglashi kabi farqli xususiyatlari mavjud bo‘lib, har bir elat ana shu xususiyatlari bilan birbiridan farq qilgan.XI asrda ham Mavaraunnaxr va unga tutash mintaqalarda yashovchi aholi etnik, iqtisodiy va madaniy jihatdan bir-biri bilan yaqinlashib, qorishib boradilar. Bu bosqichda Islom dini ta’sirida ilmu-fan, ma’rifat taraqqiy etgan. Imom Buxoriy, at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro tariqatlari ravnaq topadi. Ahmad Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn-Sino kabi vatandoshlarimiz jahon ilmu-fani, madaniyati va taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shganlar.Ajdodlarimiz asarlarini G‘arb mamlakatlarida tarqalishi Ovropa madaniyatiga ta’sir etib, Ovro‘pa uyg‘onishi – «Renessanisi»ni vujudga keltirdi, ya’ni Yevropani ming yillik «uyqu»dan uyg‘otdi. O‘zbek xalqining shakllanish jarayonining yakunlovchi bosqichi XIasrning o‘rtalaridan to XII-asr o‘rtalarigacha davom etib, elatga xos etnik belgilarning rivojlanishi me’yoriga yetadi.Bu davrda «O‘zbek» atamasi vujudga kelib, bu so‘zning tom ma’nosi «o‘z» va «bek» so‘zlaridan iborat bo‘lgan, «Asl bek» demakdir[4]. Bu o‘zbeklar XVI asr boshlarida o‘z sardorlari bilan Movaraunnahrga kirib keldi va sulolaviy hukmronlikni temuriylardan tortib olib, bu o‘lkaga o‘zbek nomini olib keldi. Bu nom bugungi kundagi o‘zbek xalqi etnik nomiga aylandi.Ming shukurlar bo‘lsin-ki, mustaqilligimiz tufayli o‘zbek «o‘ziga bek» va o‘ziga-o‘zi «Xo‘jayin» bo‘lib, dunyo xaritasida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.Eng yangi etnografik tadqiqotlarga asoslanib, o‘zbekni quyidagicha ta’riflash imkoniyatiga ega bo‘ldik: «o‘rta gavdali, bug‘doy rang, sochi qora, va qizg‘ish-qo‘ng‘ir, soqoliqora, ba’zida kul rang, burni kichkina va to‘g‘ri, lablari qalin, tishlari oq va sog‘lom, peshonasi to‘g‘ri, qosh usti kam bo‘rtib chiqqan, qoshlari yoysimon, iyagi yirik, yuzi serqirra, qulog‘i katta va ajralib turadi, oyoq-quli mehnatda toblangan, gavdasi risoladagidek» bo‘lgan[5].Shu bilan birga o‘zbeklar boshqa millatlardan ochiq ko‘ngilliligi, mardligi, jiddiyligi, vatanparvarligi, insonparvarligi, mehr-murruvatligi, mehmondo‘stligi, kechirimliligi, mehnatsevarligi, ona va ayollarni e’zozlashi, otalarni hurmatlashi, yaxshilik qilish kabi qadimiy an’analarni saqlab qolishi bilan ham farqlanadi. Shu bilan birga o‘zbeklarning «oilaviy munosabatlarini» asl namuna deb hisoblasa bo‘ladi deb yozib qoldirgan Xerman Vamberi[6].Mamlakatimizda bugungi kunda ta’lim to‘g‘risidagi, kadrlash tayyorlash milliy dasturi asosida boshlangan ma’rifiy isloxatlar o‘ylaymiz-ki, IX-XII asrlardagi ma’rifat taraqqiyot «g‘ildiragi»ni aylantirib yuborganidek, millatimizni ma’naviy yaxshilashga poydevor bo‘ladi. Lekin ma’naviyatni iqtisodiyotdan ajratish mutlaqo xato bo‘lgandek, bugungi kunda milliy salohiyatimizni rivojlanishida ekologik omillarni zarurligi millat ravnaqiga o‘z ta’sirini o‘tkazmokda.
80. Alisher navoiyning umuminsoniy qadriyatlar rivojiga qo’shgan hissasi.
80.Navoiy yaratgan ijtimoiy-ma'naviy
uyg'unlik manzarasi zo'rlik, muayyan kichik bir guruhning zo'ravonligi yo'li bilan
joriy etilgan majburiy tenglik jamoasi emas, umum bashariyatning cheksiz
adashuvlar, og'ir mashaqqat va iztiroblar aro necha asrlar davomida asta-sekin va
ixtiyoriy erishgan m a'naviy kam olot holatidir. Unda hali ham adashuvlar,
qiyinchiliklar, iztiroblar, yo'qotishlar bo'lishi mumkin, ammo bahamjihatlik,
insonning bir-birini tushunishga intilishi oxir-natijada g'olib chiqish ehtimoli
kengaygan, shunga muvofiq ma'naviy muhit shakllangan. Bu jamiyatda mulkdor
ham bor, mulksiz ham, ammo har ikkovi ham o 'z ixtiyori bilan ushbu holatni kasb
etgan.Xamsa”ning birinchi dostoni “Hayrat ul-abror”da Navoiyning falsafiy qarashlari zamiriga yo‘g‘rilgan fikrlar, haqiqiy umuminsoniy qadriyatlarni to‘laqonli shakllantirish haqida fikr yuritilgan
“El-yurt va davlat uchun, uning taqdiri va kelajagi uchun qayg‘uradigan, odamlarning ezgu niyatlarini o‘ziga oliy maqsad qilib qo‘ygan, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan, har qanday vaziyatda ham xalqni birlashtirib, turli balo-qazolardan asrash uchun safarbar eta oladigan shaxslargina tarixda o‘chmas iz qoldiradi”[1] Darhaqiqat, bizning yurtimizda nomlari abadiyatga muhrlangan mana shunday ulug‘ ajdodlarimizning soni bir talay. Xususan, Hazrat Mir Alisher Navoiyning yorqin xotirasi fikrimizning yaqqol dalilidir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Alisher Navoiy atoqli shoirgina emas, balki teran mushohada yurituvchi donishmand hamdir. Uning insoniylik borasidagi fikrlari hali-hanuz o‘z qimmatini saqlab kelmoqda.” deganlarida to‘laqonli haq gapni aytgan edilar.
Bugun biz Navoiy ijodini o‘rganar ekanmiz, uning ilmiy salohiyat bobida juda katta mehnat talab qilinishining guvohi bo‘lamiz.

81. Moddiy va ma’naviy boyliklarning ma’naviyatimiz shakllanishidagi ahamiyati. 81.Moddiy boylik, moddiy neʼmat — muayyan insoniy ehtiyojlarni qondiradigan narsa, hodisa, mehnat mahsuloti; milliy boyliknnng tarkibiy qismi. Tabiatdagi tabiiy inʼomlar (mas, yer, havo, iqlim va boshqalar); ishlab chiqarilgan mahsulotlar (oziq-ovqat mahsulotlari, binolar, insho-otlar, mashinalar, asbob-uskunalar va boshqalar). Baʼzan ayrim iqtisodchilar (mas, A. Marshall) Moddiy boyliklarni oʻzlashtirish boʻyicha munosabatlar (patentlar, mualliflik huquqi, pul qoʻyilmalari)ni ham Moddiy boylikga kiritadilar.[1]


Ma'naviy boylik - bu ezgu fikrlar, insoniyat va bilimlardan bo'lgan chanqog'idan iborat shaxsning ichki miqdori.
ma'naviy boylik tushunchasi murakkab va ko'p qirrali. U turli falsafiy va diniy oqimlar, aql darajasi yoki printsiplar mavjudligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin, ammo bu ma'naviy boy odam bo'lish degan savolga javob berish uchun etarli emas. Birinchidan, bu umumbashariy fazilatlarning to'liq to'plami bilan to'la va uyg'unona shaxs.

82. Milliy mafkuramizning ma’naviy tarbiyadagi orni.


82. mafkura — muayyan millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud boʻlishi va rivojlanishini asoslab beruvchi gʻoyalar va qarashlar tizimi. Koʻp hollarda Milliy mafkurani bitta millat yoki xalqning mafkurasi deb tushunilmaydi, u muayyan davlat yoki jamiyatning umumiy mafkurasi maʼ-nosini ham anglatadi. Chunki "milliy" sifati "millat" soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, faqat muayyan etnik birlikni emas, balki muayyan "jamiyat" yoki "davlat" maʼnosini ham ifodalashi mumkin. Milliy mafkura tushunchasi ham Oʻzbekistonda yashab, faoliyat koʻrsatayotgan barcha millat vakillariga tegishlidir. Milliy mafkuraning oʻzagini Oʻzbekistondagi turli millat va elat, din va eʼtiqod vakillarini mamlakatimizda ozod va obod vatan barpo etish uchun birlashtirish, xalqlarni oʻzaro hurmat va hamkorlikka chorlash, olijanob maqsadlarni koʻzlash kabi umuminsoniy tamoyillarga aylangan gʻoyalar tashkil etadi. Milliy mafkura oʻzligimizni, muqaddas anʼ-analarimizni anglash tuygʻularini, xa-lqimizning koʻp asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga qoʻyilgan oliy maqsad va vazi-falarni ifoda etadi. Milliy mafkura har qanday millatchilikdan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlardan xolidir. U jamiyatimizdagi har qanday insonning eʼtiqodi va dunyoqarashidan qati nazar, ularning barchasini yagona maqsad atrofida birlashtiradigan; xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni buyuk istiqbol sari chorlaydigan maʼnaviy omildir. Milliy mafkura haqida gapirganda yana shuni ham nazarda tutish kerakki, OʻzR Konstitu-siyasi plyuralizm, fikr va qarashlar erkinligi tamoyillarini toʻliq taʼminlaydi. OʻzR Konstitutsiyasining 12moddasida "Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida oʻrnatilishi mumkin emas", deyilgan. Mafkurada boʻshliqqa yoʻl qoʻymay, Milliy mafkurani xalqimiz ongiga singdirish zamon talabidir
83. Kosmopolitizm va uning ma’naviyatimizga tahdidi. 83.Kosmopolitizm (grekcha: Κόσμος, kosmos — olam va Πολίτης, polites — fuqaro) — „jahon fuqaroligi“ deb atalgan gʻoyani targʻib qiluvchi mafkura. Iskandar (Aleksandr) yurishlari davrida paydo boʻlgan. Uygʻonish va Maʼrifatchilik davrlarida jahon fuqaroligi ideali olgʻa surilib (Dante, Kampanella), individning zamindor boylar zulmidan ozod boʻlish gʻoyasini (Lessing, Gyote, Shiller, Kant, Fixte) ifodalagan. Kosmopolitizm milliy anʼana va madaniyatdan, vatanparvarlikdan voz kechishga — bevatanlikka daʼvat etadi.
84. Zulfiya asarlarining ma’naviy tarbiyadagi orni.
84.Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi – bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir. O’zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova xalqaro “Nilufar”, Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofatlari sohibasidir. Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Avval boshlang’ich maktabda, so’ng xotin – qizlar bilim yurtida tahsil olgan. 1935-1938-yillarda O’zekiston fanlar akademiyasining til va adabiyot instituti aspiranturasida o’qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1935-yildan 1980-yilgacha, qariyib o’ttiz tilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan “Saodat” nomli xotin – qizlar jurnalida bosh muharrir bo’lgan. Zulfiyaxonim Isroilova Hamid Olimjon bilan turmush qurgan. Biroq ular orzularga to’la hayot kechirayotgan pallada 1944-yili mashina halokati tufayli turmush o’rtog’idan ayrildi. Shoira esa 1996-yilda 81-yoshida vafot etadi. Shoira badiiy ijodga juda erta kirishdi. O’n yetti yoshida “Hayot varaqalari” deb atalmish dastlabki she’riy kitobini chop ettirdi. Uzoq ijodiy umri davomida o’ttizga yaqin she’riy to’plamlar, o’ndan ortiq dostonlar yaratdi. Shoira hammani o’ylatadigan, barcha kishilarga Jaxldor bo’lgan holatlarni she’rga soladi. Shuning uchun ham yozganlari ko’pchilikka manzur bo’ladi. Zulfiyaning ulkan iste’dodi faqat yurtimizdagina emas balki dunyo miqyosida ham e’tirof etilgan. U – xalqaro “Nilufar” mukofoti egasi. Shoira sherlarining el aro mashhurligi tasodifiy emas. U bolaligidan olamga hayrat ko’zi bilan qarovchi, uning boshqalar ko’rolmaydigan jihatlarini ilg’ovchi qizaloq ekanligi bilan ajralib turardi. Buning ustiga, oilasidagi muhit ham yosh Zulfiyada badiiy ijodga ishtiyoqni alangalatardi. Shoira bolaligini shunday eslaydi: “Otamni… Isroil degrez der edilar. Otam zahmatkash temirchi edi. Otamning hamma vaqt olovga yo’ldosh kasbidan faqat zavq ko’rar edim. Otamday qudratli odam yo’q edi men uchun. Temirlar otam qo’lida chaqmoqlar taratishiga boqib, hayratda qolar edim. Uning qo’llari cho’g’ga aylangan temir parchasini istagan shaklga solib, inson uchun kerakli narsaga aylantirishga qodir edi. Men hali-hanuz otamday bolishni orzu qilaman, ammo na iloj, inson qalbiga kira bilish temirga ishlov berishdan mashaqqatliroq, yurakni chaqmoq kabi alanga oldirish har kimga ham muyassar bo’lavermas ekan… Ruhidagi ma’yuslik, ovozidagi hazinlik faqat uning xarakteriga xos bir sifatgina edi, xolos.Onamning qancha-qancha qo’shiq va afsonalarni, doston va er-taklarni bilisjiiga aqlim bovar qilmasdi. Bu sehrli afsona va ertaklar bizga benihoya huzur bag’ishlar, o’ziga rom qilib olar, har safar yangi jilva kasb etardi. Aminmanki, mo’jizalar yaratishga qodir, jahonni ko’zga keng ochuvchi, insonni go’zallik sari yetaklovchi so’zga shaydolik hissini mening qalbimda ostona hatlab ko’chaga chiqmagan oddiy ayol – onam uyg’otgan…” Zulfiya she’riyati ana shunday pokiza buloqlardan suv ichgan ijoddir. Ayni shu sababdan uning tinchlik haqidagi, inson ruhiya-tini g’ajib tashlay oladigan hijron to’g’risidagi, tabiatning ajib bir holati borasidagi she’rlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Shu bois shoiraning barcha ayollarga, barcha onaiarga, barcha ma’shuqalarga xos, tushunarli, anglanarli bo’lgan she’riyati aslo eskirmaydi. Uning asarlarida halol inson tuyg’ularining porloq yulduzi charaqlab turadi.Xalq orasida “Oydinda”, “Sensiz”, “Yurak”, “Falak”, “Bahor keldi seni soʻroqlab”, “Oʻgʻirlamang qalamim bir kun”, “Boʻm-boʻsh qolibdi bir varaq qogʻoz” kabi sheʼrlari, “Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush”, “Mushoira” kabi sheʼrlari mashhur. “Uni Farhod der edilar”, “Quyoshli qalam”, “Xotiram siniqlari” kabi lirik va liro-epik dostonlar muallifi. 1935 yilda shoir Hamid Olimjon bilan turmush qurgan va uning bevaqt vofotidan soʻng koʻplab mahzun sheʼrlar yaratgan. Pushkin, Lermontov, Nekrasov, L. Ukrainka, V. Inber va boshqa koʻplab shoirlarning asarlaridan namunalarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Zulfiya she’riyati tabiatga hamda uning ajralmas qismi va yuqori cho‘qqisi bo‘lmish odamzotga nisbatan hayajonli sevgi bilan burkangan. Uning she’rlarida tabiat och ranglarda, yorqin bo‘yoq va timsollarda gavdalanadi.Zulfiyaning olijanoblik, jasorat, haqqoniy xalq g‘ururi, tabiat va insonga nisbatan samimiy tuyg‘ular va hurmat, boy ranglar va kutilmagan yangi timsollar bilan bajarilgan lirikasi, kitobxon qalbini larzaga keltiradi, insoniyatning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Iqtidorli shoira va yozuvchi, inson qalb tug‘yonlarini o‘tkir bilimdoni bo‘lib, turli janrlarda asarlar yaratgan: dostonlar, balladalar, elegiyalar, nasriy she’rlar, hikoyalar, ocherklar, publististik maqolalar va gazeta xabarlari. Uning ko‘p she’rlari SSSR xalqlari tinchligi va do‘stligi sari kurashga bag‘ishlangan edi. Urush yillari u vatanparvarlik she’rlarini yozgan. U tomonidan, shuningdek, o‘zbek bastakorlarining operalariga librettolar ham yozilgan, masalan, “Zaynab va Omon” operasiga libretto. Shu bilan birga, turmush o‘rtog‘i Hamid Olimjon qalamiga mansub “Semurg‘” dostoni mavzusi asosida, ertak-sahna asarini ham yozgan.Shoira adabiy-ijtimoiy faoliyati uchun koʻpgina davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.Zulfiyaxonim hayoti davomida yozgan sheʼrlar va dostonlari quyidagilardir .“Iqror”“Hasad”“Bahor keldi, seni so‘roqlab”“Zaynab va Omon”“Ona”“Alatau qo‘shig‘i tomon”“Do‘stlarimga”“Hayot sahifalari” (1932)“Yulduzli alla”“Oydin tun”“Lolalar”“Orzu”“Nastarin”“Noma’lum sovg‘a”“Bu yerda men tug‘ilganman”
Xulosa qilib aytadigan bo’lsam Zulfiyaxonim o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos o‘ringa ega shoira bo‘lishi bilan birga inson sifatida ham shu xalqning barcha olijanob xislatlariga ega ayol bo‘lgan. Bugun shu maqolani yozish va Zulfiyaxonimni ijodiga chuqurroq nazar solish orqali yana bir karra amin boldimki, ozbek adabiyoti XX asrda har qancha ziddiyatli, mashaqqatli va murakkab yolni bosib otgan bolmasin, unda bir qator tom manodagi ijodkorlar etishib chiqgan va ularni ichidagi porloq yuzluzlardan biri bu Zulfiyaxonim bo’lgan. Bugungi istiqlol kunlarida ularning ijodlari yangi qirralari bilan namoyon bo`lmoqda. Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi barcha xotin-qizlar uchun ibrat. Nеgaki, uning hayotidagi mеhnatsеvarligi, doimo olg’a intilishi, sеvgi bobida sadoqatli yor ekanligi, badiiy ijod borasida tinimsiz izlanuvchan­li­gi hamda hayot qiyinchilik
larida esankiramasligi, erishilgan yutuqlar oldida o’zini yo’qotmasligi har qanday qiz yoki ayol qalbida havas uyg’otadi.
85. Ma’naviyat va madaniyat, ularning o‘zaro munosabati
85.Aslini olganda, ma’naviyat va madaniyat bir-biriga yaqin tushunchalardir. Ammo, ular bitta narsa emas, biri ikkinchisidan farq qiladi. Shuning bilan birga ular bir-birini to‘ldirib turadilar.Madaiiy va ma’naviy meros haqida ham shunday deyish mumkin. Shu sababdan avvalo madaniyat va uning turlarini tahlil etish maqsadga muvofiqdir. Chunki, madaniyatni, xususan ma’naviy madaniyatni bilmasdan, o‘rganmasdan turib, ma’naviy meros to‘g‘risida gapirish ancha mushkul, chunki ma’naviy meros ma’naviy madaniyat doirasiga kiradi.
Shunday ekan madaniyat nima? Madaniyat tushunchasini izohlashga bag‘ishlangan ko‘p ilmiy adabiyotlar mavjud. Madaniyat tushunchasiga berilgan ta’riflar soni 260 tadan oshib ketgan. Mualliflar bu tushunchaga har biri o‘z nuqtai-nazaridan yondashadilar. Bunga sabab, madaniyatning ko‘p qirrali, murakkab, ma’naviy-ijtimoiy hodisa ekanligi, uning inson va jamiyat hayotining barcha qirralarni qamrab olganligidir. Madaniyatga berilgan ta’riflarda mualliflarning fikrlarini umumlashtiruvchi tomonlar mavjud.
86. Islom dinining shaxs ma’naviyatini rivojlantirishdagi ahamiyati
86.Qur’oni Karim, hadislar va shariat ko’rsatmalari inson ma’naviy-ma’rifiy kamolotining asosi bo’lgan axloq-odob tarbiyasining barcha qirralarini o’z ichiga olgan. Sirasini aytganda, hadislar ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid bo’lgan fikrlarning mukammal to’plamidir. Qur’oni Karim, hadislarni, shariat ko’rsatmalarini o’rganar ekanmiz, ularda axloqiy kamolot, halollik va poklik, imon va vijdon bilan bog’liq bo’lgan birorta ham muhim masala e’tibordan chetda qolmaganini ko’ramiz.
Ayniqsa, Islom harom va halol masalalariga musulmonlar e’tiborini qaratadi. Shariatda Olloh tomonidan qilinishiga ruhsat etilgan atallar, ishlar halol deyiladi. Harom esa aksincha qilinishiga ruxsat etilmagan ishlar va amallardir. Olloh xarom etilgan ishlarni qiluvchilarga bu dunyoda yoki qiyomat kunida jazozini berishi aytilgan. Halol qilingan narsalar va ishlar ko’pchilikkka ma’lum, u haqda ko’p eshitganimiz. Harom qilingan ishlarni eslatib o’tish va eslab turish joizdir.
Bulardan ayrimlari quyidagilar: sog’ bo’la turib ishsiz yurish, zinokorlik, ota-onaga oq bo’lish, savdo-sotiqda g’irromlik qilish, birovning haqqiga, omonatiga xiyonat qilish, qasamxo’rlik, sudxo’rlik, o’g’rilik, qaroqchilik, aroqxurlik, g’iybat, tuxmat, buxton, josuslik, qotillik, poraxurlik va boshqalar kiradi. Xullas, harom inson va jamiyatga zarur keltiradigan ish va amallardan iborat. Islomda ota-onaga mehr-muhabbat, g’amxo’rlik farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat masalalariga alohida e’tibor berilgan Qishilarni yaxshilik qilish, savob ishlarga qo’l urish, insofli –dinyonatli, vijdonli bo’lish, mehr-shavqatlilik, to’g’rilik rostguylik, sofdil bo’lish, birodarga yordam berish, kamtarlikka chaqirish g’oyalari ilgari suriladi.
87. Jamiyatning yangilanishida ma’naviyatning o‘rni.
87. Ma’naviyat va jamiyat taraqqiyoti o`zarо alоqadоr bo`lib, ular o`zarо ta’sirda rivоjlanadi. Ma’naviyatsiz jamiyat rivоjlanishi mumkin bo`lmaganidеk, jamiyatsiz ma’naviyatni ham tasavvur etish mumkin emas.
Ma’navyat ijtimоiy taraqqiyotning barcha jabhalari bilan bоg’liq ravishda takоmillashib bоradi. Jamiyatda amal qiladigan оb’еktiv qоnuniyatlar ma’naviyat sоhasiga ham taalluqlidir, Bu qоnuniyatlar mоhiyatini chuqur tushunmay turib, ma’naviy rivоjlanshini va uning o`ziga хоs хususiyatlarini anglab еtib bo`lmaydi.
Ma’lumki, ma’naviy hayotdagi o`zgarish va rivоjlanish jarayoni muayyan оb’еktiv qоnuniyatlar asоsida yuz bеradi.
Ma’naviy rivоjlanishning mоhiyatini va uning o`ziga хоs хususiyatlarini bilish uchun bu qоnuniyatlar mazmunini tahlil etish maqsadga muvоfiq. Ma’naviy sоhadagi qоnuniyatlar ma’naviy hоdisalar o`rtasidagi оb’еktiv, muhim, zaruriy alоqalarni ifоdalaydi. Ma’naviy hayotning mavjudligi, unda yuz bеradigan o`zgarish va rivоjlanishlar jamiyat va ma’naviy taraqqiyot o`rtasidagi alоqadоrlik dоirasida amalga оshadi.
Yana shuni ta’kidlash jоizki, ma’naviy taraqqiyotning qоnunlari jamiyat hayotidagi ichki zaruriy bоg’lanishlarning tarkibiy qismidir.
Jamiyat mоddiy hayoti taraqqiyoti bilan ma’naviy taraqqiyot munоsabatlari insоn mоhiyatining, uning hayoti faоliyataning asоsiy shakllarini ifоdalaydi. Ma’naviy taraqqiyot tariхi, madaniy mеrоsi, milliy va umuminsоniy mоhiyati va ahamiyatini bilish, ulardan оqilоna fоydalanish, rivоjlantirish bilan bоg’liqdir.
Muayyan ma’naviy оmillar jamiyatning barcha sоhalaridagi yuksalishga imkоniyat yaratadi. Jamiyat taraqqiyoti bilan ma’naviy taraqqiyot o`rtasida dialеktik munоsabatning asоsi, birinchidan, ma’naviy taraqqiyot darajasi va imkоniyatlari, ijtamоiy muhit, insоnning turmush tarzi, mеhnati, ehgtiyojlari zamirida shakllanishning mustahkamlanishi;
ikkinchidan, jamiyat taraqqiyotidagi yangi tariхiy sharоit, zaruriyat yangi ma’naviy ehtiyojlarni va ularni ro`yobga chiqishi uchun kеngrоq imkоniyatlarni yuzaga kеltirishidir.
Dеmak, har bir tariхiy davrda ijtimоiy ehtiyoj va talablar taqоzоsi bilan ma’naviy rivоjlanish imkоniyatlari vujudga kеladi. Ma’naviy taraqqiyotning o`ziga хоs хususiyatlarini tahlil qilish natijasida shunday хulоsa chiqarish mumkin: ma’navny taraqqiyot jarayonida tariхiy davrga, millatga, dinga, mafkuraga хоs bo`lgan uning mеzоnlarini mutlaqlashtirish, ularga ko`r-ko`rоna e’tiqоd qilish shaхs va jamiyat kamоlоti imkоniyatlarini chеklab qo`yadi, ma’naviy taraqqiyotning har bir tariхiy davri o`ziga хоs ehtiyoj va imkоniyatlar bilan bеlgilanadi. Har bir tariхiy bоsqichdagi ma’naviy yuksalish jamiyatga ham, insоn faоliyatiga ham ta’sir qiladi. Shuning uchun ham yuqоrida aytganimizdеk, ma’naviylik insоn uchun ham, jamiyat uchun ham suv va havоdеk zarur.
88. Ma’naviyat bo’lmagan joyda hech qachon adolat bo’lmaydi!
88.Har qanday davlat mustahkam maʼnaviy poydevorga ega boʻlgandagina yuksak taraqqiyotga erisha oladi. Adolat va maʼnaviyat oʻzaro chambarchas bogʻliq tushunchalardir .Oʻzbekistonda adolatli jamiyat va adolatparvar davlat barpo etish jarayonlari, bunyodkor xalqimiz hamjihatligini mustahkamlash, yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish, xalqimiz, yoshlarimizning ruhiy dunyosini izdan chiqarishga qaratilgan turli buzgʻunchi kuchlar, maʼnaviy tahdidlar, axborot xurujlarining oldini olishda maʼnaviy xavfsizlikni taʼminlashning qonuniy asoslarini yaratishni oʻzining bosh maqsadi, deb biladi. Maʼnaviyat boʻlmagan joyda hech qachon adolat boʻlmaydi
89. Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir.
89.Jahon tarixiga nazar solsak, har bir xalq avvalo ma'naviy birlashuvi, milliy g'oyasi bilan yuksalgan. Bugun yangi hayot qurish, rivojlangan davlatlar qatoriga chiqish yo'lidan borayotgan mamlakatimizda ham milliy g'oya masalasi juda muhim ahamiyatga ega.
So'nggi yillarda bu borada qator qarorlar qabul qilindi. Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashi raisi Prezident ekani belgilab qo'yildi. Kengashning hududiy bo'limlariga mas'ullik hokimlar zimmasiga yuklatildi. Bu o'zgarish ma'naviy-ma'rifiy ishlarni davlatimiz siyosatida yanada yuksak o'ringa ko'tardi.
– Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir, – dedi Shavkat Mirziyoev yig'ilishda. – Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat.
Yaqinda bo'lib o'tgan yirik tadbirlar – davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi, O'zbekiston yoshlarining birinchi forumi hamda Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig'ilishida ma'naviyat yo'nalishidagi dolzarb vazifalar belgilab berildi. Chunki bu borada echimini kutib turgan, o'zgarishlar shamoli kirib bormagan masalalar ko'p. Milliy g'oyaning mohiyatini to'liq anglab etmagan, eski mafkurani tasavvur qilib, bunga yuzaki qaraydiganlar ham yo'q emas. Shu bois Prezident mamlakatimiz mafkurasining asosiy g'oyasini ta'kidlab o'tdi:
– Biz yaratayotgan yangi O'zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g'oyasi bo'ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan, – dedi davlatimiz rahbari.
Ma'lumki, bugun dunyoda keskin kurash va raqobat hukm surmoqda, manfaatlar to'qnashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jarayonlari insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Milliy o'zlik va ma'naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ortmoqda. Faqat o'zini o'ylash, mehnatga, oilaga engil qarash, iste'molchilik kayfiyati turli yo'llar bilan odamlar, ayniqsa, yoshlar ongiga ustamonlik bilan singdirilyapti
90. Ma’naviyat va huquqiy davlat.
90.Ma'naviyat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi, chunki, ma'naviyat rivojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik vujudga keladi hamda mamlakat va millat taraqqiy etadi. Taraqqiyparvar, insonparvar, adolatli siyosat- mamlakat va uning xalqi manfaatlariga xizmat qiladi. Bunday siyosat, avvalo inson zotini ulug'lashni, uning moddiy va ma'naviy manfaatlarini himoya qilishni, mamlakatda tinchlik barqarorlikni ta'minlashni maqsad qilib oladi. Ilm, fan ma'rifat, madaniyatni, texnika, texnologiyani rivojlantirish, fuqarolarning zamonaviy bilimlarni egallashlariga keng yul ochish va g'amxo'rlik qilish taraqqiyparvar, insonparvar, ma'rifatparvar siyosatning muhim yunalishini tashkil etadi.
2.Adolatsiz, reaktsion siyosat- mamlakatda faqat turli guruhlar hukmronligini ta'minlashga, mehnatkashlar, xalq ommasi manfaatlariga zid bulgan, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo'yishga va shu asosda tor doiradagi guruhlar manfaatlarini himoya qiluvchi tuzumni saklab kolishga qaratilgan siyosat.
Siyosat va ma'naviyatning o'zaro bog'liqligi siyosat o'zining ma'naviy-madaniy tomonlari bo'lishi zarurligida ko'rinadi. Siyosatning madaniy tomonini siyosiy madaniyat tushunchasi izohlab beradi.
Siyosiy madaniyat- o'zida halollik va poklikni, ishchanlik va uzoqni ko'zlab ish tuta bilish fazilatlarini o'zida mujassam etgan odamlarning g'oyaviy-siyosiy yetukligi, nazariy bilimlarni, istiqbolni yorqin tasavvur etgan holda amalda qo'llay bilishi, kun tartibidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va mafkuraviy muammolarni keng miqyoslarda hal etish mahorati.
Ma'naviyat tarakkiyotida siyosatning roli nihoyatda kattadir. Kaysi mamlakatda ma'naviyat va ma'rifatni ko'tarish, u hakda g'amxo'rlik qilish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan bo'lsa, o'sha mamlakatda tinchlik, barqarorlik vujudga keladi, ilm, fan, ma'rifat madaniyat rivojlanadi.
91. EGOSENTRIZM VA UNING MAʼNAVIYATIMIZGA TAHDIDI
91.Egotsentrizm (lot. ego — men va — markaz) — shaxsning oʻz qiziqish doirasiga bogʻlanib qolishi, boshqa odamlar va narsalarga nisbatan oʻzining dastlabki bilishiga oid qarashi yoki fikrini oʻzgartira olmasligi, hatto oʻz tajribasiga qarama-qarshi axborotlarga moslasha bilmasligidan iborat, xislati. E. negizida insonning oʻz nuqtai nazariga qarama-qarshi qarashlar mavjud boʻlishi mumkinligini tan olmasligi, tushuna bilmasligi hodisasi yotadi. Shaxsda oʻziga haddan ziyod ishonish ustuvorligi tufayli u boshqalarning ruhiy holatlari, baholash tizimini oʻziniki bilan aynan bir xil deb tasavvur qiladi. E.ni oddini olish uchun shaxsda tadrijiy ravishda "oʻzlik" markazidan "bizlik" "umumiylik" xattiharakatiga oʻtish qobiliyatini rivojlantirish (detsentratsiya)ni yoʻlga qoʻyish joiz. Yakka shaxs jamoa, millat, jamiyat bilan hamkorlik qilgandagina komil insonga aylanishi hamda qoʻpchilik fikri va izmiga tushishi yuksak naf keltirishini uqtirish lozim. Turmushning barcha sohalarida faol ishtirok etish orqaligina E.dan xalos boʻlish mumkin. E. ilk bolalikdan yaqqol koʻzga tashlanadi, lekin 12—14 yoshlarda bu holat yanada kuchayadi, hatto keksalik davrida ham davom etadi. Tadqiqotlarda E.ning bir necha turlari oʻrganilgan: a) bilishga oid E. shaxsning idrok va tafakkur jarayonlarida namoyon boʻladi; b) xulq-atvor E.i odamlarning xattiharakati, xulqi va qiligʻini idrok etishdagi noqobillikda ifodalanadi; v) muomala E.i inson tomonidan axborotni oʻzgalarga uzatishda yuzaga keladi, boshqalar qoʻllagan tushunchalar, maʼlumotlar va fikrlash mantigʻiga mensimay munosabatda boʻlishida aks etadi. Shaxslararo munosabatga kirishish, ishbilarmonlik oʻyinlari bilan shugʻullanish orqali insonda E.ning kamayishi kuzatiladi.
92. YANGI OʻZBEKISTON MAʼNAVIY YANGILANISH STRATEGIYASI
92.Президент Шавкат Мирзиёевнинг «Янги Ўзбекистон Стратегияси» номли китоби чоп этилди. Унда Янги Ўзбекистон ва Учинчи Ренессансни қуриш бўйича қилинаётган ишлар ва миллий тараққиёт истиқболлари ҳақида фикр юритилади.
Китоб муқаддима, 7 бўлим ва хотимадан иборат.
Бўлимлар қуйидагича номланган:
«Янги Ўзбекистон стратегияси»;
«Халқпарвар давлат»;
«Миллий иқтисодиётни ривожлантириш»;
«Адолатли ижтимоий сиёсат»;
«Маънавий тараққиёт»;
«Хавфсизлик ва ташқи сиёсат»;
«Ўзбекистон ва умумбашарий муаммолар».
93. XAMSA ASARINING MAʼNAVIY TARBIYADAGI OʻRNI
93 .Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi „Xamsa“ asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq „Xamsa“ yaratdi va turkiy tilda shunday koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. Ushbu toʻplamni Nizomiy Ganjaviyning „Panj Ganj“ („Besh xazina“) asariga havas sifatida yozilganligini oʻquvchilarga anglatmoq maqsadida „Xamsa“ning kirish qismida:
„Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasigʻa panja urmoq.“
deya taʼkid etadi.
„Xamsa“ tarkibiga „Hayrat ul-abror“, „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Sabʼai sayyor“, „Saddi Iskandariy“ kabi dostonlar kiradi.
"Hayratul-abror"da hamd, munojot, naʼt, hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, borliqqa, tabiatga, insonga boʻlgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, maʼrifiy, axloqiy va estetik munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtai nazaridan ayirmasiz, farqsizligini, podshohning hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo yoʻlida ulusdan oʻta olmaganini anglatish bilan oʻzining adolatli shoh haqidagi qarashlarini anglatadi.
94. ONA TILIGA EʼTIBOR MAʼNAVIYATGA EʼTIBOR
94.Bugun yurtimizda ona tiliga mehr-muxabbat, davlat tiliga e’tibor haqida ko’p va hóp gapirilmoqda. Bulardan maqsad, albatta, ona tilimizning nufuzi va mavqyeni oshirishdir. Men ham shu yurtning farzandi sifatida ona tilimning nufuzini oshirishga qo’limdan kelgancha harakat qilaman. Hudo hoxlasa, kelgusida tanlaydigan kasbim ham ona tili va adabiyoti bilan bog’liq, albatta.
Shuning uchun ham men bugungi kundan o’zga tillarni o’rganishdan ham oldin, avvalo, o’z ona tilimni chuqur o’rganishga bel bog’laganman. Bu ezgu ishga nafaqat o’zim, balki do’stlarimni ham chorlab kelmoqdaman. Chunki har birimiz davlat tiliga chuqur ehtirom bilan munosabatda bo’lishimiz kerak. Negaki, ona tilimiz onamiz, Vatanimiz, tug’ilgan joyimiz kabi aziz va mo’tabardir.
Navoiy bobomiz » tilga eʼtiborni elga eʼtibor » deya baholaganlar. Rostdan ham, ona tilimizga eʼtibor – bu xalqimizga eʼtibordir. Bugungi kunda mamlakatimizda davlat tilining nufuzi va maqomini oshirish boʼyicha ezgu saʼy — harakatlar amalga oshirilmoqda. Vaqtli matbuotda olimlar, shoirlar, adiblar, madaniyat sohasi vakillarining davlat tiliga oid mazmunli chiqishlarining guvohi boʼlyapmiz.
Til, adabiyot va maʼnaviyatga eʼtibor — bularning hammasi davlatimiz va xalqimizning faqat va faqat yuksalish mezonlarini belgilaydigan jihat hisoblanadi. Masalan, bugungi kunda bunyod etilgan Аdiblar xiyobonidagi ulugʼ adib va shoirlarning siymolari ham xalqimizning yuksak maʼnaviyatidan darak beradi.
95. NIGILIZM NIMA VA MAʼNAVIY TAHDID SIFATIDA
95.Nigilizm (lotincha nihil — „hech nima“) olamning, ayniqsa insoniyatning obyektiv qiymati yoʻq, deb uqtiruvchi falsafiy oqimdir.[1][2][3][4] Nigilistlar quyidagilarni taʼkidlashadi:
obyektiv axloq mavjud emas;
biror amal boshqasidan ustun qoʻyilishiga obyektiv sabab yoʻq;
mavjudlikdan maʼno va maqsad yoʻq;
boshqaruvchi yoki yaratuvchi kuchning (masalan, xudoning) borligiga empirik dalil yoʻq;
agarda shunday kuch mavjud boʻlsa ham, unga itoat qilish axloq jihatdan majburiy emas.
Nigilistlarga koʻra, obyektiv (yaʼni umumiy, hamma mavjudotlar uchun yagona) axloq yoʻq, har qanday axloq tizimi kimningdir nuqtai nazariga mos boʻladi. Lekin muayyan shaxs hissiy yoki jamoat bosimi tufayli tayinli amalni bajaradi. Masalan, qiyin ahvolga tushgan odamga achinib, shu achinish hissi bosimi tufayli unga yordam koʻrsatadi; doʻkon rastalariga qoʻyilgan mollarni oʻgʻirlashdan esa uni din va/yoki qonun prinsiplari (jamoat bosimi) tiyib turadi.
96. ISMOIL GASPRALI KIM VA UNING XALQIMIZ MAʼNAVIYATI VA MAʼRIFATI RIVOJIDAGI HISSASI QANDAY
96.Ismoil Gasprinskiy XX asr boshlarida nafaqat Rossiya musulmonlari, balki butun Sharqda mashhur va nomi chiqqan shaxslardan biri edi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o‘rtasida bo‘lgan Gasprinskiy hayotlik vaqtidayoq “millat otasi” degan nom olgani bejiz emas. 21-mart mashhur ma’rifatparvar Ismoil Gasprinskiyning tavallud kuni. Sana munosabati bilan “Daryo” mutafakkir hayoti va uning Turkistonga sayohati haqida ba’zi lavhalarni taqdim etadi.
Buyuk shaxslarning hayoti boshqalar uchun ibratli bo‘laganligi sababli ham ko‘proq e’tiborda bo‘ladi. Gasprinskiyning ham hayot yo‘li, oilasi borasida o‘nlab asarlar, tadqiqotlar yaratilgan. Shunday bo‘lsa-da, uning hayotiga doir ayrim faktik chalkashliklar uchrab turadi.
Ismoil Gasprinskiyning otasi Mustafo 1810-yilda Qrimning Gaspra qishlog‘ida dunyoga kelgan. Ismoilbey o‘ziga otasining tug‘ilgan joyiga nisbat berib Gasprinskiy deb taxallus olgani ham shundan. Shu o‘rinda uning nima uchun Gasprinskiy deb taxallus olganiga biroz to‘xtalib o‘tish lozim. O‘z vaqtida uning muxlis va izdoshlarini ham shu savol bezovta qilgan edi. Ismoilbey bu savolga “Tarjimon” gazetasiga kelgan maktubga javobida aniqlik kiritib o‘tadi. Xususan, maktubda shunday deyilgan edi: “Mashhur bir boyning uyida bo‘lgan ziyofatda ‘Tarjimon’ gazetasi haqida ancha gaplar bo‘ldi. Shu o‘rinda muharirning ismi Ismoil bo‘lsa ham familiyasi nima uchun Gasprinskiy ekan, degan savollar bo‘ldi. Ziyofat davomida turli javoblar aytilgan bo‘lsa hamki, bu masalaga oydinlik kiritilmadi. Javobini muharrirdan eshitishga qaror qilindi”. Gasprinskiy maktubdagi savolga shunday javob beradi: “Qrimda Gaspra nomida bir qishloq bor, muharrirning otasi mana shu qishloqdan. Shuning uchun ham qrimcha Gasprali, sibircha Gaspringiy, sartcha Gaspralik, arabcha al-G‘asfriy, ruscha yo Gasprov, yo Gasprinskiy deyilsa joiz. Masalaning javobi mana shu”. Hozirgi tadqiqotlarda ham uning ismi turlicha — Turkiya va Qrimda Gasprali, Amerika, Yevropada va xususan bizda ham Gasprinskiy nomi qo‘llanilib kelinmoqda.
97. OʻZBEK XALQI MAʼNAVIY TARAQQIYOTINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
97 Ma'navnyat" va uning o’zagidan yasalgan "ma'naviy" sifatlashining qo’llanish doirasi keskin kengayib, ularning lug’aviy va atama sifatidagi mazmuni behad boyib bormoqdaki, bu esa ma'naviyatni aloqida ilmiy tushuncha sifatida o’rganishni, uning madaniyat, ong, tafakkur, dunyoqarash, ruhiyat hamda badiiy, siyosiy, axloqiy qadriyatlar va shu singari boshqa tushunchalar tizimidagi o’rnini aniqlashni, ular bilan o’zaro munosabatini tahlil qilishni taqozo etmoqda.
Ma'naviyat harakatdagi ong, dunyoqarash, iroda, urf- odatlar, madaniy qadriyatlar tizimi hamda u aqliy va hissiy muhit sifatida ijtimoiy hayotning barcha sohalari va shakllari bilan bevosita bog’liq. Ko’p larda ularga nisbatan aqliy, g’oyaviy-mafkuraviy negiz vazifasini o’taydi, ammo o’zi ham ijtimoiy hayot yangiliklari hisobiga boyib boradi: shaklan rang-baranglik, mazmunan teranlik kasb etadi.
O’zbek xalqining ma'naviyati uning tarixan bosib o’tgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy rivojlanish yo’liga, iymon-e'tiqodiga, dunyoqarashiga, irodasiga, jamiyatda qaror topgan muhitga mos ravishda shakllangan va kamol topib bormoqda. Ma'naviyatimizning gurkirab yuksalgan yoki tanazzulga yuz tutgan davrlari bo’lgan.
98. KOSMOPOLITIZM VA UNING MAʼNAVIYATIMIZGA TAHDIDI
98.KOSMOPOLITIZM (yun.kosmopolites — kosmopolit, jahon fuqarosi) — «jahon fuqaroligi» deb atalgan gʻoyani targʻib qiluvchi mafkoʻra. Iskander (Aleksandr) yurishlari davrida paydo boʻlgan. Uygʻonish va Maʼrifatchilik davrlarida jahon fuqaroligi ideali olgʻa surilib (Dante, Kampanella), individning zamindor boylar zulmidan ozod boʻlish gʻoyasini (Lessing, Gyote, Shiller, Kant, Fixte) ifodalagan. Kosmopolitizm milliy anʼana va madaniyatdan, vatanparvarlikdan voz kechishga — bevatanlikka daʼvat etadi.
Kosmopolitizm bu butun insoniyat bir jamoaga tegishli ekanligi aniqlangan mafkura. Shunday qilib, masalan, siyosatda, kelib chiqishi, fuqaroligi yoki maqomidan qat'i nazar, barcha odamlar bir xil fikrlarga ega va bir xil hurmatga ega deb ta'kidlaydilar.Kosmopolitizmning dastlabki postulantlari qadimgi Yunonistonda stoitsizm maktabi va kinik maktabida paydo bo'lgan. Demak, "kosmopolit" yoki "dunyo fuqarosi" tushunchasi insonni kelib chiqishi shahri bilan aniqlab bo'lmasligini aniqlash usuli sifatida paydo bo'lgan. Shu tarzda ular yunon erkaklarining odamlarni kelib chiqishiga qarab taqsimlash borasidagi an'anaviy odatlariga qarshi chiqdilar.
Kosmopolit idealining tarixi yunonlardan keladi. Dastlab qadimgi madaniyatlar erkaklarni ma'lum bir "polis" yoki shahar bilan bog'langan fuqarolar sifatida aniqladilar. Ushbu identifikatsiya qaysi muassasalar va odamlar guruhiga sodiqligi uchun qarzdor ekanligini belgilab qo'ydi.
Miloddan avvalgi IV asrda bo'lgan. C. Sinop Diogen, shuningdek, "kinik" deb nomlanganida, "kosmopolitizm" tushunchasiga aniqroq shakl berib, o'zini "dunyo fuqarosi" deb atagan. Shu tarzda aniqlash nafaqat mafkura, balki sadoqat va shahar xizmatiga qarshilik ko'rsatdi.
99. YOSHLAR TERRORIZM VA EKSTREMIZMGA QARSHI KURASHISHDA YETAKCHI KUCH
99.Terrorizmga odamlarni qoʻrqitish, tahdid, oʻldirish, mol-mulkni tortib olish, yoʻltoʻsarlik, zoʻravonlik qilish, yakka yoki jamoaviy tarzda jinoiy rejani amalga oshirish kiradi. Ushbu harakatlarni sodir etuvchi shaxslarning maqsadi kishilarni qoʻrquv, tahlikaga solish, boshqalarning hayoti, erkinliklari va mol-mulkini xavf-xatarga qoʻyishdir.
Hozirgi vaqtda kuchga asoslangan ekstremizm va terrorizm barqaror rivojlanish va dunyodagi millatlararo totuvlikka tahdid solmoqda. Bu esa ularni bartaraf etish yoʻllarini izlash uchun birgalikda harakat qilishni talab etadi.
Ushbu maqsadlarda soʻnggi yillarda qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Jahonda shiddat bilan oʻzgarayotgan notinch va murakkab vaziyat, turli mojarolar jonajon Vatanimiz xavfsizligini, el-yurtimizning osoyishta hayotini taʼminlash hamda mavjud tahdid va xatarlarga munosib javob berishga doim tayyor turishimizni taqozo etmoqda.
100. MISSIONERLIK MAʼNAVIYATGA TAHDID
100.Missionerlik (missiya soʻzidan), tabshir, mubashshirlik — biror dinga eʼtiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targʻib qilish. Missionerlik, asosan, xristianlikka xos.
Papua Yangi Gvineyadagi katolik missionerlar
13—16-asrlarda xristian missionerligi Hindiston, Xitoy, Yaponiyaga kirib bordi. Katolik cherkovida missionerlik Ispaniya va Portugaliya imperiyalari tashkil topgach (15—16-asrlar), faoliyatini kuchaytirdi. Missionerlik Rim imperiyasiga yangi yerlarni oʻz taʼsiri ostiga olishda katta yordam berdi. Katolik missionerligiga rahbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662-yilda Diniy targʻibot kongregatsiyasini taʼsis etdi.
Missionerlik 19-asrda faollashdi, ayniqsa, xristian missionerlari Afrikada faoliyatlarini kuchaytirdilar va oʻz mamlakatlarining siyosatini oʻtkazishga yordam berdilar.
Oʻzbekiston Respublikasining „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida“gi qonuni 5-moddasiga koʻra, Oʻzbekistonda har qanday missionerlik faoliyati man etiladi.
101. MAʼNAVIY VA HUQUQIY DAVLAT
101.Aytishimiz mumkinki, bugun axborot oqimi sharofati bilan jamiyatimizning dunyo qarashi, dunyoviy bilimlar haqidagi fikri, bilimi, ancha yuqoriladi, boshqa tomondan olib qaraganda esa axborot texnologiyalarining rivoji, bugungi o'zbek xalqining insoniy fazilatlarni qadrlashi, uning milliy madaniyati allaqachon g'arb madaniyati bilan chatishib ulgurishiga imkon ham ochib berdi. Muammoning dolzarbligi ham shunda, ma'rifatli jamiyatdagi shaxslar nafaqat bilimli ularning o'rtasidagi hurmat, madaniyat, millati, xalqiga, yurtiga bo'lgan muhabbat tufayli o'zaro yakdil bo'lib birgalikdagi totuv hayot tarzini, harakatini ham talab qiladi.
Ma'naviyat demokratik huquqiy mamlakatdagina yuksaladi. Inson hayotini ma'naviyatsiz tasavvur qila olmaganimizdek, huquqsiz ham tasavvur qila olmaymiz. Tarixiy taraqqiyot jarayonida «demokratiya» tushunchasi shaklan va mazmunan boyib, takomillashib kelgan. Bu jarayon bugungi kunda ham davom etmoqda. Zero, demokratiya eng rivojlangan davlatlarda ham yuqori takomil nuqtasiga, ideal darajaga yetgani yo'q. Chunki demokratiya bosqichma-bosqich rivojlanadigan jarayon bo'lib, har bir millat va jamiyat, har bir davrda uni tushunish, talqin etish va amaliyotda qo'llashda o'ziga xos xususiyatlar namoyon bo'ladi. Bu o'ziga xoslik xalqning bosib o'tgan tarixiy yo'li, milliy mentaliteti, an'analari, amaldagi ijtimoiy munosabatlarning xarakteri kabi omillar bilan belgilanadi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta'kidlaganidek, «Hammani bir qolipga solib bo'lmaydi. Shuningdek, davlatlarni ham bir qolipga solish va bozor munosabatlariga o'tish, demokratiyani barpo etish nuqtayi nazaridan ularga bir xil yondashuvlarni qo'llash yaramaydi».
102. MAʼNAVIYAT BOʻLMAGAN JOYDA HECH QACHON ADOLAT BOʻLMAYDI.
102.Aslida, ma'naviyat minglab yillarda paydo bo'ladi, shakllanadi, mustahkamlanadi. Ammo johillar birlashib, uni qisqa fursatda mahv etishi ham mumkin. Ma'naviyatga qanchalik kuchli e'tibor qaratilsa, shunchalik yuksalib boraveradi. U odamlarning har bir hatti-harakati, fikrlash tarzi, o'y-hayollari so'zga aylanganida namoyon bo'ladi.
Bugun ma'naviyat masalasi ayrim kimsalar tomonidan o'zaro muloqotdan tortib, saytlaru, feysbuklardagi “Ma'naviyat kerakmi?” degan iddaoli chiqishida, turli rolik va ahmoqona videolavhalarda o'zligini ko'rsatmoqda.
Avvalo bunday savolning o'zi g'irt be'manilik. Chunki ma'naviyat masalasi har bir davrda, hammakga kerak bo'lgan va bo'ladi ham. Kuni kecha davlatimiz rahbari ma'naviyat masalasi haqida ochiq haqiqatni aytdi. Bu bugun haqiqatlar yashirmay aytilayotganidan muammolarning tag zamiriga etib borilayotganidan dalolat bermoqda.
103. AVESTONING YARATILISH TARIXI VA MILLIY MAʼNAVIYATIMIZDAGI AHAMIYATI
103.O’rta Osiyoning qadimgi tarixini o’rganishda “Avesto” ning o’rni beqiyosdir. Unda diniy e’tiqod va xalqlarning o’zaro aloqalari bilan bir qatorda ularning hayoti, turmushi, urf-odatlari, marosimlari aks ettirilgan. Shuningdek bu buyuk asarda tarix, falsafa, dinshunosli, manbashunoslik, geografiya, etnografiya va umuman, ijtimoiy-siyosiy hayotnig barcha jabhalariga oid eng qadimgi ma’lumotlar to’plangan.
“Avesto” da bayon etilgan asosiy g’oyalar, diniy e’tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomi bilan bog’langan. Olimlar zardushtiylik dini ta’limotini quyidagi uchta tarixiy qism (davr) ga bo’lib o’rganadilar, birinchisi, eng qadimiy qismi miloddan avvalgi uch ming yillikda vujudga kelgan ilohlarga aytilgan madhu sanolar-yashtlardir; ularda qabila-urug’chilik tuzumidagi e’tiqodlar, ko’p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; ikkinchisi, gatlardeb atalgan qismidir. Bunda Axuramazda nomli xudo haqida fikrlar yozilgan; uchinchisi, qadimiy ko’pxudolik va keyingi yakkaxudolik g’oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan oldingi V asrda har ikkisini kelishtiruvchi mazdaviylik dini shakllangan. “Avesto” bu dinning oxirgi va asosiy qismini bayon etgan55.
104. KORRUPSIYA NIMA UNING QANDAY TURLARI MAVJUD?
104.Korrupsiya atamasi lotincha “orruptio” soʻzidan olingan boʻlib, pora berib sotib olish, buzilish, ishdan chiqish, axloqiy (maʼnaviy) buzilish degan maʼnolarni anglatadi. Odatda mansabdor shaxs tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan, shuningdek, bu bilan bogʻliq rasmiy nufuz maqomidan, imkoniyatlar va aloqalaridan oʻzlarining shaxsiy manfaatlarini koʻzlab qonunchilik va axloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.
Jamiyatda korrupsiya oddiy xalq vakillarining yuqori amaldorlarga yoxud davlat amaldorlarining oʻzaro bir-birlariga boʻlgan munosabatidan kelib chiqadi. Ushbu salbiy holatning har qanday koʻrinishi jamiyatni halokat yoqasiga olib borishi muqarrardir.
Korrupsiyaning tarixi antik davrlarga borib taqaladi.
Korrupsiya har qanday davlat va jamiyat rivojiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xavfli omil, barcha mamlakatlarga tahdid soluvchi murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hodisadir. Zero, bu omil tufayli davlatning rivojlanishi sekinlashadi, hukumat tizimi ishdan chiqadi, demokratik institutlarga putur yetadi. U saylov jarayonlariga salbiy taʼsir qilib, qonun ustuvorligiga jiddiy ziyon yetkazadi. Shu bilan birga, uning taʼsiri ostida fuqarolarning ijtimoiy adolatga, haqiqatga va davlat organlariga ishonchi yoʻqoladi.

105. JADIDCHILIK HARAKATI VA UNING XALQ MAʼNAVIYATINI YUKSALTIRISHDA MAXMUDXOʻJA BEHBUDIYNING ROLI


105. Behbudiy 1875-yilning 19-yanvarida (hijriy 1291 10-zulhijja) Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlogʻida ruhoniy oilasida dunyoga kelgan. Otasi Behbudxoʻja Solihxoʻja oʻgʻli Turkistonlik, Ahmad Yassaviyning avlodlaridan, ona tomondan bobosi Niyozxoʻja Urganchlik boʻlib, amir Shohmurod zamonida (1780 – 1785) Samarqandga kelib qolgan.
Behbudiy 1914-yilda „Samarqand“ gazetasini chiqaradi. Gazeta oʻzbek va tojik tillarida, haftada 2-marta chop etildi. 45-soni chiqqach, moddiy tanqislik tufayli nashr toʻxtadi. Shu yil 20-avgustdan u „Oyna“ jurnali chiqara boshladi. Haftalik, suratli bu jurnal asosan oʻzbekcha boʻlib, sheʼr, maqola (forscha), eʼlonlar (ruscha) ham berib borildi. Jurnal Kavkaz, Tatariston, Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Turkiyagacha tarqaldi. Behbudiy kitob nashrini ham yoʻlga qoʻyadi. Fitratning „Bayonoti sayyohi hindi“sini ruschaga tarjima qildirib bostirdi (1913).

106. PREZIDENTIMIZ SH. MIRZIYOYEVNING BMT NING 72- SESSIYADAGI NUTQIDA QANDAY TAKLIFLARNI ILGARI SURDI?


106.Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT minbaridan turib, Oʻrta Osiyoni tinch va gullab-yashnayotgan hududga aylantirish, Orol muammosini hal qilishda umumjahon ishtiroki, Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish va butun dunyo yoshlarini terrorchilik xavfidan asrab qolish kerakligi haqida gapirdi.
Xususan, Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda Oʻzbekistonda muhim iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar olib borilayotgani, Oʻzbekiston Oʻrta Osiyo mamlakatlari bilan doʻstona qoʻshnichilik munosabatlari rivojlantirishga harakat qilinayotgani haqida soʻzlab berdi.
Shuningdek, Oʻzbekiston prezidenti hudud xavfsizligiga tahdid solayotgan muammalar Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish masalasiga alohida toʻxtalib oʻtdi. Bu borada Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidenti maʼmuriyatining Afgʻoniston bilan qoʻshni mamlakatlar bilan kelishgan holda tinchlik oʻrnatish tashabbusini qoʻllab quvvatladi.
Undan tashqari Shavkat Mirziyoyev Oʻrta Osiyoning ekologik muammosi boʻlgan — qurib qolayotgan Orol dengizi borasidaham toʻxtalib oʻtdi. Oʻzbekiston prezidenti oʻzi bilan olib kelgan xaritani namoyish qildi.
Soʻzining davomida Shavkat Mirziyoyev butun dunyo yoshlari orasida terrorchilik tarqalib borayotganiga eʼtibor qaratdi. Oʻzbekiston prezidenti ushbu muammoni yoshlarga oʻz imkoniyatlarini namoyish qilish uchun yangi sharoitlar yaratib berish orqali ushbu muammoni hal qilishni taklif qildi.
Nutqining soʻnggida Oʻzbekiston prezidenti butun dunyoda taʼlim va oʻrganish orqali diniy toqatlilikni oshirishga daʼvat qildi. Prezident bu borada Oʻzbekistonda islom tsivilizatsiyasi markazi tashkil qilinayotganini eslatib oʻtdi.

107. MAʼNAVIY TAHDID, UNING ZAMONAVIY KOʻRINISHLARI QANDAY?


107 .Ma'naviy qadriyatlar kishilar ma'naviy faoliyati mahsuli, bilishning murakkab jarayoni natijasida yuzaga kelgan bilim,qarash, malakalar samarasidir. Ma'naviy qadriyatlarni yaratishdan ko'zlangan bosh ma'no - bu moddiylikni ideallikka "bo'ysundirish" Milliy va umuminsoniy ma'naviyat va qadriyatlardan to'la bahramand bo'lmagan, ona tilini bilmagan jamiyatning har tomonlama rivojlanishiga ongli tarzda hissa qo'shmagan inson ma'naviy qashshoqdir. Mustaqil respublikamiz istiqbolini belgilovchi har bir fuqoroning o'z burchi va majburiyati mohiyatida ma'naviyat va axloqiylikni qayta tiklash; o'zbek xalqi asrlar mobaynida yaratgan madaniy boyliklarni , noyob tarixiy obidalarni avaylab saqlash va kelgusi avlodlarga yetkazish tadbirlarini ko'rish ; qadimiy va zamoniviy xalq qadriyatlarini, adabiyot va san'atni bilish va rivojlantirish; respublikada yashovchi boshqa xalqlar madaniyatiga, tiliga hurmat bilin munosobatda bo'lish; hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirish; ma'naviy mulkni milliy qadriyat sifatida himoya qilish; oilani milliy qadriyatlar asosida mustahkamlash; ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida umuinsoniy va milliy qadriyatlarning mazmuni va mo hiyatini chuqur o'rganishga erishish kabi shartlarni amalga oshirish yotadi.Bir so'z bilan aytganda, insoniyat paydo bo'libdiki, hamisha odamiylik qiyofasini, fe'l-atvorda o'ziga yarashadigan xatti-harakatlarini, u yoki bu fazilatlarini mujassamlashtirishga intilgan.Hozirgi zamon kishisida odob, xulq-atvor qoidalari asrlar davomida tarkib topib, takomillashgan .Bu fazilatlar har bir odamning zohiriy va botiniy xislatlarida, o'zini tuta bilishida, xatti-harakatida, muomala-munosabatida o'z ifodasini topgan.

108.DINNING INSON KAMOLOTIDAGI TUTGAN OʻRNI QANDAY?


108.Din jamiyat hayotida muhim o'ringa ega. U kishilarda ezgulikka intilish, o'zini ruxan va jismonan poklash, atrofidagilarga manfaat yetkazish, hayotni qadrlash kabi ijobiy hislatlarni shakllantiradi.
Dinlar kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. dunyo haritasidagi deyarli har bir mamlakatda yashovchi xalq muayyan dinga e'tiqod qiladi, uning o'z urf odat va an'analari mavjud. Dunyo xalqlari tarixini o'rganishda ularning diniy qaralashlari, e'tiqodlari va diniy amaliyotlarini e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
Din insoniyatning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog'liq bo'lib hayotda doimo u bilan birga chambarchas bog'liq bo'lib, hayotda doimo u bilan birga bo'lib kelgan.
Bugungi kunda ba'zi kuchlar dinning jamiyatdagi vazifalaridan g'arazli maqsadlarda foydalanishga urinishlarini ham kuzatish mumkin. Natijada minglab kishilar dinsizlikda ayblanib, qonlari to'kilmoqda. Turli diniy shiorlarning noto'gri talqin qilinishidan ham begunoh insonlar jabr chekmoqda.
Ana shunday salbiy holatlarning oldini olishda dinning turli xalqlar o'rtasida muloqot o'rnatishi, ularni ma'naviy va ruhiy jihatdan yaqinlashtirishi, zulm va zo'ravonlikka qarshi birgalikda kurashga chaqirishi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Barcha dinlar ezgulikni targ'ib qiladi. Din va ilm-fan bir-birini to'ldirib turadi. Din jamiyatda insonlar dunyoqarashini shakllantirish, tasalli berish (kompensatorlik), birlashtirish, boshqarish, kommunikativlik, ruhiy-ma'naviy tarbiyalash kabi bir qator vazifalarni bajarib kelgan.

109. Mustaqillik yillarida milliy ma’naviyatning tiklanishi va rivoji


109.Mustaqillik dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz ma`naviy merosini tiklash ishlari boshlanib ketdi.Ma`naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha etib kelgan ma`naviy boyliklar – siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq – odob me`yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san`at asarlari majmuidir. Ma`naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo`l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o`sha davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat o`zgarishi bilan yo`qolib ketmaydi, keyingi avlodlar uchun meros bo`lib qoladi. Har bir avlod ma`naviyatni yangidan yaratmaydi, balki mavjud ma`naviy merosga tayanadi. Mustaqillik yillarida xalqimiz ma`naviyati yulduzlari bo`lgan buyuk allamalarimizning tavallud topgan tarixiy sanalari YuNESKO bilan hamkorlik mamlakatimizda va xalqaro miqyosida keng nishonlandi:
1991 yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi
1992 yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi;
1993 yil – Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi;
1994 yil – Mirzo Ulug`bek tavalludining 600 yilligi;
1996 yil – Amur Temur tavalludining 660 yilli;
1997 yil – Abdulhamid Sulaymon o`g`li Cho`lpon tavalludining 100 yilligi;
1998 yil – Ahmad al-Farg`oniy tavalludining 1200 yilligi;
1999 yil – «Alpomish» dostoni yaratilganining 1000 yilligi;
Buyuk allomalarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o`nlab noyob asarlari turli tillarda nashr etildi, ularga atab haykallar o`rnatildi, ziyorathoglar, bog`lar yaratildi.
1991 yilda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi.Shu yili O`zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta`sis etildi. Yubiley yilida «Lison ut-tair», «Sab`ai-sayyor», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Hayrat-ul abror» asarlari nashr qilindi, kinofil`mlar va sahna asarlari yaratildi. 1991 yil 28 sentyabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Alisher Navoiy haykali va Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy bog`ining ochilishi marosimi bo`lib o`tdi.
1996 yil yanvarda Respublika “Ma`naviyat va marifat” jamoatchilik Markazi huzurida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg`armasi tuzildi. 1996 yil 27 sentyabrda Respublika Vazirlar Mahkamasining “ “Oltin meros” xayriya jamg`armasini qo`llab-quvvatlash to`g`risida” gi qaroriga binoan mazkur jamg`arma davlat tomonidan moddiy jihatdan qo`llab quvvatlandi.
110. Milliy-ma’naviy tiklanish konsepsiyasi va uning mazmun-mohiyati
110. I. A. Karimovning milliy- ma`naviy tiklanishga bag`ishlangan konsepsiyasida vatanparvarlikning shaxs ma`naviyatining ajralmas qismi ekanligini asoslab berish alohida o`rinni egallaydi. Haqiqatdan ham o`z vatanini sevmagan uning har bir qarich yeri uchun mas`ulligini his etmagan har bir inson ma`naviy jihatdan qashshoq hisoblanadi. Prezidentimiz mazkur asarida milliy-ma`naviy tiklanish vazifasini amalga oshirishga bag`ishlangan konsepsiyalarni o`zining boshqa asarlarida ijodiy rivojlantirgan, taraqqiyotimizning yangi bosqichida yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish ehtiyojlariga mos ravishda uning yangi yo`nalishlarini belgilab bergan. Prezidentimizning asarlarida ilgari surilgan konseptual g`oyalarni umumlashtiradigan bo`lsak, ular quyidagi yo`nalishlarni o`z ichiga oladi
-ma`naviy me`ros va diniy qadriyatlarni chuqur o`zlashtirish, millatimizni o`z-o`zini anglashiga erishish,milliy g`urur va iftihor tuyg`ularini izchillik bilan mustahkamlash;
-mustaqillik sharoitida milliy g`oya va milliy mafkurani shakllantirish hamda uni xalqimiz dunyoqarashiga aylanishiga erishish;
-ta`lim tizimini islox qilish, kadrlar tayyorlashning milliy dasturini amalga oshirish asosida barkamol avlodni shakllantirish, sog`lom avlod dasturini amalga oshirish asosida jismoniy baquvvat, ruhi, fikri sog`lom, iymon-e`tiqodi butun,bilimli, ma`naviyati yuksak, mard va jasur vatanparvar avlodimizni shakllantirish;
-milliy-ma`naviy salohiyatimizni jaxon sivilizatsiyasidagi o`rnini tiklash va bugungi kunda ma`naviyat, ma`rifat, fan, texnika, texnologiya yutuqlarini chuqur o`zlashtirish asosida hozirgi zamon umumjaxon ma`naviyati tizimi rivojlanishiga hissa qo`shish; yoshlar ma`naviyatining milliy istiqlol g`oyalari bilan boyitib borish, ular ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirish-insoniyatni asrlar davomida yaratgan va umumjaxon mulkiga aylangan barcha boyliklarini milliy-ma`naviy salohiyatimizning ajralmas qismiga aylantirish kabilardir.
111 Yangi O’zbekistonning ma’naviy yangilanish strategiyasi
111.Jamiyatdagi ma'naviy yangilanishlar har bir insonni qalban-ruhan ezgu maqsadlar yo'lida birlashtirishga xizmat qiladi. Bu yo'lda milliy g'oya, milliy ma'naviyat har bir xalqning amaliy dasturiga aylanadi. Birlashgan jamiyat yuksak metin qoyadek sobit turadi, birlasholmagan jamiyat qumday sochilib ketishi mumkin. Har bir mamlakatni, avvalo, birlashgan fidoyilar yuksaltiradi! Yangi yilning dastlabki kunlari ana shunday oydin niyatlar bilan boshlandi. O'tayotgan kunlar hayotimizni har tomonlama tahlil qilishni taqoza etmoqda. Shukronalar bo'lsinki, bizning sarhisob qiladigan, xulosa chiqaradigan, ibrat oladigan qadriyatlarimiz etarli. Ayniqsa, keyingi yillar mustaqil yurtimiz tarixida alohida qayd etiladigan yorqin voqealarga boy bo'ldi.Bugungi kunda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ulug'vor maqsad kun tartibiga qo'yildi. Taraqqiyotning yangi davri talablari asosida mamlakatimizda amalga oshiriladigan eng muhim vazifalar belgilab olindi.Mamlakatimizni rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar O'zbekistonning yangi Renessansiga – yangi Uyg'onish davriga mustahkam poydevor bo'lishi lozim. Ana shu ma'noda bundan bir yil muqaddam, aynan 19 yanvar` kuni O'zbekiston respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo'lib o'tgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashining ilk yig'ilishi mamlakatimiz taraqqiyotida yangi burilish davrini boshlab berganligini alohida ta'kidlamoq joiz. Unda ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini mustahkalash, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish, sohada ilmiy yondashuvni keng joriy etish, ilg'or tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha aniq choralar belgilandi.
112.Ma’naviy yangilanishlarda inson ko’rsatkichi muhim mezon sifatida
Jamiyatdagi ma'naviy yangilanishlar har bir insonni qalban-ruhan ezgu maqsadlar yo'lida birlashtirishga xizmat qiladi. Bu yo'lda milliy g'oya, milliy ma'naviyat har bir xalqning amaliy dasturiga aylanadi. Birlashgan jamiyat yuksak metin qoyadek sobit turadi, birlasholmagan jamiyat qumday sochilib ketishi mumkin. Har bir mamlakatni, avvalo, birlashgan fidoyilar yuksaltiradi! Yangi yilning dastlabki kunlari ana shunday oydin niyatlar bilan boshlandi. O'tayotgan kunlar hayotimizni har tomonlama tahlil qilishni taqoza etmoqda. Shukronalar bo'lsinki, bizning sarhisob qiladigan, xulosa chiqaradigan, ibrat oladigan qadriyatlarimiz etarli. Ayniqsa, keyingi yillar mustaqil yurtimiz tarixida alohida qayd etiladigan yorqin voqealarga boy bo'ldi. Bugungi kunda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ulug'vor maqsad kun tartibiga qo'yildi. Taraqqiyotning yangi davri talablari asosida mamlakatimizda amalga oshiriladigan eng muhim vazifalar belgilab olindi.
113-114Ma’naviy-ma’rifiy strategik islohotlar va uning barkamol inson tarbiyasidagi roli
113-114.Xalqimiz ma’naviyat va madaniyat, ta’lim va tarbiya sohalarida boy merosga ega bo‘lib, yosh avlodni hamisha insonparvarlik, vatanparvarlik, do‘stlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat, birodarlik va kamtarlik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelgan. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida ta’kidlaganlaridek, «Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir» Inson ma'naviyatini yuksaltirmasdan turib, xalqimiz hayoti va turmushi yuksalishida, hamda mamlakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishish qiyin. Islohatlarning birinchi bosqichida milliy ma'naviyatni yuksaltirish yo’lida ko’zlangan maqsad to’la amalga oshirildi va ikkinchi bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarga zamin hozirlandi. Ma'naviy, mafkuraviy parokandalik davriga barham bеrildi. Ijtimoiy hodisalar bilan birga milliy ma'naviyatimiz yuksala bordi. Yurtboshimiz Islom Karimov «O’zbеkiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo’lida» asarida ta'kidlaganidеk: «Xalqning ma'naviyati va madaniyati, uning xaqiqiy tarixi va o’ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilanish va taraqqiy ettirish yo’lidan muvaffaqiyatli olqa siljishida hal qiluvchi, ta'bir joiz bo’lsa, bеlgilovchi ahamiyatga egadir...». qaqiqatan faqat ma'naviy erkin va ozod xalq tеran va komil tafakkur tufayli har sohada katta yutuqlarga erishishi mumkin. Boshqacha aytganda, faqat ma'naviy soqlom, kuchli jamiyatgina islohatlarga tayyor bo’lishi mumkin.

115.Uchinchi renessans poydevorini yaratishda asosiy ma’naviy mezonlar


115.“Renessans” lugʻaviy fransuzcha “qayta tugʻilish” degan maʼnoni anglatadi. Atama sifatida uning mazmuni ancha keng: madaniyatda, ilm-fanda, sanʼatda, taʼlim-tarbiyada, umuman, jamiyat hayotida uzoq muddatli turgʻunlikdan keyin qayta jonlanib, tez rivojlanishni, ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimi yangi sifat bosqichiga chiqishini bildiradi. Ilk bor atama Yevropada oʻrta asrlar mutaassibligidan keyin 15-16 asrlardagi rivojlanish davriga nisbatan qoʻllanilgan. Renessans atalmish mazkur ijtimoiy hodisa oʻzbek tiliga Uygʻonish davri deb oʻgirilgan. Darhaqiqat, shiddat bilan rivojlanayotgan hayotimizda roy berayotgan yuksalish jarayonlari ozini barcha sohalarda namoyon etmoqda. Binobarin, mustaqillikka erishgan yillarimizning ilk davrida biz ozimizning milliy ozligimizni anglash, boy tarixiy-manaviy hamda ilmiy merosimizning asl mazmun-mohiyati magzini chaqish va uni royobga chiqarishga intilgan bolsak, endilikda xalqimiz jipslanib «milliy tiklanishdan milliy yuksalish» goyasini sobit qadamlik bilan amalga oshirishga kirishdi. Davlatimiz rahbari hozirgi davrni milliy tiklanishdan milliy yuksalish tomon deb elon qilganligining zamirida qatiy ishonch va chuqur hikmat mujassam. Negaki, keyingi 10 yilligimiz asl yuksalish va taraqqiyot davri bolishi muqarrar. Zero oxirgi yillarda qabul qilingan va albatta qilinajak qonunlar, farmon va qarorlar, amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar taraqqiyotning yangi ufqlariga asos boladi.
116.Uchinchi Renessans ‒ milliy g’oya sifatida
116. Ozbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yillik tantanalarida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining: «Xalqimizning ulugvor qudrati josh urgan hozirgi zamonda Ozbekistonda yangi bir uygonish Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda», - degan sozi yangradi. 
Darhaqiqat, shiddat bilan rivojlanayotgan hayotimizda roy berayotgan yuksalish jarayonlari ozini barcha sohalarda namoyon etmoqda. Binobarin, mustaqillikka erishgan yillarimizning ilk davrida biz ozimizning milliy ozligimizni anglash, boy tarixiy-manaviy hamda ilmiy merosimizning asl mazmun-mohiyati magzini chaqish va uni royobga chiqarishga intilgan bolsak, endilikda xalqimiz jipslanib «milliy tiklanishdan milliy yuksalish» goyasini sobit qadamlik bilan amalga oshirishga kirishdi. Davlatimiz rahbari hozirgi davrni milliy tiklanishdan milliy yuksalish tomon deb elon qilganligining zamirida qatiy ishonch va chuqur hikmat mujassam. Negaki, keyingi 10 yilligimiz asl yuksalish va taraqqiyot davri bolishi muqarrar. Zero oxirgi yillarda qabul qilingan va albatta qilinajak qonunlar, farmon va qarorlar, amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar taraqqiyotning yangi ufqlariga asos boladi.
117Adabiyot va kitobxonlik ma’naviyatni yuksaltirish asosi
117.Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.
Xalqimiz tilida kitob o‘qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”. Bunday hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabr kuni qabul qilingan PQ-3271 sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan joylarda kitobxonlik, mutolaa madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
118. Yangi O’zbekiston: yangilanish va taraqqiyot omillari
118. Yangi O'zbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, sub'ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo'lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy vaziyatning o'zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to'la javob beradigan ob'ektiv zaruratdir.Yangi O'zbekiston – demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umume'tirof etilgan norma va printsiplarga qat'iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do'stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo'lgan davlatdir.O'tgan tarixan qisqa davrda islohotlar tufayli erishgan natijalarimiz haqida uzoq gapirmoqchi emasman. Bu mavzuda mamlakatimiz hamda chet el ommaviy axborot vositalari orqali nufuzli davlat va siyosat arboblari, ekspert va tahlilchilarning fikrlari muntazam e'lon qilib kelinmoqda.Bunday xolis baholar barchamizni quvontiradi. Ayni vaqtda shuni ta'kidlashni istardimki, biz bu demokratik o'zgarishlarni kimlargadir yoqish, maqtanish, turli reytinglarga kirish uchun emas, aksincha, demokratik jarayonlar o'zimizga suv bilan havodek zarur bo'lgani uchun, xalqimiz, avvalambor, yosh avlodimizning bugungi hayoti va ertangi istiqbolini o'ylab, milliy manfaatlarimiz yo'lida amalga oshirmoqdamiz.Biz – O'zbekiston fuqarolari jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi shiddat bilan o'zgarib, hayotimizda yangicha munosabatlar, yangi imkoniyat va qadriyatlar shakllanayotganini hammadan ham ko'proq his etmoqdamiz. Ayniqsa, “inson huquq va erkinliklari”, “qonun ustuvorligi”, “ochiqlik va oshkoralik”, “so'z erkinligi”, “din va e'tiqod erkinligi”, “jamoatchilik nazorati”, “gender tenglik”, “xususiy mulk daxlsizligi”, “iqtisodiy faoliyat erkinligi” singari fundamental demokratik tushunchalar va hayotiy ko'nikmalar hozirgi vaqtda real voqelikka aylanib borayotgani e'tiborlidir.
119.Ta’lim va tarbiya: yangi imkoniyatlar 119.Taʼlim-tarbiya sohasida ham soʻnggi yillarda ulkan oʻzgarishlar roʻy berdi. Tizim tubdan isloh qilindi. Mazkur sohada yoshlar manfaatlarini koʻzlab koʻplab oʻzgarishlar amalga oshirildi. Birinchidan, maktabgacha taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari faoliyati tubdan yangilandi. Oʻtgan besh yil davomida kichik yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi ikki barobar ortib, 60 foizga yetdi. Bugungi kunda bogʻchalar soni 14 mingdan oshdi. Dars sifatini oshirish maqsadida boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan yosh oʻqituvchilar oyligiga ustama haq toʻlash tizimi joriy etildi.Bundan tashqari, yoshlarning chuqur bilim olishini taʼminlash maqsadida oʻtgan yillarda 98 ta ixtisoslashgan maktab tashkil etildi. Har bir hududda Prezident maktablarining tashkil etilishi ham iqtidorli va barkamol yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqdaIkkinchidan, yoshlarning oliy taʼlimga qamrovi oshirildi. 2016-yilda mamlakatimizda 65 ta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritgan boʻlsa, 2021-yilda respublikadagi jami oliy taʼlim tashkilotlari soni ikki barobardan koʻproqqa ortib, 127 taga yetdi.2016/2017 oʻquv yilida oʻqishga qabul qilish parametrlari 57 907 nafarni tashkil etgan boʻlsa, 2021/2022 oʻquv yilida qabul parametrlari qariyb uch barobar oshirilib, 157 755 ni tashkil etadi. Xususan, davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari ham 1,5 barobar oshirildi.Uchinchidan, taʼlim tizimidagi davlat siyosati takomillashtirildi. Taʼlim sohasini tubdan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida yangi tahrirdagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun bilan yoshlarning uzluksiz taʼlim olishini taʼminlash maqsadida kunduzgi taʼlim shakli bilan bir qatorda sirtqi, kechki va masofaviy taʼlim shakllari joriy etildi. Dual taʼlim yoʻlga qoʻyildi.
120.Ayol baxtli bo’lsa, jamiyat baxtlidir
120 Barchamizga ayonki, onalarni, ayol zotini eʼzozlash el-yurtimiz uchun azal-azaldan ezgu qadriyat boʻlib kelgan. Biz mehr-muhabbat va odamiylikning ilk saboqlarini aziz onalarimizdan, ularning beshigimiz uzra parvona boʻlib aytgan alla ohanglaridan olamiz. Darxaqiqat, biz hayotimiz mazmuni boʻlgan sevgi va sadoqat , mehr-muhabbat, nazokat va latofat kabi eng nozik, sirli tuygʻularni Yaratganimizning beqiyos moʻjizasi boʻlmish ayol zotisiz aslo tasavvur eta olmaymiz.Gender tengligini taʼminlash, davlat va jamiyat barqarorligining asosi boʻlgan siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni amalga oshirishda ayollarning toʻliq ishtirokini taʼminlashga doir koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oila mustahkamligini taʼminlash borasidagi davlat siyosati bilan har qancha faxrlansak arziydi.
121. Yoshlar – Yangi O’zbekiston bunyodkori
121.Ахир, юртимиз бахтиёр ёшлар мамлакати бўлиб, мамлакатимиз аҳолисининг қарийб 64 фоизини ёшлар, яъни­ 30 ёшгача бўлганлар ташкил этади. Албатта бу, давлатимиз зиммасига улкан масъулият юклашини кўз олдимизга келтирсак, жуда катта эътибор, ғамхўрликни талаб этади, иккинчи томондан ёшларимизга кўрсатиладиган эътибор, эртага улкан ютуқ ва натижаларини ҳам беради. Чунки ҳозир Ўзбекистон меҳнат ресурсларининг ярмидан­ кўпи ёшлардир. Келгусида ҳар учинчи раҳбар ҳам ёшлардан бўлади.Шу боис ҳам, ёшлар барча даврларда жамиятнинг фаол қатлами сифатида эътироф этиб келинган. Шарқ Уйғониш даврида ҳам, жадидлар фаолиятида ҳам, жамиятнинг янгиланишида ёшларнинг ўрни беқиёс бўлган. Шу жиҳатдан мунтазам шаклланиб борувчи бу қатлам доимий йўналтириб ва қўллаб-қувватлаб туришни талаб этади… Бу эса, давлат томонидан ёшларнинг мамлакат манфаатлари­ йўлида эркин ижтимоийлашуви ва ўзини самарали намоён этиши учун мақбул шароит ва имконият яратиш ҳамда ёшларни қўллаб-қувватлашга қаратилган чора-тадбирлар тизими ёшларга оид давлат сиёсатини англатади. Шу боис, мамлакатимизда энг катта эътибор мустақил фикрлайдиган, ташаббускор,шижоатли ёшларни тарбиялашга қаратилган
122.Ma’rifiy islohotlar va barkamol inson tarbiyasi
122. Xalqimiz ma’naviyat va madaniyat, ta’lim va tarbiya sohalarida boy merosga ega bo‘lib, yosh avlodni hamisha insonparvarlik, vatanparvarlik, do‘stlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat, birodarlik va kamtarlik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelgan. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida ta’kidlaganlaridek, «Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir»Ma’naviyat – ajdodlarni avlodlarga, o‘tmishni bugunga, bugunni esa kelajakka bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajaradi. U ota-bobolarimiz to‘plagan jamiki yaxshi fazilatlar va xislatlar, qadriyatlar va an’analarning majmui, qolaversa, ajdodlarimiz to‘plagan tarixiy-ijtimoiy tajriba va barcha qarashlarni o‘zida mujassam etadi. Tariximizning boyligi va buyukligi, avvalo, xalqimizning yuksak ma’naviyati va ma’rifati bilan bog‘liqdir.
123.Milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi
123. Qadriyatlar har doim insonlarni mehr-oqibatga, o‘zaro hamjihatlikka chorlovchi, asrlardan-asrlarga o‘tib xalq turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan moddiy va ma’naviy jarayonlarning sa’ra namunalaridir. Zero, qadriyat bu – millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini belgilab beruvchi muhim omildir. Bizga ma’lumki har bir xalqning o‘ziga xos qadriyatlar silsilasi mavjud bo‘lib, u xalqning ko‘zgusi hisoblanadi. Shuning asosida millatning turmush tarzida, madaniyati va ma’naviyatida, ongi-shuurida, o‘zaro muloqotida aks etib, o‘z ifodasini topadi. Qadriyatlar har bir xalqning qon-qonigacha singib, insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi va shu tariqa, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiluvchi, shu tufayli ular tomonidan qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari xodisalaridir.Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o‘rni, ijtimoiy xarakteriga qarab quyidagi:
Milliy;
Diniy;
Mintaqaviy
Umuminsoniy turlarga bo‘linadi.
Jamiyatning rivojlanish bosqichlarida, insonlar ijtimoiy hodisalarga turli xil munosabatda bo‘lish asosida ularning dunyoqarashi, yashash tarzi, mentaliteti shakllanadi. Milliy qadriyatlar millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oladi.
124.Kuchli ma’naviyat-Uchinchi Renessans omili
124. Renessans” lugʻaviy fransuzcha “qayta tugʻilish” degan maʼnoni anglatadi. Atama sifatida uning mazmuni ancha keng: madaniyatda, ilm-fanda, sanʼatda, taʼlim-tarbiyada, umuman, jamiyat hayotida uzoq muddatli turgʻunlikdan keyin qayta jonlanib, tez rivojlanishni, ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimi yangi sifat bosqichiga chiqishini bildiradi. Ilk bor atama Yevropada oʻrta asrlar mutaassibligidan keyin 15-16 asrlardagi rivojlanish davriga nisbatan qoʻllanilgan. Renessans atalmish mazkur ijtimoiy hodisa oʻzbek tiliga Uygʻonish davri deb oʻgirilgan. Darhaqiqat, shiddat bilan rivojlanayotgan hayotimizda roy berayotgan yuksalish jarayonlari ozini barcha sohalarda namoyon etmoqda. Binobarin, mustaqillikka erishgan yillarimizning ilk davrida biz ozimizning milliy ozligimizni anglash, boy tarixiy-manaviy hamda ilmiy merosimizning asl mazmun-mohiyati magzini chaqish va uni royobga chiqarishga intilgan bolsak, endilikda xalqimiz jipslanib «milliy tiklanishdan milliy yuksalish» goyasini sobit qadamlik bilan amalga oshirishga kirishdi. Davlatimiz rahbari hozirgi davrni milliy tiklanishdan milliy yuksalish tomon deb elon qilganligining zamirida qatiy ishonch va chuqur hikmat mujassam. Negaki, keyingi 10 yilligimiz asl yuksalish va taraqqiyot davri bolishi muqarrar. Zero oxirgi yillarda qabul qilingan va albatta qilinajak qonunlar, farmon va qarorlar, amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar taraqqiyotning yangi ufqlariga asos boladi.
125. “Milliy tiklanishdan–milliy yuksalish sari” konsepsiyasi
125. Oʻzbekiston – ulkan tabiiy zahiralar, iqtisodiy va insoniy salohiyatga boy Mamlakat. Shuning uchun milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari borishda Iqtisodiyotni, butun mamlakatni innovatsion asosda rivojlantirish muhim rol Uynaydi.Bugungi kunda dunyoda innovatsion g‘oyasiz, ilm-fan yutuqlarisiz biror-bir Soha rivojini tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘zbekistonning eng katta boyligi – bu Xalqning ulkan intellektual va ma’naviy salohiyatidir.O‘rta asrlar oralig‘ida Yurtimiz xududidan yetishib chiqqan ulug‘ alloma va mutafakkirlar jahon ilmfaniga, butun insoniyat tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan.Xususan, IX-XII va XIV-XV asrlarda ikki qudratli ilmiy-madaniy Yuksalishning manbai hisoblanib, jahonning boshqa mintaqalaridagi Renessans Jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan Sharq Uyg‘onish davri –Sharq Renessansi Sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan.Jamiyatimizda tinchlik va barqarorlik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik Muhiti mustahkamlanmoqda. Yangi O‘zbekistonni barpo etish maqsadida keng ko‘lamli Islohotlar, hayotimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish, iqtisodiyot va uning Tarmoqlarini, xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida katta o‘zgarishlar Amalga oshirilmoqda.
126.Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak
126.“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan va bugun hayotimizdan tobora chuqur oʻrin olayotgan ushbu tamoyil yurtdoshlarimizning hayotdan rozi boʻlib yashashiga zamin yaratmoqda. Bugun poytaxt Toshkent shahridan to mamlakatimizning eng uzoq hududida yashayotgan yurtdoshimizga qadar islohotlarning real natijasini oʻz hayotida koʻra boshlagani, bu yangilanishlar minglab oilalar hayoti, millionlab insonlarning ongi, qalbi va dunyoqarashi oʻzgarishiga ham turtki boʻlayotgani buning yaqqol isbotidir. Prezidentimizning “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi bosqichga koʻtarishi barobarida islohotlar taʼsirchanligini yanada oshirishga, xalqimizning hayotdan rozi boʻlishi uchun yanada keng imkoniyat va shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi shubhasiz.
127.Adolat - qonun ustuvorligida
127.Konstitutsiyamizda belgilangan qonun ustuvorligi prinsipi jamiyatimizda inson huquqi va erkinliklarini ta’minlash, barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim kafolatidir.
Shavkat Mirziyoyev
Qonun ustuvorligi - barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida konstitutsiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega boʻlib, ularning hokimiyat chiqaradigan boshqa hamma meʼyoriy hujjatlar va yoʻriqnomalardan ustun turishi. Qonun ustuvorligi jamiyatda demokratiya va qonunchilik taʼminlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir. Bu tamoyil Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida mustahkamlangan: "Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar". Qonun ustuvorligi tamoyili birinchidan, jamiyat hayotining barcha jab-halarida qonunlarning qatʼiy hukmronligini bildirib, yuqorida taʼkidlanganidek, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarga soʻzsiz itoat etishida; ikkinchidan, ijtimoiy munosabatlarning jamiyat, fuqaro va davlat manfaatlariga mos tarzda tartibga solinganini anglatib, mamla-kat miqyosida barqarorlik, batartiblik va qonuniy tartibot muhiti oʻrnatilganida; uchinchidan, huquq buzilishi hollarining oldini olish, shuningdek, huquqiy munosabat ishtirokchilari qonunni buzgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun qonunlarning huquqiy asos vazifasini bajarishida namoyon boʻladi.
128.O’zbekistonning eng katta boyligi – bu xalqning ulkan intellektual va ma’naviy salohiyatidir.
128.Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. Maʼnaviyat atamasining asosida „maʼno“ soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami maʼnaviyatdir. Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, maʼnaviyat unga ruhiy ozuqa va qudrat bagʻishlaydi.
Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatiga yaqindan ko‘maklashish maqsadida:
Quyidagilar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb yuritiladi) faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Aholi o‘rtasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish;
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka samarali yetkazish;
O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Chora-tadbirlar dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin
129.Shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari hamda mas’uliyati uyg’unligi
129.Jamiyat – (keng ma’noda) odamlarning birgalikdagi faoliyatining tarixan shakllangan majmui; (tor) ijtimoiy tizimning tarixiy o’ziga xos turi, ijtimoiy munosabatlarning o’ziga xos shakli.
Davlat – ma’lum bir hudud doirasida aniq manfaatlarning (sinfiy, umuminsoniy, diniy, milliy va boshqalar) imtiyozli amalga oshirilishini ta’minlovchi siyosiy hokimiyat tashkiloti.
Jamiyat va davlat har xil tushunchalardir. Birinchisi, ikkinchisiga qaraganda kengroq, chunki jamiyatda davlatdan tashqari nodavlat tuzilmalar ham mavjud (siyosiy partiyalar, siyosiy harakatlar, jamoat tashkilotlari va uyushmalari, mehnat jamoalari va boshqalar). Davlat jamiyatning faqat siyosiy qismidir, uning elementidir.
Davlat jamiyatda markaziy pozitsiyani egallaydi va unda katta rol o’ynaydi. Davlat tabiatiga ko’ra, butun jamiyat mohiyatini, uning mohiyatini baholash mumkin.
Davlat butun jamiyatga nisbatan boshqaruv vositasi, umumiy ishlarni olib borish va hukmron sinfning muxoliflariga nisbatan – ko’pincha bostirish va zo’ravonlik vositasi sifatida ishlaydi.
Jamiyat va davlatning xronologik doirasi ham bir-biriga to’g’ri kelmaydi: birinchisi oldinroq paydo bo’lgan va ikkinchisiga qaraganda rivojlanishining boy tarixiga ega. Rivojlanayotgan jamiyatda tug’ilgan davlat, unga nisbatan nisbatan mustaqillikka ega bo’ladi. Bundan tashqari, ushbu mustaqillik darajasi doimo o’zgarib turadi, ularning o’zaro ta’sirining ichki va tashqi sharoitlariga bog’liq.
Davlat paydo bo’lishi bilan uning jamiyat bilan o’zaro munosabatlarining murakkab va ziddiyatli tarixi boshlanadi. Jamiyatni tashkil etish shakli va boshqaruv tizimi sifatida davlat butun jamiyat manfaatlariga muvofiq funktsiyalarni bajaradi, unda yuzaga keladigan qarama-qarshiliklarni bartaraf etadi, inqirozli vaziyatlarni engib chiqadi. Shu bilan birga, u ba’zida buzg’unchi rol o’ynashi mumkin – jamiyatdan yuqoriga ko’tarilish, uni milliylashtirish, ya’ni barcha ijtimoiy sohalarga kirib borish, ularni bo’g’ish, ijtimoiy organizmni zaiflashtirish va yo’q qilish. Ammo umuman olganda, davlat jamiyat bilan nisbatan nisbiy mustaqillikni saqlab, asta-sekin zamonaviylashib, madaniyatli bo’lib, jamiyat bilan oldinga siljiydi.
130.Qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklarini – eng oliy qadriyat
130.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida O‘zbekiston xalqi huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlagani qayd qilingan. Huquqiy davlatning muhim va ajralmas belgisi – bu qonun ustuvorligi hisoblanadi.
Qonun ustuvorligi xalq hokimiyati va inson huquqlari tushunchalari bilan bevosita bog‘liq prinsipdir. Chunki xalq hokimiyati deganda fuqarolarning qarorlar qabul qilish jarayonida bevosita yoki bilvosita ishtirok etish huquqi tushuniladi. Shu ma’noda xalq irodasining ifodasi bo‘lgan, fuqarolarning parlamentga saylab qo‘ygan vakillari orqali yoki o‘zlari tomonidan bevosita referendum orqali qabul qilingan qonunlar xalq hokimiyatchiligining natijasi, majoziy qilib aytganda, mevasi hisoblanadi. Inson huquq va erkinliklari qonunlar vositasida hayotga joriy etiladi, aslida qonunlarning pirovard maqsadi ham inson, uning huquq va erkinliklarini himoya qilishdan iboratdir.
Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashning zarur normativ-huquqiy va tashkiliy institutsional asoslari shakllantirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bobi «Konstitutsiya va qonunning ustunligi» deb nomlanib, mazkur bob Konstitutsiyamizning Asosiy prinsiplar bo‘limida joylashgan. Nazariyadan ma’lumki, prinsip deganda rahbariy qoidalar nazarda tutiladi. Agar Konstitutsiyaning boshqa bo‘limlari o‘rtasida qandaydir tushunmovchilik kelib chiqadigan bo‘lsa, masala nazariyaga ko‘ra asosiy prinsiplarga tayanilib hal qilinishi kerak. Shu ma’noda qonun ustuvorligining Asosiy prinsiplar bo‘limida joylashtirilganligi mamlakatimizda mazkur prinsipga alohida ahamiyat berilganidan dalolatdir.
131.“Insonlarning dardu tashvishlarini o’ylab yashash–odamiylikning eng oliy mezonidir”
131.Юртбошимиз ташаббуси билан синовли кунларда эҳтиёжманд ва муҳтож оилаларга ёрдам кўрсатиш ва қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилган “Саховат ва кўмак” умумхалқ ҳаракати доирасидаги ишлар ҳар бир ташкилотда фаол амалга ошириб келинмоқда.
Жумладан, Миллий гвардия Навоий вилояти бўйича бошқармаси ҳарбий хизматчилари ҳам Кармана тумани (6-сектор)даги вақтинча ишсиз, даромад манбаидан маҳрум бўлган, ижтимоий ҳимояга муҳтож, боқувчисини йўқотган оилалар ҳолидан хабар олиб, уларга бирламчи озиқ-овқат маҳсулотларини етказмоқдалар. Фуқаролар билан суҳбат давомида мавжуд камчиликлар ва муаммолар ўрганилиб, уларни бартараф этиш бўйича чора-тадбирлар кўрилмоқда. Зеро, эҳтиёжманд, доимий даромаддан маҳрум бўлган инсонларга кўмак бериш инсонийликнинг энг олий кўринишидир.
Давлатимиз раҳбарининг 2016 йил 21 октябрдаги “2017 — 2021 йилларда қишлоқ жойларда янгиланган намунавий лойиҳалар бўйича арзон уй-жойлар қуриш дастури тўғрисида”ги, 22 ноябрдаги “2017 — 2020 йилларда шаҳарларда арзон кўп квартирали уй-жойларни қуриш ва реконструкция қилиш дастурини амалга оширишга доир чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарорлари ушбу тизимнинг асоси бўлиб хизмат қилмоқда.
Мазкур ҳужжатларга кўра, юртимизнинг барча ҳудудида аҳолининг реал эҳтиёжлари ҳисобга олинган ҳолда, арзон уй-жойлар қурилмоқда. Қишлоқларда бунёд этилаётган хўжалик иншоотлари ва обод ҳовлилари бўлган икки, уч қаватли кўп квартирали ҳамда аҳоли зич жойлашган туманларда зарурий иморатлари билан бирга майдони икки сотихлик ер участкаларида бир қаватли 2 ва 3 хонали, тўрт сотих ер участкаларида икки қаватли 4 хонали ҳовлилар, шунингдек, шаҳарларда 5, 7, 9 қаватли кўп квартирали уйлар юртдошларимизнинг харид қобилияти, миллий менталитети ва яшаш шароитларига мос. Ўтган йилнинг ўзида қишлоқларда 15 мингта, шаҳарларда 7919 хонадонни ўз ичига олган кўп қаватли 191 ана шундай уй-жойлар қурилиб, ўз эгаларига топширилгани уларнинг халқимизга нақадар маъқул келаётганини кўрсатади.
132.Ma’naviy barkamol inson – yurtining bugungi va ertangi taraqqiyot kuchi
132.Ma’naviy barkamol inson tushunchasi keng qamrovli serqirra tushuncha. Ma’naviy barkamol inson – komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda ma’naviy barkamol inson tushunchasi sog‘lom avlod tushunchasi bilan ham bog‘lanib ketadi. Ilmiy adabiyotlarda bu tushunchalar alohida-alohida ishlatilsa-da, mohiyatan ularning hammasi inson ahloqi va odobini, ularda shakllangan barcha ijobiy xislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga va Vatanga bо‘lgan munosabatlaridan tortib, toki oilagacha, ota-onaga va boshqalarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi. Mustaqillikka erishib, ma’naviyat va ma’rifat masalalariga birinchi darajali ahamiyat berishimiz, mustaqillikni mustahkamlash vazifalari, tarbiya sohasida sog‘lom avlod, ma’naviy barkamol inson, komil inson kabi tushunchalarga izoh berishni, ularning mohiyatini ochib berishni taqozo etmoqda. Yuqorida aytganimizdek, ular mohiyati birday tushunchalar. Insonni tо‘g‘rilikka, halollikka, poklikka, vatanparvarlik va insonparvarlikka, ezgulikka va qо‘yingki, yuksak ahloqlilikka yо‘llash bu tushunchalarning mohiyati va mazmunini tashkil etadi. Hozirgi kunda bu masalalarga birinchi darajali ahamiyat berishimizning boisi – iymoni, e’tiqodi va ahloqiy fazilatlari – qо‘yingchi, ma’naviyati kuchli, milliy mas’uliyat tuyg‘usi qalbida chuqur ildiz otgan, ma’naviy barkamol fuqarolarga ega bо‘lgan mamlakatgina mustaqil va barqaror rivojlana oladi. Buyuk kelajak ma’naviy barkamol insonlarga tayangandagina yaratiladi, qad kо‘taradi. Boshqacha aytganda, ma’naviy barkamol, komil insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar. Shuning uchun ma’naviy barkamol insonni, sohlom avlodni tarbiyalash muhim va dolzarb masala. Bu masalada yurtboshimizning quyidagi sо‘zi ibratlidir: “Biz sog‘lom avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazishimiz kerak. Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki sharqona ahloq-odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz”
133.Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati ko‘zgusi
133.Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”. Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabr kuni qabul qilingan PQ-3271 sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan joylarda kitobxonlik, mutolaa madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Jumladan, joriy yilning 10 sentyabr kuni Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi va Qashqadaryo standartlashtirish metrologiya boshqarmasida “Qashqadaryo ko‘zgusi nashriyoti va kitob savdosi media markazi” UK bilan hamkorlikda navbatdagi kitoblar yarmarkasi tashkil etildi. Unda mamlakatimizning yetakchi nashriyotlari tomonidan chop etilgan bolalar adabiyotlari, ilmiy nashrlar, milliy va jahon adabiyotini o‘zida jamlagan 140 dan ziyod kitoblar savdoga qo‘yildi.
Yarmarkada barcha xodimlar va ularning oila a’zolari qatnashdilar. Yarmarkada taqdim etilgan ko‘plab adabiyotlar jumladan Prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyev asarlari, taniqli adiblarimiz Abdulla Oripovning she’rlar tuplami, Tohir Malikning asarlar tuplami, Zulfiya, Primkul Kodirov asarlari va boshqa adabiyotlar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Yarmarka davomida ishtirokchilar tomonidan ko‘plab adabiyotlar xarid qilindi.
Kitobga oshno kishidan hech vaqt yomonlik chiqmaydi. Farzandlarimizga kitob o‘qishni targ‘ib etishimiz emas, balki ularga o‘rnak bo‘lishimiz lozim.
134.O‘zbekistonning millatlararo bag‘rikenglikni ta’minlash sohasidagi siyosati
134.Ko`p millatli jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, fuqarolar o`rtasida tinchlik va millatlararo totuvlik saqlanganligi mustaqil O`zbekistonning bunyod bo`lishi va rivojlanishining birinchi, boshlang`ich bosqichida qo`lga kiritilgan eng asosiy yutuq bo`ldi.
ISLOM KARIMOV
O‘zbekistonning kelajagi tinchlik va bag‘rikenglik, madaniyatlararo uyg‘unlik va millatlararo totuvlik kabi omillar bilan chambarchas bog‘liqdir.
O‘zbekistonda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
2017 yil 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Milliy va diniy bag‘rikenglik – tinchlik va barqarorlik garovi” mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi.
Respublikamizda 16 diniy konfessiyaga mansub 2239 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2065 tasi islomiy, 157 tasi xristian tashkilotlar, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va budda ibodatxonasi mavjuddir. Bundan tashqari, respublikada konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda.
Anjumanda mamlakatimizda millatlararo va dinlararo munosabatlar sohasida yuritilayotgan oqilona siyosat asosida har bir shaxsning vijdon va e’tiqod erkinligi, diniy qarashlaridan qat’i nazar tenghuquqliligi ta’minlanayotgani, shuningdek, respublikamizdagi diniy tashkilotlar jamiyatda tinchlik, osoyishtalik, millatlar va dinlararo totuvlikni mustahkamlash borasida sermahsul faoliyat ko‘rsatib kelayotganliklari qayd etildi.
135. Sharqona – o‘zbekona ma’naviy fazilatlar
135.Ma’naviy fazilatlar insonning ma’naviy qiyofasi, ijtimoiy hayot, ong va munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan, jamiyat taraqqiyoti va turmushi ta’sirida shakllangan ma’naviy xususiyat va xislatlarining umuminsoniy hamda milliy fe’l-atvor ko‘rinishlarini ifodalaydi. Sharq xalqlarida ma’naviy fazilatlarni tarbiyalashning muhim mezoni «O‘zingga nima tilasang, o‘zgalarga shuni tilagin» degan hikmatda mujassamlashgan. Ulug‘ ajdodlarimiz Imom Buxoriy va Imom Termiziy hikmatlarida yuksak ma’naviy fazilatlar tavsiflab berilgan. Abu Nasr Farobiy jamiyat hayotida rahbarlarning eng muhim o‘n ikki ma’naviy fazilatlari, aholining har bir tabaqasiga xosligini tahlil etgan bo‘lsa, Yusuf Xos Hojib va Mahmud Qoshg‘ariy fuqaroning odobini, Kaykovus esa farzandlarda ma’naviy fazilatlarni shakllantirish yo‘llarini batafsil bayon etgan.Muqaddas kitoblarimizda ham ma’naviy fazilatlarning komil insonni voyaga yetkazish hamda ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni ta’kidlanadi. Ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy, madaniy taraqqiyot natijasida shakllanadi, takomillashib, boyib boradi. Shu tariqa milliy madaniyat rivojlanadi. Bu jarayonda ma’naviyat ahli-allomalar, adib va ziyolilarning milliy ong, milliy ruh, milliy o‘ziga xoslikni ta’minlash va rivojlantirishda tutgan o‘rni beqiyosdir. Ulug‘ ajdodlarimiz Imom Buxoriy, At-Termiziy, G‘ijduvoniy, Naqshband, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy kabi zotlarning bizga qoldirgan bebaho ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon madaniyati xazinasidan munosib o‘rin olib, insoniyatni ezgulik sari yetaklab, har tomonlama barkamol insonlarni tarbiyalab voyaga yetkazishga xizmat qiladi.
136.Ona tilimiz – bebaho ma’naviy boyligimiz
136.Ona tili – millatning asosiy belgilaridan biri. Dunyoda xalqlar ko‘p. Har bir xalq, avvalo, o‘z tili, milliy urf-odat va an’analari, o‘ziga xos turmush tarzi bilan ajralib turadi. Binobarin, xalqning, millatning o‘zligini namoyon qilishida tilning o‘rni va ahamiyati beqiyos.1989- yil 21 oktyabr yurtimizda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun sifatida o‘zgacha g‘urur, faxr va iftixor bilan nishonlanadi. Albatta, har bir millat o‘z ona tiliga ega. Ulkan boylik, bebaho qadriyat sifatida e’zozlanadigan tilda ajdodlarining bebaho merosi, tarixi, o‘tmishi va buguni yashaydi. O‘zligini anglagan har bir millat va elat uchun til bebaho va tengsiz boylik sanaladi. Statistikaga qisqacha toʼxtaladigan boʼlsak, bugungi kunda dunyoda 5621 ta til va sheva mavjud boʼlib, ularning 500 tasigina oʼrganilgan va 200 dan ortigʼi davlat tili sifatida tan olingan. Har uchta tildan bittasining yozuvi boʼlmay, faqat ogʼzaki nutq shakliga ega. Jahondagi 1400 ta tilning butkul yoʼqolib ketish xavfi bor. Dunyo tillaridan faqat 40 tasigina ogʼzaki va yozma jihatdan mukammal shakllanib boʼlgan, oʼshalar orasida oʼzbek tili ham bor. Ushbu maʼlumot ham oʼzbek tilining jahonda nechogʼlik nufuzga ega ekanligidan darak beradi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoev oʼzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining oʼttiz yiligiga bagʼishlangan tantanali marosimdagi nutqida taʼkidlaganidek, “Muxatasar aytganda, har birimiz davlat tiliga boʼlgan eʼtiborni mustaqillika boʼlgan eʼtibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim”.
137.Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi mif va afsonalarida ma’naviyat masalalari
137.Afsona – 1) xalq ogʻzaki ijodi (folklor) janri. U xayolot, uydirma va toʻqimadan iborat boʻlsada, soʻzlovchi va tinglovchi tomonidan haqiqatdek tasav-vur etiladi, hatto boʻlib oʻtgan davri, makon ham koʻrsatiladi. A.lar ogʻizdan-ogʻizga, eldan-elga oʻtib kelgan, ifoda usuli bayon tarzida.A. ogʻzaki hikoyat boʻlib, u xayoliy ob-raz yoki tasavvur asosiga quriladi, hikoya qiluvchilar va tinglovchilar tomonidan qachonlardir shunday boʻlgandek qabul qilinadi. Rivoyatdan farqli oʻlaroq A. Zaminida albatta moʻ’jiza, sehr-jodu boʻladi. A.lar olam (Yer, Quyosh va boshqa say-yoralar yuzaga kelishi) haqida, toponimik (Qof togʻi, daryo, dengiz, shahar, qal’a, qishloq, tepalik, Eram bogʻi va hokazo), elatlarning kelib chiqishi (mas, turkiy xalqlarning), hayvonot dunyosi (mas, sher, ajdaho, anqo, semurgʻ va boshqalar)ga oid, tabiatdagi voqea, hodisalar (mas, chaqmoq, zilzila, shamol va boshqalar) xususida, tarixiy shaxslar (mas, turkiylardagi Er Toʻnga, Toʻmaris, Shiroq, anglosakslar qiroli Artur va boshqalar) toʻgʻrisida, diniy (mas, islomdagi Nuh paygʻambar xususidagi, Abu Muslim jangnomasi, Avestodagi Frangrasyan (Afrosiyob), xristianlikdagi Iso Masihning havoriylari bilan sayohatiga bogʻliq voqea-hodisalar) va boshqa turli-tuman mavzularda boʻladi.A.lar hajmi kichik, bayon qilinishi sodda, badiiy tasvir vositalaridan de-yarli xoli boʻladi, tuzilishiga koʻra er-tak, naql, rivoyatlarta oʻxshab ketadi.A.lar yozma adabiyotning, ayniqsa, badiiy, falsafiy, dinga, tarixga, ax-loqqa oid asarlarning mavzui, muayyan qismi tarzida gʻoyaviy-estetik vazifani bajargan. Mas, “Qutadgʻu bilig”, “Devo-nu lugʻotit turk”, Alisher Novoiyning “Hamsa”, Dantening “Ilohiy komediya”, Chingiz Aytmatovning “Oq kema”, Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni”, Abdulla Oripovning “Jannatga yoʻl” kitoblarida A.lar asarning badiiy-estetik va ta’sir kuchini oshirishga, inson ruhiyatini yanada chuqur va toʻlaqonli tasvirlashga xizmat qilgan.2) Koʻchma ma’noda – uydirma, yolgʻon, aqlga toʻgʻri kelmaydigan gap.
138.Obod mahalla-ma’naviyat oʻchogʻi
138.Mahalla o‘zbek millatining taraqqiyotida ming yillik tarixga ega bo‘lgan, tarix sinovlaridan shikastlanmay kelayotgan ijtimoiy voqeadir. Mahalla, eng avvalo, o‘ziga xos mustahkam ijtimoiy birlikdir. U millat va xalqlarni birlashtiruvchi, ularning birodarligini saqlovchi omil sifatida bo‘y ko‘rsatib turadi.Chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lgan, xalqning kundalik hayotini tashkil etib yo‘lga solib turgan mahalla demokratik poydevorga asoslangan muntazam axloq – odob tizimini keltirib chiqaradi, bular davrlar sinoviga dosh bergan o‘zaro yordam, mehmondo‘stlik va keksalarga hurmat hamda jamoa a’zolarining tengligidir. Mahallada yashovchi bironta ham odam o‘zini yolg‘iz his qilmagan, u hamma vaqt hayrixohlik va ma’naviy madaddan tashqari, zarur moddiy yordamga ham umid qila olgan.Mahalla o‘zaro ishonch, yordam va himoya munosabatlariga asoslanadi. Odamlar o‘rtasida odamiylik, e’tiqod, o‘zaro mehr – shafqat, hurmat kabi qadriyatlar mahallada saqlanadi va himoya etiladi.Mahalla eng yomon illatlarga qarshi kurashning mustahkam qal’asi bo‘la oladi.Mahalladek idoraga teng keladigan boshqa biron – bir vosita yo‘qligi mahallaga berilgan haqqoniy va odilona bahodir. Shunday ekan, har birimiz asrlar osha hayot sinovlaridan muvaffaqiyat bilan o‘tib kelayotgan mahallaga munosib farzand bo‘lishga doimo intilib yashashimiz lozim. Buning natijasi esa, yana Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, “bizdan kelajak avlodga ozod va obod Vatan qolishi”ni ta’minlashdir. Zero, necha yuz yillardan beri davom etib kelayotgan hayotiy qadriyatlarni qadrlash, e’zoz tutish o‘tgan ajdodlar ruhi oldidagi, kelajak avlod oldidagi muhim vazifalarni aslo yoddan chiqarmaslik insoniy burchlarimizdandir.
139.Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda ota-ona mas’uliyati
139.Oila – jamiyatning asosiy bо‘g‘ini. Oilada singdirilgan tarbiya, Vatan, el-yurt, mustaqillik, ozodlik haqida berilgan tushuncha, tasavvur bolaning murg‘ak qalbila bir umr muhrlaiib qoladi. Oila mustahkam, tinch, farovon, sog‘lom bо‘lsagina, jamiyatda barqarorlik vujudga keladi. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek «Oilaning jamiyatdagi о‘rni, tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimatini anglab yetmasdan, oilaga millat manfaati nuqtai nazaridan yondashmasdan turib, xalqchil mafkura yaratolmaymiz». YA’ni ma’naviy sohadagi vazifalarimizni muvaffaqiyatli amalga oshira olmaymiz.
Shuning uchun ham mamlakatimizda oilani mustahkamlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, asosiy qonunimizning «Oila» deb atalgan 14-bobida quyidagi qoyidalarni о‘qish mumkin:
«63-modda» Oila jamiyatiing asosiy bо‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bо‘lish huquqiga ega…
64-modda. Ota-onalar о‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar…
65-modda. …Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi».
Mustaqil Respublikamizda Oila munosabatlariga alohida ahamiyat berilayotganligipi Oliy Majlisning birinchi chaqiriq о‘n birinchi sessiyasida «Oila kodeksi»ning qabul qilinishida ham ko`rishimiz mumkin. Davlatimizning oilaning rolini oshirishga qaratilgan siyosati albatta farzandlarimizning ma’naviyati yuksaltirishida katta ahamiyatga ega bо‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, ma’naviy tarbiya bugungi kunning eng dolzarb masalasi. Bu ishga yurtimizning barcha ziyolilari – о‘qituvchilar, jurnalistlar, yozuvchilar, shifokorlar, artistlar, barcha rahbarlar birdek mas’uldirlar. Mamlakatimizda tarbiyani hozirgi zamon talablari darajasida olib borishda mavjud barcha imkoniyatlar va vositalardan samarali foydalanganimizdagina ma’naviyati yuksak yoshlarni tarbiyalashga erishish mumkin bо‘ladi.
140.Milliy o‘zlikni anglash- shaxs ma’naviy barkamolligi mezoni
140.Milliy о‘zlikni anglash, millatlararo totuvlik, huquqiy savodxonlik, qonunlarga itoatkorlik, davlat tizimiga hurmat, demokratik qadriyatlarga sodiqlik bir tomondan jamiyat ma’rifiy taraqqiyot yо‘lidan borishini ta’minlaydigan omil bо‘lsa, ikkinchi tomondan shaxs ma’naviy komilligini kо‘rsatuvchi asosiy mezon hisoblanadi. Jamiyatda komillik mezoniga javob beradigan kishilar aksariyat kо‘pchilikni tashkil qilsagina ma’naviy barkamollik va iqtisodiy yuksaklikka erishish mumkin bо‘ladi.
Milliy о‘zlikni anglash har bir inson uchun ma’naviy barkamollikning muhim mezonlaridan biri hisoblanadi. Chunki, u avvalo, о‘zining kimligini bilib olsa, qaysi millatga mansubligini tushunib yetsa, avlod, ajdodlari, ulardan qoldirilgan moddiy va ma’naviy merosni о‘zlashtirsagina tо‘laqonli shaxs darajasiga yetishi mumkin. Bunday shaxslar millatning aksariyat kо‘pchilik qismini tashkil qilsagina unday millatning istiqboli buyuk bо‘ladi. Shuning bilan birga о‘zini chuqur anglab yetgan, kо‘zi ochilgan, aqli raso, g‘oyaviy-siyosiy jihatdan uyg‘ongan va jipslashgan xalq va millatni, о‘tmishda bо‘lganidek, mustamlakachilik kishanlarida ushlab turish, tili, madaniyati, qadriyatlarini oyoq osti qilish, boyliklarini talab ketish, huquqlarini poymol etish, davlat mustaqilligidan judo qilish aslo mumkin emas. Milliy о‘zlikni anglash – millat yashayotgan Vatanning porloq istiqbolini ta’minlash uchun qanday imkoniyatlar va qulayliklarga ega ekanligini chuqur anglab yetish, ular bilan cheksiz faxrlanish, mavjud imkoniyatlarni yuzaga chiqarish, real voqelikka aylantirish uchun о‘zini safarbar etish, barcha imkoniyatlari, kuch g‘ayratini ishga solish demakdir. Millat mavjud bо‘lishi uchun til, hudud va ma’naviyat asosiy shart bо‘lgani kabi milliy о‘zlikni anglash ham asosiy zaruriy shart hisoblanadi. О‘zlikni anglash о‘z mohiyatiga kо‘ra millat va elatlar uchun xos bо‘lgan ma’naviyat xususiyatlarini ifoda etib, о‘z funksiyasiga kо‘ra milliy manfaatlarni himoya qiladi.
141.Farzandning ota va ona oldidagi burchi
141.Muqaddas Islom dini insonlarni doimo yaxshilikka chaqiradi va yomonlikdan qaytaradi. Insonlarning huquqiga nisbatan bo‘ladigan har qanday tajovuzni man qiladi. Huquqlar ichida eng muhimi ota-onaning o‘z farzandi zimmasidagi haqlari, farzandning o‘z ota-onasi oldidagi burchidir.
Ota-ona har bir inson uchun juda mo‘’tabar va e’zozlik kishilardir. Dinimiz ota-ona qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ularni hurmat-ehtirom qilishga buyuradi. Dunyoda islom dinichalik ota-onaning hurmatini yuqori qo‘ygan ta’limot yo‘qdir.
Ma’lumki, ota-onalar o‘z farzandlarini cheksiz mehr-muhabbat va shafqat bilan tarbiya qilib o‘stiradilar. Binobarin, har bir farzandning zimmasiga ham aqlan, ham shar’an o‘z ota-onalariga nisbatan behisob burch va vazifalar yuklanadi. Jumladan Qur’oni karimning bir qancha oyatlarida ota-onalarimizga yaxshilik qilishga buyuriladi.
Alloh taolo ota-onaga zinhor ozor bermaslik va ularning so‘zlari-yu fe’llarini hech bir malol olmaslikka buyurib, quyidagicha xitob qiladi:
“Rabbingiz, Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey inson!) Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga “Uf!”dema va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli so‘z ayt!” (Isro, 23 ).
“Ularga yoqimli so‘z ayt!” deganda ota-onani nomi bilan chaqirmaslik, balki “otajon”, “onajon” kabi so‘zlar bilan yosh go‘daklarga xos muomala qilish, ularni ranjitadigan gaplarni gapirmaslik, ular oldida o‘zini kichik bir kishidek tutish kabilarni tushunish kerak.
Janobi Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam ham ko‘p hadisi shariflarida ota-onalarga yaxshilik qilish, ularning roziliklarini topish uchun harakat qilishga buyurganlar. Jumladan: “Parvardigorning roziligi ota-onaning roziliklariga bog‘liq. Uning g‘azabi ham ota-onaning norozigiga qarab bo‘ladi”.
Demak, har qanday farzand o‘z ota-onasining xizmatini ado qilish bilan jannatni, ularga ozor berish bilan do‘zaxni qo‘lga kiritishi mumkin.
Ota-ona vafot etgandan so‘ng ham farzandning burchi tamom bo‘lmaydi. Balki ularning do‘st va qarindoshlari bilan yaxshi aloqada bo‘lishi lozim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Yaxshiliklarning eng afzali bir kishi otasi vafot etgandan so‘ng uning do‘stlari bilan aloqa qilishidir”, deb marhamat qilganlar.
Alloh taolo barchamizni ota-onalarimizning xizmatlarini qilib, ularning haqlarini ado etib borishga muvaffaq aylasin!.
Download 112,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish