Adabiyot 2-oraliq nazorat
1. Shukur Xolmirzayev qalamiga mansub yoshlar hayotiga bag’ishlangan qissalar?
A) “O’n sakkizga kirmagan kim bor”, “Yo’lovchi”
B) “Bukri tol”, “Bulut to’sgan oy”
C) “Qilko’prik”, “So’nggi bekat”
D) “O’zbeklar”, “Xumor”
2. E. Vohidovning ilk to’plami qaysi,
qachon chop etilgan?
A) 1926-yil “Ko’klam”
B) 1939-yil “Baxt qonuni”
C) 1961-yil “Tong nafasi”
D) 1929-yil “Tuyg’ular”
3. Shukur Xolmirzayevning ilk qissasi qaysi?
A) “Оq otli”
B) “To’lqinlar”
C) “O’n sakkizga kirmagan kim bor”
D) “So’nggi bekat”
4. Asqad Muxtorning ilk qissasi qaysi qatorda berilgan?
A) “Daryolar tutashgan joyda”
B) “Buxoroning jin ko’chalari”
C) “Kumush tola”
D) “Davr mening taqdirimda”
5. Odil Yoqubovni elga mashhur qilgan asar?
A) “Diyonat”
B) “Muqaddas”
C) “Adolat manzili”
D) “Olma gullaganda”
6. Odil Yoqubovning “Diyonat” romanining mantiqiy davomi bo’lgan asarlari qaysi?
A) “Oq qushlar, oppoq qushlar”, “Adolat manzili”.
B) “Adolat manzili”, “Olma gullaganda”
C) “Oq qushlar, oppoq qushlar”,
“Muqaddas”
D) “Muqaddas”, “Olma gullaganda”
7. Odil Yoqubovning zamonaviy dramasi?
A) “Ulug’bek xazinasi”
B) “Yurak yonmog’i kerak”
C) “Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim”
D) “Bir koshona sirlari”
8. “Kayf”, “Jon shirin”, “Qalbdagi quyosh” hikoyalari kimning qalamiga mansub?
A) O. Yoqubov B) Shuhrat
C) P. Qodirov D) A. Muxtor
9. “Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq ularning barchasida men uchun eng aziz odam — onam siymosi bor.” Kimning qaysi asari shu so’zlar bilan boshlanadi?
A) A. Muxtor “Chinor”
B) S. Ahmad “Ufq”
C) X. To’xtaboyev “Sariq devni minib”
D) O’. Hoshimov “Dunyoning ishllari”
10. Sheriyat, mazlumga homiylik qilding,
Qaroli bo’lmading zo’ravonlarning.
Olding panohingga notavonlarni,
Zolimlarni esa dushman deb bilding.
Ushbu she`riy parcha muallifi kim?
A) H. Olimjon B) R. Hamzatov
C) E. Vohidov D) Zulfiya
11. E. Vohidov qalamiga mansub dostonlar?
A) “Ruhlar isyoni”, “Sirdaryo o’lani”.
B) “Nido”, “Istambul fojiasi”.
C) “Hozirgi yoshlar”, “Arslon o’ynatuvchi”.
D) “Inson”, “Nido”.
12. Qo’ziboy chol kimning qaysi asari qahramoni?
A) E. A`zamov “Ko’k eshik” hikoyasi
B) Sh. Xolmirzayev “Qariya” hikoyasi
C) N. Norqobilov “Olim o’g’il” hikoyasi
D) To’g’ri javob berilmagan
13. “Yillar armoni” she`riy to’plami muallifi kim?
A) O’. Umarbekov B) N. Norqobilov
C) E. Vohidov D) A. Oripov
14. “Rabbim! De, Mariya!” V. Rasputinning ushbu so’zlari qaysi asarga epigraf qilib olingan?
A) “Jannatga yo’l”
B) “Muqaddas”
C) “Yo, Jamshid”
D) to’g’ri javob berilmagan
15. A. Oripovning qaysi she`rida har bir bayt falsafiy hikmatlardan tashkil topgan?
A) “Malomat toshlari” B)“Jannatga yo’l”
C) “Saraton” D) “Sarob”
16. Xongirey va Kesakpolvon qaysi asar qahramonlari?
A) “Jannatga yo’l” B) “Shaytanat”
C) “Kurash” D) “Qorako’z Majnun”
17. Pirimqul Qodirov qalamiga mansub zamonaviy roman?
A) “Uch ildiz” B) “Meros”
C) “Qadrim” D) “Erk”
18. “Dasht-u dalalarda” hikoyasi kimning qalamiga mansub?
A) N. Eshonqulov B) E. A`zamov
C) M. M. Do’st D) T. Murod
19. Nazar maxsum, O’rol, Sana qaysi asar qahramonlari?
A) “Dunyoning ishlari”
B) “Dasht-u dalalarda”
C) “Ot kishnagan oqshom”
D) “Beozor qushning qarg’ishi”
20. “Osmoningdan ne foyda menga! Javdiragan tussiz yulduzlaringni boshimga uramanmi! E, seni o’qitganning padariga la`nat!” deb qarg’agan ota qaysi asar qahramoni?
A) “Olim o’g’il”
B) “Qariya”
C) “Beozor qushning qarg’ishi”
D) “Maymun yetaklagan odam”
21. Ziyodulla kal qaysi asar qahramoni?
A) “Ot kishnagan oqshom”
B) “Dasht-u dalalarda”
C) “Beozor qushning qarg’ishi”
D) “Shaytanat”
22. “Ko’k eshik” hikoyasi muallifi?
A) X. To’xtaboyev B) E. A`zamov
C) Odil Yoqubov D) Zulfiya
23. Xayriddin Sultonov qalamiga mansub asar?
A) “Yo, Jamshid” hikoyasi
B) “Hisomiddin al-Yog’iy”
C) “Qorako’z Majnun”
D) “Malomat toshlari”
24. Abdulla Oripov qalamiga mansub doston?
A) “Yuzma-yuz” B) “Sarob”
C) “Jannatga yo’l” D) “O’ylarim”
25. “Hisomiddin al-Yog’iy” hikoyasi muallifi?
A) Xayriddin Sultonov
B) Shoyim Bo’tayev
C) Nazar Eshonqulov
D) Normurod Norqobilov
26. “Bu voqea uch yillar oldin bo’lgan edi. Shu ko’chadan bir uyni ijaraga olib ko’chib kelganimda cholning sharti ketib, parti qolgandi: u ko’chaning muyulishida men egallagan uyga qo’shni hovlida yashardi…” Parcha qaysi asardan olingan?
A) “Hisomiddin al-Yog’iy”
B) “Qariya”
C) “Beozor qushning qarg’ishi”
D) “Maymun yetaklagan odam”
27. “O’ris bolaning oyisi” hikoyasi qaysi asar tarkibiga kiradi?
A) “Dunyoning ishlari” B) “Sarob”
C) “Abdullajon” D) “Shaytanat”
28. Nazar Eshonqul qalamiga mansub hikoya?
A) “Hisomiddin al-Yog’iy”
B) “Qariya”
C) “Beozor qushning qarg’ishi”
D) “Maymun yetaklagan odam”
29. “Olim o’g’il” hikoyasi mualliifi?
A) N. Norqobilov B) Nazar Eshonqul
C) Shoyim Bo’tayev D) Tog’ay Murod
30. Xurshid Do’stmuhammad qalamiga mansub asar?
A) “Dunyoning ishlari”
B) “Dasht-u dalalarda”
C) “Ot kishnagan oqshom”
D) “Beozor qushning qarg’ishi”
_____ guruh ________________________
(Familiyasi va ismi)
Do'stlaringiz bilan baham: |