1998 yilda qoratepadagi budda ibodatxonalari guruhini o‘rganish bo‘yicha Sh.R.Pidaev
rahbarligida o‘zbek-yapon qo‘shma
ekspeditsiyasi tashkil etilib, hozirga qadar faoliyat
ko‘rsatmoqda. Mustaqillik yillarida olib borilayotgan hamkorlikdagi tadqiqotlar natijasida
antik davrda Surxon vohasida ro‘y bergan tarixiymadaniy jarayonlar aniqlanib, fanga
tatbiq etilmoqda.
Kushon davri arxeologik yodgorliklaridan biri Fayoztepa, Eski Termiz devorlarining
shimolig‘arbida, qoratepa tekisligining shimolig‘arbidan janubisharqqa yo‘naltirilgan holda
qurilgan Budda ibodatxonasidir. Bu to‘rtburchakli ziyoratgohning ichkari hovlisi ikki
tomondan tirgak vazifasini o‘tavchi yo‘g‘on ustunlar bilan ko‘tarilgan bo‘lib,
maxsus ayvon
bilan o‘ralgan imoratdir. Ushbu Budda obidasining qurilgan payti uysozlik, binokorlik,
haykaltaroshlik
, tasviriy san’at, umuman, shaharsozlik va me’morchilik rivojlangan
Kushon-Baqtriya davlati davriga, ya’ni milodning 111 asrlariga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotda yuksak rivoj langan kushonlar saltanati Kanishkaning
vorisi Xuvishkadan keyin asta-sekin inqirozga yuz tuta boshlaydi. 226 yilda kushonlar
saltanatidan g‘arbda- Parfiya davlatining urnida Sosoniylar davlati paydo buldi. Bu
davlatning asoschisi Artashir 1 Parfiyaga qaragan, lekin
har xil sabablar bilan undan
ajralib ketgan viloyatlarni qaytarishga kirishdi. Bunday vaziyat kushonlarni befarq
qoldirmadi. Kushon podshosi Vasudeva sosoniylar tomonidan buladigan xavfga qarshi
ittifoq qidirib, 230 yilda Xitoyga elchi yubordi. Lekin kushonlar sosoniylar bilan qattiq jang
bulishini kutardi. 242-243 yillarda ikki urtada bulgan jangda sosoniy Shopur 1 ning qo‘shini
Kushonlar ustidan g‘olib chiqadi. Shu jangdan sung sosoniylar Sharqiy Xuroson hududla -
rida «kushonshoh» unvoniga ega buldilar. 252 yilga kelib esa ular «Kushion shohlarining
ulug‘ shohi» degan unvonni ham oladilar. Xuddi shu yillarda kushonlar Hindistondagi katta
еrlaridan ayriladilar. Masalan, bir budda matnida (III asr o‘rtalariga oid) «dunyo uch
qismga (Xitoy, Rim va Kushon) bo‘lingan, ammo «os mon ug‘lonlari» (imperaratorlari)
turtta: Xitoy, Rim, Kushan va hind» deb xabar beriladi.Hind manbalariga ko‘ra
III asr
o‘rtalarida Hindistonda Kushonlardan mus taqil davlat tarkib topgan. Lekin Kushonlar
boshiga tushgan bu qiyinshiliklar Kushon davlatini batamom yo‘q qilib yubormadi. Kushon
davlati O‘rta Sharqning yirik davlatlaridan biri sifatida yana 100 yildan ortiq vaqt yashadi.
Soson podsholarining kushayishi Kushon larning RIM imperiyasi bilan aloqasini yanada
mustahkamlashga olib keldi. Kushon elchilari 274 yilda Rim Imperatori Avrelinning Palmir
ustidan g‘alabasiga bagishlangan tantanalarda qatnashdi. Sosoniylar Rim Kushon
dustligidan xavfsirab, endi Kushonlar bilan aloqani yaxshilash yo‘lida
siyosat olib bora
boshlaydilar. Sosoniylar shohi Xormuzd II (301-309) Kushonlar ma likasiga uylandi. IV
asrning urtalarida kushonlar va sosoniylar urtasidagi munosabatlar yana yomonlashdi.
Shopur II (309-379) kushonlarga qattiq zarba berib, Shimoliy Baqtriya еrlarini tortib oldi.
Ammo kushonlar bu zarbaga ham bardosh berdilar. IV asrning oxirida Balxda sunggi
kushonlar sulolasi sifatida kidariylarni taxtga o‘tirishi tantanalari buldi. Shundan boshlab
tarix sanasiga yangi kushonlar chiqdi. Bu kushonlar o‘z vaqtida Kumonlar imperiyyasi
tarkibiga kirgan ko‘chmanchilar bulib, ular bu buyuk imperiyaning tarix sahnasida
chiqishiga olib keldi.
Kushon podsholigi va kushonlar davri - O‘zbekiston, Tojikiston, Afg‘oniston,
Pokiston,
Hindiston tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu davrda O‘rta Osiyo shaharlari hayotida yuksak
ri vojlanish ruy berdi. Dehqonchilik vohalarida qator yangi shaharlar qad kutardi. Eski
shaharlar taraqqiyoti yangi bosqishlarga kutarildi. Kushon podsholigining dastlabki
yillaridanoq O‘rta Osiyoga Baqtriya orqali budda dini kirib keldi. Surxondaryo viloyati va
Tojikiston hududlarida olib borilgan arxeologig izlanishlarning guvohlik berishicha, bu
zaminda buddizmga xos memoriy va haykaltaroshlik sanati uzining klassik darajasiga
kutarilgan. Arxeologlar bu еrlardan bud dizmga doir kuplab yodgorliklarni oshib
urganganlar.
Ulardan biri, Ayritom yodgorligidir. Bu yodgorlik Termiz yaqinida, Amudaryo
bo‘yida qad kutargan. Ayritomdan topilgan memoriy sanat asarlarida qadimgi musiqa
sbobi - arfa shalib utirgan musiqashilar tasviri berilgan. Eski Termiz shahri hududida
Qoratepa yodgor ligi oshilgan. Arxeologlar bu yodgorlikni
budda dinining ibodatxonasi
ekanligini aniqlaganlar.
Qoratepa tabIIy tepa bulib, uning shor atrofida qazib qurilgan
unlab galereyalar - budda va badisatvalar haykallari turgan. Qoratepa yaqinida Fayoztepa
nomi bilan yana bir bud da yodgorligi urganilgan. U еrda olib borilgan arxeolo gig
izlanishlar shuni kursatdiki, Fayoztepa budda dini ibodatxonasi va o‘quv maktabi ekan.
Talabalar bu еrda yashab budda ta’limoti buyisha talim olganlar. Buddizm davriga oid
yodgorliklar Surxondaryo viloyatida yana Dalvarzintepa, Zartepa, Kuyovqo‘rg‘onda ham
oshib urganildi. Bu yodgorliklarning ko‘pshiligi
II-IV asrlarga oid bulib, ular kushon
davriga oid o‘tmish madaniyatimizning durdonalari hisoblanadi.
1
History of civilizations of Central Asia. The development of sedentary and nomadic
civilizations: 700 B.C. to A.D. 250 Volume II.1996442 р. 545 р.
3
3
Шониёзов К.Қанг давлати ва қанглилар. –Т.: «Фан», 1990, – Б. 35.
4
4
Бичурин Н.Я. Кўрсатилган асар, II-жилд, – Б. 150.
2
History of civilizations of Central Asia. The development of sedentary and nomadic
civilizations: 700 B.C. to A.D. 250 Volume II.1996, p.444.
3
History of civilizations of Central Asia. The development of sedentary and
nomadiccivilizations: 700 B.C. to A.D. 250 Volume II.1996. 242 р.
4
History of civilizations of Central Asia. The development of sedentary and
nomadiccivilizations: 700 B.C. to A.D. 250 Volume II.1996.243 р.
Download
44,08
Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
PROMOTED CONTENT