Mavzu: O‘rta zarafshon tabiiy geografik okrugi reja: Yer yuzasi va geologik tuzilishi,iqlimi Relyefi



Download 0,71 Mb.
bet1/2
Sana22.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#838771
  1   2
Bog'liq
O\'RTA ZARAFSHON OKRUGI


MAVZU: O‘RTA ZARAFSHON TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI
Reja:
1.Yer yuzasi va geologik tuzilishi,iqlimi
2. Relyefi
Okrug O‘zbekistonning markaziy qismini, yer po‘stining tektonik jarayonlar ta’sirida cho‘kkan Zarafshon vodiysining respublikamizga qaraydigan o‘rta qismini o‘z ichiga oladi. Okrug aniq tabiiy chegaraga ega bo‘lib, uni shimol tomondan Nurota tog‘lari, janubdan Chaqilkalon, Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog‘lari o‘rab tursa, sharqdan Tojikiston bilan chegaradosh. G‘arbda Quyi Zarafshon okrugidan Xazar yo‘lagi bilan ajralib turadi.
YER YUZASI VA GEOLOGIK TUZILISHI, IQLIMI
Zarafshon okrugi Turon plitasining cho‘kkan qismida joylashib, neogen davrida dengiz suvining cho‘kindisi tufayli quruqlikka aylangan, so‘ngra daryo o‘zanini yuvib, chuqurlashtirib, qator qayirlar hosil qilgan. Bu qayirlar gil, qumoq va lyossimon jinslardan tashkil topgan. O‘rta Zarafshon okrugini har ikki tomonidan o‘rab turgan tog‘lar esa paleozoy erasining ohaktosh, kristall va slanes kabi tog‘ jinslaridan tarkib topgan. Bu jinslar gersin tog‘ hosil bo‘lish jarayonida burmalangan. Natijada okrug shimolida Nurota, Oqtov va Qoratov, janubida esa Qoratepa, Ziyovuddin hamda Zirabuloq tog‘lari ko‘tarilib qolgan. Bu tog‘lar so‘nggi nurash oqibatida pasayib, Zarafshon daryosining irmoqlari va soylar hamda fizik nurash ta’sirida yassilanib, qiymalanib, hozirgi qiyofasi shakllangan.
Relyefi.O‘rta Zarafshon okrugining relyefi bir xil emas, uning vodiysi tekislikdan iborat bo‘lib, sharqdan g‘arbga pasayib boradi: Samarqand shahri yaqinida balandlik 700–750 m bo‘lsa, Kattaqo‘rg‘onda 450 m, Navoiyda 347 m ga tushib qoladi. Okrug markaziy qismidan ham shimolga, ham janubga balandlashib boradi. Okrugning shimolida Nurota tizmasi joylashib, î‘rtacha balandligi 1500 m, eng baland cho‘qqisi – Hayotboshi 2169 m. Nurota tog‘ining janubida balandligi 500–600 m bo‘lgan Nurota-Qo‘ytosh botig‘i o‘rnashgan, uning janubidaG‘ubdintog‘, Qaroqchitog‘, Oqtov, Qoratov, Baxiltog‘ joylashgan. Zarafshon vodiysining janubida Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog‘lari joylashib, ular orasida Qarnob va Jom botiqlari o‘rnashgan. Okrug hududidagi Zarafshon vodiysining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u goh kengayadi, goh torayadi. Zarafshon vodiysining ana shunday kengaygan joyida Samarqand botig‘I joylashgan. Uning, yerusti tuzilishi yassi tekislikdan iborat bo‘lib, g‘arbda to Xazar yo‘lagigacha 220 km ga cho‘zilgan. Uning kengligi 50—60 km bo‘lib, shimol va janubdan past tog‘lar o‘rab olgan. Okrugning bu qismida Zarafshon daryosining uchta ko‘hna qayirlari bo‘lib, ular lyossimon yumshoq jinslardan tuzilgan. Shu sababli soy va mavsumiy suvlar yuvib, juda ko‘p jarlar hosil bo‘lgan.


Samarqand botig‘i g‘arbga tomon torayib, pasayib boradi. Chunki Qoratov va Ziyovuddin tog‘larining g‘arbiy davomi hisoblangan Avtobach hamda Azkamar platolari yaqinlashib, Xazar yo‘lagini hosil qiladi. Bu yerda Zarafshon vodiysi tarqalib, uning kengligi 8—10 km bo‘lib qoladi. Xazar yo‘lagidan g‘arbga o‘tgach, Zarafshon vodiysi yana kengayib, pasayib, Buxoro vohasini hosil qiladi (39- rasm).

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish