Xalqaro moliya munosabatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati



Download 67,56 Kb.
bet1/2
Sana10.06.2022
Hajmi67,56 Kb.
#650710
  1   2
Bog'liq
Xalqaro moliya institutlari va ularning vujudga kelishi


Mavzu: Xalqaro moliya institutlari va ularning vujudga kelishi
    1. Xalqaro moliya munosabatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati


Hozirgi kunda xalqaro moliyaning xalqaro iqtisodiyotni integratsiyalashuvi (baynalminallashuvi) va globallashuvining asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi o’rni va roli ortib bormoqda. Xalqaro savdo globallashuv sharoitida xo’jalik faoliyatining internatsionallashuviga ko’maklashuvchi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga va milliy iqtisodiyotning o’zaro bog’liqligini kuchaytirishiga sabab bo’luvchi sifatidagi omillarini o’zida saqlab qoldi. Jahon yalpi ichki mahsuloti(YaIM) ning o’rtacha yillik o’sish sur’atiga nisbatan xalqaro tovar aylanmasining o’rtacha yillik o’sish sur’ati 1982-1991 yillarda 1,5 marta, 1992-2007 yillarda esa 2,3 martaga oshdi. Xalqaro savdo globallashuvning jadallashuvida xalqaro valyuta-kredit va moliyaviy oqimlariga nisbatan ahamiyati otib bormoqda.


Moliya tizimining xususiyati uning nafaqat olingan alohida bir mamlakat yoki hududda, balki xalqaro miqyosda ham amal qilishidadir, ya’ni u milliy va millatlararo ko‘rinishda yoki xalqaro moliya tizimi (qisqartmasi «xalqaro moliya») sifatida namoyon bo‘lishidadir.
Xalqaro moliya – bu o‘ylab topilgan kategoriya emas; u ob’ektiv asoslarga ega bo‘lgan ixtisoslashgan moliya munosabatlarini aks ettiradi. Xalqaro moliyaning moddiy asosi bo‘lib mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro moliyaviy oqimlar hisoblanadi. Ular quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:

      1. pul oqimlari – eksport qilingan tovarlar va xizmatlardan kelib tushgan valyuta hamda import qilingan tovarlar va xizmatlarga to‘lov; bu oqimlar o‘zida sub’ektlar xo‘jaligi moliyasini aks ettirishi mumkin, ammo ular turli xil mamlakatlarga tegishli bo‘lganligi sababli ular mamlakatlar o‘rtasidagi pul oqimi harakatini aks ettiradi;

      2. ikki tomonlama xususiyatga ega bo‘lgan kredit vositalari oqimi: bir tomondan ssuda berish, ikkinchi tomondan uning so‘ndirilishi va foizlarni to‘lash.

Shu tarzda mamlakatlar o‘rtasida moliyaviy resurslar harakati vujudga keladi. Ularning taqsimoti bir tomondan valyuta kurslari, ikkinchi tomondan bojxona tariflari va qoidalari bilan tartibga solinadi.
Yuqorida aytib o‘tilganlar bilan xalqaro xususiyatga ega bo‘lgan moliyaviy resurslarning paydo bo‘lishi va ishlatilishining sabablarini to‘liq ochib berish mumkin emas.
Moliyaviy resurslar xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining faoliyati jarayonida shakllanadi va foydalaniladi. Bu institut va tashkilotlar milliy ustqurtma hisoblanib, aniq bir vazifalarni bajaradi. Ularning moliyaviy ta’minoti umume’tirof etilgan fondlar (masalan, OONning byudjeti) yoki maqsadli fondlar (aniq bir tadbir yoki dastur asosida) orqali amalga oshiriladi. Ushbu institut va tashkilotlarning moliyaviy resurslari ikki yo‘l bilan shakllanadi: alohida mamlakatlarning badallari evaziga hamda davlatlarga kredit berish, ularni qaytarish va foiz to‘lovlari asosida. Jahon miqyosida moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini markazlashtirish jahon xo‘jaligi ehtiyojini qondiradi; bunday resurslar shakllanishining iqtisodiy asosi bo‘lib savdo, kreditning rivojlanishi, turli tarmoqlardagi xalqaro dasturlarning realizatsiyasida mamlakatlarning ishtiroki, iqtisodiy integratsiyanig dunyo miqyosida o‘sishi hisoblanadi.
Shunday qilib, xalqaro moliya – bu moliyaviy resurslarining harakati, shakllanishi, taqsimlanishi va xalqaro moliya bozori institutlari hamda xalqaro institutlar va tashkilotlar tomonidan ishlatilishiga asoslangan tarkibi bo‘yicha murakkab bo‘lgan munosabatlar tizimidir3.
Xalqaro moliya munosabatlarining sub’ektlari quyidagilardir: davlatlar, korxonalar, fuqarolar hamda millat ichidagi subyektlar – xalqaro tashkilotlar va xalqaro institutlar. Xalqaro moliya munosabatlari turli mamlakatlarning xo‘jalik subyektlari bilan, bir davlatning boshqa davlatlar hukumatlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan, davlat va korxona o‘rtasida hamda xalqaro moliya institutlari bilan bo‘lishi mumkin.



3 Lavrushin O.I. Dengi, kredit, banki. «Knorus» 2007 g
Xalqaro moliya xalqaro moliya resurslari harakati yig’indisini ifodalovchi tushunchadir. Jahon savdosining o‘sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kengayishi, xalqaro kapital harakatining rivoji, chegaralararo tovarlar, xizmatlar hamda insonlarning harakati xalqaro moliyaning rivojlanishiga, jahon moliya bozorlari, xalqaro moliya korporatsiyalarining vujudga kelishiga, davlatlararo moliyaviy munosabatlar hamda xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jabhalarining murakkablashuviga olib keldi4.
Xalqaro moliya doimo o‘zgarub turuvchi xalqaro pul tizimining holatini va rivojini, alohida mamlakatlar to‘lov balansi holati va o‘zgarishlarini, xalqaro moliya bozorlari, xalqaro moliya korporatsiyalari, xalqaro bank hamda investitsion faoliyatni o‘zida aks ettiradi. Jahon moliya tizimining asosiy qatnashchilari bo‘lib banklar, transmilliy korporatsiyalar, portfel investorlar hamda xalqaro rasmiy qarzdorlar hisoblanadi. Jahon moliya operatsiyalari bugungi kunda alohida davlatlarning moliya tizimiga sezilarli ta’sir etuvchi kuch bo‘lib kelmoqda.
Xalqaro moliya – bu jahon xo‘jaligining valyuta, kredit va moliyaviy munosabatlarini hamda ularning tashkiliy shakllarini qamrab oluvchi tushunchadir. Jahon xo‘jaligining barcha moliyaviy oqimlari, xalqaro moliyaviy operatsiyalarning hammasi, barcha xalqaro hisob-kitoblar xalqaro moliya sohasida sodir bo‘ladi. Ularnig rivojlanishi o‘z navbatida jahon xo‘jaligining shakllanishi, xalqaro savdoning o‘sishi va jahon bozoriga aylanishi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, xalqaro kapital harakatining ko‘payishi va diversifikatsiyalanishi, xo‘jalik aloqalarinig baynalmilallashuviga bog’liqdir. Iqtisodiy adabiyotlarda «Xalqaro moliya» tushunchasining sinonimi sifatida
«xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlari» yoki «valyuta-moliya munosabatlari» tushunchalari qo‘llaniladi. Xalqaro moliya tashkiliy-huquqiy shaklda asosan xalqaro valyuta-moliya tizimi deb nomlanadi.
Xalqaro moliyaning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Milliy iqtisodiyotlarning bir butun xalqaro tizimga iqtisodiy integratsiyalashuvini ta’minlash;




4 Abdullaeva SH.Z. «Pul, kredit va banklar» – 2000y

  • Xalqaro savdo hamda tovarlar, xizmatlar va kapital ayirboshlashni oqilona harakatini ta’minlash;

  • Milliy iqtisodiyotlarni xalqaro iqtisodiy va moliyaviy holatlarga moslashtirish;

  • Davlatlarning milliy moliyaviy siyosatini yuritishida qo‘llanmalar berish.

Xalqaro moliya tushunchasiga berilgan ta’riflarni tahlil qilar ekanmiz, yuqorida keltirilgan ta’riflarning barchasini to‘g’ri talqin qilingan deb baholadik. Ayniqsa, V.V.Glushenkoning «Moliya» kitobida keltirilgan ta’rifi xalqaro moliya tushunchasini aniq va sodda qilib tushuntirgan.
Xalqaro moliya – bu milliy iqtisodiyotning xalqaro moliya bozori operatsiyalaridagi ishtirokida tashqi moliyalashtirish hisobidan kelib tushgan va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda foydalaniladigan moliyadir.
Jahon (global) moliya bozori (jahon kapital bozori) – bu vositachi sifatida ishtirok etuvchi va moliyaviy resurslarni kreditorlar,qarzdorlar, sotib oluvchilar,sotuvchilar o‘rtasida qayta taqsimlovchi moliya-kredit tashkilotlari yig’indisidir.
Xalqaro moliya o‘zi nima? Biz bunda 4 ta muhim yo‘nalish bilan hisoblashishimiz zarur:

  1. Xalqaro moliya - xalqaro moliya bozorlari, xalqaro bank faoliyati, xalqaro darajadagi korporatsiyalar moliyasi, qimmatli qog’ozlar portfellarini boshqarish va ular o‘rtasidagi bog’liqlik, umuman olganda jahon miqyosidagi moliyaviy holat tahlilini ko‘rsatadi.

  2. Xalqaro moliya jahon miqyosidagi moliyaviy operatsiyalar harakatini, ular qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar izohlab beradi, ya’ni yirik industrial davlatlardami, yangi industrial davlatlardami, rivojlanayotgan yoki o‘tish iqtisodiyoti davlatlaridami.

  3. Xalqaro moliya moliyaviy faoliyatni makro- va mikro- darajada to‘liq ifodalaydi.

  4. Xalqaro moliya xalqaro moliya operatsiyalari uzluksiz jarayondan iborat ekanligini va doimiy o‘zgaruvchanligini ko‘rsatib turadi.

Xalqaro moliya tarkibiga xalqaro oborotga kelib tushgan va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda, ya’ni rezedentlarning tashqi dunyo bilan yuzaga keladigan munosabatlarida qo‘llaniladigan moliya kiritiladi. Xalqaro moliya quyidagilarga xizmat qiladi:
Birinchidan, turli mamlakat rezedentlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarga va o‘zaro hamkorligiga;
Ikkinchidan, jahon mamlakatlari rezedentlarinig turli xil institutlar (xalqaro va regional tashkilotlar) bilan yuzaga keladigan munosabatlarga;
Uchinchidan, xalqaro moliya bozorlaridagi turli mamlakatlar rezidentlari operatsiyalariga xizmat qiladi.
Xalqaro moliya jahon moliyasining bir qisminigina tashkil qiladi. Jahon moliyasi o‘z tarkibiga xalqaro moliyadan tashqari jahon mamlakatlarining ichki moliyasini ham kiritadi. Xalqaro moliyaning bazaviy manbai bo‘lib jahon mamlakatlarida mavjud bo‘lgan xususiy va davlat jamg’armalarining bir qismi xisoblanadi. Ushbu qism milliy iqtisodiyotdan chegirilib turli xil maqsad va sharoitlarga asosan chet mamlakatlari iqtisodiyotiga qo‘yiladi yoki xalqaro tashkilotlarga beriladi yo bo‘lmasa, xalqaro moliya bozorlariga kelib tushadi.
Xalqaro moliya ichki moliya hisobidan, ya’ni rezedentlarga tegishli bo‘lgan moliyadan qoplanib turiladi. Shu bilan birga xalqaro moliya ushbu rezidantlarning milliy qonunchilikka asosan boshqa rezedentlar bilan ularning ehtiyojini qondirishga qaratilgan va milliy valyutada amalga oshiriladigan o‘zaro munosabatiga xizmat qiladi.
Ichki moliya milliy moliyaning bir qismi bo‘lib, milliy moliya ichki moliyadan tashqari ushbu mamlakat rezedentlarining tashqi dunyo bilan yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarini ham o‘z ichiga oladi. Ushbu munosabat to‘lov va hisob-kitob balanslarida aks ettiriladi.
Yillik to‘lov balansi o‘tgan yil mobaynida mamlakatning tashqi iqtisodiy munosabatlari qay tarzda shakllanganini: tovarlar, xizmatlar eksporti/importi bo‘yicha to‘lovlar/kirimlarni, shu jumladan kapital bo‘yicha daromadlar/to‘lovlar(foizlar, dividentlar, foydalar)ni; qisqa muddatli va uzoq
muddatli kapital kirimi/chiqimini; rasmiy rezervlardagi o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Joriy to‘lov balansining salbiy qoldig’i mamlakat kapitalni sof import qiluvchi davlat ekanligini, ijobiy qoldig’i esa kapitalni sof eksport qiluvchi davlat ekanligini anglatadi.
Hisob-kitob balansi mamlakatning xalqaro investitsiyalar bo‘yicha tutgan o‘rnini ko‘rsatadi: uning boshqa davlatlarga nisbatan talabi (aktivlari) va chet el kreditorlari va investorlari oldidagi uning majburiyatlari(passivlari)ni ifodalaydi.
Xalqaro moliyalashtirish kredit va kredit bo‘lmagan shakllarga ega. Xalqaro kredit vositalariga ma’lum bir muddatga beriladigan, kreditorga o‘z vaqtida to‘liq va foiz to‘lovi bilan birga qaytarilishi nazarda tutilgan vositalar kiritiladi.
Xalqaro moliyalashtirishning kredit bo‘lmagan shakliga qarz majburiyatlari kiritiladi. Ushbu tashqi qarzdorlik shakli kelishilgan muddatda to‘liq so‘ndiriladigan, amortizatsiya va foizlar ko‘rinishida to‘lab boriladigan qarz majburiyatini ifodalaydi.
Xalqaro kredit rasmiy yoki xususiy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Rasmiy qarz va kreditlarni xalqaro va hududiy kredit tashkilotlari hamda chet davlatlari jamoat boshqaruv organlari, shu jumladan markaziy hukumat va hududiy boshqaruv organlari berishi mumkin. Xalqaro jamoatlar moliyasida o‘ziga xos o‘rinni rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyotida bo‘lgan davlatlarni rasmiy moliyalashtirish tizimi egallaydi. U o‘z ichiga davlat sug’urtasi va garovi ostida eksportni kreditlash va taraqqiyotni moliyalashtirishni oladi. Shu bilan birga taraqqiyotni rasmiy moliyalashtirish o‘z ichiga qaytmaydigan subsidiyalar (garantlar), qarzdan voz kechish, imtiyoz asosida beriladigan vositalarni oladi.
Xususiy chet el kreditlari xususiy banklar, boshqa moliya tashkilotlari hamda nomoliyaviy korporatsiyalar tomonidan shaxsiy yoki qarz mablag’lari hisobidan beriladi.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadbirlar natijasida ochiq iqtisodiyotni shakllantirish va tashqi iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirish uchun mustahkam huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g’risida”gi, “Chet el investorlari faoliyatining kafolatlari
to‘g’risida”gi, “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g’risida”gi qonunlar, O‘zbekiston respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar tashqi iqtisodiy aloqalar hamda xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solib turadi, chet el investitsiyalarini jalb qilish va rag’batlantirish tartibini belgilab beradi. Xususan, tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishning asosiy tamoyillari va tartiblari “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g’risida”gi qonunda belgilab berilgan5. Xalqaro xuquqning umume’tirof etilgan me’yorlariga muvofiq, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarining huquqlari, manfaatlari va mol-mulklari himoya qilinadi.
“Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g’risida”gi qonunda xo‘jalik jamoalari va shirkatlarida, banklar va sug’urta tashkilotlarida hissadorlik asosida ishtirok etish, ya’ni mulklarni aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarni sotib olish, shuningdek yerga (jumladan, ijaraga olingan yerga) tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi ham chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi qayd etilgan6. Bu qonunning chet ellik sarmoyadorlar huquqlarini kafolatlovchi muhim jihatlaridan yana biri shuki, agar O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonunlari investitsiya sharoitini yomonlashtirib qo‘yadigan bo‘lsa, u holda chet ellik investorlarga nisbatan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga investitsiyalar amalga oshirilib turgan paytda amalda bo‘lgan qonunlar tatbiq etiladi. Shu bilan birga, qonunda chet el investitsiyalari milliylashtirish amalga oshirilmasligi kafolatlanadi, shuningdek ularni majburan sotib olish ham mumkin emas, lekin tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar (hayvonlar o‘lati) yuz bergan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda chet ellik investorlarga to‘lanadigan kompensatsiyani keltirilgan zararga barobar bo‘lishi nazarda tutiladi.
Chet ellik sarmoyadorlarning o‘z investitsiyalarini ixtiyoriy ravishda sug’urta qilish huquqi investorlarni o‘z mulklarining ekspropriatsiya qilinishidan, mamlakat



5 O’zbekiston Respublikasi “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risidagi” №285-XP-qonuni. 14 iyun, 1998.
6 “N.X.Jumaev «O‘zbekistonda valyuta munosabatlarini tartibga solish metodologiyasini takomillashtirish» Toshkent. «Fan va texnologiya»- 2007.
ma’murlarining sug’urta tashkiloti bilan investor o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlari aralashuvidan, milliy va boshqa valyuta almashtirishni hamda ularni mamlakat tashqarisiga chiqarishni cheklashlardan va boshqa xatarlardan muhofaza qilishni ta’minlaydi.
1982 yildan 2006 yilgacha jahon tovar eksporti va noomil xizmat (nefaktornix uslug) hajmi 3,3 marta oshgan bo’lsa, yillik bevosita chet el investitsiyalarning chetga chiqishi esa 31 marta oshdi. Ikkinchi Jahon Urushidan keyin joriy to’lov balansi taqchilligini kompensatsion moliyalashtirish asosida milliy iqtisodiyotning moliyaga o’zaro qaramligining o’sishi tufayli moliyaviy globallashuv jarayoni paydo bo’la boshladi
1985 yillardan boshlab moliya bozori tizimi global miqyosda amal qila boshladi. Turli davlatlarning etakchi moliya markazlarini bog’lovchi jahon moliya tarmog’i yuzaga keldi. Bu tarmoq Nyu-York va boshqa etakchi moliya markazlarini, shu jumladan, London, Tokio va Tsyurixni bir-biriga bog’ladi.
London — etakchi Evrovalyuta markazi hisoblanadi. Tokio qimmatbaho obligatsiyalar bozori Yaponiyada jamg’arma hajmining yuqoriligi va kapital mikdorining ortiqchaligi tufayli so’nggi yillarda yanada taraqqiy etmokda.
Xorij depozitlarining manfiyligi tufayli Tsyurix ham etakchi chet el obligatsiyalari bozori hisoblanadi. Boshqa xalkaro moliya markazlari, masalan, Frankfurt, Amsterdam, Parij, Gonkong, Bagama orollari, Kayman orollari dunyo kapitali oqimi bilan bog’liq turli vazifalarni bajaradilar. Ushbu markazlar o’rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi quyidagi uch yo’nalishga ega bulgan moliyaviy inqilobni yuzaga keltirdi. Bu:

    • xalqaro moliya institutlarining global ishtiroki;

    • xalqaro moliyaviy integratsiya

    • moliyaviy innovatsiyalarning tezkorlik bilan rivojlanishidir.

Dunyo kapitali oqimining o’sishi davlatlar o’rtasida moliyaviy raqobatni kuchaytiradi. Ushbu an’ana ichki bozor faoliyatiga va xalqaro kapital harakatining erkinlashishiga davlat aralashuvining qisqarishiga ko’maklashgan holda, alohida davlat hukumatlariga o’z bosimini o’tkazmokda.
Moliyaviy globallashuv taraqqiyoti notekis rivojlanishning kuchayishini va moliyaviy resurslar taqsimotini qo’llab-quvvatlamoqda. Shuningdek, joriy to’lov balansi aktiv va passiv qoldig’ining ko’payishi, ko’plab mamlakatlarda investitsion qo’yilmalarni amalga oshirish uchun o’z resurslarining etishmasligi, davlat byudjeti taqchilligini qoplash, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni o’tqazish, shuningdek, xususiylashtirish, ichki va tashqi qarzlar bo’yicha majburiyatlarni bajarish, banklar va tashkilotlarning birlashuvi va singishini amalga oshirish, moliya bozorlarini erkinlashtirish kabi jarayonlar ham moliyaviy globallashuv taraqqiyotini rag’batlantirmoqda.

    1. Download 67,56 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish