145
namoyon bo‘ladi. O‘qituvchining bunday munosabati esa maktab
bahosining ta’limiy, tarbiyaviy va rag‘batlantiruvchi funksiyasini
pasaytiradi.
Amerikalik pedagog Blumning fikricha, hatto o‘quvchilar
nutqi sur’ati ham o‘qituvchi bahosiga ta’sir etar ekan. Bu narsani
maxsus o‘tkazilgan quyidagi tadqiqotdan ham bilish mumkin.
Òabiatshunoslik fanidan o‘quvchi qiz bir xil materialni ikki marta
gapirib bergan. Avval 16 daqiqada, keyin esa 24 daqiqa davomida.
Javoblar video tasmasiga yozib olindi. So‘ngra 81 nafar o‘qituvchi
sekin aytilgan va tez aytilgan materialni baholashdi. Òez
aytib beril-
gan materialning o‘rtacha bahosi 3,38 ball bilan, sekin so‘zlab
berilgan materialning o‘rtacha bahosi 2,5 ball bilan baholandi.
Òadqiqot mualliflarining xulosasi shuki, ko‘pgina o‘qituvchilar
uchun nutqning tez sur’ati chuqur bilim va katta qobiliyatdan
darak berar ekan.
O‘qituvchi o‘quvchining tez yoki sekin nutq sur’ati materi-
alni bilishi yoki bilmasligi belgisi emasligini fahmlaydi. Vazminlik,
bir ish turidan ikkinchisiga sekin o‘tish sovuqqon mijozdagi
o‘quvchiga savolni tushunib olishi va unga javob tayyorlashi uchun
ko‘proq vaqt talab etiladi. Bunday o‘quvchiga
javob uchun qiziq-
qon mijozga nisbatan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. O‘qituvchi esa
sovuqqon o‘quvchining vazminligini mutlaqo boshqacha tushu-
nadi. Òurli mijozga (temperamentga) mansub bo‘lgan o‘quvchilarga
nisbatan xato qilish umumiy baholash tizimining kamchiligi emas,
balki o‘qituvchining shaxsiy (subyektiv) xatosi, aniqrog‘i, o‘quv-
chilarning o‘ziga xos xususiyatlarini bilmasligi natijasidir.
Maktab amaliyotida ko‘pgina o‘quvchilarni bir-biriga qiyoslasha-
di, birining yutug‘ini ikkinchisiga o‘rnak qilishadi. O‘qituvchi yaxshi
o‘qiy olmagan o‘quvchiga qarab: „Qaragin, Òohir qanday yaxshi
o‘qiydi!“, degan kinoyali so‘zlar bilan uni izza qiladi. Bu o‘quvchiga
ruhiy jihatdan yomon ta’sir qiladi, oqibat u o‘qishdan bezadi.
Bolalarni bir-biri bilan shunday va umuman taqqoslash
maqsadga muvofiqmi? Bunday taqqoslash past o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilarning o‘qishga qiziqishini kuchaytirishga yordam beradi-
mi? Xuddi shu sohada psixologik tajriba o‘tkazildi. O‘quv
yili davo-
mida sinfda har bir o‘quvchini o‘zi bilan qiyoslab, o‘qituvchi
o‘quvchining o‘zlashtirish darajasi haqida uning o‘zigagina aytdi.
Boshqa sinfda esa bir o‘quvchining yutuqlari, imkoniyatlari bir
xil, lekin shaxsiy sifatlari bilan boshqa natijalarga erishgan, boshqa
o‘quvchining yutug‘i yoki muvaffaqiyatsizligi bilan qiyoslandi.
10 — Pedagogika
146
Uchinchi sinfda bolalar umuman taqqoslanmadi. O‘quv yili oxi-
rida o‘quvchilari bir xil qobiliyatli, lekin o‘qishga
turlicha muno-
sabati tufayli o‘quv faoliyatida turli natijalarga erishgan bolalar
sinfi eng yaxshi hisoblanadi. Bu yerdagi taqqoslash bolaning
o‘sishini pasaytirmagan, aksincha, yaxshi natijalarga erishishi
mumkinligini ko‘rsatgan.
O‘quvchi o‘zini o‘zi bilan qiyoslagan sinfda ijobiy natijalar qo‘lga
kiritildi. O‘zlashtirayotgan va o‘zlashtirmayotgan o‘quvchilar taqqos-
langan sinfda mutlaqo boshqacha manzarani ko‘rish mumkin edi.
O‘tkazilgan tadqiqot quyidagi xulosaga kelishga yordam berdi. Bolalar
bilimini
shunday taqqoslash kerakki, unda birovni yuqori ko‘tarib,
boshqalarini yerga urmay, bolalarning eng yaxshi natijalarga erishuvini
va o‘z shaxsini takomillashtirishini qo‘llab-quvvatlasin.
Umuman olganda, bolalarni bir-biri bilan taqqoslash, birini
ikkinchisiga ibrat qilib ko‘rsatish — pedagogik tomondan ham,
axloq-odob tomondan ham mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Darhaqiqat,
tarbiyaning insoniy yo‘nalishi bolani qanday bo‘lsa, shundayli-
gicha qabul qilishni va ularning o‘zini rivojlantirish
kamolotga yetka-
zish uchun shart-sharoit yaratishni ko‘zda tutadi.
O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar bilimini baholashda yo‘l
qo‘yilgan xatolar faqat baho komponentlarining o‘zgarishiga emas,
balki butun o‘quv-bilish faoliyatining o‘zgarishiga olib keladi, ular
bu tizimga xos bo‘lgan kamchiliklarni kuchaytirib, uni kamsu-
qum va yoqimsiz qilib qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: