Savol va topshiriqlar
1. Dars ta’limida rivojlantirish texnologiyasi nimalardan iborat?
2. O‘quvchilarning bilimini baholash texnologiyasi deganda nimani
tushunasiz?
3. O‘quvchi bilimini tekshirish va baholash texnologiyasi prinsiðla-
rini ayting.
4. O‘z-o‘zini baholash haqida ma’lumot bering.
5. O‘quv usul va yo‘llari nima, ularning mazmuni nimadan iborat?
6. O‘quv usullarini aniq klassifikatsiyalash (tasniflash)ga misollar
keltiring, uning o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.
148
XII BOB.
ÒA’LIM QONUNIYATLARI VA
QOIDALARI
PRINSIÐ TUSHUNCHASI
„Prinsið“ so‘zining ma’nosi xulqning, xatti-harakatning
asosiy qoidasi, yetakchi g‘oya demakdir. Òa’lim qonuniyatlari (prin-
siðlari) bu — o‘qitish jarayoniga qo‘yiladigan talablar yig‘indisidir.
Biz, hatto, turmushda ham „bu odam prinsiðli“ deymiz va
bunda o‘sha odamning o‘ziga xos qoidalariga, o‘zining prinsiðlariga
muvofiq ish ko‘rishini nazarda tutamiz. Agar kishining xatti-ha-
rakatlarida qat’iy qoidalar bo‘lmasa, uni „prinsiði yo‘q“ deb hisob-
laymiz.
XV — XVI asrlardagi mashhur olimlar bilishning asosiy qonu-
niyatlariga faqat o‘qitishning emas, balki axloqiy tarbiyalashning
ham yetakchi asosi sifatida qaraganlar.
Forobiy „Namunali ta’lim“ haqidagi risolasida o‘quvchilar
o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan materialni eng yaxshi yo‘sinda bayon
qilish masalasiga alohida to‘xtalib, bu ishning ikkita turini tavsiya
etgan: ularning biri bevosita sezishga yaqin narsalarni oldingi o‘ringa
qo‘yishdan va ikkinchisi aqlga yaqin narsalarni olg‘a surishdan ibo-
ratdir. U o‘zining fikrini tushuntirib shunday yozgan: „Aql o‘z
harakatini avval seziladigan narsalarga, keyin esa aqlga muvofiq
yo‘sinda, ya’ni xossalarni sintez qilishga yo‘naltirishi ma’qul“.
Ibn Sino asarlarida ham didaktikaning prinsiðlariga, xusu-
san, ko‘rsatmali o‘qitishga qiziqish bilan qaralgan. Ibn Sino inson
dastlabki o‘quv mashg‘ulotlarida buyumning tashqi xossasini
o‘rgansa, o‘sha buyumni va uning tasvirini ko‘rib chiqsa, o‘zi
mustaqil holda bilimlarni o‘zlashtira oladi, deb hisoblagan. Olim
inson haqiqatan mavjud narsalarni yoki ularning tasvirini idrok
etishi tufayli unda obyektiv voqelikni to‘g‘ri aks ettiradigan tasavvur
shakllanishini uqtirgan.
Sharqshunos olim Kindiyning fikricha, insonda ijobiy sifat-
larni tarkib toptirishning eng zarur omili uning aql kuchini rivoj-
lantirishdir. Aql kuchi rivojlanmasa, inson umr bo‘yi Arastuning
kitoblarini o‘qisa ham, ularda ifodalangan fanlarning birontasini
o‘zlashtira olmaydi. Bunday odam har qancha urinsa-da, faqat
boshqalarning gaplarini takrorlab bera oladigan bo‘ladi. U hech
narsaning mohiyatini tushunmaydi va o‘zlashtira olmaydi. Kindiy
149
ana shu fikrlarini bayon qilar ekan, o‘qitishning ilmiyligi va ong-
liligi qoidasini nazarda tutgan.
Pedagog olimlarning yuqoridagi fikr-mulohazalarini umum-
lashtirib, xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, o‘qitish prinsiðlari
yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish maqsadlariga muvofiq
o‘qitishning xarakterini belgilaydigan asosiy yetakchi qoidalardir.
Mana shu prinsiðlar qayerdan kelib chiqqan? Ularni kim,
qachon va qanday vaziyatlarda ifodalagan?
Prinsiðlarni ifodalashga olib kelgan asosiy manba, o‘qitish
amaliyoti, o‘qituvchilarning keyinchalik anglangan, umumlash-
tirilgan va tarqalgan tajribasi hamda topilmalaridir.
Biz ijtimoiy rivojlanishga ko‘ra o‘qitish prinsiðlarining o‘zga-
rishini e’tirof etgan holda an’anaviy ta’riflarni saqlash, ularga faqat
zamonaviy maktabning ahvolini aks ettirish zarurligi uchun bosh-
qacha mazmun baxsh etish, xususan, yangi maktabga xos ayrim
qoidalarni kiritish tarafdorimiz. Masalan, „Umumiy ta’lim maktabi
konsepsiyasi“ hamda „Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy
ishlar konsepsiyasi“ga muvofiq, butun o‘qitish va tarbiyalash tad-
birlari ta’limni insonparvarlashtirish hamda demokratlashtirish
talablariga bo‘ysunishi sababli demokratik qonunlarga, shaxsga in-
soniy munosabatlarga asoslangan tarbiyalovchi va kamol toptiruv-
chi ta’limning birligi yetakchi qoida bo‘lib qoldi.
O‘qitishning prinsiðlaridan uning qoidalari kelib chiqadi va ular
u yoki bu prinsiðlarning xususiy qoidalarini aks ettiradi. Masalan,
o‘qitishning ko‘rsatmalilik prinsiði ta’limning ko‘rsatmali qo‘llanmani
hozirlash, o‘quvchilarni uni idrok etishga tayyorlash, qo‘llanmani
ko‘rsatish va tahlil qilish kabi qoidalarini taqozo etadi.
O‘qitishning tizimlilik prinsiði quyidagi qoidalardan iborat:
yangi o‘zlashtirilgan bilimlarni ilgari olingan bilimlarga bog‘lash,
materialni qismlari bo‘yicha bayon qilish, o‘rganilgan bilimlarni
mustahkamlash va hokazo. O‘qitish prinsiði butun ta’lim jarayo-
niga tarqaldi, ta’limning qoidasi faqat ana shu jarayonning ayrim
tomonlari va zvenolaridir.
Y. A. Komenskiy o‘zining „Buyuk didaktika“ asarida didak-
tikaning prinsiðlarini ishlab chiqqanidan boshlab, ularni deyarli
barcha pedagog olimlar ko‘rib chiqdilar, lekin o‘qitish prinsiðla-
rining soni va mazmunini belgilash xususida hozirgi kungacha bir
fikrga kelingani yo‘q. Xatto Ilyina, Ogorodnikov, Boldirov, Shu-
kina va boshqalar yaratgan darsliklarda ham mazkur prinsiðlar-
ning soni har xildir.
150
Do'stlaringiz bilan baham: |