Xi bob. Dars ta’limida rivojlan- tirish texnologiyasi rivojlantiruvchi ta’lim nima?


ILMIYLIK, TIZIMLILIK VA IZCHILLIK PRINSIÐI



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/54
Sana21.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#504778
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
Bog'liq
pedagogika-1

ILMIYLIK, TIZIMLILIK VA IZCHILLIK PRINSIÐI
Maktab ta’limiga qo‘yiladigan ilmiylik talabi xalq ta’limi
to‘g‘risidagi barcha qonunlar, „Umumiy ta’lim maktabi konsep-
siyasi“ hamda „Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar
konsepsiyasi“da ifodalangan yetakchi talabdir. Hozirgi kunda, ya’ni
fan va texnika rivojlangan, ilmiy bilimlar, mustaqil davlatni qu-
rish va uni rivojlantirishning har xil amaliy masalalarini hal qilish-
ning zarur shartiga aylanayotgan davrda mazkur prinsiðni amalga
oshirish nihoyatda muhimdir.
Ilmiylik prinsiði maktab ta’limi mazmuniga fanda aniq rasmiy-
lashgan o‘quv materiallarini kiritishni (bu talab maktab dastur-
lari va darsliklarini taqqoslashda, o‘qituvchi har bir dars uchun
material tanlashda hisobga olinadi), o‘quvchilarni o‘z yoshlariga
mos ilmiy tushunchalar bilan qurollantirishni talab qiladi. Das-
tur va darsliklarda esa ana shunday tushunchalarni o‘zlashtirishning
tartibi ifodalanadi. Bu tartibga jiddiy rioya etish hamda o‘quv jara-
yoniga faqat fanlarda qabul qilingan ta’riflarni kiritish maqsadga
muvofiqdir.
Ilmiylik prinsiði o‘qituvchidan o‘quvchilarning og‘zaki va yozma
nutqiga alohida e’tibor berishni, u yoki bu masalalarni ilmiy asosda
tushunishdan hech qanday chekinishga yo‘l qo‘ymaslikni, ilmiy
tushunchalarni va so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llashni talab qiladi.
Òabiat hodisalarini (momaqaldiroq, chaqmoq, shamol, qor,
yomg‘ir va hokazolarni), shuningdek, jamiyat hayotida eng muhim
o‘zgarishlarni ilmiy jihatdan aniq bayon qilish katta ahamiyatga
molikdir.
Bolalar ta’limning dastlabki yillaridanoq ishning ratsional
usullarini: reja asosida hikoya qilishni, o‘qilgan narsalardagi asosiy
fikrni topa olishni, isbotlay bilishni, o‘quv materialini anglagan
holda yodlashni o‘zlashtirishlari kerak.


152
Mazkur prinsið fanning tarmoqlari barq urib rivojlanayot-
gan hozirgi kunda alohida ahamiyatga molikdir. Shuning uchun
o‘qituvchi har bir darsga tayyorlanishda darslik va o‘quv qo‘llan-
malaridan tashqari, fanlarning so‘nggi yutuqlari yoritilgan vaqtli
matbuot vositalaridan ham foydalanishi lozim. Bunda boshlang‘ich
sinflarda o‘quvchilarni zamonaviy fanlarning yutuqlari bilan ta-
nishtirish kerakmas, degan fikrni ma’qul deb bo‘lmaydi. Bino-
barin, bolalarga berilgan barcha nazariy ma’lumotlar va ular
o‘rgangan qoidalar ilmiy bilishning hozirgi rivojlanish darajasiga
zid kelmasligi lozim. Òa’limning ana shunday yo‘lga qo‘yilishi
o‘quvchilar maktabning yuqori sinflariga o‘tish bilan ularni qayta
yo‘naltirish va qayta o‘qitish zaruriyatini bartaraf etadi.
O‘qituvchi bolalarga fanning so‘nggi yutuqlari haqida so‘zlab
berishi, bilimlar tizimi asosidagina fanni o‘rganish mumkinligini
tushuntirishi lozim. Y. A. Komenskiy va I. G. Pestalossi o‘z davr-
laridayoq bilimlarni o‘rganish uchun ularning navbatdagi har
bir zvenosi o‘zidan oldingi zvenolarga asoslanishi, yangi bilim
ilgari o‘zlashtirilgan bilimlarga jiddiy mantiqiy tartibda bog‘lanishi
zarurligini ishonarli tarzda isbotlaganlar.
Bilimlarni tizimli bayon qilish nimani anglatadi? Bilimlarni
tizimli bayon qilish — ularning yangisini ilgari o‘tilgani bilan bog‘-
lash, shu orqali o‘quvchilarning tushuncha va tasavvurlari doirasini
kengaytirish hamda chuqurlashtirish, materialni qismlari bo‘yicha
o‘rganish, ularning asosiy jihatlarini, umumiy g‘oyasini alohida
ifodalash bilan o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini yo‘nalishga
solish va rivojlantirish, ularga mustaqil holda tahlil qilishni, o‘zlash-
tirilgan ma’lumotlarni tizimga solish va umumlashtirishni o‘rgatishdir.
O‘qituvchining bilimlarni tizimli bayon qilishi o‘quvchilarga
o‘quv predmetining tuzilishi va mantiqini chuqurroq tushunish,
fanning bosh g‘oyasi va asosiy qoidalarini ajratish, tabiat va jami-
yat hodisalari o‘rtasidagi ichki bog‘lanishni aniqlash imkonini
beradi.
O‘qitishning jiddiy tizimliligi muvaffaqiyatli olg‘a borishning
garovi bo‘lib, fikrlarni tartibga soladi, bilim, ko‘nikma va malaka-
larni o‘zlashtirishni osonlashtiradi hamda yaxshilaydi, voqelikni
to‘g‘ri bilishni ta’minlaydi, aql, iroda va xarakterni rivojlantiradi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga talablar qo‘yishda ham, ularning bilim-
lari, ko‘nikmalari, malakalari va xatti-harakatlarini baholashda ham,
fikr-mulohaza yuritishda ham izchillik ko‘rsatishi kerak.


153
O‘qitishning izchilligi faqat o‘quv materiallarini joylashtirishda
qat’iy tizimni emas, faqat yangi bilimlar berishda, o‘tilgan mate-
riallarni mustahkamlash va tekshirishda tafakkurni jiddiy va batartib
rivojlantirishning emas, balki ilgari o‘rganilgan bilimlarni doimiy
ravishda takrorlashni, ulardan keyingi mashg‘ulotlarda yangi ma’lu-
motlar va hodisalarni tushuntirish, ularni taqqoslash uchun, turli
masalalarni hal qilish uchun foydalanishni ham talab qiladi.
Yuz yil muqaddam ta’limda yaqindan uzoqqa, oddiydan mu-
rakkabga, osondan qiyinga, ma’lumdan noma’lumga qoidasi vu-
judga kelgan. Bu qoida ham tizimlilik prinsiðining mohiyatidan ibo-
ratdir.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish