Xalqaro xususiy huquq


Tadqiqot loyihasining obekti va predmeti



Download 121,39 Kb.
bet4/14
Sana19.05.2023
Hajmi121,39 Kb.
#940668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
BMI Nigina

Tadqiqot loyihasining obekti va predmeti.Biz tadqiqot loyihasining bevosita obekti sifatida xalqaro huquq: xalqaro xususiy huquq > xalqaro tijorat arbitraji huquqini olsak, tadqiqot predmeti esa, shak-shubhasiz, xalqaro tijoratga oid nizolar hisoblanadi.
Tadqiqot metodlarini ilmiy bilishning metodlari, statistik, tizimli-mantiqiy tahlil, qiyoslash, amaldagi qonunchilik va uni amalda qo‘llashni ilmiy tahlil etish kabi usullar tashkil etadi.
Tadqiqot gipotezasi – xalqaro tijorat arbitraji va nizolarni hal etishning turli usullari, arbitraj jarayonida arbitrlarning roli va ahamiyatini empiric tushunish, bu boradagi xalqaro tajribalarni o‘rganish va tahlil qilish, shu asosida amaliy xulosa va takliflarni ilgari surish.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Xalqaro tijorat arbitraji undagi taraflarga juda katta erkinlik berish bilan birga, tijoriy nizolarni hal etish jarayoni ustidan nazorat qilish imkoniyatini ham taqdim etadi. Bu, ayniqsa, xalqaro tijorat arbitrajida muhim omillardan biri sanaladi. Aytish joizki, tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati qonun jodkorligida , huquqni qo‘llash amaliyotida, bu boradagi milliy qonunchilikni takomillashtirishda, xalqaro tijorat arbitrajiga oid xalqaro huquq normalarini o‘rganishda, xorijiy tajribalarni qo‘llashda izohlanadi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Mazkur bitiruv malakaviy ish kirish, 2 ta bob, 5 ta paragrafni o‘z ichiga olgan, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.


I BOB. XALQARO TIJORAT ARBITRAJI VA UNING XALQARO TIJORAT NIZOLARINI HAL ETISHDAGI AHAMIYATI.
1.1. Nizolarni hal qilish mexanizmlari va ularning nizolarni hal etishdagi ahamiyati. Nizolar kelib chiqishining asosiy sabablari.
Xalqaro tijorat arbitraji deganda, beehtimol, taraflar o‘rtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarni hal qilish vositasi gavdalanadi. Xalqaro tijorat arbitrajida arbitraj izohining yana bir turi mavjudki, u “ko‘p bosqichli izoh” nomi bilan ataladi. Mazkur izoh o‘zining bir qancha talab va tartiblariga ega bo‘lib, nizo kelib chiqqan taqdirda, taraflar nizoni avvaliga muzokaralar yo‘li orqali hal qilishga urinishlarini nazarda tutadi. Agarki, bu yo‘l muvaffaqiyatsiz yakunlansa, taraflar mediatsiyaga murojaat etishlari kerak bo‘ladi. Ammo, mediatsiya ham ish bermasa, taraflar imperativ bo‘lgan arbitraj jarayonini boshlaydilar. Bilamizki, taraflardan arbitrajgacha bo‘lgan muddat davomida ulardan nizoni mediatsiya va murosa yo‘li bilan hal qilishga undashadi, biroq buni amaliyot ko‘p hollarda bugungi tijorat arbitrajidagi muammolardan biri deb hisoblashadi. Agar taraflar o‘rtasidagi nizo mohiyati katta bo‘lsa va taraflar o‘zaro kelishuvga erisha olmasalar, ular bilan meediatsiya o‘tkazishni va yoki ularni murosaga keltirishni foydasiz usul va shunchaki vaqtni ortiqcha sarflash, deb hisoblashadi. Lekin mediatsiya statistikasiga qaraydigan bo‘lsak, juda ko‘p adovat ruhidagi taraflar aynan mediatsiya yo‘li orqali kelishuvga erishganlar. Tijorat arbitraji doirasida nizo vujudga kelsa, uni hal qilinishini arbitraj va suddan tashqari bir qancha usullari mavjud, aytilganidek. Chunki, arbitrajning o‘zi ham nizoni hal etish usuli sifatida namoyon bo‘ladi. Odatda, nizo chiqqach, taraflar uni o‘zaro muzokaralar orqali hal etishga harakat qilib ko‘rishadi. U muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, taraflar mediatsiyaga murojaat etishlari mumkin bo‘ladi. Bu usullar nizolarni arbitrajdan boshqa tarzda hal qilish usullaridir. Ular xalqaro tijorat arbitrajida “nizolarni muqobil hal qilish” (ADR) deb yuritiladi. Bu atama ham turli mamlakatlarda o‘z talqiniga ega. Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida “nizolarni muqobil hal qilish” atamasi suddan boshqa har qanday usullarni nazarda tutadi. Mediatsiya, murosaga keltirish, neytral baholash, ekspert xulosasi, arbitraj, sud nizolarni hal etish mexanizmlaridir. Mediatsiya – bu borada ancha samarali va yaxshi tanilgan usul hisoblanadi. “Mediatsiya” so‘zi lotincha “mediare” so‘zidan olingan bo‘lib, “vositachilik qilish” deb tarjima qilinadi. Shu boisadan ham, mediatsiyaga “vositachilik”, “yarashtirish maqsadidagi aralashuv” sifatida qaraladi. Hujjatlarda va adabiyotlarda ham bu ikki so‘z (mediatsiya – vositachilik) sinonimlar sifatida qaraladi. Nizolarni hal etish usuli bo‘lgan mediatsiya o‘z tarixida Qadimgi Gretsiya, Rim va Vavilonda vujudga kelgan. Miloddan avvalgi VI asrda Rim huquqida Yustinian kodeksidan boshlab mediatsiya tan olingan. Vositachilik tarixda faqat tijorat va savdo munosabatlariga tegishli bo‘lgan. Aytish o‘rinliki, vositachilar ya’ni mediatorlar tarixda “medium” deb atalib, ular ruhoniylar bilan teng o‘rinda bo‘lishgan. Zamonaviy huquqda esa mediatsiya XX asrning ikkinchi yarmiga kelibgina AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniyada birinchilardan bo‘lib rivojlangan. Vositachilar Yevropada, odatda, fuqarolik (oilaviy) munosabatlarda ishtirok etishga jalb qilingan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomining 33-moddasida mediatsiya – nizolarni hal qilishning usuli sifatida rasman tan olingan. Qolaversa, Yevropa Parlamenti va kengashining 2008-yilgi 52-direktivasida fuqarolik va tijorat nizolarida mediatsiya tushunchasiga aniq ta’rif berib o‘tilgan bo‘lib, unga ko‘ra, mediatsiya – bu taraflar boshlab bergan yoki sud tomonidan tayinlangan yoxud milliy qonunchilik bilan belgilanganidan qat’iy nazar, ikki va yoki undan ortiq nizolashuvchi taraflarning nizoni hal etish to‘g’risidagi kelishuvga erishish maqsadida uchinchi betaraf va xolis shaxsga murojaat etish jarayoni.3 Mediatsiyaning maqsadi shundan iboratki, u taraflarga o‘z nizolarini mustaqil ravishda hal etish imkoniyatini topishga ko‘maklashadi. Ixtiyoriylik, taraflar tengligi, betaraflik, mediatorning neytralligi, maxfiylik kabi xususiyatlar mediatsiyaning birlamchi tamoyillari hisoblanadi. Umuman olib aytganda, bu jarayon taraflar o‘rtasidagi nizoni uchinchi betaraf shaxs orqali tartibga solish va hal etishdir.O‘zbekiston Respublikasining huquqiy tizimida mediatsiya instituti u to‘g’risidagi qonunning qabul qilinishi bilan tartibga solinadi. “Mediatsiya to‘g’risida”gi O‘zbeksiton Respublikasining Qonuni 2018-yilning 3-iyulida qabul qilingan, 2019-yilning 1-yanvaridan amal qilishni boshlagan. Ushbu qonunning maqsadi taraflar o‘rtasidagi nizolarni tartibga solishning muqobil usullarini rivojlantirish uchun zarur huquqiy sharoitlar yaratish va sud tizimiga kelib tushadigan ishlar hajmini kamaytirishdan iborat. Mediatsiya nizolarni hal qilishning eng samarali usuli sifatida mutlaqo ixtiyoriy tarzda maxfiy protsedura etib tayinlanishi ham mumkin. Mediator betaraf va xolis shaxs sifatida taraflar bilan ularning o‘ pozitsiyalarini aniqlash uchun doimiy aloqada bo‘ladi. “Mediatsiya to‘g’risida”gi qonunchiligimizning 13-moddasida mediatorning huquq va majburiyatlari, qolaversa, uning javobgarligi aniq qilib belgilab qo‘yilgan. Xususan, ta’kidlanganidek, taraflar arbitrdan (hakamdan), mediatordan haddan ziyod o‘zlari xohlaganlaridek talablarni qo‘yishlari noo‘rin. Qonunning 12-moddasi mediatorga doir talablar haqida bo‘lib, unda belgilanishicha, mediatorning faoliyati ikki:

  • professional faoliyat;

  • noproessional faoliyat asosida amalga oshirilishi mumkin.

Quyidagilar mediator bo‘lishi mumkin emas:

Davlat vazifalarini bajarishga vakolatli shaxs; Istisno: notarius;

Muomala layoqati cheklangan yoki muomala layoqatsiz deb topilganligi to‘g’risida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lgan shaxs;

Sudlanganlik holati tugallanmagan va yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;

O‘zga nisbatan jinoiy ta’qib amalga oshirayotgan shaxs4

Bu borada xalqaro tajribaga nazar solar ekanmiz, Buyuk Britaniya, Amerika qo‘shma Shtatlari va Avstraliyada ushbu faoliyat yarim asrdan ziyodroq vaqt mobaynida muvaffaqiyatli tarzda o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Asta-sekinlik bilan mediatsiya Fransiya, Belgiya Germaniya kabi mamlakatlarga ham tarqala boshlagan. Mediatsiya faoliyati Germaniyada ajoyib va noodatiy tarzda amalga oshiriladi. Ular Germaniyada adliya tizimiga uyg’un tarzda namoyon bo‘ladi va bevosita sudlar bilan to‘g’ridan to‘g’ri birgalikda ishlaydi. Nizolarni sudgacha hal etishda ko‘maklashadi. Yoki Hindistonga qaraydigan bo‘lsak, faqatgina mediatsiya emas, balki nizolarni muqobil hal qilishning barcha mexanizmlari Hindiston uchun yangilik emas. Chunki ular qadimdan nizolarni oson, qulay, arzon va ortiqcha rasmiyatchiliklarsiz hal etish tarafdori bo‘lib kelishgan. Hindiston qonunchiligiga asosan, ADR ikki toifaga ajraladi:



  1. sud tomonidan ilova qilingan variantlar (hakamlik, mediatsiya);

  2. nizoni keng jamoatchilik asosida hal etish mexanizmi (Lok – adolat).

Aytish joizki, ushbu mamlakatda mediatsiya uch xil yo‘sinda amalga oshiriladi. Bular: majburiy, sud tomonidan yuborilgan vositachilik va xususiy mediatsiya. Majburiy mediatsiya taraflarning holatiga bog’liq bo‘lib, bu taraflar tayyor bo‘lmasa ham, sud ularni mediatsiyaga yuboradi. Bu turdagi mediatsiya Hindistonning Fuqarolik Protsessual qonunida va mediatsiya to‘g’risidagi qonunchiligida bayon etilgan. Sud tomonidan yuboriladigan mediatsiyada esa, sud tomonidan tayinlangan vositachilik bilan sud nizoni faqat mediatorga yuboradi. Odatda, taraflar tomonidan haq to‘lanadigan, belgilangan bir vaqtda va bir joyda, o‘zlari tanlagan mediator tomonidan amalga oshiriladigan jarayon esa, xususiy mediatsiyadir. Bu misolga qo‘shimcha tarzda Saudiya Arabistonini olaylik. Ushbu mamlakatda mediatsiya jarayoni qoiadalari va tarib-taomili bevosita Saudiya Arabistoni tijorat arbitraj markazi tomonidan tasdiqlanadi. Nizolar esa ikki xil usulda, ya’ni, mediatsiya va arbitraj orqali hal qilinadi.
Bir so‘z bilan aytganda, mediatsiya tarixda ham, bugun ham o‘zining yagona talqinini saqlab qolgan, u vositachi, uchinchi neytral shaxs, betaraf shaxs, taraflar bilan birga ular uchun maqbul bo‘lgan yagona yechimni topish va topishga ko‘maklashish jarayonidir. Albattaki, mediatsiya jarayoni arbitrajdan keskin farq qiladi. Buning eng katta sabablaridan biri – u arbitraj singari majburiylik xarakteriga ega emasligidadir. Shunisi ahamiyatliki, arbitraj instituti nafaqat arbitraj uchun, balki mediatsiya uchun ham qoidalarni ta’minlab beradi. Mediator har bitta taraf bilan alohida tarzda uchrashadi, ularni birma-bir tinglaydi, doimo umumiy manfaatlarni ko‘zlaydi va nizoga yechim topishda ularga yordamlashadi. Mediatsiya – o‘ta maxfiy xarakterga egaligi bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, u qulayligi bilan ham xarakterlanadi. Sababi, mediatsiya nizoning istalgan vaqtida yuzaga kelishi mumkin. Buning uchun faqat taraflar kelishuvi bo‘lsa bo‘ldi. Bundan tashqari, arbitraj jarayonida va yoki sudda taraflar o‘z nizolarini aynan mediatsiya orqali hal etishga rozi bo‘lishsa, ular bevosita mediatorga murojaat etishlari mumkin.
Jahon amaliyoti mediatsiyani ko‘proq fuqarolik-huquqiy munosabatlarda samarali ekanligini ko‘rsatdi. Bugungi kunda mediatsiya AQSH, Yangi Zelandiya, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Fransiya,Ispaniya, Italiya, Avstriya, Belgiya, Germaniya kabi mamlakatlarda rivojlangan. Mediatsiya yaxshi rivojlangan mamlakatlarda uning haqiqiy kuchini ko‘rish mumkin. Misol uchun, Amerika Qo‘shma Shtatlarida sudga kelib tushgan ishlarning 95%i sudgacha hal qilingan Yoki Germaniyada har yili 90 %dan ziyod muzokaralar taraflarning kelishuv bitimi bilan yakunlangan. Quyi Saksoniyada samaradorlik har yili 97 %ni, Britaniyada esa bu ko‘rsatkich 90-95%ni tashkil etadi. Yevropaga esa bu ko‘rsatkich 80 %da to‘g’ri keladi. Bu borada Amerika Qo‘shma Shtatlarida ajoyib tizim mavjud. Amerika huquqiy tizimida nizolarni hal etishning muqobil yo‘llariga mediatsiya, muzokara, arbitraj, xalqaro arbitraj, erta neytral baholash (Early neutral evalution) va med-arb kabi usullar kiradi. Sanalgan usullarning hammasi taraflarning kelishishlariga ko‘maklashadi. Bizga erta neytral baholash va med-arb usullari notanish. Erta neytral baholash biz biladigan neytral baholash bilan bir xil jarayon bo‘lib, bunda taraflar o‘z da’volariga nisbatan qanday munosabatda bo‘layotganliklarini xolis baholovchiga qo‘yib beradi. Baholovchi esa taraflarning xato va kamchiliklarini bayon etadi. Med-arb usuli esa bir qarashda ham arbitraj jarayonini, ham mediatsiya jarayonini namoyon etadi. Bunda taraflar o‘z nizolarini avval mediatsiya yo‘li orqali hal qilishga harakat qilishadi. Agar bu ish bermasa, nizo bevosita majburiy arbitraj orqali hal etiladi. Amerikalik huquqshunos olim Goldbergning fikriga ko‘ra: “Nizolarni hal qilishning muqobil usullari – tomonlarning vaqtini va xarajatlarini qisqartirish, sud ishlari va xarajatlarini kamaytirish, aholining adliya tizimidan qoniqish darajasini oshirish, tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni saqlash, nizolarni hal qilish uchun zo‘ravonliklarsiz yoki sud jarayonisiz amalga oshishiga yordam beradi.”5
Endi Rossiya Federatsiyasining bu boradagi huquqiy tizimini o‘rganadigan bo‘lsak, ularda hali-hanuz eng yaxshi yechimni ishlab chiqish kerakligi ta’kidlanadi. Bunga esa bir qancha omillar sabab bo‘lmoqda: sudlarda ishlar hajmining nihoyatda ko‘pligi, sud muhokamasining uzoq davom etishi, hamma ishga ulgurmasligi sabab, ishlar samarasiz yakunlanishi. Sir emaski, ushbu mamlakatda mediatsiya juda yaxshi rivojlangan. Hayotiy misol sifatida aytishimiz mumkinki, Rossiya telekanallarida har kuni o‘z fuqarolarining nizolarini hal etish maqsadida huquqshunoslar ular bilan mediatsiya jarayonlarini olib borishadi. Rossiyalik konfliktolog Voskresenskaya Vasilisa Aleksandrovna ta’kidlashicha, : “Insoniyat jamiyati nizolarsiz mavjud bo‘lolmaydi. Asrlar davomida davlat sud tizimi nizolarni hal etishda eng samarali institutlardan biri bo‘lib kelgan. Nizolarni hal qilish sud jarayoni jiddiy vaqt va moliyaviy xarajatlarni talab qiladi, sud tizimiga katta yuk, shuning uchun bizning zamonamizda nizolarni hal qilishning muqobil usullariga qiziqish ortib bormoqda”.6
Har qaysi davlat ham o‘z hududida nizolarni muqobil hal qilish mexanizmlarini rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Sababi, ular davlat sudlariga kelib tushadigan ishlarning hajmini normallashtirishga, odil sudlovni samarali amalga oshirishga sharoit yaratadi.
Arbitrajning o‘ziga xosligi ham aynan shunda. U taraflar o‘rtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarga iloji boricha bir-birlarini tushungan, kelishtirgan holatda yechim berishga harakat qiladi. Nizolarni muqobil hal qilish mexanizmlari xoh u mediatsiya bo‘lsin, xoh murosaga keltirish bo‘sin – barchasi sud va arbitraj jarayoni kabi uzoq va qimmat emas. Shu sababdan ham huquqshunoslar taraflar o‘rtasidagi nizolarni iloji boricha ortiqcha rasmiyachiliklarsiz nizoni ADR orqali hal etilishini ko‘zlaydi. Nizolarni muqobil hal etishning yana bir mexanizmi bu – taraflarni murosaga keltirishdir (concilation). Biz juda ko‘plab yuridik adabiyotlarda mediatsiya va murosaga keltirish kabi nizolarni muqobil hal qilish mexanizmlarini sinonim holatida uchratamiz. Biroq, bu xato. Aynan shu masalani murosaga keltirish to‘g’risidagi UNCITRAL namunaviy qonuni atroflicha o‘rganib chiqqan.7 Taraflarni murosaga keltirish ular bilan muzokara o‘tkazishdan ancha farqli hisoblanadi. Tabiiyki, mediatsiya jarayonida taraflar bilan o‘zaro muzokaralar o‘tkazilib, ular uchun eng yaxshi yechim topishga harakat qilinadi. Murosaga keltirish jarayonida taraflarga o‘z nizolarini xolisona va mustaqil yordam beradigan neytral uchinchi tarafni o‘z ichiga oladi. Nizolarni hal etishning ushbu mexanizmi ham majburiy emasligi bilan farqlanadi. To‘g’ri, mediatsiya bilan taraflarni o‘zaro murosaga keltirishda o‘xshashliklar bor. Buni inkor etib bo‘lmaydi. Masalan, har ikki usulda ham xolis va betaraf uchinchi shaxslar qatnashadi, taraflar bilan aloqa o‘rnatadi. Biroq, mediatsiya jarayoni deyilganda, avvalo, taraflar bilan muzokaralar o‘takzilishi kerakligi yodga olinadi, murosaga keltirishda esa, xolis shaxs bevosita uchinchi taraf sifatida namoyon bo‘ladi, taraflar ichiga kirib, nizo mohiyatini anglagan holda, uni hal etishga yordamlashadi. Odatda, ko‘pchilik huquqshunoslar mediatorlarni ko‘proq taraflarning nizolarini hal etilishiga ko‘maklashuvchi shaxslar deb, taraflarni murosaga keltiruvchilarni esa, yo‘naltiruvchi shaxs sifatida ko‘rishadi. Nizolarni hal etishning yana bir usuli bu neytral baholashdir. Bu shunday baholashki, bunda institutning o‘zi taraflar uchun neytral tarafni belgilab berishi mumkin. Yoki taraflarning o‘zi har birini tinglaydigan, shartnomalaridagi huquq masalasi va yoki nizo haqida o‘zining majburiy bo‘lmagan ya’ni dispozitiv xarakterdagi xulosasini beradigan neytral tarafni topishi va o‘zaro kelishishlari mumkin bo‘ladi. Ushbu tanlangan neytral shaxs, odatda, taraflarga keyingi muhokamalarda ya’ni taraflar bilan har muhokamadan keyin bo‘ladigan muhokamagataraflarning o‘z da’volariga nisbatan qanday munosabatda bo‘layotganliklarini isbotlovchi, ularni jarayonga yanada realistik bo‘lishga yordam beruvchi har bitta tarafning xato va kamchiliklarini neytral shaxs sifatida taraflarga bayon etadi. Bundan tashqari, yuqoridagilar qatoriga ekspert xulosasini ham kiritsak xato bo‘lmaydi. Bu, albattaki, ma’lum holatni o‘z ichiga qamrab oladi. Ya’ni, agar arbitrajdagi nizo juda yuqori darajadagi texnik savolni qamrab olgan taqdirda va u savolga maxsus ekspert yondashuvi talab etilgan taqdirda, taraflar o‘zaro kelishgan holda, nizodagi maxsus bilim talab etiladigan savolga ekspert xulosa berishi haqida kelishib olishadi. Lekin ko‘p hollarda ekspert majburiy (imperativ) bo‘lgan qaror chiqaradi, bu esa uni mediatsiya va taraflarni
murosaga keltirishdan farqlaydi. Lekin taraflar ekspertdan imperativ bo‘lmagan xulosani taqdim etishiga kelishib olishlari mumkin. Bundan tashqari, arbitraj va sud jarayonigacha taraflar bilan kichik sud jarayonlari tashkil etilishi mumkin. Bu jarayon ham aslida, sud va arbitrajgacha nizoni hal etishni maqsad etadi. Aytish joizki, bir qancha arbitraj qoidalari o‘z ichida aynan kichik sud jarayonlari o‘tkazilishini belgilab beradi. Ushbu turdagi sud jarayonida hayat bitta qaror qabul qiluvchi shaxsdan, taraflardan, agar taraflar kompaniya bo‘lsa, har bitta tarafdan bittadan shaxsdan tarkib topgan hay’at bo‘ladi. Kichik sud jarayonlari, odatda, ikki kun davom etadi. Buning o‘ziga xos jihati shundaki, kichik sud jarayonlarida taraflar o‘z hujjatlarini o‘zaro almashtirolmaydi, balki har qaysi taraf o‘z da’volariga nisbatan munosabatlarini sud jarayonining o‘zida oshkor etadi. Barcha jarayonlar maxfiy tarzda bo‘ladi, shu sababdan kichik sud jarayonlarida qo‘llanilgan hujjatlar va ma’lumotlar keying sud majlislarida foydalanilishi mumkin emas. Ammo, ushbu jarayon taraflar uchun majburiy hisoblanmaydi. Shu o‘rinda, beysbol arbitraji haqida to‘xtalib o‘tamiz. Beysbol arbitraji nizolarni muqobil hal etish usuli sifatida emas, balki arbitrajning o‘ziga xos maxsus texnikasi sifatida tanilgan. Biroq ushbu texnika ham qaysidir ma’noda, to‘g’ri ishlasa, Bu texnika biror narsaning miqdori haqida qaror qabul qilinishi kerak bo‘lganda, ana shu maqsadda taraflarni hamfikrlikka chorlab, bitta to‘xtamga kelishlarini talab etadi. Bitta miqdorni tanlash mobaynida taraflar o‘zaro aloqada bo‘lib,bir-birlari bilan yaxshi munosabat o‘rnatishadi. Bu texnika nima uchun “beysbol arbitraji” deb nomlanishi qiziq. Avvallari shu texnika AQSHdagi beysbol oliy ligasida o‘yinchilar bilan shartnoma tuzish jarayonida qo‘llanilgan.
Yuqorida nizolarni hal qilishning turli usullarini ko‘rib chiqdik. Albattaki, har bitta usulning o‘ziga yarasha kamchiliklari mavjud. Taraflar nizolarini hal etishning har qaysi usuli nizoni hal etishni maqsad etadi. Aytib o‘tilganidek, ko‘p bosqichli arbitraj kelishuvi juda samarali bo‘lib, u muayyan bosqichni o‘zida aks ettiradi. Ushbu bosqich avval taraflar bilan muzokaralar o‘tkazishni ya’ni mediatsiya jarayonini namoyon etadi. Agar mediatsiya taraflar uchun samarali yakunlanmagan taqdirda, ularni ikkinchi bosqich – murosaga keltirish turadi. Mazkur bosqichda taraflar orasiga xolis uchinchi taraf qo‘shiladi va taraflarni o‘z nizolarini hal etishlarida to‘g’ri yo‘nalish berib boradi. Biroq bu bosqich ham muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, ularni majburiy arbitraj qarshi oladi. Tarafalar kelib chiqqan nizolarini va yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarini qay yo‘sinda hal etish haqida kelishib olsalar, nizo kelib chiqqan taqdirda, ortiqcha muhokamalarsiz, nizo belgilangan tartibda hal etiladi. Xalqaro amaliyotni o‘rganganimizda, tarixda mediatsiyani ko‘proq fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qo‘llashgani haqida ma’lumotlar berilgan. Nizolarni hal etish deganda, avvalo, fuqarolik –huquqiy munosabatlaarning eng asosiy bo‘g’ini haqida muhokama qilishni zarur deb hisoblaymiz. Masalan, O‘zbekiston Respublikasidagi har bitta mahallani biz – mediatorga qiyos etsak, mubolag’a bo‘lmaydi. Chunki mahallalar tegishli joylardagi oilalar bilan bog’liq fuqarolik-huquqiy munosabatlarni sudgacha hal qilishga juda samarali tarzda yordamlashadi. Ular o‘z muzokaralari orqali yurtimizdagi ajrashishlar sonini keskin kamayishiga va sudlarga kelib tushadigan ishlar hajmini normallashtirishga ko‘maklashadi. Albattaki, ular ham taraflar orasida mutlaqo xolis taraf sifatida ishtirok etadi.
Nizolarni hal etishning muqobil usullariga xulosa yasaydigan bo‘lsak, “Nizolarni muqobil hal qilish deganda, nizolar uchinchi shaxs ishtirokida yoki uning ishtirokisiz suddan tashqari yakdil bir to‘xtam (qaror)ga keltiriladigan tartib-taomillar tushuniladi.”8 Yana boshqa yuridik adabiyotlarda esa, “ Nizolarni muqobil hal etish ikki ma’noda qo‘llaniladi. Birinchidan, taraflar sudning qarorisiz ishni tugatishga kelishib olishi, ikkinchidan, tomonlar ixtiyoriy ravishda rasmiy sud jarayonidan tashqari o‘z muammolarini hal qilish maqsadida tanlagan usullari tushuniladi.”9Biz shu tomoniga ham ahamiyat qaratishimiz kerakki, ADR da nizo sudgacha hal etiladi va oilaviy, qadrdonlik munosabatlariga darz ketmaydi. Mazkur masala bo‘yicha yuridik fanlar nomzodi, professor M.M.Mamasiddiqov o‘z fikrini quyidagicha bildirgan: “Nizodagi taraflarni yarashtirishga qaratilgan milliy qadriyatlarimiz va an’analarimiz, mamlakatimiz hududida muqaddam amalda bo‘lgan tartib-taomillar to‘g’risida so‘z yuritish joiz ko‘rinadi.”10 Yuqoridagi nizolarni muqobil hal etish usullarining barchasi taraflarning nizolarini sud va arbitrajdan tashqarida hal etishni ko‘zlaydi va shu orqali sudga kelib tushadigan ishlar hajmini keskin ravishda kamayishiga olib keladi.



Download 121,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish