1.2. Xalqaro tijorat arbitraji tushunchasi, turlari va mohiyati.
Arbitraj – xususiy sudlov tizimining yaqqol namunasidir. Xalqaro tijorat arbitraji bevosita xalqaro subektlar bilan, ular o‘rtasidagi turli tijoriy munosabatlarning vujudga kelishi bilan bog’liq jarayonlarni qamrab oladi va ular o‘rtasida vujudga kelgan yoki kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni sudgacha hal etish usulidir. Arbitraj haqida gap ketar ekan, uning tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Shu o‘rinda, 1958-yilgi “Xorijiy arbitraj qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to‘grisida”gi Konvensiyani (Nyu York konvensiyasi), 1925-yilgi Federal arbitraj aktini, bundan tashqari, 1923-yilgi protokollarni yodga olish zarur. O‘rganganim shuni xulosa berdiki, yaqingacha ham xalqaro tijorat arbitraji o‘z ma’nosicha qabul qilinmagan va ishlatilmagan, balki xalqaro tijorat nizolari “xalqaro” ahamiyat kasb etsa-da, ular, asosan, milliy qoidalar asosida hal etilar ekan. Xalqaro tijorat arbitrajining o‘z talqinida anglashilishiga esa 1976-yilgi “UNCITRAL” arbitraj qoidalari hamda 1985-yilgi “UNCITRAL” Namunaviy Qonuni o‘z tamal toshini qo‘yib bergan.
Arbitraj – doimiy arbitraj muassasasi yoki muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etiladigan arbitraj sudi tomonidan amalga oshirilishidan qat’iy nazar, nizoni hal qilish tartib-taomili.11
Xalqaro tijorat arbitraji – turli xalqaro subektlarning o‘zaro iqtisodiy-tijoriy munosabatlari orqali vujudga kelishi mumkin bo‘lgan yoki vujudga kelgan nizolarni sudgacha hal etishning samarali usulidir.
Xalqaro tijorat abitrajida nizolashuvchi taaflar o‘z nizolarining har qanday sud tizimidan holi ravishda hal etilishiga qaror qilishadi. Arbitraj ham bevosita taraflarga juda katta mustaqillik va erkinlik taqdim etadi, xususan, bunda taraflar o‘z nizolari hal etilishida qo‘llaniladigan har qanday jarayon ustidan o‘z nazoratlarini amalga oshiradilar. Ushbu holat xalqaro tijorat arbitrajida juda muhim xususiyatlardan biri sanaladi, chunki nizolashuvchi taraflar boshqa bir taraf sud tizimi yurisdiksiyasiga subekt bo‘lishni xohlamaydi, tabiiyki. Arbitraj o‘zining nizo taraflariga nisbatan xolislikni ifoda etishi – uning eng katta afzalligidir, yuqorida ta’kidlanganidek, hech qaysi taraf boshqa tarafniing milliy sudi yurisdiksiyasiga bo‘ysunishni xohlamaydi. Bundan tashqari, arbitraj jarayoni va unda qabul qilinadigan har qanday qarorlarning maxfiyligi, nizoni hal etadigan arbitrlarning taraflar tomonidan mustaqil ravishda tanlanishi, eng asosiysi, arbitraj – sudga nisbatan arzon hisoblanadi va bu taraflarga juda ma’qul keladi. Juda ko‘p arbitrajlardagi taraflarda shikoyat huquqining mavjud emasligi, arbitrlarning har qanday holatda ham majburlash vakolatiga ega emasligi, gender xilma-xilligining yetishmaslik kabi holatlar esa arbitrajning kamchiliklari sifatida namoyon bo‘ladi. Misol uchun, shunday arbitrajlar mavjudki, ularda shikoyat qilish huquqi taraflarga taqdim etilmaydi, chunki bunday huquqlarning o‘zi mavjud bo‘lmaydi. Bu holat esa, taraflarga juda qiyinchiliklar tug’dirishi tabiiy hol, ayniqsa, arbitrning qaroridan norozi bo‘lgan tarafga. Yoki arbitrlarning majburlash vakolatiga ega emaslik holatini mushohada etsak, arbitraj jarayonida garchi nizoning hal etilishi taraflar roziligi bilangina amalga oshsa-da, taraflardan juda katta mas’uliyat talab etiladi, agar taraflar o‘z majburiyatlarini ado etmagan vaqtlarda, arbitrlar ularga nisbatan hech qanday ta’sir chorasini qo‘llay olmaydi yoki hech nimaga majburlay olmaydi. Vaholangki, sudlar bunday taraflarga nisbatan ta’sir chorasi qo‘llash huquqiga ega hisoblanadi.
Taraflar nizolarini aynan arbitraj orqali hal qilinishi haqidagi to‘xtamga kelishganida, ularda ilk tanlov mavjud bo‘ladi, qaysiki, nizolari arbitraj instituti tomonidan boshqarilishi yoki arbitraj jarayoni “ad hock” tarzda bo‘lishini tanlashlari lozim bo‘ladi. Ya’ni arbitraj bevosita ikkiga:
Institutsional arbitraj;
Ad hock arbitrajga ajraladi.
Albattaki, mazkur ikki arbitrajning o‘ziga xos jihatlari mavjud bo‘lib, ushbu jihatlar ularni bir-biridan farqlashga xizmat qiladi. Misol tariqasida institutsional arbitrajni keltiraylik. Bu turdagi abitraj qoidalari:
Hakamlik qiluvchi arbitrlarning o‘z vaqtida tayinlanishini;
Arbitraj jarayoni to‘liq adolatli o‘tishini;
Mazkur arbitrajni tanlagan taraflar haq va xarajatlarni oldindan to‘lab qo‘yishlari kerakligini ta’minlaydi. Zero institutsional arbitraj qoidalari aynan arbitraj jarayoni uchun ketadigan xarajatlar yoki unga to‘lov borasida taraflar bilan kelishish kerak emasligini o‘zining afzallik jihatlaridan biri deb hisoblaydi.
Bundan tashqari, institutning arbitraj qoidalari vaqt sinovidan o‘tgan va odatda yuzaga keladigan aksariyat vaziyatlarni hal etishda juda samaralidir. Yana bir afzalligi shundaki, mashhur institut nazorati ostida qabul qilingan qaror xalqaro hamjamiyat va sudlarda ko‘proq ishonchga ega bo‘lishi mumkin. Bu yutqazgan tarafni qarorga nisbatan e’tiroz bildirmaslikka va imkoni boricha, qaror qilingan summani ixtiyoriy ravishda to‘lashiga sabab bo‘lishi mumkin.12
Aytish joizki, jahonda tijorat arbitrajiga bo‘lgan talab qancha ortgani sari, u bilan teng ravishda, arbitraj institutlari ham rivojlanib bormoqda. Bunga misol tariqasida Amerika Arbitraj Assotsiyatsiyasini keltirsak. Ushbu assosatsiya faqatgina xalqaro darajadagi nizolarnigina hal etish uchun - nizolarni hal qilish xalqaro markazini tashkil etgan. Bu kabi institutlar xalqaro arbitrajga do‘stonalikni taqdim etish bilan bir qatorda, o‘zlarining ma’lum bir nizolarni hal etishni amalga oshirish uchun o‘z ichki qoidalarini o‘zgartirib turishadi. Bugungi kunga kelib, xalqaro tijorat arbitraji sohasida bir qancha asosiy arbitraj institutlari mavjud. Quyida ularni birma-bir ko‘rib chiqamiz.
Birinchi misol tariqasida Xalqaro Savdo Palatasi (ICC)ning Xalqaro arbitraj sudini olsak, ushbu arbitraj sudi bu boradagi eng mashhur institutlardan biri hisoblanadi. ICCning Xalqaro arbitaj sudi arbitraj jarayonini nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan ma’muriy organdir. Jahonning turli nuqtalaridan yig’ilgan kuchli yuridik mutaxassislar esa ushbu arbitraj sudining a’zolari hisoblanadi. Darhaqiqat, ICCning eng so‘nggi arbitraj qoidalari 2012 yil 1-yanvarda kuchga kirgan. ICC va uning Xalqaro arbitraj sudi faoliyati o‘zaro bir-biriga bog’langandir. Palata tomonidan qabul qilinadigan har bitta arbitraj qarori xalqaro arbitraj sudi tomonidan to‘liq va har tomonlama o‘rganib chiqilmaguniga qadar, ushbu qaror taraflarga taqdim etilmaydi.13 Biroq, shuni aytish kerakki, ushbu qarorni sud avval o‘rgnib chiqishi – uning qaror mazmunini o‘zgartirishi ham mumkin, degan xulosaga borish noto‘g’ri bo‘ladi. Nega deganda, qaror mazmunini o‘zgartirish arbitraj sudining vakolatiga kirmaydi. Agar arbitraj sudi qarorda biror kamchilik topgan taqdirda, qaror o‘z izohlari bilan yana arbitrlarga qaytarib yuboriladi. Ushbu arbitraj sudining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – bu unda taraflar “Murojaat qilish shartlari” deb ataluvchi sudning o‘ziga tegishli bo‘lgan hujjatni to‘ldirishlari va imzolashlari talab etiladi.14Ushbu hujjat o‘zida arbitraj joyi va vaqti, jarayoni va u bilan bog’liq bo‘lgan bir qancha qisqacha ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Ushbu harakat bevosita taraflar foydasiga yo‘naltirilgan bo‘lib, taraflar uni to‘ldirishlari va imzolashlari orqali arbitraj jarayoni boshlanishida uning nizomi qanday bo‘lishinibilib oladilar. Xalqaro savdo palatasi Xalqaro arbitraj sudining joyi Parij shahrida joylashgan bo‘lsa-da, u butun jahon arbitrajlarini nazorat qiladi va boshqaradi.152015-yilning o‘zida ushbu Xalqaro arbitraj markazi 56 ta davlatda arbitraj jarayonlarini olib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |