Xalqaro xususiy huquq


Amerika Arbitraj Assotsiyatsiyasi (AAA)ning Nizolarni hal qilish xalqaro markazi (ICDR)



Download 121,39 Kb.
bet6/14
Sana19.05.2023
Hajmi121,39 Kb.
#940668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
BMI Nigina

Amerika Arbitraj Assotsiyatsiyasi (AAA)ning Nizolarni hal qilish xalqaro markazi (ICDR)
Ushbu markaz xalqaro tijorat arbitraji sohasida o‘zining yuksak nufuziga ega hisoblanadi. 2015-yilda unga topshirilgan xalqaro arbitraj ishlari soni 1026 tani tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich markazning ishlarni ko‘rish foizini 2011-yilga nisbatan 7 %ga oshganidan dalolat beradi.16
Yuqorida ta’kidlaganimdek, Nizolarni hal qilish xalqaro markazi o‘zining nufuziga ega, u jahonning bir qator mamlakatlarida o‘zining idoralarini ochishga ulgurgan. Misol uchun:
17
nizolarni hal qilish xalqaro markazi (ICDR) Meksikada milliy savdo palatasining mediatsiya va arbitraj komissiyasi (CANACO) bilan hamkorlik kelishuviga ega. Bundan tashqari, ICDR Singapurda o‘z idorasini ochish uchun Singapur xalqaro arbitraj markazi ya’ni SIAC bilan qo‘shma korxona tashkil etgan. Ana endi Baxraynga to‘xtaladigan bo‘lsak, Amerika Arbitraj Assotsiyatsiyasi va Baxrayn adliya va islom ishlari vazirligi Baxraynda Baxrayn nizolarni hal etish palatasi (BCDR-AAA) ni tashkil etgan. ICDR kamida 52 ta davlatdagi 82 ta institut bilan hamkorlik kelishuvlarini imzolagan.18
London xalqaro arbitraj sudi (LCIA)
Ushbu arbitraj sudi haqida gapirar ekanmiz, uning qadimiyligi alohida e’tirofga loyiq. Chunki uning aynan mana shu xususiyati taraflarda qattiq ishonchni uyg’otadi. London xalqaro arbitraj sudi XIX asr oxirida tashkil topgan bo‘lib, bugungi kunning eng qadimiy xalqaro arbitraj institutidir. Ushbu arbitraj sudi o‘zining LCIA qoidalariga ega hisoblanadi. U jami 46 ta a’zodan tashkil topgan bo‘lib, ular LCIA qoidalarini to‘g’ri qo‘llanilishi bo‘yicha hal qiluvchi organdir. Bundan tashqari, ushbu organ arbitrlarni tayinlash, ularni rad etish, qolaversa, narxlarni o‘z nazorati ostiga olish majburiyatiga egadir. Ushbu arbitraj sudining taraflar uchun eng afzallik jihati shundan iboratki, arbitraj sudi taraflar tanlaydigan har qanday joyda ishlarni ko‘rib chiqadi, ishlarga esa, shak-shubhasiz, o‘zining LCIA qoidalarini qo‘llaydi. Unga kelib tushadigan ishlar statistikasi ham unga qiziquvchilarni hayratda qoldiradi va unga kelib tushadigan ishlar miqdorini ko‘rib, ishonchini yanada mustahkamlaydi, albatta. Chunki 2015-yilda London xalqaro arbitraj sudiga jami 326 ta arbitrajda ko‘rishga, shuningdek, mediatsiya va nizolarni hal etishning boshqa muqobil yo‘llariga oid kelib tushgan ishlar soni oltitani tashkil etgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2014-yilga borib, 10 %ga o‘sgan.19 London xalqaro arbitraj sudi ham xuddi Amerika Arbitraj Assotsiyatsiyasining Nizolarni hal qilish xalqaro markaziga o‘xshab, bir qancha mamlakatlarda o‘zining hamkorlik ishlarini boshlagan. Bunga misol qilib, Nyu-Dehlida joylashgan Hindiston-London xalqaro arbitraj sudini va yoki Dubay shahrida joylashgan Dubay xalqaro moliya markazi – London xalqaro arbitraj sudi (DIFC-LCIA) markazini, bundan tashqari, Mavrikayada joylashgan London xalqaro arbitraj sudi – Mavrikiya xalqaro arbitraj markazi (LCIA-MIAC) kabi20 sherikchilik ishlarini olishimiz mumkin.

Download 121,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish