Xalqaro xususiy huquq


Gonkong xalqaro arbitraj markazi (HKIAC)



Download 121,39 Kb.
bet7/14
Sana19.05.2023
Hajmi121,39 Kb.
#940668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
BMI Nigina

Gonkong xalqaro arbitraj markazi (HKIAC)
Yevropa tashqarisidagi eng mashhur arbitraj instituti bo‘lgan Gonkong xalqaro arbitraj markaziga 1985-yilda asos solingan. Uning ishlarni ko‘rish statistikasini o‘rganar ekanmiz, HKIAC tomonidan to‘liq boshqarilgan ishlar soni 2012 yildan 2014-yilga qadar 69 tadan 110 tagacha, ya’ni 62 %ga o‘sgan.21Garchi Xitoy xalqaro iqtisodiy savdo arbitraj komissiyasi (CIETAC) ham shunday arbitraj ishlarni ko‘rib chiqish uchun ko‘p marotaba tanlansa-da, Gonkong xalqaro arbitraj markazi Xitoy kompaniyalari va boshqa mamlakatlarning uchinchi taraflari o‘rtasidagi arbitraj ishlarni ko‘rib, hal etish uchun juda katta mavqega ega.22
Singapur xalqaro arbitraj markazi (SIAC)
Ushbu xalqaro arbitraj markazi Osiyodagi eng muhim arbitraj institutlaridan biri hisoblanadi. Singapur xalqaro arbitraj markazi dunyoning TOP 5 arbitraj institutlaridan biri sifatida tanilgan, qolaversa, Osiyoda mavqeyi jihatidan Gonkong xalqaro arbitraj markazidan so‘ng, ikkinchi o‘rinda turadigan arbitraj institutidir. Singapur xalqaro arbitraj markazi arbitraj uchun xolis va o‘ta neytral yurisdiksiya sifatida yaxshi tanilgan. Uning ish statistikasiga qarar ekanmiz, ushbu xalqaro arbitraj markazi 2005-yildan to 2015-yilga qadar o‘z ish hajmini deyarli 400 %ga oshirdi.23
Yuqoridagi arbitraj markazlaridan tashqari markazlar ham xalqaro arbitraj jarayonlarini faol ravishda boshqarishi mumkin. Misol uchun, Sharq-G’arb arbitraj ishlarini ko‘rib chiqishi bilan Stokgolm savdo palatasi (SCC)ning Arbitraj instituti yaxshi nom qozongan. Yana shunday markazlar qatoriga Germaniya arbitraj instituti (DIS)ni, Niderlandiya arbitraj instituti (NAI)ni, Vena xalqaro arbitraj markazi (VIAC)ni, Shvetsariya palatalari arbitraj instituti (SCAI)ni, qolaversa, Yevropa arbitraj sudi (CEA)ni ham sanasak bo‘ladi. Gap arbitraj haqida ketar ekan, Jeneva hamda Singapur shaharlarida o‘z idorasiga ega bo‘lgan Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (WIPO) haqida gapirish joiz. Ushbu tashkilot ham intellektual mulk sohasiga oid nizolarni hal etishda mediatsiya va arbitraj qoidalariga to‘liq amal qiladi. AQSHning JAMS hamda nizolarni oldini olish va hal qilish instituti (CPR) kabi nizolarni hal qiluvchi tashkilotlari xalqaro arbitraj va mediatsiya qoidalarini qabul qilgan va ushbu ishlarni boshqarishda kuchli nazoratga ega. 24 Bundan tashqari, shunday arbitraj institutlari mavjudki, ular faqat ma’lum sohagagina ixtisoslashtirilgan arbitrajlar bo‘ladi. Don va oziq-ovqat savdosi assotsiyatsiyasi (GAFTA)25, London dengiz arbitraj assotsiyatsiyasi (LMAA)26, moy, urug’ va yog’lar assotsiyatsiyalari federatsiyasi (FOSFA)27, London metall birjasi (LME) kabilar unga misol bo‘la oladi. Bu kabi ixtisoslashgan arbitraj institutlari faqat o‘z a’zolari orasidagi nizolarni ma’lum sanoatga asoslangan tartib-taomillar yordamida hal etadi. Bugungi kunga kelib turli sohalarda maxus ixtisoslashgan arbitraj institutlari o‘z faoliyatini yuritmoqda, xususan, energetika sohasida ham. Xalqaro energetika arbitraj markazi (ICEA)28 (ushbu arbitraj markazi 2013-yili Shotlandiya arbitraaj markazi va Dandi universiteti qoshidagi Energetika, neft va mineral qonunchilik va siyosat markazi (CEPMLP) tashabbusi bilan tashkil etilgan. Uning vazifasi energetika sohasida nizolarni hal qilishdagi tendensiyalarni tadqiq qilish va energetic nizolarni hal qilishda ishtirok etayotganlar uchun manba bo‘lishdir.) va Energetika-resurslar bo‘yicha Pert arbitraj markazi (PCERA)29 (Ushbu markaz 2014-yili Avstraliya davlatida tashkil topgan.)
Bevosita ad hock arbitrajiga to‘xtalar ekanmiz, “ad hock”ning o‘zi nima, degan savolga javob berib o‘tamiz. Ad hock – vaqtincha, ma’lum muddat davomida degan ma’nolarni beradi. Ya’ni ad hock arbitrajlar ma’lum bitta nizoni hal etish uchungina tashkil etiladi va nizo hal qilib bo‘lingach, tugatiladi. Ad hock arbitrajlarning institutsional arbitrajlardan katta farqi shundaki, bu turdagi arbitrajlarda ma’muriy institut bo‘lmaydi. Bu esa taraflarga ma’muriy institutning ortiqcha to‘lov va xarajatlarini to‘lamaslik kabi afzallikni taqdim etadi. Umuman olib aytganda, har qaysi tarafning o‘z nizosini hal qilish uchun institutsional yoki ad hock arbitrajni tanlashdagi qarori mutlaqo erkin hisoblanadi. Aytish joizki, ad hock arbitrajlarda ko‘pincha UNCITRAL qoidalari qo‘llaniladi. 30Nizosi ad hok arbitrajida hal etilayotgan taraflar jarayon uchun o‘z qoidalarini ham ishlab chiqishlari mumkin. Ad hock arbitrajidadavlat agar taraflardan biri sifatida ishtirok etadigan bo‘lsa, bu bir muncha foydali hisoblanadi. Shak-shubhasiz, har qaysi tarafdao‘zaro bir-biriga qarshi da’volar mavjud bo‘ladi. Agar qoidalar asosli tatbiq etilsa, bunday vaziyatlarda har ikkala taraf ham javobgar emas, degan xulosaga ham kelinishi mumkin. Bu kabi vaziyatlarda har qaysi tarafga o‘z da’vosini isbotlash majburiyati yuklatiladi. Biroq yuqorida ta’kidlanganidek, ad hock arbitrajlarda ma’muriy institut mavjud bo‘lmaydi. Bu o‘ziga yarasha salbiy jihatlarni tug’dirishi mumkin. Misol uchun, ad hock arbitraji biror tarafning jarayonga qasddan to‘sqinlik qilishi oqibatida butkul samarasiz kechishi ham mumkin. Bu kabi holatlarda taraflar jarayonni davom ettirish uchun suddan yordam so‘rashlariga to‘g’ri keladi.
Bundan tashqari, davlatlar ishtirokidagi arbitrajlar ham mavjud bo‘lib, davlat yoki davlatga tegishli bo‘lgan turli tashkilotlar jismoniy subektlar va turli kompaniya va idoralar tomonidan taqdim etiladigan da’volarga nisbatan ma’lum immunitetga ega bo‘ladi. Biroq tijorat arbitrajida bunday emas. Chunki arbitrajda barcha taraflar teng maqomda bo‘ladi, bu degani agar davlat taraflardan biri sifatida ishtirok etayotgan bo‘lsa, ikkinchi tarafning bundan xavfsirashi noo‘ring, bunda davlat ham xuddi boshqa taraf singari teng maqomda bo‘ladi. Negaki davlat va yoki uning tashkiloti tijoratga oid bo‘lgan bitimlarda ishtirok etgan va, asosiysi, boshqa ahdlashuvchi taraflar bilan arbitraj kelishuviga erishilgan taqdirda, uning yuqoridagi immunitetidan mahrum qilingan deb tan olinadi. Arbitraj kelishuviga muvofiq, arbitraj jarayonida ishtirok etadi.
Davlatlar nafaqat tijorat shartnomalari orqali, balki ikki tomonlama investitsiya shartnomalari qoidalari asosida ham arbitraj jarayonida qatnashishga majbur bo‘lib qolishi mumkin. Bugungi kunda ko‘pchilik mamlakatlar “Davlatlar va boshqa davlatlarning fuqarolari o‘rtasidagi investitsiya nizolarini hal etish to‘g’risida”gi Vashington Konvensiyasiga qo‘shilgan. Ushbu konvensiya investitsiyaga bevosita bog’liq. Investitsiya esa – mamlakat iqtisodiy kuchini mustahkamlashga yordam lashadigan kuchdir. Ushbu konvensiya tijorat arbitrashidan ko‘ra, investor va davlat arbitrajiga tegishli hisoblanadi. Ushbu Konvensiya, odatda, “ICSID” konvensiyasi deb ham ataladi. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, ushbu konvensiya rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsiyalarni rivojlantirishni istovchi Jahon Banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.Oldinlari investorlar bilan bog’liq nizolarda, investorlar hukumatga qarshi hech qanday chora qilishlarining imkoni bo‘lmagan. Ular xorij hukumatiga qaeshi o‘z ishlarini ko‘rib chiqishlari uchun ularning ishlari o‘z hukumatlariga bog’liq bo‘lishi kerak edi. ICSID konvensiyasi investor va hukumat uchun yoki ular o‘rtasida tuzilgan shartnomadagi arbitraj kelishuviga muvofiq, va yoki davlat bitimda nazarda tutilgan investorlar bilan arbitraj jarayoniga kirishishga rozilik beradigan bandni o‘z ichiga oladigan ikki tomonlama investitsiya shartnomasi (BIT) asosida yuzaga kelgan har qanday nizoni bevosita arbitrajda muhokama qilish imkoniyatini beradi.




    1. Download 121,39 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish