Xalqaro xususiy huquq



Download 121,39 Kb.
bet2/14
Sana19.05.2023
Hajmi121,39 Kb.
#940668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
BMI Nigina

Mavzuning dolzarbligi. Shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kun insonlardan har sohada yetarlicha bilim bo‘lishini talab qiladi. Xususan, xalqaro tijorat arbitraji – xalqaro savdo munosabatlariga kirishayotgan subektlar uchun ayni muddaodir. Keling, shu o‘rinda xalqaro tijorat arbitrajining xalqaro huquqda egallagan o‘rni haqida gapirsak, bugunga kelib arbitraj tijorat munosabatlarida yuzaga kelayotgan nizolarni hal etish usuli sifatida tanilmoqda. Ushbu sohaning yangiligi, qolaversa, muhokamaliligi bu mavzuni tanlashimga turtki bo‘ldi. Sir emaski, xalqaro huquqning asosiy subekti - davlat bo‘lsa, har qaysi davlatning xalqaro huquqda egallagan o‘rni bor. Chunki davlat o‘z rivojlanishini bevosita xalqaro munosabatlar orqali, oddiy misol qilib aytadigan bo‘lsak: eksport va import orqali rivojlantiradi. Xalqaro munosabatlarda faol bo‘lmagan subekt bevosita shunga yarasha rivojlanish darajasida bo‘ladi. Bugungi kunda deyarli har qaysi subekt tijoriy munosabatlarda o‘zaro bir-biri bilan sherik hisoblanadi. Vaholangki, mana shunday sherikchilik – shartnomalar orqali amalga oshadi. Oldindan ehtimoliy tarzda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olish uchun uchun yoki yuzaga kelgan nizoni bartaraf etish uchun taraflar arbitrajga murojaat etishadi. Arbitrajning mana shunday nizoli muammolarni hal etish jarayonlari esa ancha bilimni talab etadi va har qaysi tijoriy va shartnomaviy munosabatlarga qiziquvchi insonlarni o‘ziga jalb etadi. Aytish o‘rinliki, xalqaro huquqda pog’onasini yuqorilamoqchi bo‘lgan har qaysi subektdan xalqaro tjorat arbitraji bilimlarini egallashi talab etiladi. Xalqaro tijorat rivojlanar ekan, shu bilan bir qatorda, arbitraj ham rivojlanib boraveradi. Bugungi kunda mashhur arbitrajlar qatorida Xalqaro savdo palatasi (ICC) ning Xalqaro arbitraj sudini, Amerika arbitraj assotsiatsiyasining (AAA) Nizolarni hal qilish xalqaro markazini (ICDR), London xalqaro arbitraj sudini (LCIA), Gonkong xalqaro arbitraj markazini (HKIAC), Singapur xalqaro arbitraj markazini (SIAC), shu bilan bir qatorda, Toshkent xalqaro arbitraj markazini (TIAC)ni keltirishimiz mumkin. Demoqchimizki, xalqaro tijorat arbitraji – bugungi kunga kelib, tijorat sohasida talabgorlikni o‘z qo‘liga olishga ulgurgan. Arbitraj mavqeyi, avvalo, undagi statistika bilan o‘lchanadi. Chunki, xalqaro tijorat nizolarini hal etish – arbitrajning eng oliy maqsadi hisoblanadi. Oddiy misol qilib London xalqaro arbitraj sudini olaylik. Ushbu arbitraj sudi xalqaro miqyosda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan arbitraj institutining mas’ul nazorat organidir. 2015 yilda London xalqaro arbitraj sudiga jami 326 ta arbitraj uchun, bundan tashqari, mediatsiya yoki nizolarni hal etishning boshqa usullariga oltita murojaat yo‘llangan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichlar 2014 –yilga nisbatan 10% ga o‘sganini ko‘rsatyapti2. Yoki Gonkong xalqaro arbitraj markazidagi statistikani keltirsak, ikki yilgina ichida ya’ni 2012-yildan to 2014-yillar mobaynida ushbu arbitraj markazi tomonidan to‘liq boshqarilgan arbitraj ishlar soni 62 %ga oshgan. Bu jahon iqtisodiyoti shiddat bilan yuksalayotganidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasida ham xalqaro ijorat arbitrajiga alohida e’tibor berilmoqda. Mamlakatimizda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, huquq ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini takomillashtirish, qolaversa, biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash va investitsitaviy jozibadorlikni oshirishga doir muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Aytish o‘rinliki, nizolarni hal etishning muqobil usullariga tubdan ahamiyat berilayotganligi, tadbirkorlar va shu bilan bir qatorda, xorijiy investor va O‘zbekiston bilan iqtisodiy munosabatlarda o‘zaro hamkorlikka kirishuvchi subyektlar uchun vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yo‘sinda hal etish imkoniyatini beradi. Xalqaro tijorat arbitraji ham, shak-shubhasiz, ana shunday vositalardan biri hisoblanadi. “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni xalqaro tijorat arbitraji sohasini yurtimizda rivojlantirishda huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g’risida”gi qonuni BMT Xalqaro savdo huquqi bo‘yicha komissiyasi tomonidan tayyorlangan. Ushbu qonun barcha xalqaro talablarga mos keladi. Toshkent xalqaro arbitraj markazining faoliyat yuritishi mahalliy bzines yuritish muhitini va yurtimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshishiga xizmat qiladi.
Xalqaro tijoriy munosabatlar davlatning iqtisodiy poydevorini qurib beradi. Shu boisdan, iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yadigan har qanday davlat uchun xalqaro tijorat arbitraji va undagi tartib-taomillar, arbitraj jarayoni, o‘zaro munosabatlarda kelib chiqadigan nizolarni hal etish va xalqaro hamkorlikdagi mavjud masalalarni o‘rganish dolzarb mavzu hisoblanadi.

Download 121,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish