Lisoniy
paradigma
haqida.
Paradigma
haqidagi
ilk
tasavvurimizni shakllantirish uchun borliqdagi bir dalilga murojaat
qilamiz.
Qo‘limizda bir shoda har xil kalit bor. Qulfni ochish uchun
ularni birma-bir qulfga tiqib ko‘ramiz. Natijada bittasi tushadi va
qulf ochiladi. Ana shu kalitlar shodasini paradigmaga qiyoslash
mumkin. Kitob... berdi gapi bamisoli qulf. Uning teshiklariga
kelishiklardan biri tushadi. –ning, -ni, -da qo‘shimchalarini birma-
bir qo‘yib ko‘ramiz. Qurilmaga tushum kelishigi shakli –ni tushadi.
Umumiy belgisi asosida birlashgan va bir-birini taqozo
etadigan, ammo har biri o‘ziga xos belgisi bilan boshqasiga
qarama-qarshi turuvchi lisoniy birliklar sistemasi paradigma
deyiladi (paradigma grekcha paradeigma – “misol”, “namuna”
degan ma’nolarni bildiradi)
8
. Har qanday lisoniy sistema, bir
vaqtning
o‘zida, lisoniy paradigma sanaladi. Grammatik
kategoriyalar ham lisoniy paradigma ko‘rinishlaridan biri.
8
Paradigma so‘zi – omonim termin. U “yo‘nalish”, “soha” ma’nosida ham
ishlatiladi: Lingvokulturologiya – tilshunoslikning yangi paradigmasi kabi.
49
Paradigmani tashkil etuvchi lisoniy birlik paradigma a’zosi deb
yuritiladi. Paradigma kamida ikkita a’zodan iborat, ular, asosan, bir
lisoniy sathga mansub bo‘ladi.
Ferdinand de Sossyur lisoniy paradigma tarkibidagi, boshqacha
aytganda, lisoniy birliklar orasidagi paradigmatik (assotsiativ, bir-
birini eslatib turish, o‘xshashlik) munosabatini lisoniy birlik uchun
eng asosiy munosabat sifatida baholagan.
Bir
paradigma
tarkibiga
kiradigan
birliklar
quyidagi
xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak:
1) paradigmadagi bitta birlik tilga olinganda, shu paradigmaga
kiruvchi boshqa a’zo ham eslаnishi (masalan, bir kelishik
shaklining boshqa kelishik shakllarini, bir ma’nodosh birlikning
ma’nodoshlik qatoridagi boshqa birlikni eslatishi kabi);
2) muayyan nutq sharoiti uchun o‘zaro paradigmatik
munosabatda turgan birlikdan, ya’ni paradigma a’zolaridan bittasi
tanlanishi (masalan, Salim... kitobi birikmasi uchun kelishiklar
paradigmasidan qaratqich kelishigining olinishi);
3) bir paradigmaning a’zolari o‘zaro o‘xshashlik bilan birga,
har biri ikkinchisidan qaysidir bir xususiy belgisi bilan farqlanib
turishi (masalan, tushum va jo‘nalish kelishiklari “oldingi so‘zni
keyingi fe’lga tobelash” vazifasini bajarishda o‘xshash, lekin biri
“vositasiz to‘ldiruvchi sifatida tobelash”, ikkinchisi “vositali
to‘ldiruvchi yoki hol sifatida tobelash” belgisi bilan farqlanadi);
4) paradigma a’zolari nutqda bir o‘rin va (mavqeda) kelib, bir-
birini ma’lum holatda almashtira olishi, o‘rnini egallashi (masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |