6-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda kelib chiqadigan nizolarga mediatsiya tartib-tamoyillarini qo‘llash muammolari



Download 21,54 Kb.
Sana02.07.2022
Hajmi21,54 Kb.
#730367
Bog'liq
6-мавзу


6-MAVZU. TADBIRKORLIK FAOLIYaTINI AMALGA OShIRIShDA KELIB ChIQADIGAN NIZOLARGA MEDIATSIYa TARTIB-TAMOYILLARINI QO‘LLASh MUAMMOLARI


Zaruriy adabiyotlar:
Mediatsiya: posobie dlya mediatorov / I. Rustambekov. -Tashkent: Baktria press, 2019
Mediatorning yon daftarchasi // «Interneshnl Alert» (International Alert) va “Halqaro xolislik uchun” Fondi, 2013.

Sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlar fuqarolar va yuridik shaxslarning xuquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishda yangi institutlarni izchillik bilan amaliyotga tadbiq etish imkonini bermoqda.


Misol uchun nizolarni hal etishning muqobil usuli bo‘lgan mediatsiya ana shunday samarali institut hisoblanadi. «Mediatsiya to‘g‘risida»gi qo­nun­ga muvofiq endilikda fuqarolik huquqiy munosabatlar, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolar, shuningdek, yakka mehnat nizolari va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga mediatsiya usulini qo‘llash mumkin.
Mediatsiya – kelib chiqqan nizoni taraflar o‘zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko‘magida hal qilish usuli bo‘lib, u maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan shaxs mediator sanaladi.
Bu institut iqtisodiy ishlar bo‘yicha nizolarni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi, ishni iqtisodiy sudda ko‘rib chiqishda kelishuv bitimi tuzishga ko‘p jihatdan o‘xshash bo‘lsa-da, mohiyatan ulardan farq qiladi. Bu farq mediatsiyaning mediator ishtirokida amalga oshirilishi, shuningdek, mediativ kelishuv tuzilganda ish yuritish tugatilishi haqida emas, balki da’voni ko‘rmasdan qoldirilishi haqida sud ajrimi chiqarilishi, bu keyinchalik mediativ kelishuv shartlari ixtiyoriy bajarilmaganda taraflar o‘z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishga haqliligi va to‘langan davlat boji qaytarilishida (kelishuv bitimida qaytarilmaydi) o‘z aksini topgan.
Hozirgi kunda iqtisodiy sudlar nizolarni ko‘rib chiqishda taraflarga mediativ kelishuv tuzishni tavsiya qilish, uning oqibatlarini tushuntirish va bu borada ularga tegishli muddat berish yo‘­li bilan nizoni o‘zaro hal etishga ko‘maklashmoqda. Misol uchun aytadigan bo‘lsak, Namangan tumanlararo iqtisodiy sudida shu yilning birinchi yarmida 11 ta ish bo‘yicha taraflar mediativ kelishuvga erishgan. Bu nizolashgan taraflarning yangi institut samarali ekanini anglab yetayotganidan dalolatdir.
Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, «Mirishkor iftixor saxovati» mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 23 334 000 so‘m muddati o‘tgan qarz, 16 195 000 so‘m muddati o‘tgan foiz, 583 333 334 so‘m muddatli qarz – jami 622 862 334 so‘mni bank foydasiga undirish, undiruvni «Ruxshonabegim savdo servis» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bo‘lgan garov mulkiga qaratishni so‘ragan. Biroq ishni sud majlisida ko‘rish jarayonida taraflar o‘rtasida mediator ishtirokida mediativ kelishuv tuzilgan.
Shu bois sud ushbu da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish haqida ajrim chiqargan.
Sud amaliyoti tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, kredit va unga hisoblangan foizlarni undirish, undiruvni kredit ta’minotiga qaratish haqidagi ishlarni ko‘rishda mediatsiya instituti ko‘proq qo‘llanilmoqda. Bu tadbirkorlik sub’ektlarining moddiy holatlarini yaxshilab olishiga yana bir imkoniyat yaratayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ularning qarz to‘lovlari bo‘yicha mas’uliyatini oshirish va shartnomaviy majburiyatlarini lozim darajada bajarishga intilishga undamoqda. Qolaversa, nizolarni hal etishning yangi samarali usuli sudlarda ish hajmining kamayishga ham xizmat qilmoqda. Bu mediatsiya kelishuvining har taraflama foydali ekanini isbotlaydi.
Shu bilan birga, 793 ta holatda tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida vujudga kelgan nizolar sudgacha nizoni hal etish (mediatsiya) jarayonida hal etilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning tegishli qaror va hukmlari yuzasidan kelib chiqqan noroziliklar bo‘yicha 24 ta holatda muammoli masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Oliy sudiga nazorat tartibida protest kiritilishi to‘g‘risida iltimosnomalar yuborilgan.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan “Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 2018 yilning 5 yanvar kuni birinchi o‘qishda qabul qildi. Qonun loyihasi ayni paytda keng jamoatchilik tomonidan muhokama qilinmoqda.
Mazkur qonun loyihasi mamlakatimizda nizolarni mustaqil shaxslar – mediatorlar ishtirokida bartaraf etishning muqobil usullarini rivojlantirish, sudlar zimmasidagi yukni yengillashtirish uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. Mediatsiya – mojaroni xolis, adolatli, bundan manfaatdor bo‘lmagan uchinchi tomon, ya’ni mediator ishtirokida hal etishning muqobil shakli. O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimida nizolarni hal qilish uchun mediatsiyani qo‘llash, taraflar – fuqarolar va tashkilotlar, shu bilan birga, tadbirkorlik sub’ekt­larining vaqtini tejash va sud xarajatlarini qisqartirishga imkon beradi. Ularda nizoni sudgacha olib bormasdan tez va arzon, qulay joy va vaqtda hamda maxfiy ravishda o‘zaro maqbul kelishuvga erishgan holda hal qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, taraflar o‘rtasida ishbilarmonlik munosabatlari saqlanishiga erishish mumkin. Va yana sud muhokamasi bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha advokatlarni jalb etish, davlat boji va xarajatlarni qoplash shart emas.
Bugun mamlakatimizda mediatsiyaga o‘xshash yarashtiruv amaliyoti muayyan darajada qo‘llanilmoqda. Masalan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qo‘shnilar o‘rtasidagi hamda oilaviy nizolarni yarashtirish bilan bog‘liq faoliyatini mediatsiyaga qiyos qilish mumkin. Chunki yurtimizda azaldan mahalla oqsoqollari qo‘shnilar, oila a’zolari va er-xotin o‘rtasidagi nizolarni hal etishda bosh-qosh bo‘lgan. Farqi: ushbu faoliyat “mediatsiya”, deb atalmagan.
Bugungi kunda xorijiy davlatlarda mediatsiya institutining rivojlanayotgani va qo‘llanilayotgani mamlakatimiz huquqiy tizimiga fuqarolik, oila, mehnat va boshqa nizolarni hal etishda mediatsiyani joriy qilishni taqazo etmoqda.
“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan huquqiy tizimda nizolarni muqobil hal etish institutlarini qo‘llash bo‘yicha birinchi qadamlar tashlandi. Ammo qonunchiligimizda hozirda mediatsiya tushunchasining ta’rifi va uning huquqiy tartibga solinishi belgilanmagan.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi va Iqtisodiy protsessual kodeksi asosan kelishuv bitimlarini tuzishni tartibga soluvchi me’yorlarni o‘z ichiga oladi. Amaldagi qonunchiligimiz taraflarga nizolarni sudgacha hal qilish imkoniyatini beradi. Taraflar fuqarolik hamda iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishda sud protsessini istalgan vaqt va bosqichda kelishuv bitimi tuzgan holda tugatishlari mumkin.
Iqtisodiy protsessual kodeksining ayrim me’¸rlari mediatsiyaga o‘xshash kelishuv bitimidan foydalanishga yo‘l qo‘yadi. Ammo unda kelishuv bitimiga faqat sud vositasida erishiladi, davlat boji undiriladi, mediatsiya nizoni suddan tashqari ixtiyoriy ravishda hal etish usuli hisoblanadi.
Ushbu tartib “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi qonunda ham belgilangan (17-19 moddalar). Unga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ekt huquq va manfaatlarini buzgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga nisbatan talabnoma bildirishga haqli. Ikkinchi taraf talabnomani olgan kundan boshlab bir oy muddat ichida unga javob qaytarishi shart. Tomon rad (qisman rad) javobini olgan yoki talabnomaga belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda, shuningdek, xo‘jalik shartnomalari yuzasidan talabnoma bildirmay ham xo‘jalik sudiga da’vo arizasi berishi hamda sud buyrug‘ini olish uchun ariza taqdim etishi mumkin. Biroq qonunchiligimizda “talabnoma”, “talabnoma tartibi” yoki “nizoni sudgacha hal qilish tartibi” tushunchalariga ta’rif berilmagan.
Mediatsiya asosan nikoh shartnomasi, voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish, shuningdek, nikohdan ajratishga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni hal qilishda qo‘llanilishi mumkin. Oila kodeksining 40-moddasi ikkinchi qismida nikohdan ajratishda sud ishning ko‘rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashi belgilangan.
Mediatsiya er-xotinga O‘zbekiston Respub­likasida qonunchilik yo‘li bilan yarashuvga erishish imkonini beradi. Alimentga oid huquqiy munosabatlarda mediatsiya aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs bilan aliment oluvchi o‘rtasida kelishuvga erishish vositasi sifatida xizmat qiladi. Biroq voyaga yetmagan bolalarga to‘lanadigan aliment sud tartibida undiriladigan miqdordan kam bo‘lmasligi kerak.
Mediatsiya vaqt, mablag‘, eng asosiysi, emotsional resurslarni tejashga imkon beradi. Biroq u mutlaqo yangi tushuncha yoki yangi mavzu emas. Chunki advokatlar ham ko‘pincha shunga o‘xshash, ya’ni vositachi sifatida qatnashishiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, notariuslar ham jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirish va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ko‘maklashadi.
Bugun amaliyotga mediatsiya institutini kiritish, fuqarolik va iqtisodiy sudlov ishlarida muqobil vositalardan foydalanish, ya’ni taraflar o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish tartibini keng joriy etish vaqti keldi. Shu bilan birga, mediatsiya tadbirkorlik sub’ektlari uchun ayrim nizolarni oson va tez hal qilish imkonini beradi. Muxtasar aytganda, mediatsiya ijtimoiy tinchlikning vositasi sifatida qo‘llaniladi: taraflar nizoni to‘xtatadi, kelishuv bitimini tuzishga harakat qiladi va buning barchasi tuziladigan bitimlarning qonuniyligini ta’minlovchi, taraflar o‘rtasida teng va ishonch bildiruvchi munosabatlarni o‘rnatuvchi mediator nazorati ostida bo‘ladi.
Ushbu qonun loyihasi fuqarolik, mehnat, oila, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida ro‘y beradigan nizolarda mediatsiyani qo‘llash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi. Biroq u mediatsiya jarayonida ishtirok etmaydigan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxl qilgan yoki daxl qilishi mumkin bo‘lgan, shuningdek, davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarini buzganlik uchun huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash bilan bog‘liq nizolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Mediatsiya instituti hozirgi kunda AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Yaponiya, Xitoy, Gonkong, Koreya, Hindiston kabi ko‘plab davlatlarda keng qo‘llanilmoqda. BMTning Xalqaro savdo huquqi komissiyasi (UNCITRAL) mediatsiya to‘g‘risidagi qonun namunasini ishlab chiqqan. Tashkilotning tushuntirish xatida mediatsiya instituti qo‘llanilayotgan davlatlarda ushbu jarayondagi kelishuvlarning huquqiy ta’siri hamda majburiyligi haqida keng ma’lumot berilgan.
“Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi saylovoldi Platformasida belgilangan sud-huquq sohasidagi vazifalarga, har qanday nizoni xalqimizga xos murosa-yu madora yo‘li bilan hal etishga intilish kabi dasturiy g‘oyalar bilan to‘la uyg‘un va hamohangdir. Shu bois fraksiya a’zolari mazkur qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida faol ishtirok etib, partiya dasturiy vazifalaridan kelib chiqqan holda taklif-tavsiyalarini bildirmoqda.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi nizolarni sudgacha hal etish sohasida yuzaga keladigan munosabatlarni huquqiy tartibga solishning tizimliligini ta’minlaydi, samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratadi, sud tizimida ish hajmi kamayishiga erishiladi. Bu, o‘z navbatida, sud xarajatlarini tejash, nizolarni qulay va tez hal qilish imkonini kengaytiradi, taraflarning sha’ni va obro‘yini saqlash, tadbirkorlik sub’ektlarining samarali ishlashiga xizmat qiladi.
Download 21,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish