Mavzu: O’zekiston respublikasi sud tzimi. Maqsad



Download 166 Kb.
Sana06.04.2017
Hajmi166 Kb.
8-sinf Davlat va huquq asoslari fanidan 1 soatlik dars ishlanmasi .

Mavzu: O’zekiston respublikasi sud tzimi.

Maqsad:

1)Ta’limiy:O’zbekiston Respublikasi sud tizimi haqida tushuncha berish ,sud hokimiyati tizimini asoslab berish .

2) Tarbiyaviy: o’quvchilarni insonlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash o’z, huquq va burchlarini o’rganish.

3) Rivojlantiruvchi: talim oluvchilarning huquqiy bilim

madaniyatini yuksaltirish ulardan siyosiy dunyoqarash va mustaqil fikirlash qobilatini rivojlantirish.



4)Kasbga yo’llovchi: Sud hokimiyati tizimini tushuntirish orqali, huquq faniga qiziqish uyg’otish.

5)Milliy istiqlol g’oyasi. Huquq fani orqali o’quvchilar qalbi va ongiga vatanparvarlik ,ona yurtiga sadoqat milliy mafkura va qadiryatlarini singdirish

Dars tipi: aralash dars

Dars uslub: og’zaki, ko’rgazmali ,amaliy

Dars usuli : savol-javob, munozara guruhlarida ishlash, tarqatma ma’teriallar; miyada jamla, blits surov, to`g`ri-notog`ri usuli.

Dars jihozi:1) Davlat va huquq asoslari darsligi 16-mavzu

2)Me’yoriy materiallar:

O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi,” O’zbekiston Respublikasi Sudlar to’g’risidagi qonun:”.

3) tarqatma materiallar,savollar yoyilgan kartochkalar

4) AKT dan foydalanish

Dars shiori: ,,Qonun ustunligi-halq faravonligi”

Dars rejasi:

1)Tashkiliy qism

2)Siyosiy yangiliklar

3)Uyga topshiriqlarni tekshirish o’tilgan mavzu yuzasidan tarqatma savol-javoblar

4) Hikmatlar xazinasi

5) Yangi mavzu suhbati

6) Guruhlarda ishlash

7) “Sudning mustaqilligi qay tariqa kafolatlanadi”

8) Lug’at bilan ishlash.

9) O’tilgan mavzuni mustahkamlash va darsni yakunlash.

10) Uy vazifasini berish.

2.Mavzu yuzasidan reja

1)Sud tizimi

2) Fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi.

3) Sud organlari gumanizmi.

Darsning borishi.:



  1. Dars boshlandi, navbatchi axborotini tinglab, sinf tozaligini tekshiradi.

  2. O’quvchilardan dunyo axborotlari, yangiliklar so’raladi doskaga sud tuzimi to’g’risidagi konstutsiya moddalari plakatlar, avvaldan olib tayyor qilib qo’yiladi.

  3. O’tilgan mavzu yuzasidan savollar yozilgan kartochkalarni testlar tarqatiladi . Uy vazifasi: “Sudlar, ularning tuzilishi sudyalar vakolatlari, huquq va burchlar haqida so’raladi.O’quvchilar baholanib boriladi.

  4. Mavzuga oid bo’lgan hikmatli so’zlarni topib yodlab kelish o’quvchilarga uy vazifasi qilib berilgan edi,hikmatlar ular tomonidan aytiladi.

  5. O’qituvchi yangi mavzu savollarining birinchisini tushuntirayotganda O’zbekiston Respublikasi Sudlari Konstitutsiya va boshqa qonunlarida inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro paktlarda e’lon qilingan fuqarolar huquq va erkinliklarini korxonalar ,muassasalar va tashkilotlarninig huquq va qonun bilan qo’riqlqnadigan manfaatlariga rioya etilish kafili bo’lishga da’vat etilgani haqida hikoya qilib beradi va ko’rgazmalardan foydalanadi.

  6. Sinf 2 guruhga bo’linib, sud hokimiyati tizimi sohalarini tahlil qilish, ularning vazifasi, vakolatlari haqida so’rab chiqiladi. 1.Guruh nomi: Advakatlar 2.Guruh nomi: Prakurorlar

  7. Darslikning 93- betidagi topshiriqni bajarish o’quvchilarga topshiriladi va vaziyat birgalikda muhokama qilinadi,xulosa chiqariladi .

  8. Yangi mavzu yuzasidan asosiy tushuncha va atamalar doskaga yozib qo’yiladi va o’quvchilarga tushuntiriladi.

  9. O’qituvchi yangi mavzuni mustahkamlash uchun o’tilgan mavzu yuzasidan tezkor savollar beriladi va javoblar tinglanadi, o’quvchilarning baholari e’lon qilinadi.

10) Uy vazifasi topshirildi:

1. Mavzuni o’qib sudyalarning huquq va burchlari to’g’risidagi savolni mustaqil tayyorlash

2. Mavzu savollarida javoblar tayyorlash

DARSNING BLOK-CHIZMASI:




Darsning bosqichlari

Vaqti

1

Darsga kirish

5.min

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

10.min

3

O’qituvchining sinf bilan kichiksuhbati

5 min

4

Guruhlarda ishlash

7min

5

Lug’at bilan ishlash

5 min.


6

Yakunlar chiqarish

8 min


7

Uyga topshiriq

5 min




  1. Topshiriq: Blits so`rovlar

  1. Davlat hokimiyati organlari faoliyatining asosiy maqsadi nima (Davlat manfatlari va har bir inson huquqlarini himoya qilish)

  2. Sudyalar o`z qarorini kimning nomidan chiqaradi (Davlat nomidan)

  3. O`zbekiston Respublikasi Sud tizimi qanday sudlardan iborat

____Konstitutsiyaviy sud

____Oliy sud

____Oliy xujalik sudi


  1. Konistitutsiyaviy nazoratning oily sud organi qaysi sud (Konistitutsiyaviy sud)

  2. Amir Temur davlatida harbiy sud nima diyelgan (Lashkar qozisi)

  3. Sud organlarining asosiy maqsadi nima (Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatda qnunchilik va adolatni qaror topdirish)

  1. Topshiriq: To`g`ri-notug`ri usuli






Savollar

To`g`ri

Noto`g`ri

1

Sudlar siyosiy partiyalar bilan birgalikda.



+


2

Amir Temur davrida shariat sudi Islom qozisi diyelgan

+





3

Konistitutsiyaviy nazoratni oily sud organi boshqaradi.

+




4


113-moddada hamma sudlarda ishlar ochib ko`riladi.

+





5

Amir Temur davrida amaldorlar sudini aholi qozisi boshqargan.




+



Hikmatlar xazinasi:


Agar sud hokimiyati ijro hokimiyati bilan birlashsa, u holda sud hakami stangarga aylanishiga imkoniyat tug`iladi (Monteskiyo)

Hokimiyat tarmoqlaridan qaysi biri inson huquqlarini himoya qi- lish borasida eng asosiy ekanligini aniqlash masalasi ustida hech o'ylab ko'rganmisiz?

Hokimiyat tarmoqlaridan har biri inson huquqlarini himoya qilish vazi- fasini amalga oshiradi. Ammo ulardan har biriga inson huquqlarini himoya qilishning o'z usullari va yoMlari xosdir. Har bir insonning hayoti voqealar- ga boyligi va turli-tumanligi bilan qiziq. Biroq inson jamiyatda yashar ekan, uning xatti-harakatlari boshqa kishilar huquqlariga zid kelishi mumkin.

Asosiy vazifasi davlat manfaatlarini va har bir odamning manfaatlarini muhofaza etishdan iborat boigan davlat organlari ham kishilar o'rtasida hakamlik qilishga da'vat etilgandir.

Basharti, qonun chiqaruvchi organlar qonunlarni qabul qilsa, sud organ- lari csa qonunlar asosida odil sudlovni amalga oshiradilar.

Shunday qilib, sud hokimiyati tarmog'ining bosh vazifasi - inson huquqlarini himoya qilish, fuqarolar o'rtasidagi nizolarni hal etish, aholi va davlat organlarining o'zlari ham qonunlarni ijro etilishi ustidan nazoratm amalga oshirishdir.



Sud - odil sudlovni amalga oshirishga haqli birdan bir davlat hokimi- yati organidir. Sudyalar hal qiluvchi qarorlar va hukmlarini davlat nomidan chiqaradilar. Bu narsa hal qiluv qarorlari va hukmlar barcha tomonidan, shu jumladan, davlat organlari tomonidan so'zsiz ijro etilishi shart ekanligini anglatadi.

O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati konstitutsiyaviy, ma'muriy, • uqaroviy, xo'jalik va jinoyat sudlovi orqali amalga oshiriladi. Sudlar orasidagi bunday taqsimot sudga tegishlilik, ya'ni ish ko'rib chiqiladigan konkret sudning belgilanishi deb ataladi.

O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashma- laridan mustaqil holda ish yuritadi.

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 106-modda.



O'zbekiston Respublikasida sud tizimi quyidagi sudlardan iborat (O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 107-modda.):

  • O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;

  • O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi;

  • O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi;

  • Qoraqalpog'iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha oliy sudlari;

  • Qoraqalpog'iston Respublikasi xo'jalik sudi;

  • fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha viloyat va Toshkent shahar sud­lari;

  • fuqarolik ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudlari;

-jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudlari;

  • harbiy sudlar;

  • viloyatlar va Toshkent shahar xo'jalik sudlari.

O'zbekiston Respublikasida sudlar ish kategoriyasiga ko'ra lxtisos- lashtirilishi mumkin. Favqulodda sudlar tuzilishiga yo'l qo'yilmaydi.

O'zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o'zbek, qoraqalpoq tillarida yoki o'sha hududdagi ko'pchilik aholi so'zlashadigan tilda olib boriladi. Sud olib borilayotgan tilni bilmaydigan sud ishtirokchisi uchun tarjimon orqali sud materiallari bilan to'liq tanishish, sud harakatlarida qat- nashish va o'z ona tilida so'zga chiqish huquqi ta'minlanadi.

Umumiy yurisdiksiya sudlariga quyidagilar kiradi:


  • O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi;

  • Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent sha­har sudi;

  • fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi. Jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudi;

  • harbiy sudlar.

Sud hokimiyatining xo'jalik sud ishini yuritish sohasining oliy organi O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi sanaladi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi:

O'zbekiston Respublikasi qonunlarining va Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan boshqa hujjatlarning, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O'zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;


  • Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasining O'zbekiston Res­publikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog'iston Respublikasi qonunlarining O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligi to'g'risida xulosa be- radi;

  • O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari norma- lariga sharh beradi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi:

  • fuqaroviy, jinoiy va ma'muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud ho- kimiyatining oliy organi hisoblanadi;

  • Qoraqalpog'iston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar, shaharlar, tu- manlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan na- zorat olib borish huquqiga ega;

  • ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida va nazorat tartibida ko'rib chiqadi;

  • O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instansiya bo'yicha ko'rib chiqilgan ishlar apeliatsiya yoki kassatsiya tartibida shiko- yat (protest kiritish) qilishga haqli shaxsning ixtiyoriga ko'ra ular tomoni­dan apeliatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rib chiqilishi mumkin;

  • apeliatsiya tartibida ko'rib chiqilgan ishlar kassatsiya tartibida ko'rib chiqilishi mumkin emas.

O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi:

  • xo'jalik sudi ishini yuritish sohasida oliy organ sanaladi;

  • Qoraqalpog'iston Respublikasi xo'jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo'jalik sudlarining sud faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega;

  • ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida kassatsiya va nazorat tartibida ко'rib chiqadi;

  • O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumi sharhlarining xo'jalik sudlari tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qiladi;

  • quyi bo'g'indagi xo'jalik sudlari faoliyatini tekshiradi;

  • xo'jalik sudlari ishlarining ijobiy tajribasini o'rganadi, boyitadi va tatbiq qiladi.

O'zbekiston Respublikasi harbiy sudlari:

O'zbekiston Respublikasi harbiy sudlari tizimi:



  • O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy kollegiyasi;

  • O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi;

  • okrug va hududiy harbiy sudlaridan iborat.

Harbiy sudlar:

  • O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat chegaralarini qo'riqlash bo'yicha qo'mita, Milliy xavfsizlik qo'mitasi, Favqulodda ho- latlar bo'yicha vazirlik, Ichki ishlar vazirligi qo'shinlari va qonunchilikka muvofiq tuziladigan boshqa harbiy qismlar, shuningdek, harbiy xizmatga majburlarning o'quv yig'inlarini o'tash chog'ida sodir etgan jinoyatlari yu- zasidan ishlarni;

  • harbiy xizmatchilarning da'volari bo'yicha harbiy qismlar, harbiy bir- lashma va qo'shilmalar, harbiy boshqannalar organlarining qo'mondonligiga nisbatan fuqarolik ishlarini va harbiy xizmatchilarning huquq va erkinlikla- rini buzgan harbiy boshqarma organlari va harbiy mansabdor shaxslarning xatti-harakati (qarori)ga nisbatan shikoyatlarni;

  • alohida vaziyat tufayli umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyat yuritmay- digan joylardagi barcha fuqarolik va jinoyat ishlarini;

  • davlat siriga daxldor ishlarni ko'rib chiqadi.

  • Sud organlarining asosiy maqsadi — inson huquqlari va erkinliklarini hi- moya qilish, jamiyatda qonuniylik va adolatni qaror toptirishdir. Sud organ­lari faoliyatining muhimligi kishilar o'rtasida vujudga kelgan mojarolarni zo'ravonliksiz, mamlakatda qabul qilingan qonunlar asosida hal etilishida mujassam.


O'zbekiston Respublikasining sud tizimi



Sudning nomlanishi

Vazifalari va vakolatlari

O'zbekiston Respublikasi Konsti- tutsiyaviy sudi.

O'zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis palatasi qarorlarining, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, hu- kumat va davlat hokimiyati mahalliy or- ganlari qarorlari, xalqaro shartnomani va O'zbekiston Respublikasi boshqa majburi- yatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlaydilar.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo'mitasi (Qoraqalpog'iston Respublikasining Konstitutsiyasi, 70-modda, 8-band).

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi.

Fuqaroviy, jinoiy va ma'muriy sudlovni amalga oshiruvchi oliy sud hokimiyati organlari.



Qoraqalpog'iston Respublikasi fu- qarolik va jinoiy ishlar bo'yicha Oliy sudi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jalik sudi, Vilo- yatlar va Toshkent shahar Xo'jalik sudi.

O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpo­g'iston Respublikasining xo'jalik ishlarini yuritish bo'yicha sud organlari.



Viloyat sudlari va Toshkent shahar sudi, tumanlararo, tuman va shahar sudlari.

Fuqaroviy, jinoiy ishlarni va ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni bir- lamchi ko'rib chiqishni amalga oshiradi (birinchi instansiya sudlari).

  • O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay'ati.

  • O'zbekiston Respublikasi Qurol- li kuchlari harbiy sudi.

  • Okrug va hududiy harbiy sud- lar.

Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizma- ti, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vazi- yatlar vazirligi va boshqa harbiy qismlar harbiy xizmatchilari, shuningdek, zaxira- dagi harbiy xodim o'quv yig'inlarini o'tash davrida sodir etgan jinoyatlar to'g'risdagi ishlar o'rganiladi, harbiy xizmatchilar huquqlari buzilishi to'g'risidagi fuqarolik ishlari va harbiy sirlarga tegishli ishlarni ko'rib chiqadi.





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYAT XALQ TA’LIMI MUASSALARI FAOLIYATINI METODIK TA’MINLASH

VA TA’SHKIL ETISH JOMBOY TUMAN BO’LIMIGA QARASHLI 6-UMUMTA’LIM MAKTABI

HUQUQ FAN O’QTUVCHISI RASULOV ASLOMNING

MAVZU: O’zekiston respublikasi sud tzimi.



Samarqand 2016 yil.

Download 166 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat