Butunlay kompensatsiyalangan bitimlar eksport qiluvchi tovarining qiymati bo’yicha teng yoki oshirilgan kelishilgan kompensatsiya xaridlarni nazarda tutadi. Uch tomonlama kompensatsiya bitimlar unda vositachi sifatida va uchinchi tomon sifatida ishtirok etishni nazarda tutadi. Qarama-qarshi etkazmalar bunday hollarda uchinchi bir mamlakatda amalga oshiriladi, eksport qiluvchiga esa tovar oluvchi haq to’laydi. Agar u kelishuvda ko’rib chiqilgan bo’lsa, konvertrlangan valyutada ham to’lashi mumkin. Uch tomonlama kompensatsiya bitimlarda muvofiq to’lov operatsiyalari, odatda, zarur faoliyat aloqalari va tajribalarga ega vositachilar yordamida o’tkazish uslubi bilan amalga oshiriladi. Ba’zan bunday operatsiyalar hamkorlar o’rtasidagi ikki tomonlama to’lov kelishuvlari asosida amalga oshiriladi. Bunda kliring valyutasi amerika dollari hisoblanadi. Agar hamkor TMK dan tovar sotib olsa, u to’lovni tovar etkazib berish yo’li bilan TMKga muvofiq keluvchi uchinchi mamlakatdan mablag’larni o’tkazishni amalga oshiruvchi aniq vositachi yordamida to’laydi. Bunday vositachi mablag’larni kliring valyutada olsa ham, to’lovni TMK foydasiga konverterlangan valyutada amalga oshiradi. Bunday bitimlarning asosiy shartlari vositachining uchinchi mamlakatidagi o’z xaridi uchun kredit va kliring to’lovlarini qo’llash va kliring valyutani sotish imkoniyati hisoblanadi. Qarama-qarshi xaridlar haqidagi kelishuvlar asosidagi bitimlar. Qarama-qarshi xaridlar deganda, bir necha aloqador shartnomalar ko’rinishida imzolanadigan tijorat bitimlari tushuniladi. Ularga muvofiq, eksport qiluvchi o’z shartnoma majburiyatlari doirasidagi etkazmalardan kelishilgan ulushi chegarasida import qiluvchidan tovar va xizmatlarni o’zlashtirishga kelishib oladi. Qarama-qarshi xarid bitimining uni qisqa muddatli kompensatsiya bitimlaridan farqlovchi asosiy xususiyati shundaki, bunday bitim har bir hamkorning olingan tovar uchun naqd haq to‘lash majburiyatini tashkil etuvchi ikki yoki bir necha shartnomalarga asoslanadi. Qisqasi, bu majburiyatlar quyuvchi xaridlarning har qanday bitimiga hamroh bo‘luvchi bir-biriga bog‘liq uch shartnomani o‘z ichiga oladi: eksport qiluvchi va import qiluvchi tomonidan imzolangan, eksport bitimlarining barcha shartlarini, jumladan, to‘lov shartlarini ham o‘z ichiga oluvchi oldi-sotdi shartnomasi;
baza yoki zontli shartnoma bo‘lib, u oldi-sotdi shartnomasiga ilova hisoblanadi. Bunda eksport qiluvchi import qiluvchidan tovar va xizmatlarni (yoki ular tomonidan belgilangan tomondan) eksport qilinayotgan tovar qiymatiga qisman yoki butunlay ekvivalent bo‘lgan summada sotib olishga majbur;
v) eksport qiluvchilar tomonidan baza shartnomasiga kirgan qarama- qarshi xaridlar majburiyatlarining bajarilishi bo‘yicha imzolangan individual xarid shartnomalari. qarama-qarshi xaridlar bo‘yicha bitimlarning ikki turini ajratish mumkin: parallel bitimlar va jentelmenlik kelishuvlari.
Parallel bitimlar ikkita alohida shartnoma imzolanishini nazarda tutadi: birinchisi - ilk eksportda, ikkinchisi - qarama-qarshi xaridlarda. Ba‘zan bir bitim bo‘yicha ikkita alohida shartnomalar baza shartnomasiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunda baza shartnomasi eksport qiluvchining import qiluvchi qarama-qarshi xaridini aniqlangan vaqt doirasida (2-5 yil) amalga oshirish majburiyatini tasdiqlaydi, xolos, lekin qarama-qarshi majburiyatlar bo‘yicha sotib olingan tovarlar ro‘yhati va miqdorini o‘z ichiga olmaydi, faqatgina xaridlarning qiymati va muddatini qayd qiladi.