kompensatsiya bitimla
r
3.1 yirik masshtabli uzoq muddatli tovarlarni qayta xarid qilish asosidagi kompensatsion bitimlar
«mahsulot bo'limi» bo'lidagi bitimlar
3.3 «import-rivojlanish» bitimlar
i
kompensatsion xarid majburiyatlari qo'yilgan asbob-uskuna qiymatidan yuqori bo'lgan kelishuvlar
kompensatsion xarid bo'yicha majburiyatlar qo'yilgan asbob-uskuna qiymatiga teng yoki past bo'lgan
Xalqaro to'qnash bitimlarning ko'rinishlari
BMT ekspertlari xalqaro to’qnash bitimlarning uch asosiy ko‘rinishini ajratadilar:
barter bitimlari (barter transactions);
savdo kompensatsiya bitimlar ( commercial compensation);
sanoat kompensatsiya bitimlar (industrial compensation).
28-rasm. Xalqaro to'qnash bitimlarning ko'rinishlari
Sanoat kompensatsiya bitimlari asosida «bir tomon mablag’ o’tkazishni (qisman, zarur moliyalashtirishga kelishgan holda) amalga oshirsalar, ikkinchi tomon tovarlar, xizmatlar yoki yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish uchun oxirida foydalanadigan texnologiyalarni etkazib beradi. Bunday hamkorlik keyin shu tarzda tashkil etilgan korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarni kompensatsiya asosida o’tkazish operatsiyasi bilan aralashib ketadi. Savdo kompensatsiya bitimlarda ikki tomon o’zaro aniq harakatlari orasidagi o’zaro munosabatlar yo’q»*.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti mutaxassislari (OESR) barcha xalqaro to’qnash bitimlarni ikki toifaga bo’ladilar - savdo kompensatsiyasi va sanoat kompensatsiyasi. Savdo kompensatsiyasi uchun quyidagi aniqliklar mavjud: u katta bo’lmagan yoki o’rtacha qiymatdagi qisqa operatsiya bo’lib, tashkiliy jihatdan bir-biriga bog’lanmagan turli xildagi tovarlarni almashtirishni o’z ichiga oladi. Bu bitim 36 xafta ichida yakunlanadi.
Sanoat kompensatsiyasi deganda, shunday bitimlar tushuniladiki, ular, odatda, yuqori texnologiya asosida ishlovchi g’arb sanoat uskunalari yoki tayyor zavod-fabrikalar savdosiga muvofiq, katta summani hamrab oladi. Sotilayotgan tovarlar o’rtasida o’zaro aloqa mavjud.
Tashkiliy-huquqiy asoslari va kompensatsiya tamoyillaridan kelib chiqib, xalqaro to’qnash bitimlarning uch turini ajratish mumkin:
Valyutasiz tovar almashinuviga asoslagan kompensatsiya bitimlar.
Tijorat asosidagi kompensatsiya bitimlar.
Ishlab chiqarish hamkorligi kelishuvlariga asoslangan kompensatsiya bitimlar
.
2 9-rasm.Xalqaro to'qnash bitimlarning turilari
Do'stlaringiz bilan baham: |