Yozuv-majburiyat asosidagi tovar almashtirish haqidagi kelishuvlar (product exchange agreements based on letter of intent) eksport-import tovarlari almashinishi ro’yhatini taklif etadi. Unda aniq vaqt mobaynida (3-5 yil) hamkorlar o’zaro manfaatdorlik asosida faoliyat olib boradilar. O’zaro manfaatli tovarlar nomenklaturasini aniqlashda tomonlar qator yillar davomida almashtirish mumkin bo‘lgan, ro‘yhatga kirgan tovarlar umumiy miqdorini belgilash mumkin bo’lgan majburiyat -xatlarini almashadilar. Odatda, qarama-qarshi qo‘yilgan tovarlarning aniq miqdori har yil oxirida o’tkaziladigan shartnomalar vaqtida aniqlanadi. Etkazib beriladigan tovarlarning narxi, kredit shartlar va muddati har chorakda yoki yilda bir marta kelishilib olinishi mumkin. Majburiyat-xatlari eksport qiluvchidan ma‘lum davr davomida alohida to‘qnashgan xaridli etkazmalarini majburiy bog‘lashni talab qilmaydi. Bu erda sotish va xarid qilish bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ikki tomonlama amalga oshiriladi. Zamonaviy sharoitlarda o‘zaro tovar almashinuvini besh yil yoki undan ortiq vaqt davomida amalga oshirishni ta‘minlaydigan kelishuvlarning boshqa ko‘rinishlari ham qo‘llanilmoqda. Ular aniq tovarlar savdosi haqida protokollar shaklida bo‘lishi mumkin. Tovar almashinuv haqida protokollar aniq belgilangan vaqt davomida o‘zaro tovar almashinuvining tenglashtirish (balanslashgan darajasiga erishish) maqsadida, tomonlar orasidagi tovarlar oldi-sotdisi turlarini kengaytirishni nazarda tutgan holda tomonlarning kelishuvlari uchun xizmat qiladi. Tijorat asosidagi kompensatsiya bitimlar Tijorat asosidagi kompensatsiya bitimlar (commercial compensation compensation transactions) etkaziib berish (delivery)va bir-biriga qarama- qarshi tovarlarni etkazib berish (counterdelivery) uchun belgilangan vaqt davomida yoki bir oldi-sotdi shartnomasi asosida yoki unga taklif etilgan qarama-qarshi xaridlar va avans xaridlari haqidagi bitimlar asosida amalga oshiriladi. Bunda bitimlar ishtirokchilari o‘rtasidagi moliyaviy hisobotlar xorij valyutasini o‘tkazish yo‘li bilan va o‘zaro kliring pretenziyalar (slearing ciaims) ini boshqarish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Amaliyotda ko‘p kompensatsiya kelishuv bitimlarining asosiy omili xorij valyutasini o‘tkazishdan qochishga intilish hisoblanadi. Buning uchun hisobning kliring shakli qo‘llaniladi. Unga, asosan, eksport qiluvchi tomonidan tovar yuborilganidan so‘ng uning to‘lov talablari (claim for payment) import qiluvchi mamlakatidagi kliring hisobiga kiritiladi, keyin esa mo‘ljallanayotgan qarama-qarshi etkazmalar vositasida qondiriladi. Xalqaro kompensatsiya bitimlarda foydalaniladigan oldi-sotdi shartnomalari xalqaro savdo bitimlari shartnomalaridan farq qilmaydi, modomiki, bunda ham eksport-import operatsiyalaridagi kabi hisob mexanizmidan foydalaniladi; bunda eksport qiluvchi o’z davlati tomonidan ta’minlangan eksport kreditlari va oldi-sotdi shartnomalari kafolatlarini olishi mumkin. Tijorat asosidagi kompensatsiya bitimlar qisqa va o’rta muddatli bo‘lishi mumkin va uch ko‘rinishga bo‘linadi:
Qisqa muddatli kompensatsiya bitimlarqisman kompensatsiyalangan, butunlay kompensatsiyalangan va uch tomonlama kompensatsiyalangan bitimlarga bo’linadi. Qisman kompensatsiyalangan bitimlar eksportning aniqlangan va kelishilgan ulushi import mamlakatidagi tovarlar xaridi bilan kompensatsiyalanishi lozim, qoldig’ esa naqd vositalar bilan to’lanadi.