Xalqaro tijorat ishi



Download 3,44 Mb.
bet1/175
Sana18.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#821494
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
Bog'liq
1952-Текст статьи-4326-1-10-20200629


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI

Shodibekova Dildor Abduraxmanovna
XALQARO TIJORAT ISHI
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi oliy
O'quv yurtlararo ilmiy uslubiy birlashmalar faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan oliy o'quv yurtlarining
iqtisodiy ta'lim yo'nalishlari bakalavr va magistratura talabalari uchun
darslik sifatida tavsiya etilgan
TOSHKENT-2011
Shodibekova D.A. «Xalqaro tijorat ishi» darslik -2 -nashr, Qayta
ishlangan T.: , 2011. -333 b
«Xalqaro tijorat ishi» fanidan tayyorlangan darslik «Xalqaro biznes», «Biznesni boshqarish» mutaxassisliklari magistratura tinglovchilari va «Biznes” yo’nalishida ta’lim olayotgan bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan. Darslikda xalqaro tijorat operatsiyalarining mohiyati, turlari, xususiyatlari; xalqaro savdo bitimlarining mazmuni, eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish va uni tartibga solish yo‘llari; tijorat operatsiyalarini amalga oshirish uchun bozor tadqiqotlarini o‘tkazish usullari, xalqaro oldi-sotdi sharnomalarini tuzish va uni tashkil etish, bajarilishini nazorat qilish, xalqaro tovar birjalari, auktsionlar va savdolarida tijorat operatsiyalari o‘tkazish va vositachilardan foydalanish yo‘llari haqidagi muhim ma‘lumotlar berilgan.
Shuningdek, mazkur darslikdan biznes maktabi eshituvchilari, xalqaro bozorga chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan biznes sub‘ektlari va boshqa barcha qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
Taqrizchilar:
i.f.d., prof. Nasretddinova М. А.
i.f.n., dotsent. Yusupov M.A.
Muxarrir:
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
Xalqaro biznes fakulteti dekani, i.f.d., prof. Qosimova M.S.
Шадыбекова Д.А. «Международное коммерческое дело» учебник -Т.: 2-издание (переработано и дополнено) 2011. - 333с.
Учебник по предмету «Международное коммерческое дело» предназначено для слушателей магистратуры по специальности «Международный бизнес» (шифр 5А 340404), а также для студентов бакалавриата обучающихся по направлению «Бизнес» (шифр 53404200). В учебнике даны сущность, виды, особенности международных коммерческих операций, значение международных торговых соглашений, пути урегулирования и ведения экспортных и импортных операций, методы рыночных исследований для ведения коммерческих операций, составление, организация и контроль международных торговых соглашений, проведение коммерческих операций на аукционах и торгах в международных товарных биржах и пути использования посредников.
А также, данным учебником могут пользоваться бизнес субъекты намеренные выйти на международные рынки и все заинтересованные лица.
Рецензенты:
Д.э.н., проф. Насретдинова
М.А.
к.э.н. доцент. . Юсупов М.А.
Редактор: Декан факультета —Международный бизнес” ТГЭУ д.э.н., проф. Касимова М.С.
KIRISH
O’zbekiston iqtisodiyotini isloh qilishning zamonaviy bosqichi uchun uning jahon hamjamiyati bilan birga o’sib borish tendentsiyasi, xalqaro ayirboshlashning yangi shakllarini jadallashtirish xarakterlidir.
Bozor iqtisodiyotining ravnaq topishida, aholi turmush farovonligini ta‘minlashda, jahon bozorlardagi raqobat kurashida ustunlikka erishishda xalqaro tijorat operatsiyalarning qonun va qoidalarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Kompaniya va firmalarning jahon bozorida samarali faoliyat olib borishi uchun xalqaro tijorat operatsiyalarini yuqori saviyada tashkil etish, qonun - qoidalarni o‘rganish va uni amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish lozim.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o’tganidek :’’...iqtisodiyotdagi tub o‘zgarishlar haqida gapirar ekanmiz, bu borada bizda hali ishga tushirilmagan katta imkoniyatlar mavjudligini yodda tutishimiz lozim. Buni, ayniqsa, xizmat ko‘rsatish va servis sohalari rivojining orqada qolayotganligida ko’rishimiz mumkin.”1 Bunday sharoitda xalqaro bozorga chiqish masalalari bo‘yicha ilmiy yutuqlarni o‘rganish va umumlashtirish katta qiziqish uyg‘otadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda davlat monopoliyasi qisqartirilishi tufayli ko‘p sonli O‘zbekistonlik tadbirkorlarga xorijiy bozorlarga chiqish imkonini berdi.Ayni vaqtda, eng avvalo, jahon tovar bozorlari konyunkturasining yomonlashuvi, raqobatning keskinlashuvi kabi bir qator tashqi omillar mavjudki, bular O‘zbekiston korxonalari tomonidan eksport qilinadigan ayrim mahsulot turlarining narxi va hajmlari pasayishi orqali iqtisodiyotimizga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar etkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirish vazifasini amalga oshirish eksport hajmini barqaror o‘stirish, tashqi bozordagi o‘zgarishlar ta'sirida uning hajmi keskin kamayishi xavfini bartaraf etish imkonini beradi. Bugungi kunga kadar davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida eksportning umumiy hajmi 10,8 foiz, tashqi savdo balansining ijobiy saldosi esa 1,8 barobar oshdi va 4 milliard 200 million dollarni tashkil etdi. Mamlakatimizning oltin - valyuta zaxirasi ham shunga muvofiq ravishda ko‘paydi.1
Jahon bozoriga chiqish bu - zamonaviy iqtisodiyotning zaruriy bo’g’inidir. Xalqaro bozor o’ziga xos geografiya, iqlim, millat, ma daniyat, din va siyosatga ega davlatlar bozorlari yig‘indisini ifodalaydi.
Xalqaro aloqalar va integratsiyaning kengaytirilishi, tijorat va biznes munosabatlarining o‘rnatilishi, jahon bozoriga mustahkam yo‘l O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashining ichki majburiy shartlaridir. Bunda xalqaro maydonda belgilab qo‘yilgan tijorat ishining qonun-qoidalari strategiya va uslublarini o‘zlashtirish va uni amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz Prezidenti t'kidlab o’tganidek, —... yangi bozorlar, yangi transport yo‘laklarini ochish bir so‘z bilan aytganda faol marketingga asoslangan tashqi iqtisodiy siyosat yurgizish zarur.”2
Davlat o‘z milliy va butun jamiyat manfaatlarini muhofaza qilish maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqaradi, shuningdek, bu jarayonda paydo bo‘ladigan munosabatlar ishtirokchilarini qo‘llab- quvvatlaydi. Eksportga doir tadbirlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimizda eksport salohiyati o‘sishiga yordam beradi. Eksport- import faoliyati rivojlanishi milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasiga, Respublikamiz olib borayotgan iqtisodiyotni liberalizatsiyalashtirish va erkinlashtirish siyosatiga muayyan darajada bog‘liq.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining hozirgi bosqichida xalqaro bozorga kirib borishni eksport-import faoliyati orqali amalga oshirish xalqaro tijorat ishlarini yuqori saviyada tashkil qilishni taqqozo etadi.
«Xalqaro tijorat ishi» fanidan tayyorlangan mazkur darslikda xalqaro tijorat operatsiyalarining mohiyati, turlari, xususiyatlari; xalqaro savdo bitmlarining mazmuni, eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish va uni tartibga solish yo‘llari; tijorat operatsiyalarini amalga oshirish uchun bozor tadqiqotlarini o‘tkazish usullari, xalqaro oldi-sotdi shartnomalarini tuzish va uni tashkil etish, bajarilishini nazorat qilish, xalqaro tovar birjalari, auktsionlari va savdolarida tijorat operatsiyalari o‘tkazish va vositachilardan foydalanish yo’llari, xalqaro bozorlarda reklama faoliyati olib borish uslublari berilgan.
«Xalqaro tijorat ishi» fanidan tayyorlangan darslik «Xalqaro biznes», «Biznesni boshqarish» mutaxassisliklaridagi magistratura tinglovchilari va «Biznes” yo’nalishida ta’lim olayotgan bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan. Undan barcha Oliy va O‘rta Maxsus Ta‘lim o‘quv muassasalari va biznes maktabi talabalari, xalqaro bozorga chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan biznes sub‘ektlari foydalanishlari mumkin.






Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish