BMT tizimidagi xalqaro tashkilotlar jahon bozoridagi tovar va xizmatlarning yirik xaridorlari sifatida ishtirok eta boshladilar.
Investitsiya ob‘ektlari qurilishini amalga oshiruvchi tashkilotlarga PRBMT va YuNIDO lar kiradi.
PRBMT (1966 yildan faoliyat yurita boshlagan) ko‘p tomonlama iqtisodiy va texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha tezkor faoliyatni moliyalashtirish maxsus fondiga ega. PRBMT moliyalashtirish fondi BMT doirasidagi texnik hamkorlik tizimi ishtirokchi-davlatlarining maqsadli ko’ngilli badallaridan shakllanadi. PRBMT vositalarni texnik yordamga yo‘naltiruvchi va hajmni tartibga soluvchi bu tizimning bosh organi hisoblanadi. Ishtirokchi-davlatlar badallari summasi hisobiga texnik yordam dasturlari uskuna va materiallar etkazib berishni amalga oshirishi mumkin. PRBMTning pul mablag‘lari texnik yordam oluvchi mamlakatlar orasida taqsimlanadi. Ajratilgan summa doirasida muvofiq mamlakatlar hokimiyatlari iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish doirasidagi eng dastlabki ehtiyojlarni aniqlaydilar va taklif etilgan mablag‘lar yordamida bajarilishi zarur bo‘lgan texnik loyihalar ro‘yhatini ishlab chiqadilar. PRBMT texnik yordamni asosan, investitsiya oldi ishlarni bajarishga yo‘naltiradi, qurilish esa yordam qabul qilayotgan mamlakatlar hisobidan amalga oshiriladi. Keyingi yillarda PRBMTning o‘zi rivojlanayotgan mamlakatlarda moliyalashtirish va yirik sanoat ob‘ektlarini qurish ishlarini amalga oshira boshladi (10 mln. doll.dan yuqori summada). Bunday hollarda PRBMT rivojlanayotgan mamlakatlar davlat tashkilotlari va xususiy firmalari bilan imzolangan pudrat shartnomasi sharoitlaridagi «texnik yordam loyihalarini» bajarishni o‘z zimmasiga oladi.
Ko‘p hollarda loyihalarni bevosita bajaruvchilar sifatida BMT tizimining boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlari ishtirok etadilar: YUNIDO, YUNKTAD, YUNEP (atrof muhitni himoya qilish bo‘yicha BMT dasturi), YU№SKO, FAO, MOT (xalqaro mehnat tashkiloti). Bu tashkilotlar pudrat, «pod klyuch» ob‘ektlarni qurishda taklif etiladigan xizmatlar majmuining ixtisoslashtirilgan inijiring firmalari bilan imzolangan tijorat shartnomalari asosida bajaradi. PRBMT mablag‘lari hisobiga qurilgan ob‘ektlar oldindan kelishilgan shartlarda texnik yordam oluvchi mamlakatlar xokimligiga beriladi.
Korporativ integratsiyaning mohiyati
Jahon iqtisodiyotini zamonaviy rivojlanish bosqichini tavsiflovchi asosiy tendentsiyalardan biri uning globallashuvi hisoblanadi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy resurslar va sotuv bozorlari uchun davlatlararo va firmalararo raqobat kurashi o‘sadi, ikkinchidan, jahon bozorida umumiy raqobatchilar oldida global afzallikka erishish maqsadida tashkil etilgan davlatlararo ittifoqlarning bosqichma-bosqich rivojlanishi ro‘y beradi. Masalan, bS, NAFTA, ASЕAN va b.
O’zaro hamkorlik qilar ekan, firmalar tobora ko’proq strategik ittifoqlar tuzmoqdalar. 1980-yillarning o‘rtalaridan boshlab dunyo bo‘yicha ularning soni yiliga 25% o‘sdi, AQShdagi 1000ta yirik korxona olgan barcha daromadlarning 6%i aynan shu ittifoqlarga to‘?ri keladi.
Bunga eng mashhur misollar tariqasida Citibank va Travellers bank guruhlari, WorldCom va MCI telekommunikatsiya kompaniyalari, Daimler va Chrysler avtogigantlari, British Petroleum va Atoso neft kompaniyalarining birlashuvini ko‘rsatish mumkin.
Jumladan, etaricha moslashuvchan shakllari ishlab chiqilgan, bu qatorga quyidagilar kiradi:
litsenziya shartnomasi — mualliflik huquqi, tovar belgisi, patentdan foydalanish;
birgalikda ishlab chiqarish — kompleksli mahsulot yoki uning tarkibiy qismini chet ellik hamkorlardan biri tomonidan tayyorlanishi;
shartnoma-menejment — hamkorlardan birining menejment sohasida nou-xauni boshqa hamkorga o‘tkazishi;
franchayzing — qo‘shimcha boshqaruv, marketing va texnologik ko‘magini ko‘rsatgan holda ma'lum bir faoliyat uchun litsenziya berish;
strategik ittifoq — qayta tashkil qilish, bozor samaradorligini oshirish yoki «o‘sish samarasi» va boshqa maqsadlarga erishish uchun resurslarni biralashtirish maqsadida tashkil qilinadigan rasmiy yoki norasmiy ittifoq;
qo‘shma korxona — strategik ittifoqning yuridik va iqtisodiy jihatdan mustaqil korxonalar tomonidan yangi kompaniya yaratish bilan bo?liq keng tarqalgan turlaridan biri;
ko‘pmilliy kompaniya — xalqaro hamkorlikning aktsiyadorlik ishtiroki yoki korporativ nazoratning boshqa turlari mexanizmiga asoslangan eng «qattiq» shakli.
Xalqaro integratsiya maqsadlari
Xalqaro biznesning o‘sishi va rivojlanishi ishlab chiqarish va marketing globallashuviga olib keluvchi bir qator o‘zaro ta'sir etuvchi omillar ta'siri bilan asoslanadi:
Kompyuter texnologiyalari va telekommunikatsiyalar sohasidagi yutuqlar davlatlar chegaralari orqali ?oya va axborot almashinishning tez o‘sishiga olib keldi, bu iste'molchilarga chet ellik tovarlar haqida ko‘proq bilishga imkon beradi. Masalan, sun'iy yo‘ldosh va kabel televideniesining, Internetning keng tarqalishi ma'lum bir tovar va xizmat turlariga global talabning shakllanishiga xizmat qiladi.
Ko’plab mamlakatlar hukumatlari investitsiyalar va savdo oldidagi to’siqlami asta-sekinlik bilan pasaytirmoqda, bu xalqaro kompaniyalar uchun yangi bozorlar ochib beradi.
Jahon hamjamiyati doirasida bir xillashtirish va birlashuv tendentsiyasi mavjud. Masalan, Еvropa Ittifoqi tashkil etish haqida Maastrixt shartnomasini imzolagan Еvropa mamlakatlarida 1993 yildan boshlab tovarlar, xizmatlar, kapital va mehnat resurslari umumiy bozori yaratilgan, 1999 yildan boshlab esa 11 davlatning Еvropa monetar ittifoqi amal qilmoqda, umumiy valyutaga — evroga o‘tildi.
Xalqaro integratsiya hisobiga kompaniyalar quyidagi maqsadlarga erishadi:
yangi bozorlarning ochiqligi, davlatning savdo va invetsitsion to‘siqlarini bartaraf etish;
yangi resurs manbalari - moddiy, moliyaviy, mehnat, texnologik, axborot, tashkiliy resurslarning ochiqligi;
raqobatli afzalliklarga erishish, hamkorlar manfaatlarida raqobatni yumshatish yoki bartaraf qilish;
ishlab chiqarish miqyosini kengaytirishda tejamkorlik, ishlab chiqarishni ratsionallashtirish, uning samaradorligini oshirish, vertikal integratsiya afzalliklaridan foydalanish;
tahdidlarni pasaytirish.
Qisqa xulosalar
Xalqaro tijorat ishi - moddiy qimmatliklar va xizmatlarni xalqaro almashtirishga xizmat qiladigan, xalqaro tijorat operatsiyalarini tashkil qilish va yuritish texnikasi bilan bog‘liq nazariy va amaliy bilimlarning alohida doirasi hisoblanadi. Almashtiruv amalga oshirilishi uchun bir- biriga bog‘liq ma‘lum xarakatlarni amalga oshirish kerak.
Xalqaro tijorat operatsiyalarini ikkiga bo‘lish mumkin: asosiy va ta‘minlovchi. Asosiy tijorat operatsiyalariga operatsiyalarning bevosita ishtirokchilari o‘rtasida amalga oshiriladigan operatsiyalar kiradi, ta‘minlovchiga esa tovarning sotuvchidan xaridorgacha bo‘lgan xarakati bilan bog‘liq operatsiyalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |