Xalqaro tijorat ishi


Tadbirkorlik ittifoqi, ularning ko'rinishlari va xalqaro tijorat



Download 3,44 Mb.
bet6/175
Sana18.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#821494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
Bog'liq
1952-Текст статьи-4326-1-10-20200629

Tadbirkorlik ittifoqi, ularning ko'rinishlari va xalqaro tijorat
operatsiyalarini amalga oshirishdagi xarakteri
Tadbirkorlar ittifoqi - alohida uyushgan biznesmenlar guruhidir.
Firmalardan farqli ravishda, ularning maqsadi daromad olishga emas, balki davlat organlaridagi biznesmenlarni o‘z guruhlariga kirishga qiziqtirish va xususiy tadbirkorlarga ularning eksportlarini kengaytirishda yordam ko‘rsatishdan iborat.
Tadbirkorlik ittifoqlari uyushma, federatsiya, kengash va boshqalar shaklida bo‘ladi. Xarakteriga ko‘ra, ular biznesmenlarni sanoatning bir tarmog‘iga birlashtiruvchi tarmoq ittifoqlariga va faoliyati turi bo‘yicha tadbirkorlar kengashiga ajratiladilar. Tarmoq ittifoqlari sanoatning bir tarmog‘i tadbirkorlarini yoki bir mahsulot ko‘rinishini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarni birlashtiradilar. Faoliyat turi bo‘yicha tadbirkorlik ittifoqlari - bu sanoat, savdo, turistik va boshqa firmalar uyushmalaridir.
Tadbirkorlik ittifoqlarining katta qismi xalqaro tijorat operatsiyalarini bevosita amalga oshirmaydilar va tashqi bozorda kontragent sifatida ishtirok etmaydilar. Lekin bir qator mamlakatlar, xususan, Skandinaviya mamlakatlarida tadbirkorlarning tarmoq kengashlari nafaqat ishtirokchi- firmalar topshirig‘i bilan katta hajmdagi xalqaro operatsiyalarni amalga oshiribgina qolmay, balki tashqi bozorda alohida tovar ko‘rinishlarining yagona etkazib beruvchisi sifatida ham ishtirok etadi va bu tovarlar eksportida monopol huquqiga ega bo‘ladi. Masalan, Finlandiyada o‘rmon- qog‘oz sanoati mahsulotlari eksportini shunday monopoliya huquqiga ega bo‘lgan to‘rt tadbirkorlik ittifoqlari amalga oshiradi. Jahon bozoridagi kontragentlar sifatida Finlandiya, Frantsiya, Kanada va boshqa mamlakatlarning tarmoq ittifoqlari ishtirok etadilar.
Tashqi bozorlarga chiqish huquqini olgan davlat
organi va tashkilotlari

Davlat organlar va tashkilotlar jahon bozorida ishtirok etuvchi kontragentlarning uchinchi toifasiga kiradi. Davlat firmalaridan farqli ravishda ular, odatda, tijorat maqsadlarini ko‘zlamaydilar. Jahon bozorlaridagi tijorat operatsiyalarida ma‘lum mamlakatlar xokimligining maxsus ruhsatnomasini olgan vazirlik va idoralar ishtirok eta olishlari mumkin. Masalan, AQShda jahon bozoriga chiqish huquqidan strategik materaillarni qayta sotish va xarid qilishni amalga oshiruvchi, shuningdek, tashqi bozorda AQSh davlati zaxiralaridan kumush savdosini amalga oshiruvchi davlat mulki boshqarmasi foydalanadi; Angliyada - bu huquqdan savdo va sanoat vazirligi foydalanadi; Hindistonda - mudofaa vazirligi va qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan qishloq xo‘ligi mahulotlarining 90% importi amalga oshiriladi.
Tashqi bozorga chiqsh huquqidan foydalanuvchi davlat tashkilotlarining ko‘p qismi mustaqil rivojlanish yo‘lida turgan rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. Masalan, Argentinada don eksporti don bo‘yicha Milliy qo‘mita orqali, go‘sht esa go‘sht bo‘yicha Milliy qo‘mita orqali amalga oshiriladi.
Aljir, Shri-Lanka va boshqa rivojlanayotgan ko‘pgina mamlakatlarning davlat organlari tashqi bozorga chiqish huquqiga ega.
Davlat organlari va idoralar boshqa tijorat operatsiyalar: ilmiy-texnik almashinuv hamda ijara operatsiyalarida ham kontragentlar sifatida ishtirok etadilar.
Jahon bozorida tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisi bo'yicha kontragent
sifatida ishtirok etadigan BMT tizimidagi xalqaro organlari


Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish