Saylov tizimidagi islohotlar



Download 29,02 Kb.
bet1/7
Sana31.12.2021
Hajmi29,02 Kb.
#266499
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2021 saylov tizimi


Saylov tizimidagi islohotlar.
Reja

  1. Saylov va saylov tizimi tushunchasi va ahamiyati

  2. O‘zbekiston saylov qonunchiligining rivojlanishi

  3. “Saylov kodeksi”ni qabul qilishi


Saylov- ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari va boshqa tuzilmalarini tashkil etish vositasi.

1.Saylov tizim — saylov oʻtkazish tartiblarining hamda ularni oʻrnatuvchi huquqiy normalarning majmui. Saylov tizim  davlat vakillik organlarini shakllantirish yuzasidan mavjud bulgan va fuqarolarni saylovga jalb etish, saylovlarni tashkil qilish va deputatning saylovchilar bilan o‘zaro munosabatlarini belgilaydigan tartibini, fuqarolarning barcha saylov huquqlarini oʻz ichiga oladi.. Jahon mamlakatlarining davlat qurilishi tajribasida Saylov tizimining majoritar, proporsional va aralash turlari qoʻllaniladi.

1.Majoritar (Frantsuzcha so’z bo’lib, ko’pchilik degani) saylovning 2 shakli mavjud:

a) Nisbiy ko’pchilik ovoz. Bunda – nomzodlardan qaysi biri saylovda ko’p ovoz olsa, o’sha kishi g’alaba qozonadi. Masalan, 3 ta nomzoddan 1tasi (A)- 300 ta, ikkinchisi (B)- 250 ta, uchinchisi (V) esa 150 ta ovoz olgan bo’lsa, keyingi ikkitasi (B va V) birgalikda 400 ovozga ega bo’lsada, baribir A nomzod g’alaba qilgan hisoblanadi, chunki u raqiblarining har biriga nisbatan ko’p ovoz olgan.

b) Mutloq (absolyut) ko’pchilik ovoz. Saylovning ushbu shaklida nomzodlarning qaysi biri saylovda qatnashgan kishilarning 50 foizi va yana qo’shimcha bir kishi (50%+1) ning ovozini olgan bo’lsa, o’sha g’olib hisoblanadi. Maboda nomzodlardan birontasi 50%+1 kishining ovozini olmasa, qayta saylov o’tkaziladi. Bu gal oldin o’tkazilgan saylovda raqiblariga nisbatan ko’proq ovoz olgan 2 ta nomzodning familiyasi saylov byulleteniga kiritiladi.

Saylovning ushbu majoritar turi AQSH, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Yaponiya, Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekiston kabi mamlakatlarda o’tkaziladi.

2. Proportsional (lotincha so’z bo’lib, - teng, mutanosib degani) saylov. Saylovning ushbu turida saylovchilar nomzodlar familiyasi uchun emas, balki partiyalar uchun ovoz beradilar. Har bir siyosiy partiya uchun berilgan ovozga qarab kvota, ya‘ni nomzodlar normasi belgilanadi.

Agar saylovning majoritar turida har bir saylov okrugidan faqat bittadan nomzod saylansa, proportsional saylov turida esa, 1 ta saylov okrugidan partiyalar ro’yxati bo’yicha bir necha nomzod saylanadi. Masalan, bir saylov okrugi bo’yicha 5 kishi saylanishi lozim bo’lsa (100 foiz), unda 20% ovoz olgan partiya 1ta mandatga, 40% ovoz olgani ikki, 60% ovoz olgani 3 mandat (o’rin)ga va hokazo (20% ga bir o’rin) ega bo’ladi.

Proportsional saylovning ijobiy tomoni siyosiy ahamiyati shundaki, mamlakatda mavjud bo’lgan barcha siyosiy partiyalarga (ularning a‘zolari ko’p yo ozligidan qat‘iy nazar) teng imkoniyat yaratiladi.

Saylovlarning proportsional turi, asosan Yevropa mamlakatlarida o’tkaziladi.

3. Aralash saylovlar Majoritar va proportsional saylovlar aralashmasidan iborat bo’lgan ushbu saylov turi, asosan Germaniya va Avstraliyada qo’llaniladi. Germaniyada parlamentning yuqori palatasi, ya‘ni bundestag a‘zolarining yarmi majoritar, yarmi proportsional saylov orqali saylanadi. Avstraliyada esa parlamentning qo’yi - vakillar palatasi a‘zolari majoritar, yuqori palata – senati a‘zolari esa, proportsionalsaylovlar yo’li bilan saylanadi.



Oʻzbekiston Respublikasining saylov tizimi mamlakat Konstitutsiyasi va saylov toʻgʻrisidagi tegishli qonunlar bilan tartibga solinadi. Ularga binoan, O’zbekistonda majoritar saylov tizimi qoʻllaniladi. Masalan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod saylov okrugi bo’yicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko’pining ovozini olishi kerak. Agar saylovchilarning roʻyxatiga kiritilgan saylovchilarning yarmidan kami saylovda ishtirok etgan boʻlsa, saylov oʻtmagan deb hisoblanadi. Agar saylov okrugi buyicha 2 tadan ortiq nomzod ovozga qoʻyilgan boʻlsa va ulardan birontasi ham ko’pchilik ovozini ololmasa, yaʼni deputat bulib saylanmay qolsa, okrug saylov komissiyasi eng koʻp ovoz olgan 2 nafar nomzodni okrugda takroriy ovozga qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bu qaror Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi. Markaziy saylov komissiyasining qarori asosida 2 hafta ichida takroriy ovoz berish oʻtkaziladi.

Saylov funksiyalari:

-fuqarolarni hoxish irodalarini amalga oshirish,

-hokimiyat bilan fuqarolarni muloqatini taminlaydi

-aholini turli xil muommolarini hokimiyatga yetkazadi.


Download 29,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish