Monopolist korxonalar va tabiiy monopoliya sub'ektlari hamda tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida ko'plab uchraydigan yoki uchrashi mumkin bo'lgan qonunbuzilishlar va ularni bartaraf etishga doir qo'llanma



Download 80 Kb.
Sana01.03.2017
Hajmi80 Kb.
#3574





Monopolist korxonalar va tabiiy monopoliya sub'ektlari hamda tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida ko'plab uchraydigan yoki uchrashi mumkin bo'lgan qonunbuzilishlar va ularni bartaraf etishga doir

QO'LLANMA

I. Umumiy qoidalar.

II. Monopoliyaga qarshi, raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to'g'risidagi qonunchilik talablari buzilishi va ularni bartaraf etish

III. Monopoliyaga qarshi, raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilish natijasida qo'llaniladigan jarimalar.
I. Umumiy qoidalar.
Ushbu qo'llanma monopolist korxonalar va tabiiy monopoliya sub'ektlari hamda tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida monopoliyaga qarshi, raqobat, tabiiy monopoliya, iste'molchilarni huquqlarini himoya qilish va reklama to'g'risidagi qonun hujjatlari talablari buzilishi ko'plab uchraydigan yoki uchrashi mumkin bo'lgan qonunbuzilishlar va ularni oldindan bartaraf etish mezonini belgilaydi.

Mazkur Qo'llanmada quydagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:



monopolist korxona – tovar bozorlarida ustun mavqega ega bo'lgan va moliya bozorlarida ustun mavqega ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar davlat reestriga kiritilgan xo'jalik yurituvchi sub'ekt;

tabiiy monopoliya sub'ekti – tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlar ishlab chiqarish (sotish) bilan band bo'lgan, Tabiiy monopoliyalar sub'ektlari davlat reestriga kiritilgan xo'jalik yurituvchi sub'ekt (yuridik shaxs);

narx (tarif) – tovar birligi qiymatining pul ifodasi;

tovar bozori – tovarning (shu jumladan bir-birining o'rnini bosadigan tovarning) O'zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo'lib, u O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy bo'linishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida tovarni olish yoki realizatsiya qilish imkoniyati mavjud bo'ladi;

moliya bozori – banklar hamda boshqa kredit, sug'urta va o'zga moliya tashkilotlari tomonidan ko'rsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining O'zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo'lib, u O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy bo'linishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatni ko'rsatish imkoniyati mavjud bo'ladi;

monopol yuqori narx – tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo'jalik yurituvchi sub'ekt tomonidan belgilanadigan, tovarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun zarur bo'lgan xarajatlar hamda foyda summasidan yuqori, shuningdek asossiz xarajatlarning o'rnini qoplashga yoki tovarning sifatini pasaytirish natijasida qo'shimcha foyda olishga yo'naltirilgan narx;

monopol past narx – tovar bozorida sotuvchi yoki sotib oluvchi sifatida ustun mavqeni egallab turgan xo'jalik yurituvchi sub'ekt tomonidan tovarning tannarxidan past darajada va ushbu tovarni sotishdan zarar keltiradigan darajada belgilanadigan, natijada raqobatning cheklanishiga olib keladigan narx;

narxlarni tartibga soluvchi organ – O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning topshirig'i bo'yicha - Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari;

iste'molchi – foyda chiqarib olish bilan bog'liq bo'lmagan xolda shaxsiy iste'mol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo'lgan fuqaro (jismoniy shaxs);

tovar (ish, xizmat) ning nuqsoni – tovar (ish,xizmat) ning normativ xujjatlarning majburiy talablariga, shartnoma shartlariga yoxud tovar (ish, xizmat) ning sifatiga odatda qo'yiladigan talablarga nomuvofiqligi;

reklama – bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik yoki jismoniy shaxslar, mahsulot, shu jumladan tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi va texnologiyalar to'g'risida har qanday shaklda va har qanday vositalar yordamida qonun hujjatlariga muvofiq tarqatiladigan maxsus axborot;

aksilreklama – noto'g'ri (insofsiz, bila turib yolg'on) reklama keltirib chiqargan yoki keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan oqibatlarni bartaraf etish maqsadida tarqatiladigan raddiya;

noto'g'ri reklama – noaniqligi, ikki xil ma'noni anglatishi, bo'rttirib yuborishi, yashirib ketishi oqibatida, reklamani tarqatish vaqti, joyi va usuliga nisbatan qo'yilgan talablarni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni buzishi natijasida reklamadan foydalanuvchilarni chalg'ituvchi yoki chalg'itishi mumkin bo'lgan, shaxslarga, shuningdek davlatga zarar va ma'naviy zarar yetkazishi mumkin bo'lgan reklama;

tashqi reklama – alohida maxsus konstruksiyalarda, taxtalavhalarda, ekranlarda, binolarda, inshootlarda, yo'l chekkalarida, ko'cha yoritgichlarining tayanchlari va hokazolarda joylashtiriladigan reklama;
II. Monopoliyaga qarshi, raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to'g'risidagi qonunchilik talablari buzilish va ularni bartaraf etish
2.1. “Raqobat to'g'risida”gi qonun:
Ustun mavqeini suiiste'mol qilish (10-modda).

Ushbu modda talablarini buzilishini oldini olish uchun quyidagilarga e'tiborni qaratish lozim:

– muomalada bo'lgan tovarlarning hajmini tovar yoki moliya bozorida taqchillikni keltirib chiqarish yoki saqlab turish maqsadida narxlarning oshishiga olib keladigan tarzda qisqartirmaslik;

– tovarning monopol yuqori yoki monopol past narxlarini belgilamaslik;

– shartnoma predmetiga taalluqli bo'lmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy mablag'larni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni o'zga shaxsga o'tkazishga doir asossiz talablarni, shuningdek raqobatning cheklanishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo'lgan boshqa harakatlarni sodir etish talablarini majburan qabul qildirmaslik;

– shartnomaga kamsituvchi shartlarni kiritishi, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlar (raqobatchilar) tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni olishini yoki realizatsiya qilishini taqiqlamaslik yoxud cheklamaslik;

– kontragent tomonidan boshqa tovarlarni olish yoki realizatsiya qilish yoxud kontragentning tovarlarni o'zga xo'jalik yurituvchi sub'ektlardan olishdan yoki boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga realizatsiya qilishdan o'zini tiyishi sharti bilangina shartnoma tuzishga rozilik bermaslik;

– tegishli tovarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish imkoniyati bo'la turib, shartnoma tuzishdan asossiz ravishda bosh tortmaslik;

– tovar yoki moliya bozoriga boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning kirishiga to'siqlar qo'ymaslik.
Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlari va bitimlarini taqiqlash (11-modda);

Tovar yoki moliya bozorida o'zaro raqobatlashayotgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, shu jumladan potensial raqobatchilar bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar o'rtasidagi kelishib olingan quyidagi harakatlar va bitimlar taqiqlanadi:

– sun'iy ravishda narxlar, tariflar, chegirmalar, ustamalar, qo'shimcha to'lovlarni yoki ustama narxlarni belgilashga yoki saqlab turishga;

– narxlarni sun'iy ravishda oshirgan yoki pasaytirgan holda erkin bozor narxlarining qaror topishiga to'sqinlik qilishga;

– ishlab chiqarish ustidan, mahsulot sotish bozorlari va kapital qo'yilmalar ustidan nazorat o'rnatishga;

– taklif hajmini sun'iy ravishda o'zgartirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini kelishib olishga;

– shartnoma predmetiga taalluqli bo'lmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy mablag'larni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni o'zga shaxsga o'tkazishga doir asossiz talablarni, shuningdek raqobatni cheklovchi boshqa harakatlarni sodir etish talablarini majburan qabul qildirishga;

– auksionlarda, birjalarda va boshqa savdolarda narxlarni oshirishga, pasaytirishga yoki saqlab turishga;

– shartnomaga kamsituvchi shartlarni kiritishga;

– tegishli bozorni hududiy prinsip bo'yicha, realizatsiya qilish yoki xaridlar hajmi bo'yicha, tovarlarning xillari bo'yicha yoxud tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari doirasi bo'yicha bo'lib olishga;

– boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning tegishli tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari sifatida bozorga kirishini cheklashga yoki ularni bozordan chetlashtirishga yoxud xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni muayyan tovarlar bozoriga qo'ymaslikka olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo'lsa.
Insofsiz raqobatni taqiqlash (13-modda)

Ushbu modda talablarini buzilishini oldini olish uchun quyidagilarga e'tiborni qaratish lozim:

– boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektga zarar keltirishi yoki uning ishchanlik obro'siga putur yetkazishi mumkin bo'lgan noto'g'ri taqqoslamaslik;

– yuridik shaxsning intellektual faoliyati natijalaridan va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalaridan, tovarni individuallashtirish vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalangan holda tovarni realizatsiya qilmaslik;

– tovarning xususiyati, ishlab chiqarish usuli va joyi, iste'mol xossalari, narxi, sifati, ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafolat majburiyatlari xususida iste'molchilarni chalg'itmaslik, xo'jalik yurituvchi sub'ekt (raqobatchi) tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarni uning tashqi bezatilishini, nomini, tamg'alanishini, tovar belgisini va yuridik shaxsni individuallashtirishning boshqa vositasini takrormaslik, reklama materiallaridan, tovarning firma o'rovi va shaklidan nusxa ko'chirish orqali qalbakilashtirmaslik;

– fan-texnikaga, ishlab chiqarishga yoki savdoga oid axborotni, shu jumladan tijorat sirini egasining roziligisiz olmaslik, undan foydalanmaslik, uni oshkor etmaslik;

– tovar yoki moliya bozoriga boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektning kirishiga to'siq qo'ymaslik.
Tanlov (tender) savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablar (14-modda)

Ushbu modda talablarini buzilishini oldini olish uchun quyidagilarga e'tiborni qaratish lozim:

– savdolar o'tkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzmaslik;

– savdolarning tashkilotchilari va (yoki) buyurtmachilari tomonidan savdolar ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirmaslik;

– xo'jalik yurituvchi sub'ektlardan savdolarda qatnashish uchun hujjatlarni qabul qilishni asossiz ravishda rad etmaslik;

– savdolar ishtirokchilarini asossiz ravishda chetlashtirmaslik;

– savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar, shu jumladan axborotdan foydalanish orqali imtiyozli shart-sharoitlar yaratib bermaslik, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;

– tovarning aniq ishlab chiqaruvchisini ko'rsatmaslik, bundan tovarlarning mos kelmasligi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar mustasno.


Birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablar (15-modda)

Ushbu modda talablarini buzilishini oldini olish uchun quyidagilarga harakatlarni sodir etmasliklari lozim:

– birja savdolarini o'tkazish jarayoniga ta'sir ko'rsatadigan, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;

– birja savdolari ishtirokchilarining kelishib olingan harakatlari natijasida joriy birja narxlarining keskin ko'tarilishiga yoki qat'iy belgilanishiga olib keladigan;

– birja savdolarida talabning o'zgarishiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan yolg'on ma'lumotlarni tarqatish bilan bog'liq.
Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni tashkil etish, qo'shib yuborish va qo'shib olishga doir monopoliyaga qarshi talablar (16-modda)

Ushbu modda talablarini buzilishini oldini olish uchun quyidagilar holatlarda monopoliyaga qarshi organining oldindan roziligi olinishi zarur:

– tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati eng kam ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo'lsa yoki ularning qo'shib yuborilgan yoki qo'shib olingan yildan oldingi oxirgi kalendarь yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi eng kam ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo'lsa yoxud ulardan biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo'jalik yurituvchi sub'ekt bo'lsa, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni tovar bozorida qo'shib yuborish va qo'shib olish;

– xo'jalik yurituvchi sub'ektlar aktivlarining jami balans qiymati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdordan ortib ketsa yoki ushbu xo'jalik yurituvchi sub'ektlardan biri ustun mavqeni egallab turgan bo'lsa, ularni moliya bozorida qo'shib yuborish va qo'shib olish.


Aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarni olishda monopoliyaga qarshi talablar (17-modda)

Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo'yicha bitimlar, agar bu bitimlarni tuzish paytida tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendarь yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olgan jami tushumi eng kam ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo'lsa yoxud bitim ishtirokchilaridan biri ustun mavqeni egallab turgan xo'jalik yurituvchi sub'ekt bo'lsa, monopoliyaga qarshi organning quyidagilarga nisbatan oldindan roziligi bo'lgan taqdirda tuziladi:

– shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini olishga nisbatan, agar bunday shaxs yoki shaxslar guruhi ushbu olishga kadar mazkur aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini tasarruf etmagan bo'lsa yoki mazkur aksiyadorlik jamiyatining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning o'ttiz besh foizidan kamini tasarruf etgan bo'lsa, bunda ana shu shaxs yoki shaxslar guruhi ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning o'ttiz besh va undan ortiq foizini tasarruf etish huquqini oladi;

– mas'uliyati cheklangan yoki qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning ko'pi bilan ellik foizini tasarruf etuvchi shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan ushbu jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni olishiga nisbatan, bunda ana shu shaxs yoki shaxslar guruhi mazkur ulushlarning ellik foizidan ortig'ini tasarruf etish huquqini oladi;

– shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini olishga nisbatan, agar bunday shaxs yoki shaxslar guruhi ushbu olishga qadar mazkur aksiyadorlik jamiyatining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning kamida o'ttiz besh foizini va ko'pi bilan ellik foizini tasarruf etgan bo'lsa, bunda ana shu shaxs yoki shaxslar guruhi ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning ellik foizidan ortig'ini tasarruf etish huquqini oladi;

– shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan mas'uliyati cheklangan yoki qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olishga nisbatan, agar bunday shaxs yoki shaxslar guruhi ushbu olishga qadar ushbu jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarning kamida ellik foizini va ko'pi bilan uchdan ikki qismini tasarruf etgan bo'lsa, bunda ana shu shaxs yoki shaxslar guruhi ushbu ulushlarning uchdan ikki qismidan ortig'ini tasarruf etish huquqini oladi;

– shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini olishga nisbatan, agar bunday shaxs yoki shaxslar guruhi ushbu olishga qadar mazkur aksiyadorlik jamiyatining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning kamida ellik foizini va ko'pi bilan yetmish besh foizini tasarruf etgan bo'lsa, bunda ana shu shaxs yoki shaxslar guruhi aksiyalarning yetmish besh foizidan ortig'ini tasarruf etish huquqini oladi.
Monopoliyaga qarshi organiga axborot taqdim etish (23-modda)

Ushbu modda talablarini buzilishini oldini olish uchun, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va ularning mansabdor shaxslari monopoliyaga qarshi organning talabiga ko'ra unga zarur hujjatlarni va axborotni belgilangan tartibda tekin taqdim etishi shart.


2.2. “Tabiiy monopoliyalar to'g'risida”gi qonun:
Narxlarni tartibga solish (7-modda)

Ushbu modda talablarini buzilishini oldini olish uchun, vakolatli organning narxlar (tariflar) bo'yicha qarori tabiiy monopoliya sub'ektlari tomonidan ular kuchga kirishidan kamida o'n besh kun avval ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinishi lozim.



Tabiiy monopoliya sub'ektlarining majburiyatlari (15-modda).

Ushbu modda talablarini buzilishini oldini olish uchun quyidagilarga e'tiborni qaratish lozim:

– tabiiy monopoliya sub'ektlari monopoliyaga qarshi davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o'z faoliyatlari to'g'risida hisobot taqdim etib borish;

– o'z tovarlari sotib olinishida iste'molchilarga teng sharoitlar yaratib berish, barcha iste'molchilarga xizmat ko'rsatish uchun quvvatlar yetarli bo'lmagan hollarda tovarlarni iste'molchilar o'rtasida teng taqsimlanishini amalga oshirish;

– iste'molchilarning zarur hajmdagi va lozim darajadagi sifatli tovarlar bilan ta'minlash va iste'molchilarni huquqlari kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik;

– narxlarni (tariflarni) belgilash uchun vakolatli organga ishonchli axborot taqdim etish;

– narxlar (tariflar) yoki ularning eng yuqori (eng past) darajalarini tasdiqlashda hisobga olinadigan asosiy vositalarni tanlov asosida xarid qilish;

– tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) uchun amalga oshiriladigan to'g'ridan-to'g'ri xarajatlarning alohida-alohida hisobini yuritish.


Tabiiy monopoliya sub'ektlarining faoliyatini cheklash (16-modda)

Ushbu modda talablarini buzilishini oldini olish uchun quyidagi xarakatlarni amalga oshirish lozim:

– tabiiy monopoliya sub'ektining tegishli tovarlarni ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) imkoniyati mavjud bo'lsa, shunday tovarlarni ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) yuzasidan ayrim iste'molchilar bilan shartnoma tuzish talab etiladi;

– tovarlar uchun vakolatli organ belgilagan miqdordan ortiq haq olmaslik, ya'ni belgilangan narxlarni to'g'ridan-to'g'ri oshirilishiga yo'l qo'ymaslik;

– iste'molchilarga tovarlaridan foydalanish shartlarini tiqishtirmaslik, iste'molchilarni kamsitmaslik yoxud iste'molchilardan belgilangan narxlarda (tariflarda) hisobga olinmagan haqlarni undirish kabi xatti-harakatlarni sodir etmaslik.
2.3. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 oktyabrdagi 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo'llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi to'g'risidagi nizom.

Ushbu Nizom talablarini buzilishini oldini olish uchun quyidagi xarakatlarni amalga oshirish lozim:

Narxlar (tariflar)ni asoslash uchun qabul qilinadigan tovarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashda monopolist korxona va tabiiy monopoliya sub'ekti Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risidagi nizomga amal qilishi lozim.

Monopolist korxona va tabiiy monopoliya sub'ekti tovariga deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narxni (tarifni) shakllantirishda, O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

147-moddasida nazarda tutilgan xarajatlarni narx (tarif) tarkibiga kiritmasligi lozim (yuqori organlar va xo'jalik yurituvchi sub'ekt birlashmasi ta'minotiga ajratmalar bo'yicha xarajatlar bundan mustasno).

Monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya sub'ekti tovariga deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narx (tarif)ni moliya organi tomonidan deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) sanadan oldin qo'llamaslik lozim.

Narxlarni tartibga soluvchi organning narxni (tarifni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) to'g'risidagi qarori tabiiy monopoliya sub'ekti tomonidan ular kuchga kirishidan kamida 15 kun oldin ommaviy axborot vositalarida majburiy tartibda e'lon qilinishi lozim.

Monopolist korxona va tabiiy monopoliya sub'ektlari quyidagilarga alohida etibor qaratishlari lozim:

– deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan), kelishilgan va belgilangan tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni oshirmaslik;

– tartibga solinadigan narxlar (tariflar) ularni deklaratsiya qilmasdan (tasdiqlamasdan) yoki kelishib olmasdan qo'llamaslik;

– tartibga solinadigan narxlar bo'yicha yoki birja savdolarida sotib olingan qonun hujjatlariga muvofiq qaytadan sotilishi taqiqlangan resurslarni qaytadan sotmaslik;

– tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash), kelishish va belgilash uchun narxlarni tartibga soluvchi organlarga, davlat boshqaruvi organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga ishonchsiz ma'lumotlar taqdim etilishi natijasida narx (tarif)ning oshirilmasligi;

– tovarning narxiga (tarifga) xom ashyo va materiallarga, yoqilg'i-energetika resurslariga va haqiqatda amalga oshirilmagan xarajatlarni, amalda yuz bermagan mehnat xarajatlarini va boshqa xarajatlar yoki bajarilmagan ishlarni kiritmaslik;

– vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar bo'yicha tovarlarni ishlab chiqarish uchun bevosita haqiqatda foydalaniladigan xom ashyo, materiallar, yoqilg'i, energiya sarfining texnik va texnologik normalarini oshirmaslik;

– markazlashtirilgan kapital qo'yilmalar yoki O'zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan ob'ektlar qurilishi qiymati shakllantirilishi tartibi buzilgan holda ob'ektlarning kapital qurilishi smeta qiymatini aniqlash;

– markazlashtirilgan kapital qo'yilmalar yoki O'zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan ob'ektlarda bajarilgan ishlar hajmini sun'iy ravishda oshirmaslik (qo'shib yozmaslik);

– tovarlarning qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan yuqori likvidli va monopol turlarini birja savdolariga tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda va hajmlarda qo'ymaslik;

– tovarni qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan tovarlarning yuqori likvidli va monopol turlari hajmini birja savdolariga qo'yish uchun jadvallarda nazarda tutilgan hajmdan chetlatish yo'li bilan to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar bo'yicha sotmaslik;

– ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) qonun hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotmaslik.

2.4. "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonun:
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi),savdo va xizmat ko'rsatish qoidalari to'g'risidagi ma'lumot (5-modda).

Ushbu modda talablarini buzilishini oldini olish uchun quyidagilarga e'tiborni qaratish lozim:

– ishlab chiqaruvchi o'z korxonasining nomi va joylashgan (yuridik) manzili haqida iste'molchini xabardor qilishi shart. Bunday ma'lumot ishlab chiqarish markasi yoki tovar belgisida ko'rsatilgan bo'lishi yoxud boshqa usulda taqdim etilishi;

– sotuvchi (ijrochi) o'z tashkilotining firma nomi, uning joylashgan (yuridik) manzili va ish tartibini iste'molchiga ma'lum qilishi shart. Bunday ma'lumot lavhada aks ettirilishi;

– ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma'lumot savdo va xizmat ko'rsatish muvaqqat binolar, yarmarkalar, ko'chma do'konchalar orqali amalga oshirilgan yoki savdo va xizmat ko'rsatish sotuvchi (ijrochi)ning doimiy joylashgan manzilidan tashqarida amalga oshirilgan boshqa hollarda ham iste'molchilar e'tiboriga yetkazilishiga;

– sotuvchi (ijrochi) iste'molchiga tovarlar savdosi, maishiy va boshqa turdagi xizmat ko'rsatishning qoidalari to'g'risida to'liq ma'lumot berilishiga.


Tovar (ish, xizmat)lar to'g'risidagi ma'lumot (6-modda).

Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste'molchiga o'zi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat) lar haqida o'z vaqtida zarur, to'g'ri va tushunarli ma'lumot berishi shart. Tovar (ish, xizmat) haqidagi ma'lumotda quyidagilar ko'rsatilishi shart:

– tovar (ish, xizmat)ning asosiy iste'mol xususiyatlari, shu jumladan, o'ziga xos xususiyatlari ro'yxati;

– bahosi (tarifi) va sotib olish shartlari;

– ayrim turdagi tovarlarning ishlab chiqarilgan sanasi;

– ishlab chiqaruvchi (ijrochi) ning kafillik majburiyatlari;

– tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari hamda shartlari;

– tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati va ushbu muddat tugaganidan keyin iste'molchi nima ishlar qilishi zarurligi, shuningdek bunday ishlarni bajarmaslik natijasida kelib chiqishi mumkin bo'lgan oqibatlar to'g'risidagi ma'lumotlar;

– ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning nomi va mulkchilik shakli, ro'yxatga olish va litsenziya guvohnomasining nomeri;

– ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) ning hamda ular iste'molchidan da'vo qabul qilishga vakolat bergan, shuningdek ta'mirlash ishlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat ko'rsatadigan korxonalarning manzillari;

– tovarlarni saqlash, xavfsiz utilizatsiya qilish usullari hamda qoidalari;

– teatr-konsert tadbirlari o'tkazilayotganda fonogrammadan foydalanilishi to'g'risidagi axborot.

Sertifikatlanishi shart bo'lgan tovar haqida iste'molchiga uning sertifikatlanganligi to'g'risida ma'lumot taqdim etilishi lozim.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari (11-modda).

Ushbu modda talablarini buzilishini oldini olish uchun quyidagilarga e'tiborni qaratish lozim:

– dori-darmon, oziq-ovqat va maishiy kimyo tovarlarida ularning ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati hamda ularni saqlash shartlari ko'rsatilgan bo'lishiga;

– sotuvchilarga ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko'rsatilmagan yoki yaroqlilik muddati o'tgan tovarlarni qabul qilish hamda realizatsiya qilish man etiladi.


2.5. "Reklama to'g'risida"gi qonuni:
Reklamaga doir asosiy talablar (6-modda)

Reklamani joylashtirishda qonun hujjatlarida taqiqlangan quyidagilarga alohida e'tibor qaratish lozim:

– ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonun xujjatlari bilan taqiqlangan mahsulot to'g'risida axborot tarqatish;

– jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeiga qarab, boshqa xolatlarga ko'ra kamsitish yoki o'zga shaxslarning maxsulotini badnom etish;

– qonun xujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo'lgan, fuqarolarning sog'lig'i yoki xayotiga va atrof-muxitga zarar yetkazuvchi yoxud zarar yetkazishi mumkin bo'lgan, shuningdek xavfsizlik vositalariga e'tiborsizlik tuyg'usini uyg'otuvchi xarakatlarga da'vat qilish;

– axborot mazmunining buzilishiga olib kelishi mumkin bo'lgan xorijiy so'z va iboralardan foydalanish;

– maxsulot davlat organlari yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan ma'qullanganligini ko'rsatish;

– ishtirok etish uchun muayyan maxsulotni olish sharti qo'yilgan rag'batlantiruvchi lotereya, tanlov, o'yin yoki shunga o'xshash boshqa tadbir o'tkazishni tadbirning tashkilotchisini, uni o'tkazish qoidalari va muddatlarini, bunday tadbir xaqidagi axborot manbaini, mukofotlar yoki yutuqlar miqdorini, ularni olish muddatlari, joyi va tartibini ko'rsatmagan xolda reklama qilish;

– maxsulotni tovar belgisi yoki xizmat ko'rsatish belgisi reklama qilish taqiqlangan yoxud reklama qilishga nisbatan tegishli cheklovlar yoki talablar belgilangan maxsulotning tovar belgisi yoki xizmat ko'rsatish belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoxud unga aynan o'xshash bo'lgan boshqa maxsulotning reklamasi ko'rinishida reklama qilish.
Noto'g'ri reklama (13-modda)

Ushbu modda talablarini buzilishini oldini olish uchun quyidagilarga e'tiborni qaratish lozim:

– noaniqligi, ikki xil ma'noni anglatishi, bo'rttirib yuborishi, yashirib ketishi oqibatida, reklamani tarqatish vaqti, joyi va usuliga nisbatan qo'yilgan talablarni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni buzishi natijasida reklamadan foydalanuvchilarni chalg'ituvchi yoki chalg'itishi mumkin bo'lgan, shaxslarga, shuningdek davlatga zarar va ma'naviy zarar yetkazishi mumkin bo'lgan reklama noto'g'ri (insofsiz, bilaturib yolg'on) reklama hisoblanadi;

– noto'g'ri reklama taqiqlanadi.


Dori vositalari, tibbiy buyumlar, kosmetika va maishiy kimyo vositalari reklamasi (22-modda).

Ushbu modda talablarini buzilishini oldini olish uchun quyidagilarga e'tiborni qaratish lozim:

Dori vositalari reklamasida quyidagilar bo'lishi shart:

– dori vositasining to'liq nomi (shu jumladan, xalqaro farmakologik nomi) va ishlab chiqaruvchisining nomi;

– dori vositasidan foydalanish yoki uni qo'llash haqidagi axborot.

Quyidagilarni reklama qilish taqiqlanadi:

– faqat shifokorning ko'rsatmasi (retsepti) bo'yicha beriladigan dori vositalari;

– tarkibida giyohvandlik vositalari va (yoki) psixotrop moddalari bo'lgan dori vositalari;

– respublikada tibbiyotda qo'llanishga ruxsat berilmagan dori vositalari.

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining ruxsatisiz quyidagilarni reklama qilish taqiqlanadi:

– voyaga yetmaganlarga mo'ljallangan dori vositalari;

Qo'llanishi va realizatsiya qilinishi yuzasidan tegishli davlat organlari maxsus ruxsatnoma bermay turib kosmetika vositalari, maishiy kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, vitaminli va biologik jihatdan ta'sirchan oziq-ovqat qo'shimchalarini reklama qilish taqiqlanadi.

Ushbu moddaning qoidalari tibbiy muassasalar va tibbiyot xodimlari uchun mo'ljallangan reklamaga tatbiq etilmaydi. Tibbiy muassasalar va tibbiyot xodimlari uchun mo'ljallangan dori vositalarini reklama qilish tartibi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklamasi (23-modda)

Ushbu modda talablarini buzilishini oldini olish uchun tamaki, tamaki mahsulotlari va har qanday quvvatdagi alkogolli ichimliklar reklamasi, shu jumladan quyidagilar taqiqlanganligiga alohida e'tiborni qaratish lozim:

– tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar namunalarini tekin tarqatish;

– tamaki, tamaki mahsulotlari yoki alkogolli ichimliklarning nomi, tovar belgisi yoxud tasviridan foydalaniladigan tadbirlarga homiylik qilish;



– tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning nomi, tovar belgisi tushirilgan tovarlarni (futbol maykalari, bosh kiyimlar, o'yinlar va boshqa shu kabilarni) tarqatish, shu jumladan sotish;

– savdo ob'ektlarining old tomonida, kirish (transportda kirish) joylarida, vitrinalarida, tashqariga olib chiqiladigan predmetlarida hamda boshqa joylarida tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning tasvirlari, nomlarini va ular haqidagi boshqa axborotni o'rnatish taqiqlanadi.
Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish