Xalqaro tijorat ishi



Download 3,44 Mb.
bet112/175
Sana18.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#821494
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   175
Bog'liq
1952-Текст статьи-4326-1-10-20200629

Yirik masshtabli, uzoq muddatli, qaytarma xaridli kompensatsiya bitimlar uzoq muddatli zayomlar, ishlab chiqarish majmuining kompleks uskunalari, sanoat uskunalari, texnologik uskunalarni taklif etadigan ishlab chiqarish hamkorligi haqidagi bitimlar asosidagi etkazmalarni nazarda tutadi.
Kompensatsiya bitimlarga asoslangan loyihalar, odatda, yirik masshtabliligi, mustaqil, shartnomaviy va murakkab moliyaviy, to‘lov va tashkiliy mexanizm qo‘llanilishi bilan ajralib turadi.
Yirik masshtabli, uzoq muddatli kommensatsion kelishuvlarni ularning xajmi va darajasidan qat‘iy nazar ikki turga ajratish mumkin:

  1. kompensatsiya xaridlar bo‘yicha majburiyatlar qo‘yilgan uskuna qiymatidan yuqori bo‘lgan kelishuvlar;

  2. kompensatsiya xaridlar bo‘yicha majburiyatlar qo‘yilgan uskuna qiymatiga teng yoki past bo‘lgan kelishuvlar.

Kompensatsiya xaridlar bo‘yicha majburiyatlar qo‘yilgan uskuna qiymatidan yuqori bo‘lgan kelishuvlar quyidagi xarakterli xususiyatlarga ega:
- kamida uch gurux o‘zaro bog‘langan shartnomalarni imzolashi: uskunani etkazib berish va ularga bog’liq texnik xizmatlarni taklif etish; uzoq muddatli shartnomalar asosida oxirigi mahsulotni etkazib berish; uskunalar va texnologiya etkazmalarini moliyalashtirish uchun zayomlar taklif etiladigan bank kelishuvlari (yoki bir qancha kelishuv);
- davlatlararo kreditlashtirish doirasida xukumat kreditlarini, shuningdek, tijorat bank kreditlarini taqdim etish.
Qisqasi, moliyalashtirish sof tijorat kreditlari yoki davlat va tijorat kreditlarining qo‘shilishi asosida amalga oshiriladi va to‘lov muddati 6-8 yil, gaz bo‘yicha esa 25 yilni tashkil etadi. Ko‘p hollarda moliyalashtirish bank konsortsiumni yaratish yoki muvofiq kelishuvlarni imzolash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Odatda, zayomlar va kreditlar uskuna qiymatining 85% igacha qoplaydi. Bir qator holatlarda esa loyiha qiymatining 100% ini qoplashga erishishi mumkin.
Kompensatsiya xaridlar bo‘yicha majburiyatlar tovar xarakteridan qat’iy nazar, uzoq muddat - 20 - 25 yilni qamrab oladi;
Qarama-qarshi tovarlarga narxlar jahon bozori narxi bazasida belgilanadi. Bundan tashqari, ular doimiy ravishda tekshirilib turiladi (bir yilda bir marta yoki har chorakda). Jahon narxi belgilanmagan taqdirda (masalan, gazda) muvofiq bozordagi savdo amaliyotini aks ettiruvchi o‘zaro kelishilgan formula asosida belgilanadi. Masalan, tabiiy gazni RFsidan Avstriya, Italiya, Germaniya, Frantsiya, Shveytsariyaga etkazib berishda narxlar uch asosiy elementni o‘z ichiga oluvchi formula yordamida aniqlanadi:

  1. shartnoma imzolangan paytda gaz narxini aniqlovchi franko- chegara narx bazasi;

  2. eskalatsiya formulasi narxlarning davriy korrektirovkasi uchun asos bo‘lib xazmat qiladigan narx indeksini aniqlash uchun ishlatiladi va undan gaz bilan raqobatlasha oladigan mahsulot, masalan, neftning bahosi va og‘irligini tanlash uchun foydalaniladi;

v) baho bazasi va ekskalatsiya formulasiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z kuchida qoladigan kafolatli minimal narx.
Energetika tarmog‘idagi kompensatsiya kelishuvlar o‘zaro bog‘liq, lekin yuridik jihatdan mustaqil bo‘lgan qator kelishuvlarga asoslanadi. Uskuna etkazib berish va qarama-qarshi mahsulotlar o‘rtasidagi aloqa bazali bank kelishuvlari (yoki protokol)da belgilanadi.
Kompensatsiya kelishuvlarda uskuna import qiluvchi eksport qiluvchiga to‘lovni bevosita oxirigi mahsulotni etkazib berish orqali to‘laydi.
Uskunani etkazib bergandan keyin eksport qiluvchi bank kafolatini oladi. Unga ko‘ra, agar import qiluvchi shartlashilgan uskunani qo‘ya olmagan holatida bank eksport qiluvchiga xorij valyutasida to‘lash majburiyatini oladi.
Kompensatsiya xaridlar bo’yicha majburiyatlar qo’yilgan uskuna qiymatiga teng yoki past bo'lgan kelishuvlar. Ular sanoat tarmog’idan qat‘iy nazar, maxsus xususiyatlarga ega.
Kon sanoati, o‘rmon, qora va rangli metallurgiya, ximiya sanoati tarmoqlarida kompensatsiya kelishuvlarning quyidagi xususiyatlarini ajratish mumkin:

  • kreditlarning katta qismi kompleks korxonalar uchun uskunalar xarid qilishga, texnik xizmat ko‘rsatish va infratuzilma ob‘ektlarni qurish uchun taqdim etiladi.

Ishlab chiqarish komplekslarini etkazib berishda quyidagi moliyalashtirish shartlari xarakterlidir:

  1. 15-20 % dastlabki to‘lovlar uchun, jumladan, 5%i shartnoma imzolashga, 5% uskuna keltirishga, 5% montajning tugallanishi bo‘yicha va korxonani ekspluatatsiyaga chiqarish uchun. Qolgan 80-85% i 5-10 yil ichida to‘lanadi, modomiki, dastlabki to‘lov tayyor korxonani qabul qilib olingandan 6 oy keyin amalga oshiriladi.

  2. qarama-qarshi etkazmalar oxirigi va o‘rtadagi tayyor va yarim tayyor mahsulotlar bo‘lishi mumkin. Bu shart ximiya sanoati korxonalariga tegishli bitimlarda ko‘p uchraydi;

v) texnologik jarayonning yuqori bosqichida olingan mahsulotga narxlar odatda, qisobning murakkab formulasidan foydalanilgan holda belgilanadi. Sanoat tarmog‘idan qat‘iy nazar, mahsulot ko‘rinishlari mahalliy raqobatdosh firmalar tomonidan belgilangan narx bazasida hisoblanadi.
Kompleks uskunani etkazib beruvchi sifatida TMK maydonga chiqqan holatlarda qarama-qarshi etkazmalar bo‘yicha majburiyatlar umumiy global kelishuvlar sirasiga kiradi. Bu kelishuvlarda oldi-sotdi bo‘yicha operatsiyalar hajmi 5-10 yil va undan ortiq qilib belgilanadi.
Qayta ishlash sanoati tarmog‘larida yirik masshtabli uzoq muddatli kompensatsiya kelishuvlarning quyidagi xususiyatlarini ajratish mumkin:

  • qisman kompensatsiyani ko‘rib chiquvchi kelishuvlar ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib, etkazib beruvchi firmaning kompensatsiya ko‘rinishida oladigan mahsulotdan foydalanish yoki uni sotishda yuzaga keladigan murakkabliklari bilan shartlashadi;

- ko’pgina kelishuvlarda oxirigi tayyor mahsulot o’rniga o’rtadagi yarim tayyor mahsulotlarni yoki ularning qo‘shilgan holati ko‘rib chiqiladi.
Ishlab chiqarishni kooperativlashtirish haqidagi kelishuvlar doirasida qarama-qarshi etkazmalar komplekslashgan mahsulotlar, uzellar, detallarni etkazib berishni nazarda tutadi. Ular odatda, eksport qiluvchilarga berilgan texnologiyalar asosida tayyorlanadi. Ba’zan ishlab chiqarish kooperativlashtirilishi oxirigi mahsulotni ishlab chiqarishda eksport qiluvchi ishtiroki bilan amalga oshiriladi va uning qarama-qarshi xaridi xajmida aniqlanadi.

Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish