Xalqaro savdo muolajalarini soddalashtirish bo'yicha
Ishchi guruhining vazifalari
Ishchi guruhi quyidagi vazifalarni bajaradi:
Xalqaro savdo va etkazish bo‘yicha soddalashtirish doirasidagi kordinatsiyalarni ta‘minlaydi;
Xalqaro savdoda va etkazish berishda zarur bo‘lgan muolajalar sharqini olib boradi. Bunday asosiy maqsad ularni qisqartirish, soddalashtirish, shuningdek, xalqaro reja bo‘yicha kelishuv;
Savdo rasmiyatchiligi, muolajalar, xujjatlashtirish va aralash masalalar haqidagi ma‘lumotlarni yig‘adi va tarqatadi;
Umumiy yondashuvni ishlab chiqishni soddalashtirish muammolariga va ularni hal qilish umumiy metodikasiga muvofiqlashtiradi;
EEK namuna - formulyari asosida savdo xujjatlarini standartlashtiradi va soddalashtiradi, bunda unga elektron qurilmalar va boshqa avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanishga mo‘ljallangan xujjatlar ham qo‘shiladi;
Tashqi savdo xujjatlaridagi ma‘lumotlarni standartlashtirishni, shuningdek, standart savdo terminologiyasini ishlab chiqishni, ma‘lumotlarni qayta ishlash va uzatishni zamonaviy vositalar bilan qo‘shib foydalanish uchun tashqi savdo axborotlarini kodlashtirish yagona tizimini muvofiqlashtiradi;
Xalqaro savdoda ma’lumotlarni elektron uzatish tizimi uskunalardan foydalanishni muvofiqlashtiradi (xalqaro elektr aloqalari uyushmasi maslahati asosida);
Ishchi guruhi ЕEK a’zo mamlakatlari xukumatlariga tavsiyalar berish vakolatiga ega. Xalqaro savdo muolajalarini soddalashtirish bo‘yicha Ishchi guruhi dasturiga ruknlar bo‘yicha tasniflash mumkin bo‘lgan quyidagi loyihalarni kiritish mumkin:
Zamonaviy savdo amaliyoti va muolajalari;
Xalqaro savdo muolajalarini soddalashtirish bo‘yicha tadbirlar;
Savdoda ma‘lumotlarni uzatish uslublarini garmonlashtirish va soddalashtirish;
BMT, ЕEK, FALPRO tavsiyalarini qo’llashga ko’maklashish va singdirish.
BMT ЕEKsi tomonidan quyidagi tavsiyalar ishlab chiqilgan va qabul qilingan:
Tashqi savdo hujjatlari uchun ЕEK namuna-formulyari;
Tashqi savdo hujjatlariga kodlarning aralashuvi;
ISO mamlakatlari kodi, mamlakat nomi uchun kod va boshqalar.
BMTning Еvropa Iqtisodiy Komissiyasi savdo muolajalarini soddalashtirish doirasidagi hamkorlik uchun xalqaro forum tomonidan samarali deb topildi. Hozirgi kunda bunday hamkorlik tufayli olingan amaliy natijalarga quyidagilar kiradi:
Tashqi savdo hujjatlari uchun BMT namuna - formulyari asosida ishlab chiqilgan BMT kelishilgan savdo hujjatlari tizimi;
Xalqaro savdoda qo‘llaniladigan kodlar bo‘yicha bitimlar (masalan, mamlakatning, valyutaning, etkazib berish shartlarining belgilanishi);
Savdo ma‘lumotlari elementlarining ma‘lumotnomasi (1980 yilda birinchi bor chiqarilgan). U xalqaro savdoda qo‘llniladigan ma‘lumotlar elementlarini, ularning ko‘rinishi va tasvirlanishini o‘z ichiga oladi. Ish alohida aniq doiralar qamrab olgan qismlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Masalan, dengiz va yo‘l transporti, bojxona va tijorat hujjatlari;
BMT EEK tomonidan ishlab chiqilgan savdo ma’lumotlarni almashtirish bo‘yicha boshqaruvchi tamoyillari.
Xalqaro savdo muolajalarini soddalashtirish bo’yicha ishlar va tashqi savdoning xujjatlashtirilishining unifikatsiya qilinishi va standartlashtirilishi bo‘yicha ishlar o‘zaro chambarchas holda va kelishilgan dastur bo’yicha olib boriladi.
Milliy darajada bajarilishi zarur bo‘lgan xalqaro talablar umumiy xarakterga ega va shuning uchun xalqaro savdo ishtirokchilari - alohida mamlakatlar, firmalar va tashkilotlardarajasida aniqlashtirishni talab qiladi.
Qisqa xulosalar
Oldi-sotdi shartnomalarini (kelishuvlarining) ijro etish uchun, tomonlar o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarishi ya‘ni: sotuvchi tomonidan shartnoma (kelishuv) predmeti bo’lmish tovarni xaridorga etkazib berishdan, xaridor tomonidan tovarni belgilangan narxini to‘lashdan iboratdir.
Tashki savdo bitimini bajarilishini tasdiqlovchi, ya‘ni, mahsulotni sotuvchiga etkazib berish, transportda tashish, sug‘urta qilish, omborda saqlash, bojxonadan o‘tkazish kabilar tashqi savdo hujjatlari deb ataladi.
Tashqi savdo hujjatlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: eksportga mo‘ljallangan tovarlarni ishlab chiqarishni ta‘minlash uchun hujjatlar - sotib olish uchun topshiriq, ishlab chikarish yo‘riqnomasi, ombordan olib chiqish uchun naryad, faktura jadvali, qadoklash bo‘yicha yo‘riqnoma, korxonada transport ishlari naryadi, statistika va ichki ma‘muriyat to‘g‘risidagi hujjatlar.
Tovarni jo‘natish uchun tayyorlash hujjatlariga fraxt talabnomasi, hujjat yo‘riqnomasi, mahsulotni etkazib berish topshirig‘i , yuk tashish orderi jo‘natish orderi, jo‘natilganlik to‘g‘risida ma‘lumotnoma ,hujjatlarni taqsimlanishi to‘g‘risida xabarnoma, etkazib berish ruxsatnomasi kiradi.
Tijorat hujjatlari tovarning narx - navosini miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini belgilab beradi.
Tijorat hisobi - asosiy hisob-kitob hujjati. Xujjatda tovar birligi va umumiy narhi, tovarni etkazib berish bazis shartlari, hisob-kitob usuli va ko‘rinishi, bank muassasi haqida ma‘lumot, yukni tashish shartlari, sug‘urta va sug‘urta badallari mukofoti haqida ma‘lumot bo‘ladi.
Hisob-kitoblarning quyidagi turlarini kiritish mumkin: Hisob-
kitob-faktura, hisob kitob-spetsifikatsiya, dastlabki hisob-kitob. maxsuslashtirilgan hisob, oldindan to‘lash hisobi, proforma-hisob.
Texnika hujjatida pasporti, foydalanish yo‘riqnomasi, xar hil chizmalari, ehtiyot qismlari va boshqalar ko‘rsatiladi. Qadoqlash varag‘i xar bir tovar ko‘rsatmasida tovarlarni navi va hamma turlarini ro‘yxati beriladi. Taqdim etilgan tovarlarni sifati to‘g‘risidagi guvoh hujjatlarga sifati to’g’risidagi sertifikat, kafolat majburiyati, sinov bayonnomasi, jo‘natishga ruxsat kiradi.
To’lov-bank operatsiyalari bo’yicha hujjatlarga bank bo’yicha o‘tkazish yo‘riqnomasi, bank to‘loviga buyurtma, inkassa to‘lovi to‘g‘risida bildirish, tovar akkreditivi bo‘yicha to‘lov to‘g‘risida bildirish, bank kafolatiga buyurtma, bank kafolati qarzdorlik majburiyati kiradi.
Sug‘urta hujjatlari- sug‘urtachi va sug‘urtalanuvchi orasidagi o‘zaro aloqani aks ettiradi. Sug‘urta hujjatlariga sug‘urta polisi, reysli sug‘urta polisi, bosh (generalno‘y) polis, aralash polis sug‘urta sertifikati, sug‘urta e‘loni, sug‘urta hisobi kiradi.
Transport hujjatlari yuk tashuvchi tomonidan uning yukni tashish uchun qabul qilib olganligi tasdiqlab beriladi.
Dengiz orqali yuk tashilganda - konosament, dengiz yo‘li yuk xati (nakladnaya), shturman tilxati, dok tilxati; temir yo‘li orqali yuk tashilganda - temir yo‘li yuk xati (nakladnaya), yo‘l qaydnomasi (vedomost); aviatsiya orqali yuk tashilganda - avia yuk xati, avtomobil yo‘li orqali yuk tashilganda - avtotransport yuk xati; ma‘lum bir xudud ichida yuk tashilganda - universal transport hujjati, aralash yuk tashish hujjati bo‘lishi shart.
Yuk tashishni ta‘minlaydigan hujjatlar: yukni qabul qilib olganlik to‘grisida tilxat, kafolat xati; yuk tashish to‘g‘risida ekspeditorning guvohlik hujjati; yuk tonnajini fraxtlash uchun isbot xati; yukni jo‘natish to‘g‘risidagi ariza-talabnomasi; fraxt hisob-kitobi; yuk kelganligi to‘g‘risidagi bildirish xati; yukni tashib berishga xalaqit beruvchi to‘siqlar to‘g‘risidagi bildirish xati; yuk tashish manifesti; fraxt manifesti; konteyner manifesti.
Bojxona hujjatlari tovarni bojxona chegarasidan o‘tkazishni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Bu hujjatga bojxona deklaratsiyasi; eksport, import va valyuta litsenziyalari; tovarlarni kelib chiqishi haqida guvohlik; konsul fakturasi; tranzit hujjatlar; veterinarlik, sanitarlik va karantinlik guvohnomasi va boshqalar kiradi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Tovarni jo‘natishga tayyorlash qanday amalga oshiriladi?
Tamg‘alashga oid talablar qanday?
Tijorat bitimini rasmiylashtirish uchun kerakli bo‘lgan tashqi savdo hujjatlariga nimalar kiradi?
Tovarni jo‘natish uchun tayyorlash hujjatlariga nimalar kiradi?
Tijorat hujjatlariga nimalar kiradi?
To’lov-bank operatsiyalari bo’yicha hujjatlariga nimalar kiradi?
Transport hujjatlari, transport ekspeditorlik hujjatlariga nimalar kiradi?
Bojxona hujjatlariga nimalar kiradi?
Xalqaro savdo muolajalarining soddalashtirilishi qanday amalga oshiriladi?
Tashqi savdo xujjatlarining unifikatsiya qilinishi va standartlashtirilishi qanday amalga oshiriladi?
Xalqaro savdo muolajalarini soddalashtirish bo‘yicha ishchi guruhining vazifalari nimalardan iborat?
Asosiy adabiyotlar
Карпова С.В. Практикум по международному маркетингу: учебное пособие / С.В. Карпова. - М.: КНОРУС, 2010. - 200 с.
Егорова Е.Н., Логинова Е.Ю. Коммерческая деятельность. Шпаргалки. - М.: «Эксмо». -2007. - 30 с.
Короткова Т.Л. Коммерческая деятельность: учебник / под ред. Н.К. Моисеевой. - М.: Финансы и статистика, 2007. - 416 с.
Лемке Г.Э. Секреты коммерческой разведки.- М.: «Ось-89», 2008.-416с.
Минько Э.В. Основы коммерции: учеб. пособ. М.: ЮНИТИ- ДАНА, 2007. - 512 с.
«Инкотермс»: Международные правила толкования торговых терминов. - М.: «Омега-Л», 2009. - 76 с.
МДХ мамлакатлари бозорига экспорт килиш: Амалий Кулланма.-Т.: Узбекистан бизнес форуми, 2009. 144б.7-BOB.XALQARO TO'QNASH (UCHRASHGAN)
Do'stlaringiz bilan baham: |