Sotish huquqining xarakteri. Shartnoma bo’yicha sotuvchiga tovarlarni sotish huquqini berish oddiy, mustasno tarzida va chegaralangan mustasno tarzida bo‘lishi mumkin. Oddiy huquqni tavsiya etishda eksport qiluvchi kelishilgan xududda tovarlarni o‘zi mustaqil sotishi va boshqa vositachilar orqali sotishi mumkin. Mustasno tarzidagi huquqda eksport qiluvchi ma‘lum tovarlarni shartnoma bo‘yicha faqatgina ma‘lum sotuvchilar orqali sotishga majbur. Ba‘zan shartnomada ekstorterning unga kelishilgan hududdagi iste‘molchilardan bevosita tushgan shartnoma takliflari bo‘yicha savdogarni yuborish majburiyati ko‘rib chiqiladi.
Chegaralangan mustasno tarzidagi huquq, ba’zan u yarim istisno deb ham ataladi, ayrim hollarda eksport qiluvchi kelishilgan hududda tovarlarni bevosita uchinchi shaxsga sotish huquqini o‘zida qoldiradi. Bu cheklov quyidagi vaziyatlarga tegishli bo‘lishi mumkin: agar tovarlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qo‘yilgan bo‘lsa; eksport qiluvchi tomonidan boshqa mijozga taklif etilgan mashina va uskunaning komplekt qismi bo‘lsa; kompensatsiya bitimlarning bir qismini tashkil qilsa; agar savdogar sotuvchi tomonidan taklif etilgan sharoit va narxda tovarni sotib olishdan voz kechsa.
Narx shartlari va mukofot to'lash usullari. Shartnomada, odatda, savdogar shartnoma bo‘yicha eksport qiluvchidan sotib oladigan narxi haqidagi shartlar ko‘rib chiqiladi va eksport qiluvchi tomonidan o‘rnatiladi, tomonlar o‘rtasida imzolanadigan oldi-sotdi shartnomalarida qayd etiladi. Bular pereykursant yoki eksport narxlari deb ataladi. Qoidaga muvofiq, eksport qiluvchi tovar oldi-sotdisi savdogar tomonidan mahalliy iste‘molchilarga shartnoma bo‘yicha sotilayotgan narxni belgilay olmaydi. Ba‘zan esa, eksport qiluvchi tomonidan belgilangan narx va ularga taklif qilingan etkazib berish shartini qo‘llash maxsus ko‘rib chiqiladi.
Shartnoma bo’yicha sotuvchini taqdirlash usullari realizatsiya qilingan narxni o‘rnatish usuliga bog‘liq holda aniqlanadi. Agar tovarlar eksport qiluvchi narxi bo‘yicha sotilsa, sotuvchini shartnoma bo‘yicha taqdirlash preykursant narxidan ajratilgan qayta sotishga chegirmalardan iborat bo’ladi. Agar eksport qiluvchi narxni beligilamasa, mukofot tovarning eksport va realizatsiya narxlari o‘rtasidagi farq sifatida yoki eksport narxidan chegirma sifatida aniqlanishi mumkin.
Savdogarlarning shartnoma bo‘yicha taqdirlanish xajmi ularga ko‘rsatilgan xizmatlar xajmi, tovar ko‘rinishlari, ularning raqobatbardoshligi, bozorni egallash darajasi, raqobat kurashining keskinligi, firma nufuzi va malakasi va boshqa ko‘pgina omillarga bog‘liq. Shu bilan bog‘liq holda savdogarga shartnoma bo‘yicha taklif etiladigan preyskurant narxidan chegirma xajmi 2-45% orasida tebranib turishi mumkin. Hisob narxining sotuv narxidan uzoqlashishi 50 -100 %ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |