2. Nojo‘ya harakat – bu jinoyat singari zarar yetkazib, ijtimoiy darajasining rasmiyligi bilan farqlanadi. Nojo‘ya harakat quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) fuqaroviy huquqbuzarlik – fuqarolik huquq va majburiyatlarini buzilishi, ya’ni majburiyatlar bajarmaganligi bois, mol-mulkka va kishi sog‘lig‘iga ziyon yetkazilishi tushuniladi;
b) ma’muriy huquqbuzarlik deb jamoat yoki davlat tartibiga, davlatning yoki shaxsning mulkiga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan hamda sodir etilgani uchun qonunda ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan g‘ayriqonuniy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan) harakat yoki harakatsizlik. Ma’muriy huquqbuzarlik, xuddi jinoyatlar kabi, jamiyat uchun xavflidir, ulardan faqat ushbu xavf darajasi bilan farqlanadi;
d) intizomiy huquqbuzarlik – korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning rahbariyati tomonidan o‘rnatilgan yurish-turish va ichki mehnat tartib-qoidalarini, xizmat intizomini xodimlar tomonidan buzilishi hamda xizmat vazifalarini bajarmasliklaridir. Mazkur huquqbuzarlik intizomiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |