Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarliklar, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari
MA’MURIY HUQUQBUZARLIK — huquqbuzarlikning bir turi. O‘zbekiston Respublikasi MJKga ko‘ra, qonun hujjatlariga binoan mamuriy javobgarlikkg tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquklari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy mu-hitga tajovuz qiluvchi g‘ayriqonuniy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan xarakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida ma’muriy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladigan ayb mavjud bo‘ladi. Qo-nunga ko‘ra, Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda 16 yoshga to‘lgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarliklar, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari Jinoyatlar oʻz xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga koʻra:
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan;
uncha ogʻir boʻlmagan;
ogʻir;
oʻta ogʻir jinoyatlarga boʻlinadi.
Jinoyatlar tajovuz obʼyektiga koʻra, shaxsga qarshi jinoyat, iqtisodiyot sohasidagi jinoyat, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyat, davlat hokimiyatiga qarshi jinoyat, ekologiya sohasidagi jinoyat, harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyat, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatga boʻlinadi.
Aybning shakliga koʻra esa qasddan sodir etilgan jinoyat va ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatga boʻlinadi.