Reja: - Jinoyat tushunchasi
- Jazo tushunchasi
- Jazo tizimi
Jinoyat - jazolash tahdidi ostida jinoyat qonuni bilan taqiqlangan qilmish (harakat yoki harakatsizlikni) ni aybli sodir qilish Jinoyat belgilari
Qilmishning ijtimoiy xavfliligi
Aybning mavjudligi
Qilmishning huquqqa xilofligi
Qilmishning jazoga sazovorligi
Ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan
Uncha og`ir bo`lmagan
Og`ir
O`ta og`ir
Ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan Qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Misol: 109-moddaning birinchi qismi
Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar Qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Misol: 169-moddaning ikkinchi qismi (o‘g‘rilik)
Og‘ir jinoyatlar Qasddan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Misol: 137-moddaning ikkinchi qismi (odam o‘g‘irlash)
Qasddan sodir etilib, qonunda o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi
Misol: 160-modda (josuslik)
Jazo
Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat tomonidan sud hukmi asosida qo‘llaniladigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir.
Jazo – sodir etilgan jinoyatga nisbatan davlatning tabiiy munosabati. Jazo jinoyat tushunchasining majburiy alomatidir.
Ijtimoiy xavflilik darajasini ko`rsatuvchi haqiqiy me’zon
Axloqan tuzalishga yordam beruvchi eng qisqa yo`l
Boshqa jinoyat sodir etilishining oldini oluvchi vosita
Zaruriy adabiyotlar: - Jinoyat kodeksi.
- Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1. Jinoyat haqida ta’limot. Darslik. 2-nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 441 bet
- Jinoyat huquqi. (Umumiy qism) Darslik. Mas’ul muharrir: yu.f.f.d (PhD) X.Ochilov – T.: Adolat nashriyoti, 2020. 264 b.
E’tiborimgiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |