Ijobiy ma’nodagi javobgarlik – mas’uliyatlilikdir, ya’ni shaxsning jamiyatdagi o’z o’rnini, ijtimoiy taraqqiyotdagi rolini va jamiyat ishlaridagi o’zining ishtirokini chuqur anglab harakat qilishidir. Huquq normalari va qonunchilik talablariga nisbatan mas’uliyatlilik kishilar harakatining axloqiy va siyosiy regulyatori sifatida maydonga chiqadi ijobiy ma’nodagi, active javobgarlik huquq normalari talablarini buzmaslik uchun javobgarlikdir.
Retrospektive ma’nodagi javobgarlik – shaxs o’z harakatlarining salbiy natijalari uchun, huquqni buzganligi uchun ma’lum huquq va burchlardan mahrum bo’lish shaklida o’taladigan javobgarlikdir. Bu ma’nodagi javobgarlik huquqqa zid keluvchi va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazuvchi xatti- harakatni sodir etganlik uchun yuklanadigan javobgarlikdir.
Javobgarlikning bu ikki turi o’zaro uzviy bog’liqdir. Ijobiy javobgarlik (mas’uliyat) qancha yuqori bo’lsa, turmush qoidalari shuncha yaxshi bajariladi hamda retrospective javobgarlikka tortilish holatlari shuncha kam bo’ladi.
Ijobiy va retrospective javobgarlik faqat yuridik javobgarlik uchungina xos elementlar bo’lib qolmasdan, balki umuman sotsial javobgarlik uchun ham xosdir. Sotsial javobgarlik ancha keng tushuncha bo’lib, barcha sotsial normalarni buzganlik (yoki buzmaslik) uchun javobgarlikni nazarda tuutadi sotsial javobgarlikk siyosiy javobgarlik, yuridik javobgarlik, axloqiy va boshqa xil javobgarliklarni o’z ichiga oladi.
Yuridik javobgarlikning asosi – huquqbuzarlikdir ya’ni, huquq normalarini buzuvchi muayyan harakat yoki harakatsizlikdir. Yuridik javobgarlikning asosiy vazifasi jarima solish, jazolashdir, tiklash choralarining vazifasi esa yuridik majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash, huquqni himoya qilishga qaratilgandir. Uning maqsadi esa jamiyat a’zolarini qonunlar asosida tarbiyalashdan iborat. Yuridik javobgarlikning belgilari. Yuridik javobgarlik quyidagi o‘ziga xos belgilar bilan ajralib turadi.
1. Davlat majburlovi bilan chambarchas bog‘liq. Bunday bog‘liqlik shunda namoyon bo‘ladiki, yuridik javobgarlik davlat tomonidan o‘rnatiladi va yuridik normalarda ifoda etilganidek, hokimiyat talablaridan chetga chiqqan aybdor shaxslarga nisbatan majburiy ta’sirning o‘ziga xos usuli bo‘lib hisoblanadi. Yuridik javobgarlik ayrim xatti-harakatga nisbatan javob sifatida alohida hollarda qo‘llaniladi. Shuning uchun, qoidaga ko‘ra, u huquqbuzarlar uchun qo‘llanadigan qat’iy cheklovlar bilan bog‘liq.
2. Yuridik javobgarlikning amaldagi asosi shunday huquqbuzarlik, ya’ni ichki (shaxsning ongi yoki irodasi) va tashqi harakatlarining birligini mujassamlashtirgan xatti-harakat sifatidagi akt bo‘lishi mumkin. Bu narsa shuni bildiradiki, huquqiy ko‘rsatmalarni buzishda aybdor bo‘lgan shaxsgina huquqiy javobgarlikning subyekti bo‘lishi mumkin.
3. Yuridik javobgarlik davlat tomonidan ayblash, huquqbuzarning xulq-atvori uchun tanbeh berish bilan bog‘liq. Davlat tomonidan ayblash – bir qator xususiyatlarga ega bo‘lgan tushuncha hisoblanadi.
Birinchidan, bunday qoralash xulq-atvori uchun tanbeh beriladigan subyektlarga nisbatan hokimiyat ta’sirini qo‘llash bilan bog‘liq.
Ikkinchidan, davlat tomonidan ayblash huquqbuzarni aybdor deb topish, unga nisbatan aniq javobgarlik choralarini belgilash va ularni amalga oshirishda namoyon bo‘ladi.
Uchinchidan, bu narsa retrospektiv xususiyatga ega. Shuning uchun fuqarolar, mansabdor shaxslar, tashkilotlar xulq-atvorlarining ilgari sodir etilgan huquqqa xilof harakatlari salbiy bahoga sazovor bo‘ladi.
4. Yuridik javobgarlik hamma vaqt huquqbuzarga nisbatan ma’lum salbiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq. Yuridik javobgarlikni huquqbuzarlik qilgan shaxs uchun belgilangan qiyinchiliklar va mahrum etishlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |