Xalqaro huquq fakulteti xalqaro ommaviy huquq va davlat huquqiy kafedrasi



Download 87,12 Kb.
bet16/17
Sana22.01.2021
Hajmi87,12 Kb.
#55922
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
ABDURAXMANOV TOLIB KURS ISHI( TGP)

Intizomiy javobgarlik – korxona va tashkilotlarda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalarini buzish oqibatida kelib chiqadi. Intizomiy-huquqiy javobgarlikning belgilanish holatlari Mehnat kodeksida, korxona va tashkilot ichki mehnat tartibi qoidalarida hamda maxsus Nizomlarda nazarda tutiladi. Intizomiy huquq mehnat va xizmat intizomini, harbiy va boshqa intizomni buzish bilan bog‘liq bo‘lib, ularga idoraning ichki tartib-qoidalarini buzish, ishga kech kelish yoki ishdan barvaqt ketish va h.k. hollar kiradi. Intizomiy-huquqiy jazo chorasini qo‘llash ichki ishlar organlari, mansabdor shaxslar va tegishli vakolatga ega rahbar shaxslar (ma’muriyat) tomonidan amalga oshiriladi. Mehnat intizomini buzgan xodimlar korxona, tashkilot va muassasa ma’muriyati tomonidan javobgarlikka tortiladilar, fuqaro aviatsiyasi, temir yo‘l transporti xodimlari hamda sudyalar va ba’zi bir mansabdor shaxslarning intizomiy javobgarligi to‘g‘risidagi masalalar maxsus intizomiy komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqib, tegishli nizom asosida hal etiladi. Yuridik javobgarlikni belgilashning asosiy maqsadi jazolash emas, balki huquq umumiy maqsadlarini muayyan ifodasiga qaratilgan bo‘lib, ular ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlanishida, tartibga solinishida va himoyasida o‘zining ifodasini topadi. Muayyan huquqbuzarga nisbatan javobgarlikning qo‘llanilishi birmuncha tor maqsadni, ya’ni aybdorni jazolashni ko‘zlaydi. Bu bilan davlat o‘zining majburlov choralarini amalga oshirib turib, yana boshqa maqsadni ko‘zlaydi – bu maqsad kelajakda huquqbuzarlikni sodir etishning oldini olishga yoki bu haqda ogohlantirishga qaratilgan. Bu maqsadlar, o‘z navbatida, javobgarlikning funksiyalarini belgilab beradi. Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun quyidagi prinsiplarga amal qilinadi:

Adolatlilik aybdor bo‘lmagan shaxslarning javobgarlikka tortilish hollariga yo‘l qo‘ymaslikni yoki sodir etilgan qilmishning isbotlanishi zarurligini talab etadi, shuningdek, qo‘llanilayotgan jazo sodir etilgan jinoyatga mos kelishi lozim.

Qonuniylik – huquq qoidalari talablarining qat’iy va aniq tatbiqidan iborat bo‘lib, yuridik javobgarlikka nisbatan bu talab faqat vakolatli davlat organlari tomonidan qonunda belgilangan asoslarda hamda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Bunda jazo qo‘llanilayotgan vaqtda muomalaga layoqatli shaxsga nisbatan huquqqa zid harakat qilgan taqdirdagina jazo qo‘llanilishi lozim. Gumanizm (insonparvarlik) – yuridik javobgarlikka tortish jarayonida qonunda nazarda tutilmagan usullar, ya’ni qiynoqqa solish, jismoniy azob berish kabi insoniyatning sha’ni va qadrqimmatini kamsituvchi holatlarga yo‘l qo‘ymaslikni talab etadi, ayniqsa, jazo tayinlanayotgan vaqtda inson huquqlarining oliy qadriyat ekanligi e’tiborga olinishi lozim.

Jazoning asoslanganligi – bunda jazo tayinlash vaqtida sud ishni har tomonlama chuqur o‘rganib, tahlil qilib, keyin jazo tayinlashi lozim. Maqsadga muvofiqlik prinsipi sodir etilgan qilmishga nisbatan javobarlikning muqarrarligini anglatadi, chunki belgilangan javobgarlik maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim.

Javobgarlikning muqarrarligi – yuridik javobgarlik huquqbuzarlik bilan bevosita bog‘liq va bu bog‘liqlikdan ushbu prinsipning mohiyati kelib chiqadi, ya’ni sodir etilgan har qanday huquqbuzarlik uchun javobgarlikning qo‘llanilishi hamda uning muqarrarligi belgilanadi. Individuallik prinsipiga binoan sodir etilgan huquqbuzarlik uchun faqat aybdor shaxsning o‘ziga nisbatan javobgarlik qo‘llaniladi, jumladan, ota yoki onaning huquqbuzarligi uchun farzand yoki buning aksi bo‘lishi mumkin emas. Jamiyatda har bir shaxs o‘zi qilgan huquqbuzarligi uchun o‘zi javob beradi. Yuridik javobgarlik funksiyalari. Shaxslar tomonidan qilingan huquqbuzarlik uchun davlat muayyan bir yuridik javobgarliklarni amalga oshiradi. Huquqbuzarlik uchun qo‘llanilayotgan har bir yuridik javobgarlikning o‘ziga xos vazifasi mavjud. Yuridik javobgarlikka tortishning asosiy maqsadi, huquqbuzar shaxsni jazolash yoki unga biror-bir jazo berish bilan kifoyalanmay, boshqa yuridik oqibatlar ham kutiladi. Jumladan:

1. Jazolash funksiyasi – aybdor shaxsning huquqbuzarlik sodir etganligi uchun unga shaxsiy (ozodlikdan mahrum qilish), mulkiy (jarima to‘latish), tashkiliy (ishdan bo‘shatish, muayyan faoliyatni cheklash) jihatdan salbiy ta’sir etish;

2. Huquqni tiklash funksiyasi – bunda huquqbuzar shaxs tomonidan buzilgan huquqlarni tiklash, yetkazilgan zararni qoplash nazarda tutiladi;

3. Maxsus ogohlantirish funksiyasining mohiyati shundaki, huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni kelajakda bu kabi salbiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi, davlat, jamiyat va shaxs uchun muayyan zararlarni keltirib chiqaruvchi hodisalarni sodir etmaslik haqida ogohlantirishdir;

4. Umumiy ogohlantirish nafaqat huquqbuzar shaxsni, balki jamiyatning butun a’zolarini huquqbuzarlik sodir etish yomon oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirish va bu kabi salbiy harakatlarni sodir etishdan o‘zlarini tiyishga, ya’ni huquqiy harakat qilishga chaqirishdir;

5. Tarbiyaviy funksiya ikki xil mohiyat kasb etadi: birinchidan, jamiyatning barcha a’zolarini huquqbuzarlik sodir etmaslik, huquqqa nisbatan hurmat ruhida yashashga o‘rgatsa, ikkinchidan, bevosita huquqbuzar shaxslarni qayta tarbiyalash, kelajakda huquqqa rioya qilish va uni hurmat qilishga chaqiradi.




Download 87,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish