OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“MOLIYAVIY VA BOSHQARUV HISOBI” fanidan
Mustaqil ishi
Guruh: MM 55-2
Talaba: Tuliyeva D.A
Toshkent - 2020-2021 yil.
Asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni hujjatlashtirish, schyotlarda aks ettirish hamda soliqqa tortishning to’g’riligini tekshirish.
Asosiy vositalar kirimini hisobga olishning to’g’riligini tekshirishdan maqsad sotib olinganasosiy vositalar hisobda to’g’ri aks ettirilganligini va foydalanishga topshirilgan ob’ektlarning real qiymatini ifodalashini tasdiqlashdan iborat. Тekshiruvning ushbu bosqichida quyidagi amallarni bajarish zarur:
sotib olingan asosiy vositalar ob’ektlarining ro’yxatini (miqdori va qiymati ko’rsatilgan holda) olish, olingan ma’lumotlarni 01100190 schyotlarning debet oborotlari bilan taqqoslash; yangidan sotib olingan asosiy vositalar ob’ektlarining jismonan mavjudligi va dastlabki hujjatlarini tekshirish; foydalanishga topshirilgan asosiy vositalar ob’ektlarining qiymati buxgalteriya hisobi schyotlarida tegishli tarzda aks ettirilganligini aniqlash; soliq qonunchiligining tegishli qoidalariga rioya qilinganligini aniqlash; 122hisobot davri davomida asosiy vositalar katta miqdorda kirim qilingan hollarda eski qurilmalar qiymati hisobdan o’chirilganligini. Asosiy vositalar kirimini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishni boshlashda dastlabki hujjatlar, ularning belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilganligi nuqtai nazaridan shaklan tekshiruvdan o’tkazilishi zarur. Asosiy vositalarni qabul qilishtopshirish (korxona ichidagi harakati) dalolatnomalaridagi ma’lumotlarga asosan 0110-0190 schyotlar debeti bo’yicha kirimiga olingan asosiy vositaning manbai aniqlanadi. Ustav kapitaliga hissa sifatida (4610 schyot krediti) kapital qo’yilmalar tartibida
puli to’lanib sotib olingan yoki qurib bitkazilganda (0810, 0820 va 0890 schyotlarning krediti), asosiy podaga qabul qilingan mollar qiymati (0840 schyot krediti), tekinga olingan asosiy vositalar qo’shilgan kapital tarkibiga kirimga olinganda (8530 schyotning krediti) va h. k. So’ngra ko’rsatilgan muomalalarni buxgalteriya hisobining schyotlarida aks ettirilish tartibi tekshiriladi. Тekinga olingan asosiy vositalar ob’ektlarini hisobga olish bo’yicha muomalalarni aks ettirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq pomitetining tegishli me’yoriy hujjatlarida belgilangan. 2003 yil 1 yanvardan iqtisodning nodavlat sektoridagi korxonalar uchun bepul (tekin) olingan asosiy vositalar qiymatiga korxona qo’shilgan kapitali (8530-schyot krediti) ko’paytirilib kirimga olinadi. (Dt 0110-0190, Kt 8530) va ular qiymati soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi. Auditor
soliqqa tortiladigan foydaning miqdorini aniqlash hisobkitobi bilan tanishishi va bepul olingan mulklar qiymati soliqqa tortish maqsadida soliqqa tortiladigan foydaga qo’shilganligiga ishonch hosil qilishi lozim. Bulardan tashqari, auditor inventarizatsiya o’tkazish natijasida asosiy vositalar tarkibida hisobda turgan inventar va xo’jalik ashyolari aniqlanib, ularni inventar va xo’jalik ashyolari (1080 schyot) qatoriga o’tkazilganining to’g’riligini ham tekshirishi zarur. Bundan dastlabki qiymatiga (Debet 1080
schyot va kredit 0110-0199 schyot) hisoblangan eskirish summasiga provodkalar to’g’ri tuzilganligiga alohida e’tibor berish zarur. Puli to’lanib sotib olingan, zamonaviylashtirilgan va texnikaviy jihozlangan asosiy vositalar bo’yicha korxona bir vaqtning o’zida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida ularning moliyalashtirish manbalarini sof foyda , o’tgan yildagi taqsimlanmagan foyda, zahira kapitalini aks ettirish lozim.
Auditor korxonada sotib olingan avtomobillarining to’g’ri rasmiylashtirilganligi, transport vositalarini sotib olganlik uchun to’lanadigan soliqning aniq hisoblanganligi va o’z vaqtida byudjetga o’tkazib berilganligini, to’langan soliq summasining sotib olingan avtomobil dastlabki qiymatiga
qo’shilganligini tekshirishi lozim. Agar dastlabki hujjat shubha uyg’otsa, ushbu muomalani amalga oshirish uchun javobgar shaxslardan yozma ravishda tushuntirish xati olinadi va qarama - qarshi tekshiruv o’tkaziladi.
Korxona tomonidan transport vositalari sotib olinganlik uchun to’langan soliq to’g’risida soliq nazoratiga o’z vaqtida ma’lumotnoma berilganligiga ishonch hosil qilish lozim. Agar korxonada asosiy vositalarni jismoniy shaxslardan sotib olish hollari uchrasa, auditor bunga alohida e’tibor berishi lozim. Bunday muomalalar yozma ravishda uzilgan, oldisotdi shartnomasi bilan sotuvchining pasport ma’lumotlari ko’rsatilib rasmiylashtiriladi. Jismoniy shaxsdan, unga shaxsiy mulk huquqi bo’yicha tegishli bo’lgan vositalar (uy, dala hovli, avtomobil, garaj va boshqa mulklar) sotib olinganda, unga to’lanadigan summadan belgilangan tartibda byudjetga daromad
solig’i ushlash kerak. SHu bilan birga ushbu jismoniy shaxsga to’lanishi lozim bo’lgan summani o’z vaqtida to’lash uchun bankdan xo’jalik kassasiga pul olinganligi va kassadan o’z vaqtida va to’liq berilganligi ham tekshirilishi zarur.
Korxona sotuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismisharifi va doimiy yashash joyini ko’rsatib,
oldi sottining summasi va ushlangan soliq summasi haqida soliq inspeksiyasiga xabar qilishi lozim. Agar jismoniy shaxs tadbirkor sifatida ro’yxatga olingan bo’lsa, (litsenziyasi bo’lsa) undan asosiy vosita sotib olinganda daromad solig’i ushlanmaydi. 123
Ishlab chiqarishga mo’ljallangan asosiy vositalarni sotib olish va ularning dastlabki qiymatini shakllantirishga oid xo’jalik muomalalarini buxgalterlik hisobining schyotlarida aks ettirishga doir misollar.
№
Muomalalar Summa so’m Korrespondensiyalanuvchi schyotlar Dt Kt 1. Sotib olingan yig’ma mebel uchun schyot faktura akseptlandi : Harid qiymatiga to’langan: QQS summasiga
120000
24000
0820
4510
6010
6010
2. Mebelni tashib keltirgan transport idorasining schyot fakturasi akseptlandi:
Тa’rif bo’yicha ko’rsatilgan xizmat qiymati qo’shilgan qiymati solig’i (QQS) summasiga
15000 3000 0820 4510 6010 6010
3. Mebelni yiãish uchun ish haqi hisoblandi.
4000 0820 6710
4. Byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar hisoblandi: ijtimoiy sug’urta fondiga nafaqa fondiga bandlik xizmati fondiga
1440
80
80
0820
0820
0820
6520
6520
6530
5. Ob’ekt hisobga qabul qilindi: Dastlabki qiymatiga (0820 schyotni yopish)
140600
0140
0820
6. Тo’langan qo’shilgan qiymat solig’i hisobga o’tkazildi.
27000
6410
4510
Asosiy vositalarning kirimiga oid muomalalarni tekshirishda ob’ektlarning dastlabki qiymati to’g’ri shakllanganligiga e’tibor berish kerak. CHunki, u mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga qo’shiladigan, har oylik amortizatsiya (eskirish) summalarini aniqlashda asos bo’lib hisoblanadi.
Bunda 0800<Lekin ushbu qoidadan amaldagi qonunchilik bilan o’rnatilgan ayrim mustasnoliklar mavjud. Хususan, qo’shilgan qiymat solig’i asosiy vositalar qiymatiga quyidagi hollarda kiritiladi: agar asosiy vositalar imtiyoz berilgan (QQS to’lashdan ozod qilingan) mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko’rsatish uchun sotib olingan bo’lsa, hisob va hisobot tizimining soddalashtirilgan rejimida ishlaydigan kichik tadbirkorlik sub’ektlari asosiy vositalarni sotib olganida asosiy vositalar byudjet
ajratma (assignovaniya) lari hisobidan sotib olinganda;
korxonada yangi qurilish pudrat usulida amalga oshirilganda, qurilish bo’layotgan vaqtda pudratchiga to’langan QQS qurilayotgan ob’ektning inventar qiymatiga qo’shiladi. Qurilish xo’jalik usuli bilan amalga oshirilganda ham korxona har oyda 0810 «Тugallanmagan qurilish» schyoti debetida oy davomida aks ettirilgan xarajatlar summasiga nisbatan belgilangan miqdorda byudjetga QQS hisoblaydi (Debet 0810 schyot, Kredit 6410 schyot). Auditor pul o’tkazish yo’li bilan sotib olingan, qurib bitkazilgan, tayyorlangan asosiy vositalari ob’ektlariga doir xarajatlar, mazkur ob’ektning dastlabki (inventar) qiymati shakllanadigan, 0810, 0820, 0840 va 0890 schyotlarda hisobga olinayotganligini tekshirishi lozim.
Bunda asosiy vositalarning dastlabki (inventar) qiymatiga qo’shiladigan xarajatlarning tarkibi, ularning mazkur ob’ektni yaratishga aloqadorligi tekshiriladi.
Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi quyidagi sabablarga ko’ra ro’y beradi:
ularni sotish natijasida; chet korxonalar va shaxslarga tekinga berish;
to’zib ketganligi va ma’naviy eskirishi sababli ularni tugatish natijasida; kamomad tufayli; tabiiy ofatlar natijasida. Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi bilan bog’liq muomalalarni tekshirishdan maqsad
quyidagilarni aniqlashdan iborat:
*
asosiy vositaning dastlabki (inventar) qiymati va hisobdan chiqarilayotgan vaqtdagi eskirish summasi to’liq va tegishli tarzda ularni hisobga oladigan schyotlardan hisobdan chiqarilganligini; ushbu muomalalar natijasida hosil bo’lgan moliyaviy natijalar (foyda yoki zarar) foyda va zararlar schyotida to’g’ri aks ettirilganligi. Bunda quyidagi amallar bajarilishi mumkin: hisobot davri davomida hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar ob’ektlarining hisobdan chiqarilayotgan kundagi boshlang’ich qiymati va to’plangan eskirish summasi ko’rsatilgan ro’yxatini olish; hisobdan chiqarilish sababi; sotish bahosi; hisobdan chiqarishning moliyaviy natijasi. Olingan axborotlar ma’lumotlarini 0110-0190 schyotlar krediti 0210-0290 schyotlar debeti bo’yicha
ma’lumotlar, 9210, 9310 va 9430 schyotlar ma’lumotlari bilan solishtirish;
asosiy vositani hisobdan chiqarishga doir muomalani amalga oshirish uchun tegishli ruxsatning mavjudligi va ularning hujjatlashtirilishini tekshirish; hisobdan chiqarishga doir har bir muomala bo’yicha (hajmi katta bo’lganda tanlab) asosiy
vositalarni hisobdan o’chirish va moliyaviy natijasini aniqlashning to’g’riligini tahlil qilish.
Auditor asosiy vositalar hisobdan chiqarilishini tekshirish chog’ida hisobdan chiqarilish sababini, muomalaning maqsadga muvofiqligi va qonuniyligini aniqlaydi. Bunda asosiy vositalarni sotish uchun tuzilgan shartnomalar, hisobdan chiqarish dalolatnomalari, asosiy vositalarni qabul qilish topshirish dalolatnomasi, analitik hisob ma’lumotlaridan foydalaniladi. Dastavval, auditor asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda asos bo’lgan AV-1 va AVshakllardagi dalolatnomalar ma’lumotlarini tekshirishi lozim. Bu dalolatnomalarda hisobdan
chiqarilayotgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati va eskirish summasi aks ettiriladi. Auditor
hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarning inventar kartochkalari kartotekadan olinib, dalolatnomaga
ilova qilinganligiga ishonch hosil qilishi kerak. shuningdek, asosiy vositalarning turgan o’rni
bo’yicha inventar ro’yxatida ham tegishlicha qayd qilinganligi tekshiriladi.
Amaldagi schyotlar rejasi va uni qo’llash yo’riqnomasiga muvofiq, hisobdan chiqarilish
sababidan qat’iy nazar (bepul berish, ustav kapitaliga hissa sifatida berish, moliyalanadigan lizing
shartnomasi bo’yicha berish, tabiiy ofatlar va ekstremal hollar, o’g’irlanish va kamomad) asosiy
vositalarni hisobdan chiqarish bo’yicha barcha muomalalar 9210 «Asosiy vositalarning hisobdan
chiqarilishi» schyotida aks ettiriladi.
Auditor asosiy vositalarni hisobdan chiqarishga doir muomalalarni hisobga olishda 9210
schyotning qo’llanilayotganligini, bu schyotning debeti va krediti bo’yicha yozuvlarning to’g’ri aks
ettirilganligini hamda asosiy vositalar sotilishi va boshqacha tarzda hisobdan chiqarilishining
moliyaviy natijalari to’g’ri aniqlanganligini tekshirish zarur.
Amaliyotda asosiy vositalarni hisobdan chiqarishga doir muomalalar kam sodir bo’ladi. shuning
uchun ularni 9210 schyotda to’liq aks ettirish, olingan daromad (ko’rilgan zarar)ni to’g’ri aniqlash va
hisobdan o’chirish, hamda amaldagi soliq qonunchiligiga rioya qilinishini mufassal tekshirish tavsiya
etiladi.
Asosiy vositalar bepul berilganda va bozordagidan past bahoda sotilganda auditor asosiy
e’tiborni jismoniy shaxslarga bepul berilgan yoki sotilgan ob’ektlarga qaratmogi lozim. CHunki
korxona bu holda daromad solig’i ushlashi va byudjetga to’lashi lozim.
Sotilgan asosiy vositalar bo’yicha (masalan, transport vositalari, kompyuter uskunalari va
hisoblash texnikalari va boshqalarni sotish) byudjetga mahalliy soliqlar to’lanayotganligi; korxona
asosiy vositalar hisobdan chiqarilayotganda qonun bilan belgilangan barcha hollarda QQS hisoblab
(debet 9210 schyot, kredit 6410 schyot) va o’z vaqtida to’lanayotganligini (debet 6410 schyot, kredit
5110 schyot) auditor aniqlashi zarur.
Korxona asosiy vositalarni bepul berganida ham asosiy vositalarni qabul qilishtopshirish
(korxona ichidagi ko’chirilishi) dalolatnomasi (nakladnoyi) (AV - 1 shakl) bilan rasmiylashtirilgan
125
bo’lishi lozim. Dalolatnomada tekinga beriladigan asosiy vositaning balans qiymati va berilayotgan
paytgacha hisoblangan eskirish summasi ko’rsatilib, inventar kartochkasi ilova qilingan bo’lishi
kerak. Dalolatnoma va ilova qilingan hujjatlar (pasport, texnik tavsifnoma, yo’riqnoma va boshqalar)
asosida guruhlovchi ro’yxat (vedomost) tuzilib, uning yakuniga asosan asosiy vositaning balans
qiymati va eskirish summasi hisobdan o’chirilgan bo’lishi kerak.
Auditor tekinga berilgan asosiy vositalar bo’yicha muomalalarni aks ettirish faqat oluvchi
tashkilotdan kirim qilingani to’g’risidagi xabarnoma (avizo) olinganidan keyin amalga
oshirilganligini hamda shunga qadar bu asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya hisoblash
to’xtatilmaganligini ham aniqlashi zarur.
Asosiy vositalarni tugatishga doir muomalalarni tekshirishda, auditor avvalo tugatish haqida
korxona rahbarining, davlat tashkilotlarida esa, direktor, bosh muhandis yoki yuqori tashkilotning
farmoyishi hamda tuzilgan dalolatnoma (AV 3 shakl) ma’lumotlarini o’rganadi. Bunda
dalolatnomadagi ob’ektning nomi, tayyorlangan yoki qurilgan yili, korxonaga kelib tushgan va
foydalanishga topshirilgan sanasi, inventar raqami, turgan joyi, balans qiymati, eskirishi, qayta
baholanish natijalari, kapital ta’mirlashlar soni kabi ma’lumotlar tekshiriladi. SHu bilan birga ushbu
dalolatnomada ob’ektning asosiy qismlari, detallari, tarkibiy qismlarining texnik holati haqidagi
ma’lumotlar keltirilgan va uni tugatish zarurligi asoslangan bo’lishi lozim. Halokat oqibatida yaroqsiz
bo’lib qolgan mashinalar, jihozlar va transport vositalari qiymatini hisobdan chiqarish
dalolatnomasiga sabablari va aybdorlari ko’rsatib tuzilgan halokat to’g’risidagi dalolatnoma nusxasi
ham ilova qilingan bo’lishi kerak. Bulardan tashqari dalolatnomaning maxsus qismida keltirilgan
asosiy vositalarni tugatish bo’yicha yakuniy hisob-kitoblar hamda ular yuzasidan tuzilgan
buxgalteriya provodkalarining to’g’riligi ham tekshiriladi.
Asosiy vositalarni moliyalanadigan lizing shartnomasi asosida uzoq muddatli ijaraga berish
natijasida xo’jalikdan chiqarilishi (Dt 0920 Kt 9210), o’g’irlanish (Dt 9430 Kt 9210) hollarida,
auditor, ijarachi tomonidan moliyalanadigan lizing shartnomasi bo’yicha majburiyatlarning o’z
vaqtida bajarilishi va yetkazilgan zararning aybdor shaxslar tomonidan to’liq koplanganligiga (Dt
4730 Kt 9430) jiddiy e’tibor berish kerak.
Amaliyotda asosiy vositalarni tugatishga doir muomalalar auditining ayrim xususiyatlari mavjud.
Bu yerda auditor to’liq amortizatsiya qilinmagan asosiy vositalarni tugatishning moliyaviy natijasi
to’g’ri hisobdan o’chirilganligiga alohida e’tibor berishi zarur. Ob’ektni hisobdan o’chirishda uning
tiklash qiymati va eskirishi ikki qismga bo’linadi: asosiy vositalarni qayta baholash paytiga bo’lgan
va o’tkazilgan qayta baholash natijasida yuzaga kelgan tiklash qiymatlari va eskirish summalari.
shuning uchun asosiy vositalarni tugatishda 9210 schyotda aniqlangan yo’qotishlar qisman foyda
(9430 schyotining krediti), qisman esa qo’shilgan kapital (8510 schyotning krediti) hisobiga hisobdan
o’chirilishi mumkin. Misol: asosiy vosita hisobdan chiqarildi: dastlabki qiymati 200000 so’m va
eskirish 160000 so’m.
№
Muomalalar
Summa,
So’m
Bog’lanuvchi schyotlar
Dt
Kt
1
2
3
4
5
1
Dastlabki (tiklanish) qiymatiga
200000
9210
0110-0199
2
Eskirish summasiga
160000
0210-0299
9210
3
Yo’qotish hisobdan o’chirildi:
a) 10000 so’m moliyaviy natija hisobidan
b) 30000 qo’shilgan kapital hisobidan
10000
30000
9430
8510
9210
9210
Misoldan ko’rinadiki, asosiy vositani tugatishdan ko’rilgan umumiy zarar 40000 so’mni tashkil
etib (200000 s - 160000 s). 10000 so’mi moliyaviy natijalar hisobiga (Dt 9430), qolgan 30000 so’mi
qo’shilgan kapital hisobiga (Dt 8510) hisobdan o’chirilgan. 30000 so’mni qo’shilgan kapital hisobiga
hisobdan o’chirishning sababi (Dt 8510 Kt 9210) bu summa asosiy vositani qayta baholash vaqtida
126
paydo bo’lib, 8510 schyotining kreditida hisobga olingan. 10000 so’mlik eskirish summasi esa asosiy
vositaning foydalanish muddatidan kelib chiqib, uning sotib olingan paytidagi dastlabki qiymati va
amortizatsiya normasi asosida hisob-kitob qilinib aniqlangan. SHunday qilib, 30000 so’mlik
hajmdagi yo’qotish soliqqa tortiladigan bazaga kiritalmaydi va moliyaviy natijaga ta’sir qilmaydi,
10000 so’mga esa yalpi foyda (daromad) kamaytiriladi.
Agar korxona asosiy vositalarni pul o’tkazish yo’li bilan sotib olgan bo’lsa, auditor QQSni
buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirishning yoki asosiy vositalar ob’ektlarining dastlabki
(inventar) qiymatiga qo’shilishining to’g’riligini tekshirishi lozim.
Auditor kuzatib chiqish uslubi yordamida quyidagilarni aniqlashi lozim: QQSning shartnomada,
mol yetkazib beruvchilarning dastlabki hujjatlarida, korxonaning hisob-kitob hujjatlarida ajratib
ko’rsatilganligi; asosiy vositani sotib olish uchun schyot-fakturaning borligi, kapital qo’yilmalarni
amalga oshirishda hisobda 4410 schyotdan foydalanilayotganligi; asosiy vositalar ob’ekti qanday
maqsadlar uchun sotib olinganligi, chunki QQS summasini 4410 schyotning kreditidan hisobdan
chiqarish tartibi shunga bog’liq.
Agar korxonada tekshirilayotgan davrda avtomobil sotib olingan bo’lsa, u holda avtotransport
vositalarini sotib olishda hisoblangan soliqning to’g’riligini tekshirish zarur.
Auditor, shuningdek avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun soliq summasining ob’ekt
dastlabki qiymatiga qo’shilganligini; qo’llaniladigan stavkalar va soliqqa tortiladigan bazani
(avtomobilning qo’shilgan qiymat solig’isiz sotuv bahosini) aniqlashning to’g’riligini ham tekshirishi
lozim.
Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishini tekshirishda qo’shilgan qiymat solig’i va foyda
solig’i to’g’ri hisoblangani hamda to’langanligini aniqlash zarur. Asosiy vositalar sovg’a qilish
shartnomasi bo’yicha berilganda, qo’shilgan qiymat solig’ini asosiy vositani beruvchi tomon to’laydi.
Asosiy vositalarni sotish va ularni sovg’a qilish shartnomasiga muvofiq berishga doir
muomalalarni tekshirish chog’ida schyot-fakturalarning to’ldirilishi va ularning sotish daftarida
ro’yxatga olinishiga e’tibor berish zarur.
Asosiy vositalar qoldiq qiymatidan past bahoda sotilgan hollarda QQS asosiy vositaning qoldiq
qiymatiga nisbatan hisoblanishi va byudjetga to’lanishi lozim ekanligini auditor inobatga olishi
lozim. QQS ni qo’shimcha hisoblash bu holda alohida hisob-kitob qilinadi va korxona ixtiyorida
qoladigan foyda hisobidan amalga oshiriladi.
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda QQS ni hisoblash uchun soliqqa tortiladigan bazani
aniqlash xususiyatlari quyidagi jadvalda ko’rsatilgan.
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash uchun soliqqa
tortiladigan bazani aniqlash xususiyatlari.
Hisobdan chiqarilish sababi.
Soliq hisoblash tartibi (asos bo’luvchi me’yoriy hujjat)
Asosiy vositalarni sotish va
tekinga berish.
Asosiy vositalar sotilganda yoki tekinga berilganda soliqqa
tortiladigin aylanma qo’shilgan qiymat solig’i qo’shilmagan,
korxonada vujudga kelgan narxlar bilan aniqlanadi, lekin u asosiy
vositalarning qoldiq qiymatidan past bo’lmasligi kerak.
Asosiy vositalarni tekinga beruvchi korxona soliq to’lovchi bo’lib
hisoblanadi. Qurib bitgazilib, foydalanishga topshirilgan ob’ektlar, turar joylar va
alohida xonadonlar sotilganda. Qurib bitgazilgan ob’ektlar bo’yicha soliqqa tortiladigan aylanma shartnomaviy narxlar asosida ishlarni bajarish jarayonida butlovchi
qismlar va xizmatlarning narxlari o’zgarishini hisobga olgan holda
aniqlanadigan, bajarilgan ishlar uchun taqdim etiladigan hisob
hujjatlaridagi qiymati miqdorida belgilanadi.
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishning moliyaviy natijasi №21 BHMS ga muvofiq 9310 –
schyotda (foyda) yoki 9430 –schyotda (zarar) aks ettirilganligi bois, auditor Soliq kodeksiga muvofiq
asosiy vositalar bilan bog’liq muomalalarni soliqqa tortish maqsadida buxgalterlik foydasini
tuzatishning to’g’riligini ham tekshirishi lozim.
Ko'pincha korxonaning asosiy vositalari, masalan, bir yil va undan ko'proq vaqt davomida asosiy ishlab chiqarish tsiklini yaratishda ishtirok etishi mumkin bo'lgan vositalardir. Bunday vositani haqli ravishda mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan qismlarni ishlab chiqaradigan mashina deb hisoblash mumkin. Xususiy kompaniyaning yaroqsiz holatiga tushib qolgan mablag'larni qanday qilib hisobdan chiqarish kerak
Ammo, siz korxonaning barcha mahsulotlarini shunday tasniflamasligingiz kerak, chunki, masalan, mop aylanma moliyaviy oqimlarga tegishli bo'ladi. Asosiy vositalar o'ziga xos yondashuvga ega soliq hisobi va qonunchilik qoidalarishuning uchun ularni yozib olish oson bo'lmaydi.
Ta'kidlash joizki, ushbu jarayon xususiy boshqaruv yoki hukumatga ega bo'lgan kompaniyalarda ham turli yo'llar bilan aks etadi. Masalan, tadbirkor eskirgan yoki eskirgan deb hisoblagan va mol-mulk solig'i ko'rinishida ko'proq xarajatlarni keltirib chiqaradigan barcha mol-mulkni hisobdan chiqarishga haqlidir. U ushbu jarayonni kompaniyaning ichki o'rnatilgan qoidalariga muvofiq amalga oshirishi mumkin. Biroq, bu keng tarqalgan savolni tug'diradi: asosiy vositalarni hisobdan chiqarish jarayonini qanday amalga oshirishingiz mumkin, buning uchun soliqlar davlat xazinasiga tushiriladi, ammo ayni paytda ular yaroqsiz holga keladi?
Butun jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ma'lum bir harakat rejasiga rioya qilish kerak:
Vakolatli shaxs bosh direktor nomiga tegishli hujjatni rasmiylashtirishi kerak, unda bunday qadamning sababi va zarurligi batafsil bayon etilgan;
Ushbu yozuvni o'qib bo'lgach, direktor, agar u rozi bo'lsa, maxsus komissiya tuzib, maxsus buyruq tuzadi va chiqaradi;
Yaratilgan komissiya diqqat bilan o'rganib chiqadi bu savol va ekspert xulosasini beradi;
Bekor qilish paytida buxgalteriya bo'limi barcha kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishi shart.
Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu jarayon uchun qat'iy tartibga solinadigan qonuniy protseduralar mavjud emas. Ammo, uning uchun ofis ishlarining amaldagi tartibi allaqachon shakllangan. Bundan tashqari, agar bunday hujjatlarni rasmiylashtirganda, hujjatda mulkni hisobdan chiqarish sabablarini ko'rsatadigan kamida bitta imzo bo'lsa yoki unda noto'g'ri misollar keltirilgan bo'lsa, unda bu jarayonni murakkablashtirishi mumkin.
Avvalo, biz birinchi hujjatning tuzilishini tahlil qilamiz, ya'ni eslatma Bu, qoida tariqasida, chastota javobi uchun deputat, uning bevosita rahbari yoki bunday hujjatni tuzish huquqiga ega bo'lgan boshqa vakolatli shaxs tomonidan tuzilgan. hujjat.
U quyidagi qoidalarni aks ettirishi kerak:
Notani rasmiylashtirgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
U egallab turgan lavozim;
Eskirgan mulk bilan bog'liq sabablar va mavjud vaziyatning batafsil tavsifi;
Agar ushbu mansabdor shaxs ma'lumotga ega bo'lsa, unda kitob va qoldiq qiymatlarni ko'rsatish kerak.
To'g'ri tuzilgandan so'ng, bunday rasmiy eslatma korxona bosh menejerining kotibiga topshiriladi. Keyin u boshliqning oldiga boradi. U u bilan tanishganidan va ko'rsatilgan qoidalar bilan kelishganidan so'ng, ishlab chiqarish mablag'larini hisobdan chiqarish to'g'risida buyruq tuzadi va imzolaydi. Direktorning buyrug'i, biz aks ettirilishi kerak bo'lgan narsalarni batafsilroq tahlil qilamiz
Odatda, korxonalarda bunday holat uchun allaqachon yaratilgan umumiy shakl bunday buyurtma. Uning qopqog'ida tashkilotning to'liq nomi, shuningdek u joylashgan shahar va qamoq jazosi sanasi aks ettirilishi kerak. Bundan tashqari, quyidagi qoidalarni aks ettirish kerak:
Hujjat sarlavhasida quyidagi ma'lumotlarni ko'rsating: "Maxsus komissiya tuzish to'g'risida";
Motivatsion bo'lim (bu erda siz ko'rsatma berishingiz va yaratilgan komissiya a'zolari uchun ishlashingiz kerak);
Bunday komissiyaning tarkibini yozing (bu erda siz har bir a'zoning bosh harflarini ko'rsatishingiz va u hali ham egallab turgan lavozimini yozishingiz kerak);
Bunday komissiyaning raisi sifatida kim ishlashini ko'rsating.
Asosiy qoidalarni to'ldirgandan so'ng, bosh direktorga korxonaning imzosi va muhrini qo'yishingiz kerak. Shundan so'ng, komissiya a'zolari chaqiriladi va ushbu buyruqni o'qiydilar, keyinchalik ular hujjat bilan tanishganligini tasdiqlash uchun o'z imzolarini qo'yishlari kerak.
Komissiya tarkibiga ushbu uskunaning amortizatsiya xarajatlarini hisoblab chiqadigan buxgalteriya bo'limining vakili kiritilishi muhimligini unutmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |