ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA ULARNI KAMAYTIRISH YO’LLARI
Kirish
Asosiy qism
Xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati
Xarajatlarning tasniflanishi
Mahsulot tannarxi va uni hisoblash metodlari
Mahsulot tannarxini kamaytirishning asosiy yo’llari va omillari
Korxonaning zararsiz ishlash nuqtasini hisoblash yo’llari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
O'zbekiston Respublikasi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan o'zining mustaqil taraqqiyot yo'liga asoslangan holda bozor iqtisodiyotiga to'la ishonch bilan o'tib bormoqda. Mustaqillikning o'tgan qisqa davri ichida iqtisodiyot inqiroz holatidan chiqarildi, uning ko'pgina sohalarida barqaror iqtisodiy o'sish boshlandi. Bozor munosabatlarining tarkibiy qismlari, infratizilmalari vujudga keltirildi.
Lekin Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning asarlaridan, uning nutqlari va turli yig'ilishlarda, ayniqsa Oliy Majlisning sessiyalarida, Vazirlar Mahkamasidagi yig'ilishlarda qilgan ma'ruzalaridan bizga shu narsa ma'lum bo'lib turibdiki, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda bugungi kunda o'z yechimini topmagan muammolar, hal qilinishi lozim bo'lgan vazifalar ham mavjud. Ko'pgina korxonalarning zarar qo'rib ishlayotganligi, ularning moliyaviy ahvoli qiyinlashib, bankrotga uchrayotganligi, mayda va o'rta tadbirkorlarning, mulqdorlar sinfining sekin shakllanayotganligi, qishloqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish qiyinchiliklari, tovar, xizmat va kapital eksportining sekin o'sayotganligi va boshqalar shular jumlasidandir.
Mavzuning dolzarbligi.Agar oldimizda «Milliy boylikning ko'payishini, Respublikaning mustaqilligini, odamlarning munosib turmush va ish sharoitlarini ta'minlaydigan qudratli, barqaror va jo'shqin rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etish» kabi buyuk vazifa turganligini, bunday iqtisodiyot — Sh.M.Mirziyoyev aytganlaridek, strategik maqsadimiz bo'lgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishning asosi ekanligini e'tiborga olsak, iqtisodiy muammolarimiz naqadar ko'pligi va murakkabligi yanada ayon bo'ladi.
Mavzuning maqsadi.Ana shu va boshqa muhim iqtisodiy masalalarni tezroq hal qilish, ularning yechimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmushshi va xususiyatlarini tushunish ko'p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa bozor va bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog'liqdir. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo'jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo'jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo'lib, unumli mehnat qilish yo'llarini va shakllarini o'rgatadi. iqtisodiyot nazariyasi fani mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi fakrt milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog'liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko'payishi, uning to'g'ri taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog'liqligini ham o'rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishida, ularning intelektual kamolotga erishuvida muhim rol o'ynaydi.
Lekin o'zbek tilida hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyoti ichki sir-asrorini, uning haqiqiy qiyofasini sinchiklab o'rganishga intilayotgan o'quvchi va talabalarimiz uchun mo'ljallangan iqtisodiyotning muammoli tugunlarini yechishga harakat qilayotgan rahbar xodimlar, iqtisodchi mutaxassislar, bozor iqtisodiyoti bilan qiziqayotgan keng kitobxonlar ommasi talablariga javob beradigan adabiyotlar, qo'llanmalar, ayniqsa, darsliklar yetarli emas. Yurtboshimiz aytanidek: «...birinchi galda, taraqqiyotimizning har bir yo'nalishi jamiyatimizdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy munosabatlarning rivoji haqida maxsus darsliklar, qo'llanmalar, ommabop adabiyotlar yaratish zarur». Darsliklar va o'quv qo'llanmalari yetishmasligi bo'yicha oliy o'quv yurtlari va kollejlardagi ahvolni, shuningdek, kadrlar tayyorlash milliy dasturida hamda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida qo'yilgan muxim vazifalarni hisobga olib, men mikroiqtisodiyot fani bo'yicha ushbu kurs ishini tayyorladim.
___________________________________________________________
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2020 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2020 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi, Xalq so‘zi, 2020 yil, 16 yanvar.
Do'stlaringiz bilan baham: |