Mavzu: Ma'naviyat va iqtisodiyot, ularning o'zaro munosabatlari
Reja:
1. Iktisodiyot tushunchasi.
2. Tarakkiyotning uzbek modeli.
3. Iktisodiyot va ma'naviyat,O'zbekistonning iqtisodiy salohiyati.
Iktisodiyot tushunchasi.
Iktisodiyot tushunchasi.
Iqtisodiyot – bu muayyan ijtimoiy tuzumdagi ishlab chiqarish munosabatlarining majmuidir. Xo'jalik yuritish sirlarini biluvchi va shu bilimidan foydalanib xo'jalikni samarali, ya'ni foyda keltiruvchi yuldan olib boruvchi faoliyatni iktisodiyot deyiladi.
Bozor iktisodiyoti – mulokot, gaplashish, kelishish, savdolashish, ikki tomonga tug'ri keladigan umumiy narxni, xulosani topish demakdir.
Bozor iqtisodiyotning xususiyatlari-ulardan eng asosiylari bu erkin narxlar, xususiy mulkchilikning mavjud bo'lishi, erkin iqtisodiy faoliyat, raqobat muhitini mavjud bo'lishi, iqtisodiy manfaatdorlik va foyda olishga bo'lgan intilish va monopoliyani rad etish xususiyatlaridir.
Bozor iqtisodiyotini shakllantirishjarayonida barcha ijtimoiy, demokratik, siyosiy va boshqa sohalardagi islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iboratligini doimo esda tutish zarur.
Aholi turmush darajasiuning daromadlarining oshishi, sifatli iste'mol tovarlari bilan yetarli ta'minlanishi va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquqlardan foydalanishi, so'z erkinligi, vijdon erkinligi va boshqa huquqlarining ko'pligi bilan o'lchanib qolmaydi, balki ma'naviyat va ma'rifat, madaniy ehtiyoj turli shakllarda sifatli xizmat ko'rsatish, bo'sh vaqtdan mazmunli foydalanish, jismoniy va aqliy barkamollik kabi ko'pgina sifat ko'rsatkichlarini o'z ichiga oladiki, ularsiz yuksak turmush farovonligiga erishib bo'lmaydi.
Bozor iktisodiyotining asosiy sharti va talabi – mumkin qadar ko'prok va sifatlirok, raqobatbardosh maxsulot ishlab chikarishdir. Hayotiy ehtiyojlar va manfaatlar– inson faoliyatining eng qudrali harakatlantiruvchi kuchlaridan biridir. Inson oziq-ovqat, kiyim-kechak, yashash joyga muhtoj. Insonlarning moddiy ishlab chiqarish jarayonlari va bu borada yuzaga keladigan munosabatlarini iqtisodiyot fani o'rganadi.
Abu Ali ibn Sinofanlarni tasnif qilar ekan, iqtisodiyotni xo'jalik yuritish sohasidagi amaliy fanlar qatoriga kiritadi.
Al-Xorazmiy O'rta asrlarda ilmlar tasnifi bilan shug'ullangan, xalq iqtisodiyotini xo'jalik yuritish sohasidagi amaliy-falsafiy fan doirasiga kiritgan.
Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yohud axloq» asarida «iqtisod deb pul va mol kabi ne'matlar qadrini bilmakka aytilur, mol qadrini bilguvchi kishilar o'rinsiz yerda bir tiyin sarf qilmas, o'rni kelganda so'mni ayamas. Sohovatning ziddiy baxillik bo'lgani kabi iqtisodning ziddi isrofdir. Alloh bunday kishilarni suymaydi, iqtisodga rioya qilgan kishilar hamma vaqt tinch va rohatda yashaydilar. Hozirgi kunda maqsadga yetmoq, xalqqa maqbul bo'lmoq uchun ilm va mol lozimdir» deb aytib o'tganlar.
Hadisi-Sharifda«Tejamkorlar muhtoj bo'lmagaylar» degan iboralarni uchratishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |