TO‘LA OCHLIK
To'la ochlikda organizm tashqaridan hech qanday modda
olmaydi va shunga ko'ra o'zining hayotiy jarayonlarini amalga
oshirish uchun o'z tanasi va a’zolarining oqsillari, yog'lari, karbon-
157
suvlari, mineral tuzlari hamda vitaminlaridan foydalanishga
majbur bo‘ladi. 0 ‘z-o‘zidan ayonki, to ‘la ochlikdagi modda va
energiya almashinuvining tabiati, hayot kechirishi va qancha umr
ko‘rishi har bir organizmning o‘ziga xos xususiyatlariga, zaxira
moddalarining miqdoriga, uning yashash sharoitiga, faol hara-
katlar uchun energiya sarflashiga va shu kabilarga bog'liq. Bu haqda
V V. Pashutin (1879), M. Afanasev (1883), P. N. Albitskiy
(1902), Rubner (1902), Benedikt (1915), A. M. Danilevskiy
( 1938),.B. 1. Kadikov (1952), N. D. Buxman (1904) kabi olimlar
bundan ko‘p yillar muqaddam batafsil tadqiqotlar olib borganlar.
Organizmning o'ziga xos xususiyatlari deganda, awalo uning
o‘zidagi moddalarning tarkibiy miqdori va sifati,hamda ularning
nisbati tushuniladi. Uning yog* to'plamlari (semiz yoki oriqligi)
hamda ularning xususiyatlari, oqsillar va vitaminlar, ayniqsa
tiamin, piridoksin, kobalamin, xolin kabilarning zaxirasi ochlik-
ning kechishi va hayotning davom etish muddatida katta ahamiyatga
ega. Moddalar almashinuvining jadalligi (sur’ati) ham muhim
rolni o‘ynaydi. Chunonchi, asosiy almashinuvning nisbatan yuqori
sur’atda borishi hayotning davom etishiga katta ta’sir ko'rsatadi.
Albatta, m oddalar almashinuvining su r’ati jinsga, yoshga,
endokrin bezlar va nerv sistemalarining holatiga bog'liq. Odatda,
ayollarda asosiy almashinuv erkaklarga nisbatan bir muncha past,
shunga ko'ra ochlikda erkaklar ayollardan oldinroq va tezroq nobud
bo'ladilar.
Bolalar, ularda modda almashinuvi nihoyatda tez sur’atda borishi,
tinimsiz o'sish jarayoni uchun zarur moddalarga ko'proq muhtoj
bo'lganliklari, tashqi muhitga moslanish qobiliyatlari yaxshi
takomillashmaganligi sababli ochlikni og'ir kechiradilar.
Ochlikning kechishi va umr ko'rish muddati ko'p tomondan
ta.--hqi muhitga, uning haroratiga (past harorat va umuman sovuq
salbiy ta’sir etadi), namlik hamda havo harakati (shamol) ning
tezligiga, shuningdek radiatsiyaning kuchiga (bulaming ham salbiy
ta’siri bor) bog'liq. Buning negizida tana haroratini saqlash uchun
energetik almashinuvning o'zgarishini (issiqlik-hosil qilish va
atrofga berishni) idora etishning buzilishi va shu kabilar yotadi.
Ovqatlanish to'xtashi va organizm o'z moddalari hisobiga
158
yashay boshlashi bilanoq almashinuv jarayonlarining chuqur
qayta qurilishi yuz beradi. Bu zaxira moddalaridan yaxshi
foydalanishga, ahamiyati kam boMgan organ va to'qimalar tala-
bini cheklashga hamda ulardan moddalarni hayot uchun eng
zarur boMgan organlarga yetkazib berishga qaratilgan boMadi. Ana
shunga ko'ra ochlikda yurak-nerv sistemasi o'z vaznini deyarli
yo'qotmaydi (4% gacha). Ayni vaqtda, oshqozon osti bezi, o'pka,
ichak, teri va ayniqsa ko'proq buyraklar, qon, muskullar, jigar
va taloq o'z vaznini taxminan 10—20% yo'qotadi. Bular.ko'proq
glikogen, oqsillar, muskullar va jigar tomonidan, ayniqsa yog'-
larning (teri osti va buyrak atrofidagi yog' kletchatkasidan)
safarbar etilishi hisobiga boMadi.
To'la ochlikda, albatta suv iste’mol qilib turilganda, inson o'rta
hisobda eng ko'pi bilan 65—70 kun yashay oladi. Bu yuqorida
qayd qilinganidek, ko'p omillar va shart-sharoitlarga bog'liq.
ToMa ochlikda (ko'rinishlari bo'yicha) to'rt klinik davr tafovut
etiladi:
1. Befarq davr. Bunda xatti-harakatlar va xulq-atvorda qan
daydir sezilarli og'ishlar kuzatilmaydi.
2. Qo'zg'alish davri. Bu davr ichida harakat faolligi oshishi
va ovqat topishga intilish va tashqi muhit ta’sirlariga reaksiyalaming
kuchayishi kuzatiladi.
3. Ezilish (siqilish) davri (eng uzoq davom qiladigan), u
kuchayib boruvchi quvvatsizlik — adinamiya va harakatsiz tinch
holatga intilish bilan farq qiladi.
4. Hayotiy funksiyalarning to'la (mutlaq) pasayish va o'limga
olib keluvchi falajliklaming yuzaga kelish davri.
Ochlikni bunday davrlarga bo'lish, asosan, tajriba hayvonla
rida (masalan, itlar, mushuklarda) o'tkazilgan to'la ochlikda
kuzatilgan maMumotlarga asoslangan. Odamlarda ochlikni davrlarga
ajratishda moddalar va energiya almashinuvining o'ziga xos o'zga-
rishlariga asoslanish lozimga o'xshaydi. Shunga ko'ra quyidagi uch
davr tafovut qilinadi:
1.
Asosiy alm ashinuv vaqtincha energiya sarflanishi va
kundalik vazn yo'qotilishining kuchayish davri. Bu davr odatda
4—5 kun davom etadi.
159
2. Asosiy almashinuv va kundalik energiya sarflanishining uz
luksiz asta-sekin kamayib borish davri. Bu davr eng uzoq davom
etadi.
3. Z axira o q sillarin in g p a rc h ala n ish in in g to 'x to v siz
kuchayishi, ayniqsa plastik, shuningdek hayotiy muhim a ’zolar
oqsillarining hisobsiz behuda sarflanish davri («terminal davr»).
Birinchi davr boshlangach, zaxiradagi karbonsuvlar (asosan
jigar glikogeni) mumkin qadar ko'proq sarflanadi. Ammo
ularning miqdori organizmda nihqyatda cheklanganligi tufayli yog'
zaxiralaridan foydalanish (ikkinchi davr) boshlanadi.Buni asosiy
almashinuv, nafas koeffitsiyenti va modda almashinuvining qator
ko'rsatkichlarini (masalan, siydikdagi azotni, qonda keton
tanachalarini va hokazo) aniqlash natijalari yaqqol tasdiqlaydi.
Yog' zaxiralari deyarli butunlay tugagach uchinchi davr, ya’ni
quvvatlanish maqsadida faqat oqsillardan foydalanish yuz beradi
va shu sababli ham siydik bilan ko'plab azot tutuvchi oraliq hamda
so'nggi moddalar ajratib chiqariladi. Bu hayotiy muhim a ’zolar
strukturasi oqsillarining parchalanishiga bog'liq. Shu sababli ham
uchinchi davrda funksiyalar koordinatsiyasi, ya’ni o'zaro mos-
lashgan faoliyatning oliy nerv sistemasi tomonidan idora etilishi
buziladi, bu esa organizmning halokatini tezlashtiradi. To'la
ochlikda moddalar almashinuvini ta ’minlovchi fermentlar faol
ligining o'zgarishi muhim va bu ochlikning davriga qarab turlicha
bo'ladi. Chunonchi, ochlik boshlanishida glikolitik hamda lipolitik,
so'nggi davrlarida esa qayta aminlanuvchi fermentlar faolligi or
tadi. Ochlikning oxirida lizosomal gidrolazalar faolligi oshadiki,
bu ushbu hujayra organellalarining lipoproteinli membranasi
yaxlitligining buzilganligidan dalolat beradi.
Ochlikda oqsillar sintezini nazorat etuvchi genetik apparatning
ham buzilishidan qator fermentlar birlamchi strukturasining
o'zgarishi guvohlik beradi. Umuman, ochlikda oqsillar sintezining
o'ziga xos bo'lishini qisman RNK transport shakli (t-RNK) ning
o'zgarishlari bilan tushuntirish mumkin. To'la ochlikdan o'lgan
odamlarning turli to'qima va a’zolaridagi patomorfologik buzilish-
lar asosan atrofik (ayniqsa parenximatoz a’zolarda) o'zgarishlar-
dan iborat bo'ladi.
160
Shuni ham qayd qilib o‘tish kerakki, ochlikda hatto uning
so'nggi davri boshlanayotganda odamni to'g'ri qvqatlantirilsa va
parvarish qilinsa, organizm qator a ’zolarining funksiyalarini
to'la-to'kis tiklay oladi, natijada unda qayta tiklab bo'lmaydigan
o'zgarishlar yuzaga kelmaydi. Suvdan ham mahrum qilingan to'la
ochlik, xuddi suv ichiladigan to'la ochlik kabi bo'ladi, ammo
nihoyatda og'ir kechadi, davrlari ham, ochlikdan aziyat chekkan
odamning umri ham juda qisqa bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |