1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq
va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas. Qaysi modda?
A 18-modda B 19-modda C 15-modda D 13-modda
2.1- malakali tibbiy yordamdan foydalanish huquqi; 2-bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish va yashash joyini tanlab olish erkinligi; fuqorolarning qanday huquq erkinliklariga kiradi?
A 1-siyosiy; 2-ijtimoiy-iqtisodiy B 1-shaxsiy; 2-ijtimoiy-iqtisodiy
C 1-shaxsiy; 2-madaniy D 1-ijtimoiy-iqtisodiy; 2-shaxsiy
3. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari qancha moddani o’z ichiga oladi?
A 26 ta B 34 ta C 36 ta D 35 ta
4. har bir insonning tabiiy huquqlariga, u ana shu davlatning fuqarosi ekanligi yoki aksinchaligidan
qat’i nazar, rioya etilishini qonunlashtirish va ta’minlash zarurligi to‘g‘risidagi g‘oyasini yoqlagan kim?
A Farobiy B Marg’inoniy
C Abu Ali ibn Sino D Beruniy
5. O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Qaysi bob?
A Umumiy qoidalar B Fuqorolik C Shaxsiy erkinliklar D Siyosiy huquqlar
6. Mazkur Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas. Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas. Qaysi bo’lim va bob?
A I bo’lim II bob B II bo’lim VI bob C I bo’lim III bob D I bo’lim IV bob
7.III bo’lim qaysi boblarni o’z ichiga oladi?
A XII-XV bob B XI-XV bob C XII-XVI bob D X-XV bob
8. O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir.qaysi modda?
A 2-modda B 3-modda C 7-modda D 10-modda
9. saylab qo‘yiladigan hokimiyat organlarida ishtirok etish;– fuqarolarning davlatni boshqarishda ishtirok etishi bu….?
A Hokimiyat B Demokratiya
C Suverenitet D Respublika
10. 2002-yil 27-yanvarda qaysi organga oid masala hal etilgan?
A Vazirlar Mahkamasi B Oliy majlis C Ramzlar D Sud
11. Tinchlik konstitutsiyasi qaysi davlatda qabul qilingan?
A San –Fransisko B Angliya C Xitoy D AQSH
12. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 125-moddasi qaysi organga oid?
A Prakuratura B Adliya C Qurolli Kuchlar D DSQ
13. O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining 32–35-moddalariga kiradigan qatorni toping?
A kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoatchilik birlashmalariga birlashish, ommaviy harakatlarda
ish tirok etish huquqi
B fuqaroning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish
C fuqaroning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish
D yoshiga ko‘ra (pensiya), mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta’minot
olish huquqi
14. BMTning YUNISEF Xalqaro Favqulodda Bolalar fondiga O’zbekiston qachon a’zo bo’lgan?
A 1993-yil 29-oktabr B 1995-yil 22-dekabr
C 2001-yil 15-iyun D 1993-yil 26-fevral
15. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XALQ HOKIMIYATCHILIGI SHAKLLARI qaysilar?
A Referendum B Davlat organlariga shikoyat va arizalar bilan yakka tartibda va jamoa bo‘lib murojaat qilish
C Fuqarolarning davlat va jamiyat hayotida ishtirok etishi, Saylov, Qonun loyihalari muhokamasi D barchasi
16. Moliya va kredit deb nomlangan bob nechanchi bob hisoblanadi?
A XXIV B XXV C XXVI D XXIII
17,V bo’lim berilmagan qatorni toping.
A O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi;. O‘zbekiston
Respublikasining Prezidenti,Saylov
B Vazirlar Mahkamasi, Mahalliy davlat hokimiyati asoslari, Prokuratura
C O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati, Mudofaa va xavfsizlik,
Moliya va kredit
D Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mudofaa va xavfsizlik, Moliya va kredit
18. Davlat va mamlakat aholisi o‘rtasidagi shartnoma bu….
A Konstitutsiya B Huquq C qonun D fuqorolik
19. Suverenitet qaysi tildan olingan?
A lotincha B yunoncha C inglizcha D fransuzcha
20.Ma’lumotlarga yakuniy hukmni qo’ying.
1- 1991-yil 29-dekabrda birinchi marta muqobillik asosida O‘zbekiston Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi.
2- 1991-yil 18-noyabrda «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
3- Davlat xalq hokimiyatining birdan bir manbayidir.
A to’g’ri-to’g’ri-to’g’ri B to’g’ri-to’g’ri-noto’g’ri
C noto’g’ri-to’g’ri-to’g’ri D to’g’ri-noto’g’ri-noto’g’ri
21. Huquq tizimini piramida ko‘rinishida tasavvur qilib ko‘ring. Konstitutsiyadan keying o’rinda qaysi biri turadi?
A O‘zbеkiston Rеspublikаsi Oliy Majlisi Palatalari Qarorlari B O‘zbеkiston
Rеspublikаsi Qonunlari
C O‘zbеkiston Rеspublikаsi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari D O‘zbеkiston Rеspublikаsi Vazirlar
Mahkamasining Qarorlari
22. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING ALOMATLARI qaysi biri xato?
A joriy qonunchilikning asosiy manbayi, negizi B Davlatning Asosiy qonuni
C Oliy yuridik kuchga ega D milliy
huquq tizimi yaratishga asos
23. Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari bobi necha moddani o’z ichiga oladi?
A 4 ta B 3 ta C 5ta D 6 ta
24.qaysi bo’lim boshqasiga nisbatan ajralib turadi?
A II bo’lim B III bo’lim C V bo’lim D VI bo’lim
25. Davlat suverenitetining quyidagi asosiy prinsiplari mavjud:
1- davlat hududi hamda chegaralarining daxlsizligi va bo‘linmasligi; 2– mustaqil ichki va tashqi siyosat;
3– xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini e’tirof etish va hurmat qilish; 4– davlat tili o‘zbek tili ekanligi;
5–o‘z taraqqiyot yo‘lini, davlat ramzlarini tanlashdagi mustaqillik.
A 1,2,4 B 1,2,3,4,5 C 1,2,3,4 D 1,2,3,5
26. O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari VII sessiyasida …..
A O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.
B «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gimni to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.
C Prizdent saylovi to’g’risidagi qonun qabul qilindi
D O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan
27. Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq
muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi. Referendum o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.qaysi modda?
A 10-modda B 9-modda C 11-modda D 8-modda
28. Hozirda dunyoning qancha mamlakati O‘zbekistonni mustaqil davlat sifatida tan olgan?
A 194 ta B 136 ta C 146 ta D 150 ta
29. odamlar, moddiy obyеktlar, hududlarni boshqarish, buyruq bеrish imkoniyati?
A buyruq B hokimiyat C qonun D huquq
30. bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish va yashash joyini tanlab olish erkinligi qanday huquq?
A Shaxsiy huquq B siyosiy huquq C Madaniy huquq D ijtimoiy huquq