Mustaqil ish
Mavzu: O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning diniy bag’rikenglik sohasida olib borgan oqilona siyosat
REJA
1. O`zbekistonning birinchi prezidenti I.A,Karimovni qilgan islohatlari 2. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning diniy bag’rikenglik sohasida olib borgan oqilona siyosat
3.Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning eng katta xizmatlari
Mavzuning dolzarbligi.
O`zbekiston Respublikasi – umumbashariyat tafakkurining beshiklaridan biri bo`lmish diyordir. O`zbekiston ko`hna va boy tarixga ega bo`lgan mustaqil davlatdir. O`zbekiston davlatchiligi tarixi “o`z ildizlari bilan asrlar qa’riga borib taqaladi va uch ming yildan ko`proq davrni o`z ichiga oladi. Qadimiy Turon, Movarounnahr, Turkiston hududida ravnaq topgan davlatlar jahon madaniyatini rivojlantirishda yorqin iz qoldirgan 1.” Istiqlol yillari mobaynida biz o`zbek milliy davlatchiligimiz va huquqiy tizimimizni shakllantirishda butun bir tarixiy davrni bosib o`tdik, davlat qurilishi va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida tub burilishlar yasadik. Hayotimizning barcha sohalari – siyosat, iqtisodiyot, ma’naviyat, madaniyatda dalil odimlar tashlanmoqda, o`zbek xalqining ezgu niyatlari ushalmoqda.
Hur O`zbekistondagi barcha tub o`zgarishlar marhum yurtboshimiz, O`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimov nomi bilan bog`liqdir. “O`zbekiston Respublikasining qonuniy yo`l bilan saylangan birinchi prezidenti I.A.Karimov yangi o`zbek uyg`onish – “Renessans” davrini bioshlab bergan davlat arbobidir
.” O`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimov xizmatlari natijasida vatanimiz tarixini o`rganishda, vatan tarixshunosligi sohasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Yurtboshimizning bu yo`nalishdagi boy merosini teran o`rganish hozirgi paytda kun tartibidagi dolzarb masala hisoblanadi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning chop etilgan har bir asarlarida vatanimiz tarixini o`rganishning naqadar muhimligi aniq dalillar bilan yoritilgan. Shu sababli marhum yurtboshimiz I.Karimovning merosi, uni abadiylashtirish masalasi yana bir dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini o`rnatishda
1 Каримов И.А. БМТ Бош Ассамблеясининг 48-сессиясидаги маъруза. Т.: Ўзбекистон, 1993 yil. –Б.4.
2 Таджиханов У, Саидов А . И.А. Каримов миллий давлатчилтик, истиқлол мафкураси ва ҳуқуқий маданият тўғрисида. –T.:Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 1999. –Б.5. I.A.Karimovning rahbarlik faoliyatidagi o`rni juda beqiyosdir. I.A.Karimovning “O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat, “Yangi uyni qurmay turib, eskisini buzmang”, “Buyuk maqsad yo`lidan og`ishmaylik”, “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kabi va yana boshqa bir qator asarlarida ushbu masalalar aniq yoritib berilgan. Shu sababli I.A.Karimovning ushbu yo`nalishdagi faoliyatini o`rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |