N. S. Xrushev tomonidan 50-60-yillarda olib borilgan siyosati mohiyati. Reja: Kirish



Download 54,8 Kb.
bet1/5
Sana23.06.2022
Hajmi54,8 Kb.
#694695
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Independent work.Last version


N.S.Xrushev tomonidan 50-60-yillarda olib borilgan siyosati mohiyati.

Reja:

Kirish.

1. Stalin davridan keyingi 50-60-yillardagi ijtimoiy va siyosiy rivojlanishlar.

2. XX asrning 50-60-yillarda sanoat va qishloq xo’jaligida olib borilgan siyosat.

3. N.S.Xrushev davrida olib borilgan tashqi siyosat.

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.

Tarixda ko’plar insonlar o’limiga sabab bo’lgan siyosiy va madaniy qirg’inlarni uyushtirgan, SSSR davlar rahbarlari orasida eng qattiqqo’l siyosat yuritgan bo’lishiga qaramay mamlakatni halokat yoqasidan olib qolgan va uni eng kuchli davlatlar biriga aylantirgan Stalinning vafot etishi bilan u olib borgan siyosat keskinlik bilan bo’lmasa ham o’zgara boshladi.


1953 yilda davlat boshqaruvidagi lavozimlarni Stalinning safdoshlari egalladi. SSSR Ministrlar Soveti Raisligi lavozimini G. M. Malenkov, KPSS MQ Birinchi sekretarligi lavozimini N. S. Xrushchev egalladi. N.S. Xrushchev 1938–1949 yillarda Ukraina Kompartiyasi MQ Birinchi sekretari, 1949–1953 yillarda KPSS MQning sekretari, Moskva shahar Kompartiyasi birinchi sekretari edi. Yangi liderlar orasida L. P. Beriya ham katta mavqega ega edi. Ichki ishlar vazirligi lavozimida bo’lgan L. G. Beriya mamlakatda o’tkazilgan qatag’onlik siyosatining tepasida turdi. Bungacha u NKVD rahbari bo’lib, mamlakat miqyosida mahkumlar mehnatidan foydalanishdan tortib, SSSR ning yadro qurolini yaratish dasturigacha bo’lgan ishlarga ham boshchilik qilgandi. I. V. Stalinning xohish-irodasi bo’yicha ishlab kelgan bu rahbarlar ichki va tashqi siyosatda o’zgarishlar qilish lozimligini tushunib yetardilar. Bu o’zgarishlar quyidagi holatlar bilan bog’liq edi: Avvalambor, GULAG (Lagerlar bosh boshqarmasi) muammosi turardi: tyurma va qamoq lagerlarida 2,5 mln kishi, turar-joyga ega bo’lishda va kasb tanlashda cheklashlar o’rnatilganlar 7,5 mln kishi. Ular orasida ko’plab mashhur kishilar va ilgari jamiyatda obro’-e’tiborga ega bo’lgan va nohaq sudlanganlar juda ko’pchilikni tashkil etar edi. Jazo muddatlari yakunlanib borgan sari, yangi rahbariyat ommaviy qatag’on qurbonlari to’g’risidagi haqiqat yuzaga chiqishidan juda qo’rqardi. Norilьsk, Vorkuta, Qarag’anda va boshqa lagerlarda Stalin o’limidan keyin juda ko’plab qo’zg’olonlar bo’ldi va bu qo’zg’olonlar qiyinchilik bilan bostirildi.
Mamlakat iqtisodiyoti ham qiyin ahvolda edi. Qishloqlar vayron bo’lgan, zudlik bilan yordam berilmasa, ocharchilik boshlanishi muqarrar edi. Aholining 60% ini tashkil etuvchi dehqonlar ommasida norozilik kayfiyati kuchayib borardi. Ta’qiblarga qaramasdan, ko’p dehqonlar shaharga ketib qolgandilar. Faqat 1949 yilning o’zida mehnatga yaroqlilar soni 3,3 mln kishiga qisqardi. Buning ustiga, keyingi besh yillik rejasida og’ir va harbiy sanoatni rivojlantirish va qishloq xo’jaligidan olinadigan soliqlarni oshirish ko’zda tutilgan edi.
Xalqaro maydonda mamlakatning ahvoli ancha murakkab edi. Koreya urushdan keyin, SSSR AQSH bilan harbiy to’qnashuv holatida edi. “Sovuq urush” tufayli G’arbiy va SHarqiy Yevropa o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar uzilib qoldi. Buning ustiga, SSSR o’z ichki muammolarini hal etish o’rniga, sotsialistik davlatlar va ittifoqchilarga yordam ko’rsatardi. Ko’rsatilgan bu yordamlar mam-lakat aholisi tomonidan qo’llab-quvvatlanmasdi. 1953 yilda GDRda antisotsialistik va antisovet kayfiyatdagi qo’zg’olonlar bo’lib o’tdi. Bu qo’zg’olon sovet qo’shinlari tomonidan bostirildi.
Mamlakatda L. P. Beriya va G. M. Malenkovlar tashabbusi bilan reformalar boshlandi. Matbuotda Stalin nomi kamroq eslatila boshlandi. “SHifokorlar ishi” ham begunoh insonlar jabr ko’rganligi sababli tugatildi. Nohaq qamalgan, gunohsiz sudlanganlarni oqlash jarayoni, ya’ni reabilitatsiya boshlandi. IIVni qayta tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi. Yangi rahbarlar xo’jalik organlarining rolini oshirish, milliy siyosatni qayta ko’rib chiqish va bosh lavozimlarga hududlardan milliy kadrlarni tanlab olish to’g’risida takliflar bilan chiqa boshladilar.
Tashqi siyosatni tubdan o’zgartirish masalasi ko’tarila boshlandi. Jumladan, L. P. Beriya Germaniya masalasida oldingi siyosatdan voz kechish va Germaniyaning birlashishida SSSRning to’sqinlik qilmasligi haqidagi fikrni ilgari surdi. Lekin bu masala SSSR, KPSS rahbariyati tomonidan qattiq qarshilikka uchradi. Ayniqsa, Tashqi ishlar vaziri V. M. Molotov buni sovet siyosatiga xiyonat deb baholadi. Partiya safida o’z obro’siga ega bo’lgan “Stalin gvardiyasi” a’zolari Beriyaning xatti-harakatlariga qarshi chiqdilar. Xrushchev bundan foydalanib, Beriyani qamoqqa olish tashabbusi bilan chiqdi.


Download 54,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish