SUV-ELEKTROLITLAR A LM A SH UV ININ G
BU ZILISH L A R I
/
147
Suv alm ashinuvining boshqa m oddalar alm ashinuvlaridan
farqi shundaki, uning boshlang‘ich, oraliq va oxirgi m ahsuloti
ham bitta modda — suvdir.
Suv organizm ichki m uhitining asosiy qism ini tashkil etadi
va uning hayot uchun aham iyati nihoyatda katta. Binobarin, suv
m oddalar alm ashinuvida asosiy erituvchi, m oddalarning p arch a
lanishi va so'rilishi, ferm entlar faoliyati kabilar biologik m uhim
jarayonlarning amalga oshishi uchun eng qulay va ulam i ta ’m in
lovchi asosiy m uhitdir. U organizm dan turli keraksiz, aslida
zararli, zaharli chiqindilam i tashqariga tashib chiqarishning asosiy
m uhiti bo'lib, shu tufayli organizm ni tozalaydi ham da barcha
to'qim a, a ’zolarni bir-biriga bog'lab, ular faoliyatining boshqarib
turilishiga muvofiq m uhit yaratadi. N ihoyat, suv hujayra ham da
to 'q im alar tuzilm asining doim iy tarkibiy qismiga kiradi, ularni
saqlab turish uchun g'oyat zarur m odda va m anba ham dir.
Odatda, organizm da suv muvozanati uni u yoki bu m iqdorda
iste’mol qilish va ajratib turilishiga qaram ay, «antidiuretik va
antinatriyuretik» deb ataluvchi sistem alar orqali deyarli o'zga-
rishsiz va bir m e’yorda ta ’minlanadi.
Katta yoshdagi odamlarda qancha ko'p suv (toza va ovqat tarki
bida) qabul qilinsa, shunchalik ko'p suv chiqariladi. H ar ikki —
suvni qabul etish va chiqarish sistem asining t a ’siri bevosita ish
bajaruvchi, faoliyatni amalga oshiruvchi a ’zolar hamda sistemalar,
m asalan, buyraklar, volyum -, osm oretseptorlar va boshqa bir
qancha murakkab omillarga cham barchas bog'liqdir. Suv muvoza-
natining idora etilishi, aw alo, gumoral omillar va a ’zolar —asosan
buyraklar ishtirokida amalga oshiriladi. Suv alm ashinuvida nerv-
endokrin sistemasining ahamiyati g'oyat katta. Bunda gipofiz orqa
bo'lagida to'planuvchi, buyrak nefronining kanalchalarida suvning
qayta so'rilishini t a ’m inlovchi va shu tufayli diurezni kam ay-
tiruvchi gipotalam usning antidiuretik gorm onining (A D G ) roli
katta. Bu gorm on yetishm aganda, masalan qandsiz diabet deb
ataluvchi og'ir kasallikda organizm o'zida suvni ushlab turish, ka-
nalchalarda qayta so'rilishni t a ’m inlay olmasligi tufayli suvni
ko'plab yo'qotadi va natijada hayot uchun xavfli o'zgarishlar ro'y
beradi.
148
Buyrak usti bezi qobig'ida ishlab chiqariluvchi m ineralokorti-
koidlar, masalan, birinchi o ‘rinda aldosteron buyrak kanalchalarida
natriy ionining qayta so'rilishi va shu orqali suvning sezilarli darajada
qayta so‘rilishini ta ’minlaydi.
Insulin suv alm ashinuviga, asosan, karbonsuv alm ashinu-
viga t a ’sir etish orqali t a ’sir k o 'rsata d i va u yetishm aganda
suvning siydik orqali k o 'p lab ajralishi (poliuriya), chanqash
(polidipsiya) kabi organizmning suvsizlanish oqibatlari kuzatiladi.
Tiroksin gormoni suyuqlikni to'qim adan qon tomiriga o'tishini
kuchaytiradi va shu orqali suv-tuzlar m uvozanatiga ta ’sir etadi.
Turli patologik holatlarda suv-tuzlar m uvozanatining buzilishi
organizm da suvning ushlanib qolishi shish yoki to'qim alarning
suvsizlanishi — degidratatsiyasiga olib kelishi mumkin.
SUVSIZLANISH (GIPOGIDRIYA)
Katta yoshdagi odamda organizmdan chiqib ketayotgan suvning
m iqdori organizm ga tushayotganidan ortiq bo'lsa, suvsizlanish
(gipogidriya, degidratatsiya, eng o g 'ir turi — eksikoz) rivojlanadi.
B u n d ay h o la t o rg a n iz m g a su v n in g tu sh ish i b u z ilg a n d a
(tashnalik, yutish jarayoni buzilganida, qiltom oq, kom atoz va
boshqa holatlarda) yoki suv ko'p miqdorda yo'qotilganda (masalan,
s u ru n k a li ich k e tis h , q u s ish , q o n y o 'q o tis h , p o liu r iy a ,
giperventilatsiya, ko'plab te r ajratish, kuyish va ekssudat bilan ko'p
suyuqlikni yo'qotishda va hokazo) va ana shu har ikkala holat ayni
vaqtda yuz berishida kuzatiladi. Suvsizlanishda birinchi navbatda
hujayra tashqarisidagi suyuqlik va N a+ ionlari yo'qotiladi. Suvsiz-
lanishning og'ir darajalarida hujayra ichi suyuqligida K+ ionlari ham
yo'qotiladi. Suvsizlanish qon hajm ining kamayishi (gipovolemiya)
va u n in g ivish x u su siy atin in g o sh ish i b ilan boruvchi o g 'ir
oqibatlarga, ular esa o 'z navbatida, mikrosirkulatsiya va um um an
qon aylanishining buzilishiga, pirovardida kollapsga olib keladi. Qon
aylanishining buzilishi to'qim alarning gipoksiyasiga olib keladi, bu
esa birinchi navbatda nerv sistemasining tuzilishi va faoliyatiga
keskin salbiy t a ’sir ko'rsatadi. B unda aql-xushning pasayishi,
gallusinatsiya, kom atoz holatlar rivojlanadi. Shu bilan birga, nerv
149
markazlari buziladi, chunonchi funksiyasi, nafas m arom i, yurak
faoliyati buziladi, tana harorati oshadi va hokazo.
Arterial qon bosimining sezilarli pasayishi buyrakda filtratsiya,
ya’ni qonni zaharli m oddalardan tozalash jarayonining buzilishi,
oliguriya, giperazotem iya va gazsiz atsidoz bilan kechuvchi o g 'ir
ahvolga olib keladi.
Bunday o'zgarishlarga javoban kom pensator reaksiyalar ishga
tushadi, chunonchi, gipovolemiya va buyrak qon aylanishining
pasayishi vazopressin va aldosteronning ko'p ajralib.chiqishiga olib
keladi. Bu gormonlar ta ’sirida nefron kanalchalarida N a+ va suvning
reabsorbsiyasi kuchayadi, filtratsiya bosim ning pasayishi, diurez-
ning kamayishiga olib keladi. Ushbu jarayonda buyrakning gom e-
ostazni saqlashdagi m uhim ahamiyatini bilsa bo'ladi. C hunonchi,
diurez besh m arta kamaysa ham oz m iqdorda ajralayotgan siydik
orqali chiqariladigan azot qoldiqlarining m iqdori k o 'p bo'ladi,
demak deyarli zaharli moddalardan organizmni tozalashda bunday
ahvol unga unchalik shikastlovchi ta ’sir ko'rsatm aydi.
Suvsizlanish jarayoni, ayniqsa yoshlar organizmida, og'ir ke
chadi. Bolalarda ekstratsellular suyuqlikning ko'pligi, buyrakning
konsentratsiyalash qobiliyatining kamayishi, teri nisbiy yuzasining
yuqoriligi, nafas tezligining onishi organizmda suv-elektrolitlar mu-
vozanatining boshqarilishi yetarli darajada emasligidan dalolat beradi.
Hayotning dastlabki ikki yili m obaynida bolalarda, kattalarga
qaraganda, suvsizlanish ko 'p ro q uchraydi va o g 'ir asoratlarga,
hatto o'lim ga ham olib kelishi mumkin.
ORGANIZMDA SUVNING KO'P MIQDORDA USHLANIB
QOLISHI (GIPERGIDRIYA)
M usbat suv balarisi (g ip e rg id rata tsiy a , g ip e rg id riy a) o r
ganizm ga k o 'p m iqdorda suv kiritilganda, buyrak va teri orqali
suyuqlikni ajratish pasayganda, to 'q im a bilan qon o 'rtasid a suv-
elektrolitlar alm ashinuvining boshqarilishi buzilganida kuzatiladi.
G ip o o sm o ly ar gipergidratatsiyani tajrib ad a h a y v o n lam in g
oshqozoniga bir necha bor ko'p suv yuborish yo'li bilan oddiygina
yuzaga keltirsa b o ‘ladi. Sog'lom hayvonlarda bir m arta «suv
yuklamasi» o g 'ir asoratlarga olib kelmaydi.
150
E. S. London tom onidan o ‘tkazilgan tekshirishlar shuni ko'r-
satdiki, organizmga qon hajmiga teng suv yuborilganda ham qondagi
suvning nisbati kam o'zgaradi. Bunga sabab, suv ko'p miqdorda jigar,
m ushak, taloq va terida ularning kom pensator m exanizm lari,
gidrofilligi tufayli (m a’lum darajagacha, albatta ushlanib qoladi) va
shu bilan bir qatorda suvning chiqarib yuborilishi ortadi. Lekin suv
almashinuvi boshqarilishi buzilganda uncha katta bo'lmagan suv
yuklamasi ham gipergidratatsiyaga olib kelishi mumkin. Masalan,
hayvonlarda vazopressin, aldosteron kiritib, yoki buyrak usti bezini
olib tashlab, uncha katta hajmli bo'lm agan suv yuklamasi orqali
«suv bilan zaharlanishni» hosil qilish mumkin.
Adrenalektom iya qilingan hayvonlar, odatda, suvsizlanish va
natriy tuzlarining yo'qotilishi natijasida «suv yuklamasini» og'ir
o'tkazadi. Bu holat buyrak usti bezi olib tashlanganida arterial qon
bosimining pasayib ketishi (va albatta, buyrakdagi filtratsiyaning
susayishini) yuz berishi bilan tushuntiriladi. Suv bilan «zahar-
lanishda»
Do'stlaringiz bilan baham: |