X. U. Aliyev Darslikda umumiy patofiziologiya, tipik patologik jarayonlar asoslari va



Download 5,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/199
Sana24.04.2022
Hajmi5,26 Mb.
#578682
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   199
Bog'liq
Abdullayev N Patologik fiziologiya asoslari 2007

I I QISM.
S H IK A S T L A N IS H M N G T IP IK
SH A K LLA RI. HUJAYRA PA T O F IZ IO L O G IY A SI
HUJAYRA - ORGANIZMNING ASOSI
Oiganizm to 'q im a va organlari turli, har biri o'ziga xos (oddiy- 
dan to yuqori faoliyat ko'rsatuvchigacha) hujayralardan tashkil 
topgan b o 'lsa-d a, ham m a hujayralar m a’lum darajada bir-biriga 
o'xshash, y a’ni ularning hayot tarzi, stru k tu r asosi bir xildir. 
U larda kislorodga, oziq m oddalarga, suvga bo'lgan talab, harorat 
barqarorligi va m o d d alar alm ashinuvi m ahsulotlarini chiqarib 
y u b o rish ja r a y o n i b ir xil k o 'rin is h d a k e c h a d i. H u ja y ra la r 
organizm ning hayot va yashash birligi hisoblanib, ular o'rtasidagi 
farqlar ular tuzilishi va faoliyatining o'ziga xosligi bilan bog'liqdir.
Shuning u chun hujayra shikastlanishi kasallik rivojlanishining 
b o sh lan g 'ic h b o sq ich i hisoblanadi. H ujayra m em b ran a bilan 
chegaralangan bo'lib , unga m a’lum bir shakl kasb etadi va boshqa 
hujayralar bilan o 'zaro munosabatini ta ’minlab turadi. M em brana 
hujayra darvozasi bo'lib, m a’lum moddalami faqat u yoki bu tarafga 
o'tishini va hatto, b a ’zilarining konsentratsiya gradiyentiga (miqdo­
rining k o 'p yoki kam chegarasiga) qaram ay, faol ravishda u yoki 
bu tom onga tashilishini ta ’minlaydi. B undan tashqari, m em brana 
tashqi m uhitdan m oddalam i tekshirib qabul qilish va ulami hujayra 
ichiga o'tkazish kabi murakkab jarayonni amalga oshiradi.
Hujayradagi yadro uning m arkazi hisoblanadi, chunki unda 
D N K to'plangan bo'lib, undagi kodlashtirilgan «buyruq-yo'riqlar» 
sitoplazmada amalga oshiriladi. Sitoplazma suyuq muhit bo'lib, o'zida 
ultram ik ro sk o p ik qurilm alarni saqlaydi, uni 
organellalar
deb 
ataladi. O rganellalam ing har biri o 'zig a xos (spetsifik) yuqori 
darajadagi vazifalam i amalga oshiradi.
M itoxondriyalar hujayrada energiya hosil qilib, uni to'playdigan 
organelladir. U larda har xil oziq m oddalar oksidlanishi tufayli hosil
51


bo'lgan va makroergik fosfat birikmalari sifatida to'plangan energiya 
har xil m aqsadlarda, jum ladan hujayradagi jarayonlam i oshirish 
uchun zarur.
E ndoplazm atik to ‘r yoki retikulum (E P R ) va G oldji k o m p ­
leksi sitoplazm ada sintezlash, qayta ishlash va tashish jarayonlarini 
ta ’m inlaydigan tuzilm alardir. E ndoplazm atik to 'r — bir-biri bilan 
bog'liq sisterna va quvurchalar to 'rid ir. G oldji kompleksi esa bir- 
biri bilan yaqin bog'langan yassi sistern alar va vezikula (pufak- 
cha) lardan iborat.
EPR yuzasidagi ribosomalarda R N K boshqaruvida oqsil sintezi 
amalga oshadi. Yadro DNKsida esa sitoplazmatik RNK sintezlanadi. 
Bu R N K yadrodagi D N K bilan b og'lovchi vazifani bajaradi. 
D N K dan olingan axborotga qarab ribosom alarda am inokislotalar 
birlashuvi natijasida oqsil sintezlanadi.
G oldji kom pleksi — hujayra m ahsulotini jam laydi va eksport 
(sekretsiya)ga tayyorlab beradi.
L izosom alar — m em brana bilan o 'ralg an organella b o 'lib , 
ularda gidrolitik parchalovchi ferm entlar saqlanadi.
B undan tashqari boshqa organellalar ham mavjud bo'lib , ular 
q o 'sh im ch a m axsus vazifalarni bajaradi. H ujayraning h arak at 
qilishi o'ziga xos tayanch-qisqaruvchi tizim orqali amalga oshadi. 
H ar xil org an ellalar birgalikda b ir b u tu n birlikni tashkil etadi 
va ular faoliyatining boshqarilishi ham da muvofiqlashishi hujayra 
butunligini t a ’minlaydi.
HUJAYRANI SHIKASTLOVCHI OMILLAR
Bu om illar, asosan, uch guruhga ajratiladi:
1. Fizik omillar:
— m exanik t a ’sirotlar, ular plazm olem m a strukturasi va sub- 
hujayra tuzilm alari m em branasini buzadi;
— h u ja y ra y a sh a y o tg a n m u h it h a r o r a tin in g k o 'ta r ilis h i 
o q s illa r , n u k le in k is lo ta ja r d e n a t u r a t s i y a s i , l i p o p r o t e i d
k o m p le k s la r d e k o m p o z itsiy a sig a sab a b b o 'la d i va h u ja y ra
m em branasi o'tkazuvchanligini oshirib yuboradi. H aro ratn in g
52


pasayib ketishi esa m etab o lik ja ra y o n la rn in g susayishi yoki 
b utunlay buzilishiga, hujayrani suyuqligining kristallanishi ham da 
m em branalar uzilishiga olib keladi;
— hujayradagi osm otik bosim ning o'zgarishi, xususan, unda 
ch ala parchalangan organik m oddalar va ionlar to'p lan ish in in g
natijasidir. Buning oqibatida atrof-m uhit bilan hujayra o'rtasidagi 
osm otik gradiyent nisbati buziladi va suyuqlik hujayraga kiradi, 
hujayra bo'kib shishadi ham da plazmolemmasi yoriladi. Hujayrani 
osmotik bosimining pasayishi yoki uning hujayra tashqarisida oshi­
shi natijasida esa hujayra suvsizlanib, burushib qoladi (piknoz) va 
halok bo'ladi;
— ionlovchi radiatsiya ta ’sirida erkin radikallar paydo b o 'lib , 
u lard a o 'ta oksidlanish jaray o n lari ku ch ay ad i, b u n d an hosil 
b o 'lg an m ahsulotlar esa m em branalam i shikastlab, ferm entlam i 
denaturatsiyaga uchratadi.
2. 
Kimyoviy omillar. 
U larga, asosan, turli ekzogen om illar, 
ya’ni organik va anorganik kislotalar, asoslar, og'ir metall tuzlari 
h am d a buzilgan m etabolizm m ahsulotlari (endogen om illar) va 
b o sh q alar kiradi. U larni shikastlash m exanizm lari o 'zig a xos 
b o 'lib , bu ularning tabiati — kimyoviy tuzilishi bilan belgilanadi. 
M asalan, sianidlar sitoxrom oksidaza faolligini susaytiradi; etanol 
va uning m etabolitlari k o 'p in ch a ferm en tlam i ingibitsiya qiladi; 
m argim ush tuzlari esa piruvat oksidazani faolsizlantiradi. D ori 
m oddalam i n o to 'g 'ri ishlatish oqibatida ham hujayralar kimyoviy 
shikastlanishi m um kin.
3. 
Hujayra aksariyat biologik omillar — viruslar, mikroblar, 
rikketsiyalar, parazitlar, zamburug'lar va hokazolar ta’siridan 
shikast topadi. 
Bu xil om illar hujayra faoliyatini, unda kechadigan 
m etabolik reaksiyalami, hujayra m em branasining o'tkazuvchanligi 
va butunligini buzadi; ferm entlar faolligini izdan chiqaradi. Shu­
ningdek, ular k o'pincha allergik va im m un jarayonlar orqali ham
hujayrani shikastlashi m um kin.
HUJAYRA SHIKASTLANISHINING UMUMIY MEXANIZMLARI
1. 
Hujayralaming o'zida hosil bo'luvchi energiya bilan ta ’min- 
lan ish ja ra y o n la rin in g o 'z g a rish i, u la rn in g sh ik astlan ish i —
53


alteratsiya m exanizm ida yetakchi rolni o'ynaydi. Energiya bilan 
ta ’m inlash jarayoni hujayrada ATF (va boshqa m akroergik fosfat 
birikm alari) sintezi, uni tashish yoki sarflash bosqichlarida buzi­
lishi m um kin. A T F sintezi kislorod taqchilligi yoki m etabolizm
substratlari yetishm ovchiligida, to 'q im a n in g nafas olishini t a ’- 
'lin lo v ch i f e rm e n tla r faolligi su sa y g a n d a, m ito x o n d riy a la r 
zararlangan yoki parchalanganda buziladi. B a’zan, hujayrada A TF 
miqdori k o 'p b o 'lsa ham , turli patogen om illar ta ’sirida energiya 
tashuvchi ferm en t sistem alari shikastlanadi, natijada energiyani 
sarflovchi tuzilmalarda eneigiya tanqisligi yuzaga keladi. Lekin ATF 
yetarli sintezlanib va m e’yorida tashib turilganda ham hujayraning 
energetik ta ’m in o ti buzilishi m um kin. Bu holat k o 'p in ch a e n er­
giyani sarflash m exanizm lari o'zgarganda yuz beradi: A T F aza- 
lar faolligi (aktom iozin ATFazasi, plazm olem m aning N a va K ga 
b o g 'liq A T F a z a si; M g ga b o g 'liq A T F a z a , sa rk o p la z m a tik
retikulum ning kalsiyli pom pasi va hokazo) susayadi, n atijad a 
hujayra faoliyati izdan chiqadi. Energiya bilan ta ’minlash jarayon- 
larining buzilishi o 'z navbatida hujayra m em brana apparati faoli- 
yatining buzilishiga, ferm entlar sistem asi, io n lar nisbati h am da 
boshqaruv m exanizm larining o'zgarishiga sababchi b o 'lad i.
2. 
M em brana va ferm entlar shikastlanishi esa hujayra faoliyati 
tiklanishi m um kin bo'lib turgan o'zgarishlarda uni tiklanm aydigan 
holatga o'tishida katta rol o'ynaydi. Bu hujayraning eng asoslaridan 
bo'lgan m em brana ham da unga bog'langan enzim lam ing holatiga 
bog'liqdir.
M em brana yarim suyuq kolloid tuzilm adan iborat bo'lib, uning 
asosini fosfolipidlar molekulasi tashkil etadi. Fosfolipidlar zonasi 
atrofida oqsil m olekulalari muallaq turadi. M em brananing yog' 
qismida oqsillar o 'z holatini o'zgartirishi mumkin-, bu esa ular 
kataliz qiladigan reaksiyalaming tezligi va yo'nalishiga ta ’sir etadi. 
Bundan tashqari, m em brana yog'lari enzim atik jarayonlar uchun 
eng qulay sharoit yaratib beradi, chunonchi, oksidlanishga bog'liq 
fosforlanish jarayonlarining kechishi uch u n suvsiz m uhit zarur.
M em b ran alar va ferm entlam ing shikastlanish m exanizm ida 
erkin radikal reaksiyalar va lipidlam ing o 'ta oksidlanish ja ra y o n ­
larining o 'zg arish i ham k atta aham iyatga ega. Bu reaksiyalar
54


h u ja y ra n in g n o rm a l s h a r o itid a h a m r o ‘y b e ra d i va n afas 
ferm entlari zanjirida elek tro n lar tashilishi, prostaglandinlar va 
leykotreinlar sintezi, hujayralar ko'payishi va yetilishi, fagositoz, 
katexolaminlar sintezi kabi ja ray o n lar m em branalar yog* tark i- 
bini va ferm en tlar faolligini boshqarishda katta aham iyatga ega. 
F e rm e n tla r faolligining t a ’siri esa, ularga t o ‘g ‘r id a n - to ‘g ‘ri 
lip o p e ro k s id reak siy asi m a h s u lo tla r in in g t a ’sir e tish i yoki 
m em branalar holatini o'zgartirishi orqali amalga oshiriladi.
.Yog‘lam ing o 'ta oksidlanish tezligi shu jarayonni faollaydigan 
(prooksidantlar) va uni torm ozlaydigan (antioksidantlar) omillarga 
bog'liq. Faol prooksidantlar qatoriga oson oksidlanadigan, erkin 
r^d ik allar paydo qiluvchi b irik m alar — p afto x in o n , A va D 
vitam inlari; N A D F H 2 va N A D H 2 kabi tiklovchi koferm entlar, 
prostaglandin m ahsulotlari va katexolam inlar kiradi.
O 'ta oksidlanish reaksiyalariga h a r xil biokimyoviy m oddalar: 
lipoidlar, yog‘lar, oqsillar, nuklein kislotalari kirishishi m um kin. 
Bularga birinchi navbatda fosfolipidlar kiradi. Chunki ular hujayra 
membranasi kom ponenti hisoblanib, oksigenaz reaksiyalaiga oson- 
gina kirishishadi.
Yog‘lam ing o ‘ta oksidlanish jarayonlari uch bosqichga bo'linadi.
1. Kislorodli initsiatsiya (kislorod bosqichi);
2. 
Organik va anorganik agentlam ing erkin radikallari paydo 
bo 'lishi (erkin radikalli bosqich);
3. Y og'lam ing o 'ta oksidlanishi ( o 'ta oksidli bosqich).
Hujayra shikastlanganda vujudga keladigan erkin radikalli o 'ta
oksidlanish reaksiyalarining yetakchi — initsial bo'g'iniga oksigenaz 
reaksiyalari natijasida hosil bo'lgan kislorodning faol shakllari — kis­
lorodning superoksidli radikali (O - ), gidroksil radikali (O H - ), 
vodorod peroksidi (H 20 2) kiradi. U la r hujayra kom ponentlari, 
asosan lipidlar, oqsillar, nuklein kislotalar bilan o 'zaro ta ’sirlanadi 
va natijada erkin radikallar hosil qiladi (masalan, yog'lar va ular­
ning peroksidlari).
M em brana va ferm entlam ing m e ’yordagi holati yuqoridagi 
jarayonlar bilangina emas, balki erkin va lizosoma fermentlari — 
lipazalar, fosfolipazalar va proteazalar yordamida takomillashib turadi. 
Patologiyada esa ularning gialoplazmadagi faolligi kuchayib, gidroliz
55


jarayonlarini keskin orttirib yuboradi. G idrolazalar ta ’siri tufayli 
hujayrada erkin yog‘ kislotalari, turli fosfolipidlar to'planadi, ular 
hujayra membranasiga kirib, lipoproteid komplekslaming tuzilishini 
buzadi va oqibatda ularning o'tkazuvchanligi oshadi.
3. Odatda, transm em bran jarayonlarning ro'y berishi ionlam ing 
iiujayra ichidagi va tashqarisidagi nisbatining o'zgarishi, hujayraning 
energiya bilan t a ’m in la n ish i, m e m b ra n alar sh ik astlan ish i va 
ferm entlarining faoliyatiga bog'liqdir. Shuningdek, bu jarayonlar 
m em branalam ing o'tkazuvchanligi, qo'zg'alishi, elektrom exanik 
hodisalarida ishtirok etadigan kaliy, natriy, kalsiy, magniy, xlor 
ionlari holatiga ham bog'liq.
Ionlar nisbatining buzilishi dastaw al K, N a ga bog'liq. ATFaza 
faolligi o'zgarishi natijasida hujayrada kaliy yo'qolib, natriy va kalsiy 
to'p lan ib qoladi. Ionlar nisbatining buzilishi tufayli m em brana- 
larning tinch holatdagi potensiali o'zgaradi va qo'zg'alish im - 
pulsining o'tkazilishini buzadi, chunonchi, patologiyada EK G 
EEG, EM Glam ing buzilishi ana shunga asosan ro'y beradi. Hujay­
ra ionlari nisbatining buzilishi o 'z navbatida hujayradagi suyuqlik 
hajmini o'zgartiradi, masalan, hujayrada natriy va kalsiy to'planishi 
osmotik bosim oshishiga va unda suv yig'ilishiga — pergidratatsiyaga, 
shu ta riq a hujayraning shishishi, m ikroshikastlanishiga sabab 
bo'ladi.
4. Hujayra genetik dasturining zararlanishi uning faoliyatini 
buzuvchi asosiy omildir. Hujayra genetik axborotining buzilishi 
mutatsiya, patogen genlaming derepressiyasi (masalan, onkogenez), 
hayot uchun zarur genlar faoliyatining o'zgarishi (masalan, fer­
m entlar sintezini boshqarish) yoki genomga yot D N K bo'laklarining 
kirishi (masalan, onkogen virus DNKsi) sifatida kuzatiladi. G enetik 
d astu r buzilishi m itoz va m eyoz jarayonlarining, xrom osom a 
apparatining o'zgarishi, mitozga dahldor tuzilm alam ing shikast­
lanishi va sitoplazmaning bo'linishi tufayli sodir bo'ladi.
HUJAYRA SHIKASTLANISHINING ASOSIY KO‘RINISHLARI

Download 5,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish